Jild 71 № 1 (2025)

Jild 71 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 17-05-2025

Maqolalar

143-147 25 16

BOLALARNING KAMOL TOPISHIDA OTA-ONALAR VA PEDAGOGLARNING TA’SIRI

Toshboboyeva Nozima Qudiratovna

Ushbu maqolada o‘smir  yoshdagi avlod organizmining anatomik fiziologik va jismoniy jihatdan rivojlanish davrlarining asoslari, o‘smirlarning hayot tarzi xususiyatlari  bayon etilgan. 

217-220 27 7

MUZEYLAR O‘ZIGA XOS MAKONDIR.

Sh. Yigitaliyeva

Bugungi kunda muzeylar madaniy merosni saqlash bo‘yicha institut rolini bajarmoqdalar. Muzeylar o‘zlarining ijtimoiy vazifalarini bajarish jarayonida millatlararo aloqalarni, turli xil madaniy urf odatlar va xalqlarga tayangan holda insoniyatning diniy va madaniy birligini saqlashga qodirdir.

213-216 23 11

NAMANGAN VILOYATIDAGI MUZEYLAR

M.Rahimova

Namangan viloyati o‘zining boy tarixiy, madaniy va ilmiy merosi bilan ajralib turadi. Viloyatdagi muzeylar nafaqat o‘lkashunoslik, balki ilmiy tadqiqotlar va turizm sohasida ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Namangan viloyatidagi asosiy muzeylarning tarixi, faoliyati, ilmiy ahamiyati va turizmga ta'siri haqida batafsil tahlil olib boriladi. Muzeylar, o‘ziga xos arxitekturasi, eksponatlari va tarixiy yodgorliklari bilan nafaqat madaniy qadriyatlarni saqlash, balki ilmiy izlanishlar uchun zarur resurslarni taqdim etmoqda.

208-212 21 13

MUSULMON ME’MORLIGIDAGI ENG YAXSHI DAVR.

M. Davranova

     Musulmon me’morligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi bilan bogliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur.Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgandi. 

204-207 24 4

ТИБ ИЛМИНИНГ СУЛТОНИ

Валиева Г

Ибн Сино, Абу Али ал-Ҳусайн ибн Абдуллоҳ ибн ал-Ҳасан ибн Али (980.8, Афшона қишлоғи — 1037.18.6, Ҳамадон шаҳри, Эрон) — жаҳон фани тараққиётига улкан ҳисса қўшган ўрта осиёлик буюк қомусий олим. Ғарбда Авиценна номи билан машҳур.

200-203 29 7

MUSIQA SAN`ATI TARIXI.

Sh.Yigitalieva

Musiqa (qadimgi yunoncha: – „muzalar sanʼati“) – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar) ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi.

196-199 30 7

"THE APPROACH TO TEACHING ENGLISH TO STUDENTS OF ECONOMICS”

Usmonov Sunatillo Buriboyevich

The last several years have seen a growing interest in teaching English for Specific Purposes (ESP) in Uzbekistan. There is a vast array of textbooks and reading materials for ESP courses, yet most of them deal with business and medicine, law, economy etc., while there is still a shortage of ready to use materials concerning such fields as, for example, economy. The present paper presents the design process of an English for Specific Purposes (ESP) course addressed to students of economy at the Faculty of Management and economics in Samarkand State University. 

190-195 26 9

BALIQ OVLASHNING MEXANIZATSIYALASHTIRILGAN USULLARI

Abduvasikov Islombek Abdurasul o’g’li

Mazkur maqolada O’zbekiston hududida joylashgan daryo va o’zanlardagi baliqlarni ovlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalardan samarali foydalanish qonun-qoidalari haqida so’z yuritiladi.

185-189 40 14

JISMONIY TARBIYA ORQALI INTIZOM VA IRODANI TARBIYALASH

Abdiolimova Iqbolaxon Xasanboy qizi

Maqolada intizom va iroda tushunchasi, jismoniy tarbiyaning yoshlarda intizom va irodani shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tizimli jismoniy mashqlar jarayonida ushbu fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik yondashuvlar, usullar va vositalar tahlil qilinadi. Uyushgan jismoniy tarbiyaning umumiy o‘quv jarayonining bir qismi va shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida ahamiyati qayd etilgan. Insonning jismoniy va axloqiy-ixtiyoriy rivojlanishi o‘rtasidagi munosabatlar ta'kidlangan.

180-184 22 9

SPORT VA JISMONIY TARBIYA ORQALI IJTIMOIY MOSLASHUV

Xubbillayeva Odinaxon Zayniddin qizi, Abdiolimova Iqbolaxon Xasanboy qizi

Ushbu maqolada sport va jismoniy madaniyatning aholining turli guruhlarini, shu jumladan yoshlar, nogironlar va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarni ijtimoiy moslashishning samarali vositasi sifatida ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ta'kidlanishicha, sport faoliyatida ishtirok etish muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga, o‘z-o‘zini hurmat qilishni mustahkamlashga, jamiyatga tegishli bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga va ijtimoiy izolyatsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi.

