Mualliflar

  • Xusainova. M

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89312

Kalit so‘zlar:

Ko’p asirlardan buyon ajdodlarimmiz ongiga singib ketgan tuwunchalariga kora kora rangli jun insoni ins jinsdan va uning rozgorini yomon kozlardan asrar emish.

Annotasiya

Qadimiy zamonlardan buyon marosimlarga  moljallab tayyorlangan buyumlar turkman xalqining xayot tarzida muxum axamyat kasb etadi. Oq va qora namatlar tukmanlar turmushida keng foydalanilgan va ular bilan bogliq rasmu udumlar ildizi juda qadimiy zamonlarga borib  tadaladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 240

MAROSIMIY KIGIZ BUYUMLAR.

Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi hodimi

Xusainova. M

Qadimiy zamonlardan buyon marosimlarga moljallab tayyorlangan buyumlar

turkman xalqining xayot tarzida muxum axamyat kasb etadi. Oq va qora namatlar

tukmanlar turmushida keng foydalanilgan va ular bilan bogliq rasmu udumlar ildizi juda

qadimiy zamonlarga borib tadaladi. Ko’p asirlardan buyon ajdodlarimmiz ongiga singib

ketgan tuwunchalariga kora kora rangli jun insoni ins jinsdan va uning rozgorini yomon

kozlardan asrar emish. Respublikaning turli qiwloqlarida olib borilgan etnogirofik

tadkikotlar jarayonida uy bosag’asiga kora nemat ‘’ Bosag’a kecha’’ towash ananasiga

qayt etilgan. SHarqiy Turkmanistonda yangi qurulgan uyning koziga yaqqol tashlanib

turadigan joyiga bir parcha kigiz osib qoyilgan. Bunday etiqodga sodiq bo’lgan to’quvchi

ayollar dasturxonlarga ko’ra kigiz parchasi ilib qoyiwgan. Milliy ko’lbola buyumlar-

chopon va qalpoqlarning gardi qora jiyak bilan aylantirib chiqilgan, namatning to’rt

tomoni esa ( gara –gira ) deb ataluvchi qora jun hoshiya bilan hoshiyalangan – ya’ni

buyumlar yomon ko’z va ins-jinslardan muhofaza qilingan. Faqat qora hiygiz yoli qora

rangdagi to’qima buyumlargina emas, hatto atamaning o’zi jham turkey halqlarda buyuk,

kuchli, qudratli ma’nolarni anglatgan. Qudratli hukmdorlar “Garahan” (“Qorahon”) deb

nomlangan, yirik tabiiy manbaalar “ Goragum” (“Qora qum”), “Gara dengiz” (“ Qora

dengiz”), (“ Gara bulut”) (“Qora bulut”) deb atalgan va x k. Ayni vaqtda O’rta Osiyo

halqlari o’rtasida oq rang poklik, ulug’vorlik va baxt timsoli hisoblangan. Oq kiygizga

alohida munosabatda bo’lish shunday kelib chiqgan, u diniy marosimlar vositasiga aylanib,

egasining ma’lum ijtimoiy mavqeyini belgilovchi unsurning hayotdagi ahamiyati va

maqomiga ega bo’lgan.

Oq namat “ Xonni taxtga o’tqazish” marosimida asosiy vosiya hisoblangan. Turkiy

halqlarda ( ayrimlarida XX asrgacha ) xon qilib saylash eskicha rasm rusmlar asosida

amalga oshirilgan, ya’ni yangi shoxni oq namatga o’tqazishgan, namatning chekkalaridan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 241

ushlab uch marta, “Xon! Xon! Xon!” deb yerdan dast ko’tarib tushurishgan. Ko’pgina turli

Xalqlarda (O’zbeklar boshqiridlar, Qozoqlar, Qirg’izlar va x k ) barcha davrlarda xonni oq

namatga o’tkazish rasmi amalga oshirilgan. 1746-yili Buxoro ruhoniylari sayyidlar, qozilar

va ho’jalar ishtirokida Muhammad Rahimxonni oq namatga o’tkazib, xon qolib

ko’tarishgan.

Arminiy Bamberiy Qo’qon xonligida xonni saylashda uni oq kiygizga o’tqazib

ko’tarishgani, xon esa o’z navbatida dunyoning to’rt tarafiga qarab kamondan paykon

yo’llagani haqida ma’lumot beradi.

