Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 217
MUZEYLAR O‘ZIGA XOS MAKONDIR.
Namangan viloyati tarixi va madaniyati
Davlat muzeyi Ilmiy xodimi:
Sh. Yigitaliyeva
Bugungi kunda muzeylar madaniy merosni saqlash bo‘yicha institut rolini
bajarmoqdalar. Muzeylar o‘zlarining ijtimoiy vazifalarini bajarish jarayonida millatlararo
aloqalarni, turli xil madaniy urf odatlar va xalqlarga tayangan holda insoniyatning diniy va
madaniy birligini saqlashga qodirdir.
Muzey tushunchasi institut yoki muassasa, inson va uning atrofidagi moddiy va
nomoddiy ashyolami to‘plash, o‘rganish, ekspozitsiyaga qo‘yish uchun loyihalashtirilgan
maxsus makon. Asrlar davomida muzeylaming shakli va vazifalari sezilarli darajada
o‘zgargan.
Muzey tushunchasi aniqrog‘i “museyon” insoniyatning madaniy kundalik hayotida
ikki yarim ming yil avval paydo bo‘lib, qadimgi yunonlar dastlab museyon deb muzalarni
ulug’lash maqsadida qurilgan ibodatxonalarga aytishgan.
Yunonlar madaniyatini o‘zlashtirish orqali rimliklarning til so‘zboyligiga
“museyon” termini qo‘shilib, lotin transkripsiyasida “museum” deb ifodalangan.Muzey
deb rimliklarning zakovatli elita qismi majoziy ma’noda o‘zlarining shahar tashqarisidagi
dalahovlilarini atashgan. Dalahovlilarning puxtalik bilan o‘ylangan me’moriy yechimi va
undagi amaliy bezaklar, haykallijihozlar, badiiy to‘plamlar, bularning barchasi ma’budlar,
qahramonlar, faylasuflar, donishmandlar va shoirlaming ikkinchi haqiqiy uyining
tasavvurini hosil qiladi.
Bu yerda ijod qilish, hayot haqida mushohada yuritish, falsafiy suhbatlar, adabiy
mashg‘ulotlar olib borish uchun yoqimli muhit hukm ronlik qilar edi. Shuni aytib o‘tish
kerakki, antikdunyoda “museyon” so‘zi hech qachon buyumlar to‘plamiga nisbatan
qo‘llanilmagan. Muzey so‘zi grekcha “mouseum” bo‘lib, muzalarga bag‘ishlangan degani.
Boshqa ma’nosi esa “ruhlantiruvchi” deganidir. Kurator va tashrifchi munosabatlari 2000
yillik tarixni o‘z ichiga oladi. Tashrifchilar ma’daniy hordiq uchun muzeyga
keladi.Kurator esa tashrifchilar uchun hamma ishni ideal holatda tashkillashtiradi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 218
Muzeylar o‘ziga xos makondir. Shuningdek, muzeylar haqiqat va ishonch tarannum
etuvchi maskandir. Uning amaldagi qo‘riqchilari hisoblangan kuratorlar muzey
xavfsizligini ta’minlash uchun harxil sharoit yaratadi va uning yechimini topadi.
O‘rta asrda bu so‘z antik olamning an’analari, institutlari bilan birga unutiladi.
Ikkinchi hayotniung yangi ma’nolarga to‘ldirib Uyg‘onish davri taqdim etadi. Avval
muzey deb antik yodgorliklar to‘plami va san’at asarlariga, keyinchalik tabiat olamining
namunalari va barcha noyob, narsalarga aytilgan bo‘Isa, XVI asming ikkinchi yarmiga
kelib “muzey” termini nafaqat buyumlar to‘plamiga, balki ular saqlanayotgan, ilmiy
o‘rganiladigan va namoyish etiladigan binoga nisbatan qo‘llaniladi.
XX asrga kelib, insonlami teng huquqli ilm olishi, aqlga sig‘inish va bilimlami
targ‘ib qilish kabi imkoniyatlarga urg‘u berilishi muzeyni ham yangicha nuqtai nazardan
talqin qilishga olib keldi. XX asr boshida yuz bergan inqilobiy voqealar jamiyat hayotining
barcha sohalarida o‘zgarish yasadi. Dastlab, muzeylar faqat “nozikdidlilar” uchun bo‘lsa,
so‘ngi aholining barcha qatlamlari uchun baravar ochiq bo‘lib qoldi. 1946-yilda muzey
olamida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqea yuz berdi. Amerika Muzeylari
Assotsiatsiyasi prezidenti ChonsiXemlin tashabbusi bilan Parijda asosan IKOM
(International Council of Museums) nomi bilan mashhur bolgan Muzeylar Xalqaro
Tashkiloti tuzildi. XX asr oxiriga kelib, IKOM imkoniyati chegaralangan odamlarga
ko‘proq e’tibor qarata boshladi. 1988-yilda Fransiyada YUNESKO fondi bilan
hamkorlikda «Muzey va nogironlar» mavzusida birinchi xalqaro konferensiya uyushtirildi.