175-179 24 7

BADMINTONDAGI AYOLLAR: SPORTDA TENGLIKKA YO‘L

Abdiolimova Iqbolaxon Xasanboy qizi

Ushbu maqola gender tengligi nuqtai nazaridan badmintonda ayollar rollarining evolyutsiyasini ko‘rib chiqadi. Xotin-qizlar sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishining tarixiy bosqichlari, yetuk sportchilarning muvaffaqiyatlari, bugungi kundagi muammo va istiqbollari tahlil etilgan. Xalqaro Badminton federatsiyasining (BWF) ayollarni sportda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari, tenglikni ta’minlashda ayollar yetakchiligi muhimligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xulosa qilinadiki, erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, badmintonda tenglik doimiy e'tibor va kuch talab qiladigan jarayon bo‘lib qolmoqda.

169-174 20 8

BADMINTON MASHG‘ULOTLARIDA TEXNIK TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH

Abdiolimova Iqbolaxon Xasanboy qizi

Maqolada badminton bilan shug‘ullanadigan sportchilarning texnik tayyorgarligining rivojlanishi ko‘rib chiqiladi. O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan texnika, usul va vositalarning asosiy elementlari tahlil qilinadi. Tadqiqot 8 hafta davomida 14-16 yoshli 12 nafar yangi boshlovchi sportchilar ishtirokida o‘tkazildi. Olingan natijalar barqaror vosita ko‘nikmalarini shakllantirishda maxsus tanlangan mashqlar va texnik topshiriqlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Sportni takomillashtirishning dastlabki bosqichlarida texnik tayyorgarlikni rivojlantirishga tizimli yondashuvning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

163-168 32 5

15 - 16 YOSHLI VOLEYBOLCHI QIZLARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI.

Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi

Mazkur maqolada 15 - 16 yoshli voleybolchi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning dolzarbligi muhokama qilinadi. Ushbu yoshdagi sportchilarning jismoniy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, mushaklarning rivojlanishi, kuch, tezlik, chidamlilik kabi umumiy jismoniy sifatlarning shakllanishi, shuningdek, voleybolga xos maxsus sifatlar - sakrovchanlik, reaksiyaviy tezlik, koordinatsiya va o‘yin chidamligi haqida batafsil ma'lumot beriladi. Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining samarali tashkil etilishi, sportchilarning o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga yordam beradi. Maqolada shuningdek, yosh sportchilarda umumiy va maxsus sifatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirib rivojlantirishning ahamiyati va bunday yondashuvning sport amaliyotidagi natijalariga ta’siri tahlil etiladi.

158-162 21 8

SAKROVCHANLIK, SAKRASH CHIDAMKORLIGI VA ULARNING SPORT AMALIYOTIDAGI O‘RNI.

Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi
Ushbu maqolada sportchilar jismoniy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichlari bo‘lgan sakrovchanlik va sakrash chidamkorligining mazmuni, ularni rivojlantiruvchi omillar hamda sport amaliyotidagi o‘rni yoritilgan. Sakrovchanlik - sportchining qisqa vaqt ichida maksimal balandlikka yoki masofaga sakrash qobiliyati sifatida talqin qilinadi, sakrash chidamkorligi esa — uzluksiz, takroriy sakrash harakatlarini bajarishdagi bardoshlilikni ifodalaydi. Maqolada ushbu jismoniy sifatlarning voleybol, basketbol, yengil atletika va gimnastika kabi sport turlaridagi ahamiyati, trening metodikasi hamda amaliy mashqlar tahlil qilinadi. Ushbu material murabbiylar, sport mutaxassislari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun foydali uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
153-157 26 6

15–16 YOSHLARDA GI QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI.

Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi
Ushbu maqolada 15–16 yoshdagi o‘smir qizlarning jismoniy rivojlanishiga xos bo‘lgan yoshga bog‘liq fiziologik, anatomik va psixologik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Qizlarda bu davrda bo‘y o‘sishi, mushak massasining ortishi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining faollashuvi, shuningdek, harakat koordinatsiyasi va moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlar faol rivojlanadi. Shu bilan birga, gormonal o‘zgarishlar va psixologik beqarorlik ham jismoniy faoliyatga ta’sir qilishi mumkin. Maqolada bu yoshdagi qizlar bilan mashg‘ulot olib borishda individual yondashuv va nazoratning ahamiyati ta’kidlanadi. Materiallar murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
148-152 28 8

15–16 YOSHLI VOLEYBOLCHI QIZLARNING SAKROVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi

Mazkur maqolada 15–16 yoshli voleybolchi qizlarning sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan. Unda voleybol o‘yinida sakrash harakatlarining ahamiyati, o‘smir sportchilarning jismoniy va fiziologik rivojlanish xususiyatlari, trening metodikasi hamda mashg‘ulot shakllari tahlil qilinadi. Sakrovchanlikni rivojlantirishda pliometrik mashqlar, kuch va koordinatsion mashg‘ulotlar, shuningdek, yoshga mos yuklama prinsiplari asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Maqola voleybol murabbiylari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda sportchi qizlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

221-223 23 13

YOSHLAR - KELAJAGIMIZ .

