Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 221
YOSHLAR - KELAJAGIMIZ .
Namangan viloyat tarix va Ma’daniyati davlat muzeyi ilmiy kotibi
Uralova Muazzam.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib
kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini
namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
BМТ Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi
imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. O‘zbekiston
Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat
dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan
muhim hujjat bo‘ldi. Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq
maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan
holda izchil davom ettirilmoqda. Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtomoiy,
ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5
ta muhim tasabbusning ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi
bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.
Birinchi
tashabbus
– yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning
boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi
tashabbus
– yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 222
Uchinchi
tashabbus
– aholi va ва yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va
internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi
tashabbus
– yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
30 yoshga qadar bơlgan yoshlar Ơzbekiston aholisining 60 foizini tashkil etgani
holda, mamlakatning eng qimmatli resursidirlar. 15-20 yildan sơng bugungi bolalar va
yoshlar Ơzbekiston tarixida eng kơp sonli ishchi kuchini tashkil etadilar. Sarmoyalar
tơg’ri yơnaltirilsa hamda ularning ehtiyoj va qiziqishlari hisobga olinsa, aynan shu yoshlar
Ơzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi darajasiga olib chiqadigan avlod
bơlishlari mumkin.
Taraqqiyot shiddati tobora ortib, global tahdidlar va transformatsiya
jarayoni kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda davlatimiz oldida turgan eng
muhim vazifalardan biri yosh avlodni munosib tarbiyalash va yoshlarga oid siyosatni
samarali yuritish boʻlib qolmoqda. Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy
taʼkidlaganidek,
“Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning
yaxshi tarbiyasiga bogʻliqdir”
.
Yoshlar muammosi faqat taʼlim muassasalari yoki ish joyidagi mutaxassislar
koʻmagida emas, balki uni va oilasini yaxshi taniydigan, biladigan muhitda —
mahallalarda hal etilmoqda. Bu jarayonda mahalladagi yoshlar yetakchilarining tajribasi
va tashabbusi muhim ahamiyat kasb etayotir. Mamlakatimizda yoshlar siyosatiga oid
tizimli ishlar natijasida tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi
muammolarni hal etishga qodir yosh kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozir aynan shunday
yoshlarga ishonch bildirilib, masʼul lavozimlarga tayinlanmoqda.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 223