Mualliflar

  • Jumanazarova Feruza Erkinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89295

Kalit so‘zlar:

psixolog psixologik maslahat soat maxsus jihozlangan xona va yakkama-yakka yuzma-yuz.

Annotasiya

ushbu maqolada psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan. 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 332

PSIXOLOGIK MASLAHAT BERISHDA PEDAGOG-PSIXOLOGNING O’RNI

Jumanazarova Feruza Erkinovna

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani

MMTB ga qarashli 43-umumta’lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

ushbu maqolada

psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan

maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z

muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

psixolog, psixologik maslahat, soat, maxsus jihozlangan xona va

yakkama-yakka, yuzma-yuz.

Psixologik maslahat-muhtoj bo’lganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis

psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko’rsatish bilan bog’liq

bo’lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz

hayotida duch kelgan muammoni dastlab o’rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida

beriladi. Ko’pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun

maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va yakkama-yakka, yuzma

yuz o’tkaziladi. Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha davom etadigan

psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o’tkaziladi. Mana shu suhbat davomida

mijoz o’z muammolari, o’zi to’g’risida gapirib beradi.

Psixolog o’z navbatida muommoning mohiyatini tushunib yetish, bu muammoni o

‘zi uchun ham , mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi,

maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga

olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo’yicha ilmiy, asosli

tavsiyalar beriladi.

Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko’p

hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta

olishiga qaratilgan bo’ladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 333

Psixologik maslahat - bu inson hayotida yuzaga keladigm barcha psixologik

muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik

yordam ko’rsatish uchun yuzaga kelgan amaliyotdir. Lekin mijoz har doim ham uning

muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o’zining kuchi va imkoniyatlariga

tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi.

Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo’yicha unga yordam

ko’rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat

berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish

usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan maxsus ish uslublari va unga ta’sir

ko’rsatish metodlarini qo’llaydi. Shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi

uchun tushunarii va mumkin bo’ladigan qilib amalga oshiriladi.

Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko’pincha birikki uchrashuv bilan

cheklanmaydi. Ko’pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko’p uchrashib ancha

uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli

maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: - Mijozning muammosi

shunday murakkab boladi-ki, birikki soat davomida uni tushunib olish deyarli mumkin

emas.

Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal

etish alohida maslahatni talab etadi;

1.

Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to’la

mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo’shimcha yordam

ko’rsatishni talab etadi.

2.

Mijozning individual xususiyatlari sababli psixolog-maslahatchi uning

muammosini darhol va qo’shimcha yordamsiz hal eta olishiga to’la ishonmaydi.

Agarda mijoz o’ziga yetarlicha ishonmasa, o’z hayajonlari va xulqini boshqara

olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to’g’ri

yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo’lmaganda bunday hollar uchrab turadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 334

Ko’pincha aholining o’rta qatlami deb ataluvchi jismoniy va sog’lomlik holati

bo’yicha yuksak xavf zonasida bo’lgan odamlar psixolog-maslahatchiga murojaat etadilar.

Yuksak xavf zonasi deganda nerv, psixik hamda jismoniy kasallanishi oson bo’lgan

odamlar va haqiqatdan ham kasal bolib qolishlari mumkin bo’lgan vaziyatlar tushuniladi.

Boshqa, jismoniy va psixik jihatdan kuchli, ancha sog’lom odamlar bunday vaziyatlardan

faqatgina toliqish yoki noqulaylikni his etish bilan chiqib ketadilar. Psixologik maslahatga

murojaat etuvchilar - bu odatda hayotga yetarlicha yaxshi moslashib olmagan va o’z ishida

unchalik band bo’lmagan odamlar bo’ladi, chunki psixologning to’la, batafsil maslahatini

olish uchun vaqt talab etiladi.