Uralova Muazzam

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat

134-142 35 9

PARAMETRLI TENGLAMALAR ORQALI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Allayeva Mehriniso

Ushbu maqolada parametrli tenglamalar yordamida matematik modellashtirishning asosiy prinsiplarini tahlil etamiz. Parametrli tenglamalar - har bir o'zgaruvchi o'zining parametriga bog'langan tenglamalardir va ular ko'plab ilmiy va texnik sohalarda, jumladan, fizikada, muhandislikda, iqtisodiyotda va boshqa ko'plab sohalarda tizimli va aniq modellar yaratishda qo'llaniladi. Maqolada parametrli tenglamalar orqali harakatdagi ob'ektlar, energetik tizimlar, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar kabi turli xil hodisalarni matematik modellashtirishga oid misollar keltiriladi. Shuningdek, parametrli tenglamalarni yechishning turli metodlari, ularning kompyuter texnologiyalari yordamida simulyatsiyasi va real hayotdagi qo'llanilishlariga oid misollar ko'rsatiladi. Maqola matematik modellashtirish jarayonini yaxshilashga qiziqqan mutaxassislar, talabalar va ilmiy hamjamiyat uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi.

128-133 30 13

СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗГОВОРНОЙ ЛЕКСИКИ

И.М.Губкина, Бавбекова Замира Ринатовна

В статье рассматриваются структурно-семантические особенности разговорной лексики в русском языке. Осуществляется анализ её роли в межличностной коммуникации и выявляются её признаки, такие как экспрессивность, ситуативность и эмоциональность. Также исследуется функционирование разговорной лексики в различных социальных контекстах. Целью работы является определение ключевых особенностей разговорной лексики в современном русском языке. Исследование основывается на лексикографических данных и примерах из реальной речи.

115-127 21 13

ПРАКТИЧЕСКИЕ НАВЫКИ ДЕЛОВОГО ОБЩЕНИЯ НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ДЛЯ ИНОСТРАННЫХ СТУДЕНТОВ

И.М.Губкина, Бавбекова Замира Ринатовна

Представленная работа посвящена анализу проблемы формирования навыков делового общения на иностранном языке у студентов нелингвистических специальностей. В статье обосновывается актуальность данного направления обучения, обусловленная возрастанием роли иноязычной коммуникации в профессиональной среде. Целью исследования является разработка методических рекомендаций по оптимизации процесса обучения деловому общению, ориентированных на иностранную аудиторию (студенты продвинутого этапа обучения). В работе выделяются и описываются методы и формы работы, основанные на современных учебных технологиях и способствующие эффективному формированию профессиональных компетенций в сфере делового общения в условиях языковой среды. Результатом исследования является ряд предложений по оптимизации образовательного процесса в иностранной аудитории.

110-114 25

КОГНИТИВНЫЕ ФАКТОРЫ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЛАГОЛОВ РАЗМЕЩЕНИЯ В РАЗЛИЧНЫХ ЯЗЫКАХ

И.М.Губкина, Бавбекова Замира Ринатовна

В статье рассматривается влияние когнитивных факторов на использование глаголов размещения предметов в пространстве в различных языках. Изучение глаголов, выражающих действия по размещению объектов, даёт важную информацию о том, как различные культуры и языки концептуализируют пространство и взаимодействие с предметами. Особое внимание уделяется тому, как когнитивные процессы, такие как восприятие пространства и объектов, влияют на выбор глаголов и структурирование предложений. Сравниваются языковые особенности, выявляются когнитивные стратегии, лежащие в основе выбора глаголов, и анализируется, как эти стратегии отражают ментальные модели и различия в мировоззрении.

105-109 34 13

СТРУКТУРНЫЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ГЛАГОЛОВ МЫШЛЕНИЯ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ

И.М.Губкина, Бавбекова Замира Ринатовна

В статье исследуются структурно-семантические особенности глаголов мышления в русском языке. Особое внимание уделяется взаимодействию лексико-семантических характеристик этих глаголов с синтаксическими структурами и прагматическими функциями. Рассматриваются способы реализации когнитивных процессов в языке, отражающие национально-культурную специфику. Также обсуждаются аспекты межъязыкового сравнения, что позволяет выявить универсальные и уникальные особенности русских глаголов мышления. Результаты работы могут быть полезны в лингвистике, когнитивной психологии и прикладных исследованиях, связанных с искусственным интеллектом.

99-104 17 6

OʻQITUVCHILARDA KASBIY SOʼNISH JARAYONLARINI OʼRGANISHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Yaxshiyeva Lobar Rizoqulovna

Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini soʼnishi mexanizmlariga eʼtibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yoʼllariga toʼxtalib oʼtilgan. 

95-98 18 14

COMMON MISTAKES IN ENGLISH PREPOSITIONS AND HOW TO AVOID THEM

Marjona Esojonova

This essay discusses ten common mistakes learners make when using English prepositions. It highlights errors related to time expressions, purpose, location, verb-preposition combinations, and more. Each mistake is explained with examples and tips to avoid them. The essay emphasizes the importance of practice and understanding to use prepositions correctly and enhance communication skills in English.