Unda imkoniyatlari chegaralangan tomoshabinlar uchun alohida muzeyda nogironlar
aravachasida bemalol yurish uchun zallar, yuqori qavatlarga ko‘tarilish uchun passajirlar
lifti, maxsus tayyorlangan xodimlar turli nuqsonlari bor odamlarga, ya’ni karlar va eshitish
qobiliyati past bolgan tomoshabinlarga belgilar va harakatlar orqali ekskursiyalar o‘tishi,
ko‘rlar uchun predmetlarni his qilishni qo‘llash hamda Brayl shriftida axborotni taqdim
etish va shungao‘xshash qator qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. 1977-yilda Moskva
shahrida o‘tgan IKOM Bosh Assambleyasida Xalqaro muzeylar kunini nishonlash
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qarorga muvofiq, 1977-yil 18-maydan buyon har yili
Xalqaro muzeylar kuni nishonlanib, shu kuni butun jahonda muzey va galereyalarga kirish
bepul bo’ladi. Bayram tadbirlari bir kun yoki bir haftagacha davom etishi mumkin.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 219
Avvalambor, ularning nuqtayi nazari quyidagi mohiyatga mos bo‘lishi kerak: “Muzeylar
insonlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlik, madaniyatni boyitish va hamjihatlikning
rivojlanishida eng muhim madaniy aloqa vositasidir”.
Ushbu kunda barcha muzeylar bayramning bosh mavzusi bilan bog‘liq tadbirlarni
amalga oshiradilar.Xalqaro muzeylar kuni muzey xodimlarining doimiy tomoshabinlari
bilan noana’naviy muhitda uchrashishlariga va yangi auditoriyani jalb qilish uchun ajoyib
imkoniyatlarini yaratadi. Buning natijasida muzeylar jamiyat hayotida o‘z o‘rinlariga ega
bo‘ladilar.
1992-yilda ilk bor Xalqaro muzeylar kuniga “Muzeylar va atrofmuhit” nomli
umumiy mavzu taklif etildi. 1997-yilda birinchi marta Xalqaro muzeylar kunida madaniy
merosni noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan rasmiy poster yaratildi.
1997-yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari
bo‘yicha ‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamda muzey xodimlarining
hamkorlikda olib borgan faoliyatlari natijasida ‘zbekiston muzeylar Kengashi tuzildi va u
1997- yil 17-iyunda YUNESKO tarkibida faoliyat yuritadigan Xalqaro muzeylar
Kengashining Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Xalqaro muzeylar hamjamiyatining teng
huquqli a’zosiga aylandi. Muzeylarni qo’lab-quvvatlash Respublika “O’zbekmuzey”
jamg‘armasiga ‘zbekiston muzeylar Kengashining Xalqaro muzeylar Kengashi IKOMga
a’zo bo‘lganligi hisobga olinib, O’zbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashiga har
taraflama yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.
Asosan, muzey jamiyatga xizmat qilishi va uning rivojlanishiga yordam berishi
kerak, degan ma’no qabul qilingan.
Xorijiy mutaxassislar fikricha, muzey – favqulodda ancha murakkab tushuncha
bo‘lib, unga tugal, munozarasiz va hammani qanoatlantiradigan ta’rifni berish qiyin.
Ko‘pgina davlatlar qonunchilik yoki o‘zlarining milliy tashkilotlari doirasida muzey
tushunchasini o‘ratishgan. O’zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi
Qonunida muzeyga quyidagicha ta’rif berilgan: “Muzey - muzey ashyolari va muzey
kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor
tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi”.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 220
Bugungi kunda kengroq tan olingan professional muzey tushunchasi Muzeylar
Xalqaro kengashi (IKOM)ning 2007-yilda qabul qilingan Nizomiga binoan: “Muzey - bu
inson va atrof-muhitning moddiy va nomoddiy dalillarini ta’lim va ma’naviy hordiq
chiqarish maqsadlarida to‘plash, saqlash, tadqiqot va targ‘ibot qiluvchi hamda omma
uchun ochiq bo’lgan, jamiyat va uning taraqqiyoti uchun doimiy asosda faoliyat yurituvchi
notijorat muassasa”. Bundan 30 yil oldin tasdiqlangan ta’rifda esa: “Muzey - bu inson va
atrof-muhitning moddiy dalillarini talim va ma’naviy xordiq chiqarish maqsadlarida
to‘plash, saqlash, tadqiqot va targibot qiluvchi hamda omma uchun ochiq bo’lgan, jamiyat
va uning taraqqiyoti uchun doimiy asosda faoliyat yurituvchi notijorat muassasa” (IKOM,
Nizom, 1974).Ushbu muzeyga berilgan ikki ta’rif o‘rtasida bir qarashda farqini anglash
qiyin. 2007-yilda tasdiqlangan Nizomdagi ta’rifga “nomoddiy meros” tushunchasi
qo‘shilgan. Nomoddiy madaniy meros tushunchasi urf-odatlarni, o‘ziga xoslikni ifodalash
shakllari, bilimlar va ko‘nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog’liq jihozlar, predmetlar, va
madaniy makonlarni aks ettiradi, ular esa, o‘z navbatida, hamjamiyatlar, guruhlar, alohida
holatlarda muayyan shaxs madaniy merosining bir qismi sifatida tan olinganligini
anglatadi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bunday nomoddiy madaniy meros doimo
muayyan hamjamiyatlar va guruhlar tomonidan ularning atrof-muhitga, tabiatga va o‘z
tarixiga bog’liq holda yaratiladi va bu ularda o‘ziga xoslikni, vorislik tuyg‘usini
shakllantiradi hamda shu bilan insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat
qilinishiga ko‘maklashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Илалов И. Музееведение. - Т.: Мусика, 2006.
2. Kuryazova D.T. ‘O’zbekistondamuzeyishitarixi. — Т.:San’at, 2010
.
3. Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. - М.:
Высшая школа, 2004.
4. Юренева Т.Ю. Музееведение. - М.: Академпроект, 2003.