Psixolog-maslahatchiga hayotda va hammadan ham ko’p yordam so’rab murojaat

etuvchilar orasida ko’plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o’zini jismoniy

nosog’lom deb o’ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam kutishga majbur

etadi. Psixolog-maslahatchiga murojaat etuvchilar orasida u voki bu emotsional

chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o’z navbatida ko’plab ruhsizlik holati

va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol yordam izlashni

boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bolishi bilan darhol sodir bo’lmaydi, balki

ularning hayotida eng og’ir damlar boshlanganida murojaat etadilar. Odam nima qilishni

bilmaganida, yoki o’z muammosini mustaqil hal etish uchun uning imkoniyatlari

qolmaganda psixologmaslahatchiga yordam so’rab keladi.

Ruhiy holati yomon bo’lganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar

bilan qandaydir qo’rqinchli holat sodir bo’layotgandek, yom on oqibatlarga olib kelishi

mumkindek tuyulganda odam yordam so’rab psixologga murojaat etishi mumkin. Odamlar

psixolog-masiahatchidan nimani kutishadi? Nima uchun unga murojaat etishadi? Bu

savollarga quyidagicha javob berish mumkin:

1.

Ba’zi mijozlar o’z muammolarini umuman qanday hal etishni biladilar va

psixolog-maslahatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar.

2.

Boshqalari muammoni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslahat so’rab

boradilar.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 335

3.

O’zlariga to’ia ishonmaydiganlar yoki o’z muammolarini hal etish uchun

mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va

ularning faolliklarini kerakli tomonga yo’naltirish kerak.

4.

Bu ko’pincha bir o’zi yakka bo’lgan odamlar - shunchaki kim bilandir

yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bolmaydi,

lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj

bo’ladilar.

XULOSA

Psixologik maslahat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki u

bilan bahslashish istagi psixolog-maslahatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi.

Ba’zilar haqiqatan ham psixolog - maslahatchi nima ekanligini va u nima bilan

shug’ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular psixologmaslahatchiik

maslahat davomida mijoz xulqini kuzatish natijaiariga tayanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Olimov, T. H. (2019). Spiritual And Moral Aspects Of The Formation Of

Civil Culture In Future Specialists Of Higher Education.

Theoretical & Applied Science

,

(12), 662-665.

2.

Olimov, T. H. (2020). The Image Of A Modern Teacher In The Formation Of

Civic Culture Among Future Highly Educated Specialists.

Pedagogical Skillbukhara

,

5

.

3.

Olimov, T. H. (2019). Development Issues Of Civil Society And Culture In

The Work Of Eastern Thinkers.

Pedagogical Skill-Bukhara

,

2

.

4.

Olimov, T. H. (2016). Formation Of Self-Awareness In Youth.

Social And

Humanitarian Sciences In The Educational System.-Tashkent

,

4

.

5.

Olimov,

T.

(2020).Bo’lajak

Oliy

Ma’lumotli

Mutaxasislarda

Fuqarolik Madaniyatini

Shakllantirishning Ayrim Yo’nalishlari.

Fan, Ta'lim Va

Amaliyotning Integrasiyasi

,

1

(1), 20-27.

6.

Xolboyeva, G., &

Olimov,T.(2023).O‘smirlar

Ma’naviyatini

Shakllantirishning Ijtimoiy-Psixologik

Xususiyatlari.

Ilm-Fan Va Ta'lim

,

1

(7).


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 336

7.

Xolboyeva, G., & Olimov, T. (2023). O ‘Smirlarda Stressli Vaziyatlarda

Koping Xulq-Atvor Strategiyalari Namoyon Bo ‘Lishining Ijtimoiy Psixologik

Xususiyatlari.

Ilm-Fan Va Ta'lim

,

1

(7).

8.

Olimov, Т. The Role Of National Spirituality And Values In The

Development Of Civil Culture In Future Specialists With Higher Education.

9.

Olimov, Т. The Role Of National Spirituality And Values In The

Development Of Civil Culture In Future Specialists With Higher Education.

10.

Сайфуллаева, Н. Б. (2021). Важные Аспекты Использования Цифровых

Технологий В Системе Классных Уроков. Вестник Науки И Образования, (15-3

(118)), 40-42.

11.

Sobirovna, S. Y. (2023). Maktabgacha Ta’lim Yoshidagi Bolalarga Ekologik

Tarbiya Berish. Samarali Ta’lim Va Barqaror Innovatsiyalar, 1(4), 160-166.