91-94 26 8

BLOCKCHAIN TECHNOLOGY IN FINANCIAL SERVICES : OPPORTUNITIES AND CHALLENGES IN UZBEKISTAN

Marjona Esojonova

This paper examines the adoption of blockchain in Uzbekistan’s financial sector, analyzing its potential to address challenges such as financial exclusion, fraud, and inefficiencies. Through a qualitative review of recent initiatives, regulatory frameworks, and stakeholder perspectives, the study identifies opportunities and barriers to blockchain integration.

88-90 29 9

O’ZBEK VA RUS TILLARIDA GAP TUZILISHINING FARQLARI

Xamidova Maxbuba Kaharovna, Soliyeva Nozimaxon Foziljon qizi

Ushbu maqolada o‘zbek va rus tillarida gap tuzilishining o‘ziga xos farqlari yoritib berilgan. O‘zbek tilida so‘zlarning qat’iy tartibda joylashishi va fe’lning odatda gap oxirida kelishi ta’kidlangan, rus tilida esa so‘zlarning nisbatan erkin joylashishi va gap urg‘usiga qarab tartibning o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Ergash gaplar va predikat ifodalanishidagi o‘zaro farqlar ham tahlil qilingan. Maqola til o‘rganuvchilarga har ikki tilning gap tuzilish xususiyatlarini tushunishga yordam beradi.

85-87 31 9

CULTURE OF CORRECT USE OF THE INTERNET

Sotvoldiyeva Latofatxon Iqboljon qizi, Fakhriddin Urinboevich Toshboltaev

this article explores the importance of cultivating a culture of responsible internet use is explored. It emphasizes the necessity for users to engage with digital content thoughtfully and critically. The author discusses the implications of misinformation, the role of social media in shaping public perception, and the ethical considerations surrounding online behaviors. Furthermore, the article advocates for digital literacy as an essential skill for navigating the complexities of the internet. By promoting awareness and education, it aims to empower individuals to make informed decisions, promote respectful communication, and contribute positively to the online community. This piece serves as a call to action for readers to reflect on their internet habits and foster a more constructive and respectful digital environment.

80-84 22 11

TOʻGʻRI KASB TANLASHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI,YUTUQLARI VA KAMCHILIKLARI

Shaymardanov Asror Aslonovich

Ushbu maqolada kasb tanlovchilarning istaklari, kasbga to‘g‘ri baho berish va to‘g‘ri tanlay olish, muammo va kamchiliklarni tan ola bilish, tirishqoqlik va matonatli bo‘lish, to‘siq va mashaqqatlarni yengib o‘tish kerakligi va bu bilan bir qatorda boshqa masalalar ham yoritib berilgan. 

77-79 18 7

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ И ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА

Мусаева Севинчбегим Мусаёвна

Возникновение глобальных экологических проблем, с которыми сталкивается человечество в XXI веке описывается. В частности, сегодня, в связи с развитием промышленности, Количество выбрасываемых в атмосферу углеводородных газов увеличивается с каждым годом.

71-76 23 12

SHAXS TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI HAMDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH MASALALARI

Arslonova Marxabo G’ulomovna

Rivоjlаnish kishidаgi jismоniy, ruhiy vа ijtimоiy jаrаyоn bo’lib, u bаrchа tug’mа vа egаllаgаn miqdоr vа sifаt o’zgаrishlаrini o’z ichigа оlаdi.Jismоniy rivоjlаnish bo’yining o’sishi, vаzn vа muskul kuchining оrtishi, sеzgi a’zоlаrining mukаmmаllаshishi, hаrаkаtlаrni to’g’ri bоshqаrа bilish vа shungа o’xshаshlаr bilаn bоg’liqdir.

63-70 24 15

MAGNIT MAYDONNING BIOORGANIZMLARGA TA’SIRI

Abduxalilova Ra’no Saitmirza qizi, Bobonazarova Soliha Uyg’un qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich

Magnit maydonlar atrof-muhitimizning doimiy va muhim qismi bo’lib asosiy komponentlari geomagnit maydonning doimiy qismi, uning magnit bo'ronlari natijasida yuzaga keladigan tebranishlari va texnogen magnit maydonlardir. Ushbu maydonlar o'ta past chastotali (<1 kHz) magnit maydonlarni anglatadi. Ishda magnit bo'ronlar va antropogen maydonlarning tirik organizmlarga asosiy ta'sirining umumiy tavsifi va tirik organizmlarga magnit maydon ta'sirining asosiy mexanizmlari qisqacha tavsiflanadi. 

57-62 25 12

TALABALARDA ANSAMBL IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Fazliddinov Zokir

Ma‘lumki, millatimizning boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib etishishlarini san’atimizning fidoiylari, jonkuyar tashabbuskorlari va mohir ijro- chilar amalga oshirib kelganlar. Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, yosh avlodni komil inson darajasiga chiqishida juda muhim ahamiyat kasb etgan turli san’at sohalarining ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarini yetishtirish ham bugungi kunimiz uchun juda zarurdir. Ushbu maqolada Talabalarda ansambl ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirish xususida so’z boradi

295-297 18 7

МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАР – МИЛЛАТ КЎРКИ

Мамадалиева. З

Мамлакатимизда бугунги глобаллашув жараёнида ёшларни миллий қадриятларимиз асосида интеллекти юқори ва ватанпарвар қилиб тарбиялашга катта аҳамият қаратилмоқда.