Qozoq xonligida ham xon tayinlanganligining juma kunisi “ xon qilib ko’tarish rasmi

belgilangan. Ikkita olqsoqol oq namatga xonning yuzini qiblaga qaratib o’tqazishgan.

So’ng eng hurmatli sulton, biy, boy va botirlardan to’rt nafari kiygizda o’tirgan xonni uch

bora boshlari barobar ko’targanlar. Shundan keyin xon qonuniy hukmdor deb e’tirof

etilgan, so’ng qutlovlar boshlangan, endi uni saroy ayonlari zodagonlar va oq soqollar oq

namatga ko’tarishgan. Olimlarning fikricha, bu udum ildizi xunlar va qadimgi turklardagi

Tangri va quyoshga sig’inish bilan bog’liq. Inisiyatsiya ( taxtga o’tqazish) vaqtida bu

alohida udum majburiy tarzda ado etilgan. Xonni oq namatga ko’tarish va uni quyosh

tevaragida to’qqiz marta aylantirish ming bir olamdan boshqasi o’tishi hamda uni tangi

darajasiga ko’tarilganligini anglatgan. Oq kiygiz udumiy marosimda eng muhum vosita

bo’lib hizmat qilgan. Qog’ozlar aqiydasiga ko’ra turmushga chiqayotgan qiz dunyolarning

sarxadlaridan oshib o’tish. To’y marosimlardan bir necha kun oldin kelin bo’lmish

hayrlashgani qarindosh – urug’larinikigagina borgan. Mana shu marosimda kelinni oq

namatga ko’tarib borishgan. Kelinni ovulga ham shunday kiygizda olib borishgan.

Turkmanistonning ayrim viloyatlarida keksalarning “ payg’ambar to’yi” tantanasida (

63 yoshga kirganida) tepalik ustida unga atab yangi o’tov tiklashgan. Tantanalar boshlashi

bilan yaqin qarindosh urug’lari uni oq kiygizga o’tqazib, mehmonlar qoshiga olib

kelishgan. Bu amal taxtga o’tirish rasm-rusmlardan biri hisoblangan.

Udumlik ahamiyatiga ega bo’lgan buyum joynomoz ham jundan to’qilgan. Joynomoz

to’qishda tozlikka rioya qilish, sifatsiz va yaroqsiz jun ishlatmaslik va faqat oq jun


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 242

tanlashlanishi shart. Naqsh gullar tushurishda qo’llanadigan ranglar bundan mustasno.

Hammadan ham muhumi, gul tushuradigan jun tuya ipidan bir tola ham qo’shilmasligi

kerak joynamozga kim gul toqishi ham muhum ahamiyat kasb etadi, bu ish topshilgan ayol

pokdomon, iymon etiqodli, tutumi pok va halol bo’lmog’i lozim. Joynamoz tayyor

bo’gach u albatta muqaddas suv sepib poklangan.

Joynamozdan foydalanganda uni faqat toza joyda to’shamoq kerak, judayam

eskirgan joynamozni yoqib yuborish zarur. Shuni takidlash joizki, qadim zamonlarda

jundan yomon ko’z va ins – jinslardan saqlaydigan tumorlar yasashgan. Turkman

chevarlari ularga “go’chak” ( qochqor shoxi) olacha singari usullarda gullar, kashtalar tikib

berzashgan. Bunday tumorlar uy – ro’zg’or buyumlarini va yomon ko’zkardan asrabgina

qolmay, uning bezaklariga ham o’ziga hos go’zallik bag’ishlagan.

Yuqorida aytilganlardan shunday hulosa qilish mumkunki, oq va qora namatlar,

joynamozlar, kiygiz tumorlar kabi barcha buyumlar alohida marosimlar, masalan, toy, xon

ko’tarish, diniy rasm –rusmlarga mo’ljallangan bo’lib, milliy qadryat sifatida turkman

halqining manaviy hayotida chuqur ildiz otgan. Bu buyumlarni ilmiy jihatdan o’rganish

Turkiy halqlarning qadimgi va o’zoga hos etnografiyasini chuqurroq anglash imkoniyatini

beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. www.google.co.uz

2. www.ziyonet.uz

3. www.pedagog.uz

4. www.edu.uz

5. www.lex.uz