375-381 30 5

"ИЗУЧЕНИЕ СЛУЖЕБНЫХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ" ВЕДУЩИЙ ПРЕПОДАВАТЕЛЬ РУССКОГО ЯЗЫКА

М.С.Васиковой, Абдуалимова Дилфуза Хикматовна

В статье рассматривается проблема изучения служебных слов на уроках русского языка в академических лицеях. Основное внимание уделяется исследованиям грамматических функций служебных слов, их усвоению учащимися и эффективному использованию в классе. В статье представлены методы активного усвоения служебных слов с использованием интерактивных методов, игр и современных технологий. Анализируется также значение этого типа слов в русском языке и его роль в языкознании.

369-374 21 9

DIN VA AXLOQIY QADRIYATLAR OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK

Samatov Xurshid O’lmasjonovich, Quvondiqov Temurmalik Botir o‘g‘li

Ushbu maqolada din va axloqiy qadriyatlar o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilinadi. Din insoniyat tarixida muhim rol o'ynagan bo'lib, u axloqiy qadriyatlarning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Maqolada dinning axloqiy qadriyatlar bilan qanday bog'liq ekani, dinning axloqiy ta'limotlari va ularning jamiyatdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, din va axloqiy qadriyatlarning zamonaviy jamiyatdagi roli ham tahlil etiladi.

364-368 43 7

BIOLOGIK FAOL ORGANIK BIRIKMALAR:TABIIY VA SUN’IY MODDALARNING O’RNI

Abdusamatova Maftuna Akbar qizi, Abduhomidova Fotima Olimjon qizi

Ushbu maqolada biologik faol organik birikmalarning tabiiy va sun’iy manbalardan olinishi, ularning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik faollik darajalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda analitik metodlar yordamida tabiiy va sun’iy biologik faol moddalarning tarkibi va funksional xususiyatlari o‘rganildi. Olingan natijalar asosida tabiiy moddalarning ekologik xavfsizligi va farmakologik samaradorligi yuqoriligi, sun’iy moddalarning esa maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga ega ekani ko‘rsatib berildi. Xulosa sifatida, tabiiy va sun’iy biologik faol birikmalar zamonaviy farmatsevtika va biotexnologiyada o‘zaro muhim o‘rin tutishi, ularni birgalikda tadqiq etish esa yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

358-363 26 10

FARMATSEVTIKADA ORGANIK BIRIKMALAR: DORILAR SINTEZI VA TURLARI

Abduhomidova Fotima Olimjon qizi, M.J.Jamolova

Farmatsevtika sanoati organik birikmalar asosida rivojlanib bormoqda. Dorilar sintezi texnologiyalari fundamental organik kimyo qoidalariga asoslanadi va zamonaviy biotexnologik yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Ushbu maqolada farmatsevtikada organik birikmalar sinfi, dorilar sintezining klassik va innovatsion metodlari, yangi molekulalarning yaratilishi va dorilar dizayni yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, organik dorilarning ekologik va iqtisodiy samaradorlik jihatlari, kelajakdagi tendensiyalar tahlil qilinadi. 

352-357 36 16

SANLÍQ TUWRALÍ TÚSINIK HÁM QATARLÍQ SANLÍQ TEMASÍNDA SABAQTÍ REJELESTIRIW.

Taumuratova Shiyrinxan Komekboyevna

Bul maqalada “Sanlıq tuwralı túsinik hám qatarlıq sanlıq temasında sabaqtı rejelestiriw” temasın pánler arasındaǵı baylanıstı kúsheytiw máqsetinde, oqıtıwshınıń oqıwshı jasına say temanı durıs rejelestiriw qaǵıydaların úyreniw  tolıq kórsetilgen.


Sabaq sıpatı ayrıqsha nátiyjelerge erisiw ushın , sabaqtıń maqseti hám mazmunına ayrıqsha áhmiyet beriledi. Sabaqtıń tiykarın quraytuǵın metodlardı tańlaw usılları berilgen hám tema tiykarında metodlar qollanılǵan. Bunnan basqa sabaqtıń basqa tarawlar menen baylanısı áhmiyetke iye. Bul jerde pánler ara baylanıs anıqlastırılıp berilgen. Bul metodikalıq usınısta kórsetilgen metodlar 6-klass oqıwshılarına sáykeslendirip jazılǵan.

347-351 38 28

JALOLIDDIN RUMIY IJODI VA HIKMATLARINING BADIIY TALQINI

Karimova Dilobod Halimovna, Abdumalikova Sabrina

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiyning hikmatlarining badiiy talqini tahlil qilingan. Uning fikrlarining ruhiy va falsafiy chuqurligi, badiiy tasvirlar, metaforalar va ramzlar yordamida ifodalangan murakkab tasavvufiy g‘oyalari o‘rganilgan. Rumiyning aforizmlari nafaqat axloqiy va ruhiy yo‘riqnomalar sifatida, balki ilohiy muhabbat, o‘zini anglash va ichki o‘zgarishlarni tasvirlashda badiiy ifoda sifatida ham taqdim etilgan. 

342-346 61 18

ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR

O‘.T.Vaxabova, Abdumalikova Sabrina

Mazkur maqolada inson psixikasining ontogenez jarayonidagi ilk bosqichlari yoritiladi. Bola psixikasi shakllanishida biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy va psixologik muhitning ta’siri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chaqaloqlik, go‘daklik va ilk bolalik davrlarida sodir bo‘ladigan asosiy psixik o‘zgarishlar, ularning mexanizmlari hamda bola rivojiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.

337-341 56 86

ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR

O‘.T.Vaxabova, Abdumalikova Sabrina

Mazkur maqolada inson psixikasining ontogenez jarayonidagi ilk bosqichlari yoritiladi. Bola psixikasi shakllanishida biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy va psixologik muhitning ta’siri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chaqaloqlik, go‘daklik va ilk bolalik davrlarida sodir bo‘ladigan asosiy psixik o‘zgarishlar, ularning mexanizmlari hamda bola rivojiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.

337-341 162 32

LEV VIGOTSKIY VA UNING PSIXOLOGIK MAKTABI

O‘.T.Vaxabova, Tursunaliyeva Shaxnozabonu Qobiljon qizi

Ushbu maqola Lev Semyonovich Vigotskiyning psixologiya fanidagi o‘rni va uning madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasini tahlil qiladi. Maqolada, ayniqsa, Vigotskiyning proksimal rivojlanish zonasi (PRZ), nutq va tafakkur o‘rtasidagi aloqalar, shuningdek, uning psixologiya faniga va ta’lim metodologiyasiga qo‘shgan hissalari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, boshqa olimlarning, jumladan, A.N. Leontyev, Jerom Bruner va Barbara Rogoffning Vigotskiy g‘oyalariga bo‘lgan munosabatlari tahlil etiladi.

332-336 18 6

PSIXOLOGIK MASLAHAT BERISHDA PEDAGOG-PSIXOLOGNING O’RNI

Jumanazarova Feruza Erkinovna

ushbu maqolada psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan. 

328-331 27 9

BAXT TUSHUNCHASINING MOHIYATI, PSIXOLOGIK TAHLILI

Abilkasimova Manzura Bekturdiyevna

Mazkur maqolada baxt tushunchasining psixologik tahlili, hamda dunyoning mashhur  psixologlarining baxt tushunchasi haqidagi fikrlari xususida so’z yuritilgan. 

322-327 22 23

MAKTAB MUHITIDA KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI OLDINI OLISH HAMDA BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Muhiddinova Surayyo Joʻrayevna

Mazkur maqola maktab muhitida yuzaga keladigan nizolarni oldini olish va ularni hal qilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni va ularning echimlarini tahlil qiladi. Nizolar o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar o’rtasida turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan kommunikatsiya etishmovchiligi, o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va ta’lim muassasasining ichki siyosati. Maqola, shuningdek, bu muammolarni hal qilish uchun samarali usullar va strategiyalarni taklif qiladi. Ushbu tadqiqot metodologiyasi adabiyotlar sharhini, so’rov va kuzatuvlarni o’z ichiga oladi, bu esa maktabdagi nizolarni tushunish va ularni hal etish bo’yicha chuqur tahlilni ta’minlaydi. 

314-321 27 8

МУЗЕЙЛАРНИНГ ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯГА АҲАМИЯТИ

Х. Юлдашева

Музейларнинг таълимий ва тарбиявий аҳамиятини назарда тутган ҳолда уларни мактабга яқинлаштиришгина эмас, балки таълим муассасаларини ҳам музейга яқинлаштириш, яъни ҳамкорлик педагогикасини амалга ошириш зарурияти сезилмоқда.

307-313 24 8

MUZEY PREDMETLARINI O`RGANISH.

To`ramirzaev R

Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab quvatlash,ularning marketing siyosati va xizmatlari soxasini kompleks rivojlantirish,muzeylarga inovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi,Birinchi va Ikkinchi Renesans davrlari, buyuk allomalar xayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspoziyalarni yaratish,muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy me’rosimizni keng      targ‘ib qilish

298-306 32 12

НАМАНГАН МЕЪМОРИЙ ОБИДАЛАРИ

Манзура Холбаева.

Мулло Қирғиз мадрасаси - Наманган шаҳрининг Чорсу майдонидаги меъморчилик обидаси бўлиб, у 1910-1912 йилларда Мулла Қирғиз Машраббой ўғли маблағи ҳисобига барпо этилган. Мадраса биноси тархда нотекис беш қиррали кўринишга эга бўлиб, унинг бундай шаклда лойиҳаланишига у жойлашган eр майдони нотекислиги сабаб бўлган. Ёдгорликнинг бош фасади икки қаватли, қолган қисми эса бир қаватли қилиб қурилган. Ҳовлига кирилгач, ўнг томонида гумбазли дарсхона ҳамда масжид жойлашган. Мадраса биносини безатишда асосий эътибор бош фасадга қаратилиб, у икки қаватли қилиб, ўртасида баланд ва кўркам пештоқ, унинг икки ёнида икки қаватли равоқли ҳужралар, бурчагида эса айлана шаклидаги гулдасталар тартибли жойлаштирилган.

375-381 34 11

"ИЗУЧЕНИЕ СЛУЖЕБНЫХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ"

Абдуалимова Дилфуза Хикматовна, М.С.Васиковой

В статье рассматривается проблема изучения служебных слов на уроках русского языка в академических лицеях. Основное внимание уделяется исследованиям грамматических функций служебных слов, их усвоению учащимися и эффективному использованию в классе. В статье представлены методы активного усвоения служебных слов с использованием интерактивных методов, игр и современных технологий. Анализируется также значение этого типа слов в русском языке и его роль в языкознании.

291-294 23 6

МУЗЕЙНИ ЁШЛАР ОЛДИГА ҚЎЙАДИГОН ВАЗИФАЛАРИ.

М.Мухамадиев.

Ўлкани ва унда мавжуд бўлган тарих ва маданият едгорликларини муҳофаза қилиш, ўрганиш ва улардан фойдаланиш ҳар бир фуқоранинг муқаддас бурчидир. Тарихчиларга бу қонун муқаддас дастуриламон бўлиб хизмат қилади. Биз ешларни тарихий едгорликларни авайлаб сақлашга тарихий обидаларга меҳр-муҳаббат билан қарашга ўрганиб, бу едгорликлар фақат ўтмишни ўрганиш учунгина эмас, шу билан бирга илм-фанни, халқ моарифи ва маданиятини янада ривожлантириш учун ҳам бебаҳо дурдона эканлигини сингдириш руҳида тарбиялашимиз керак.

283-290 34 9

ГИЛАМЧИЛИК САНЪАТИ ТАРИХИ

Х. Юлдашева

Барча тадқиқотчилар такидлашича турли қабила гурухларининг ўзаро никохи ўзига хос маданият ва удумни англатган. Ўзаро никохларда бир қабила бошқа қабилага ўзига хос таризда тўқилган. Турли гилам ишларини тақдим этишган. Бу гиламларда қабилаларнинг ўзига хос нақшлари ишлатилади, бу эса оиланинг бир бирига вафодор бўлишини бирдириб, кейинчалик хўжалик зарурияти учун ишлатилади.

279-282 23 6

УСМОН НОСИРНИ ЭСЛАБ

Ш.Ахмаджанова

Наманган вилоят тарихи ва маданияти давлат музейи Адабиёт бўлими кўргазмалар залида ҳамюртимиз, туғма истеъдод соҳиби, шоир, драматург, моҳир таржимон Усмон Носирнинг ўйчанг ҳолатда маюс боқиб турган сурати бор.  Ҳар сафар Усмон Носирнинг ушбу сурати ва унинг остида қайд этилган саналарни кўрганимда албатта бир он тўхтаб қоламан. Ичимдаги ғалаён сабаб бўлади бунга. Ғалаёнки ноҳақлик, адолатсизлик, хўрликка қарши нафратга йўғрилган. Унинг айби нима эди? Ҳақиқатни куйлаганими ёки ўзлигини англаганими? Нега у ўттиз икки ёшида жувонмарг қилинди? Дунёга келиб нима кўрди у? Шу каби саволлар қалбим ва онгимни чулғаб олиб, тинчлик бермайди.

273-278 23 15

КЎХНА МАСКАННИНГ ДУРДОНАЛАРИ.

Ш.Ахмаджанова

Бугун ўз-ўзини англаб, мустақиллигимиз кун сайин мустаҳкамланиб бораётган шароитда она юртнинг ҳар бир фарзанди учун Ватан тарихини севиш, ўрганиш, дилига жо этишдан ҳам муқаддасроқ бурч йўқ. Шунинг учун ҳам ўтмиш тарихий ва моддий-маданий ёдгорликларини ўрганиш, муҳофаза қилишнинг ролини ошириш муаммоларини ҳал қилишга катта аҳамият берилмоқда.

269-272 28 6

КУРАШ ОТА-БОБОЛАРИМИЗДАН МЕРОС.

Д.Шайхитдинова

 Ўзбек  кураши ҳалқимизнинг  турмуш  тарзи, миллий  маданияти, маънавияти, миллий менталитетини ўзида акс эттирувчи  қадриятимиз, миллий  спорт туридир. У халқимизнинг  кўпгина  этник  хусусиятларини  мужассамлаштирган  маросим  сифатида  ҳам  қадрланади .Унинг  шаклланиши  қадим  тарихга  эга .Олимларимиз  қадимги Бақтрия  ҳудудидан  топилган  археологик  топилмаларга  таяниб ,ўзбек  курашининг  илдизлари  камида  3,5 минг  йиллик  тарихга  эга  эканлигини  қайд  этади. 

266-268 22 7

ЎЗБЕК МИЛЛИЙ АРМИЯСИНИНГ ТАШКИЛ ТОПИШИ.

Ш.Ахмаджанова

Ўзбекистон республикасиниг Қуроли Кучлари 1992 йил 14 январда Ўзбекистон республикаси президенти фармонига асосан ташкил қилинган. Республика Қуроли Кучлари уч турдан иборат улар: Қуруқликдаги қўшинлар, Ҳарбий ҳаво кучлари ва ҳаво ҳужумидан мудофа кучлари.Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари Ўрта Осиёда энг қудратли ва жанговар тайёргарлиги ва қобилияти энг юқори армия деб тан олинган. 1999 йил 13 январдаги Фармонига биноан Давлат чеараларини ҳимоя қилувчи қўмита тузилди. 

260-265 30 14

АМИР ТЕМУР ДАВРИ САНЪАТИ ВА МАДАНИЯТИ

Д. Тўхтабоева

Амир Темур ўзига бўйсундирилган мамлакатларга ўз мустақиллигини сақлаб қолган ҳолда, ўлпон тўлаб туриш имкониятини беради. Шу боисдан Амир Темур босиб олган мамлакатлар узоқ йиллик мўғул зулмидан озод бўлган ҳолда шу озодлик эвазигагина ҳирож-ўлпон тўлардилар. Шунга кўра, Амир Темур сиёсати ва уни раҳнамолиги туфайли кўплаб халқлар уни қўллаб-қувватладилар. Аммо қайси бир мамлакат хоинлик қилса уларни қаттиқ жазолайди. 

254-259 26 16

ЎЗБЕК ХАЛҚИ ТАСВИРИЙ САНЪАТ

Г.Назарова

 Узбек халки аждодлари тасвирий санъат сохаси ибтидоий жамият давридан бошлаб ажойиб асарлар яратганлигини археологик кашфиётларда тасдикланди. Республикамизнинг  жуда куп жойларида, айникса Бойсун, курама тог тизимлари, Самарканд теварагидаги тогларда топилган коя тошларга битилган ибтидоий расмлар узининг  реаллиги, ранг - баранглиги билан хозиргача кишиларни хайратда колдиради.

248-253 29 16

ЎҚУВЧИЛАРНИНГ МУЗЕЙ ВА САЁХАТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ.

Г.Назарова

Музейларнинг таълимий ва тарбиявий аҳамиятини назарда тутган ҳолда уларни мактабга яқинлаштиришгина эмас, балки таълим муассасаларини ҳам музейга яқинлаштириш, яъни ҳамкорлик педагогикасини амалга ошириш зарурияти сезилмоқда.

243-247 28 9

ГИЛАМЧИЛИК САНЪАТИ ТАРИХИ

Азиза Мадалиева

XX – асрнинг бошларида Самарқанд вилояти худудларида 50 га яқин ўзбек қабилалари яшашган. Бир қабила ахолиси бирлашиб, иккинчи қабила эса тарқоқ хаёт кечиришган, улар бир-бирлари  билан доимо кўришиб туришган.

240-242 28 9

MAROSIMIY KIGIZ BUYUMLAR.

Xusainova. M

Qadimiy zamonlardan buyon marosimlarga  moljallab tayyorlangan buyumlar turkman xalqining xayot tarzida muxum axamyat kasb etadi. Oq va qora namatlar tukmanlar turmushida keng foydalanilgan va ular bilan bogliq rasmu udumlar ildizi juda qadimiy zamonlarga borib  tadaladi.

237-239 26 10

AL BUHORIY HADIS ILMINING SULTONI

Valiyeva Hadiy

“Agar keyingilarda Imom Buhoriyni maqtash eshiklari ochiladigan bo`lsa uning madhiga qog`ozlar etmas  nafaslar  toqat qila olmay qolur. Zero u bamisoli  sohili  bo`lmagan dengizdir.”

228-236 25 5

ЕLEKTRON KUTUBXONALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI KIRIB KELISHI

Rahmatullayeva Oʻgulxon Maxmudovna

Еlektron kutubxonalar va zamonaviy texnologiyalarni kirib kelishini vazifasi Аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаri vа еlеktrоn kutubxоnаlаr ilmiy bilimlаr vа tа’lim rеsurslаrini kеng оmmаgа yеtkаzishdа аsоsiy vоsitа sifаtidа qаrаlmоqdа. Еlеktrоn kutubxоnаlаr rаqаmli fоrmаtdаgi kitоblаr, mаqоlаlаr, dissеrtаtsiyаlаr, ilmiy hisоbоtlаr vа bоshqа rеsurslаrni sаqlаydigаn, fоydаlаnuvchilаrgа tаqdim еtаdigаn оnlаyn plаtfоrmаlаrdir.

224-227 23 4

MADANIYAT VA MA`NAVIYAT MASALALARIDA KUTUBXONALNING ROLI

Rahmatullayeva Oʻgulxon Maxmudovna

Mazkur maqolada Oʻzbekiston kutubxonalari tarixini oʻrganishga qaratilgan boʻlib,  Oʻzbekistondagi kutubxonalar misolida tahlil olib boriladi. Oʻzbekistondagi kutubxonalarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning jamiyatdagi oʻrni ilmiy asosda oʻrganiladi.