Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 208
MUSULMON ME’MORLIGIDAGI ENG YAXSHI DAVR.
Tayorladi muzey ma’naviyat bo`limi hodimi
M. Davranova
Bizni qudratimizni bilmoqchi bulsangiz biz qurdirgan binolarni tomosha giling.
Amir Temur
Musulmon me’morligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi
bilan bogliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada
rivojlangan. Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bog‘u-rog‘lar, suv
inshootlari barpo etganligi bilan ham mashxur.Temur va uning avlodlari davrida
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Turkiston, Hirot, Mashhad, Nishopur,
Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib borilgandi. Albatta, Amir
Temur birinchi navbatda o‘z poytaxti Samarqandni dunyoning eng go‘zal va obod,
ko‘rkam shahriga aylantirishni istar edi. Uni davrida Samarqandning dovrug‘i doston
bo‘ladi. Shaharning to‘rt tomonida to‘rtta darvozasi bo‘lgan.Samarqandning o‘zida
sohibqiron hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, katta 5 ta bozor bo‘lgan. Xukmdor
poytaxti Amir Temur
Maqbarani Amir Temurning opasi Turkon Oqo vafot etgan qizi O‘ljay Shodi Mulk
Oqo uchun qurdirgan, o‘zi ham 1383 yili shu yerga dafn etilgan.
Gʻishtdan terilgan oddiy uchta sirtqi fasad va qirrali gumbaz hech bir jihatdan kishi
diqqatini tortmaydi. Ammo ularning fonidagi feruzali peshtoq nihoyatda ajralib turadi.
Chamasi, me’morlarning butun e’tibori peshtoq va bino ichkarisini bezatishga qaratilgan.
Peshtoq mayda chizgilarigacha nafis qilib, qunt bilan ishlangan. Qirrali ustunlarga
mayda nafis o‘yma naqsh solingan va go‘yo u lolasimon murakkab shaklli kursiga
o‘rnatilgan. Ravoq nafis o‘ymakor ustunchalarga o‘rnatilgan, uning yon devorlariga ajoyib
o‘yma pannolar qilingan. Bu bezaklarning hammasi silliq o‘yma sopol bloklardan
ishlangan. Pannolarning hoshiyalaridagi yozuvli «belbog‘» va peshtoq toqi ustida o‘ziga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 209
xos yirik tok novdasi aks ettirilgan naqshlar solingan ravoq bor. Bino bezagida koshinga
ko‘proq o‘rin ajratilgan. Devorlarning paneldan baland qismi koshin bilan qoplangan.
Gumbaz sopol koshinlar bilan bezatilgan. Chirmovlar gumbazni sakkiz bo‘limga
ajratib, eng tepasida sakkiz qirrali yulduz shaklini hosil qiladi. Maqbara Shohi Zindaning
durdonalaridan biri hisoblanadi. Uni ustalardan Shamsiddin bilan Birriddin (nomlari
muqarnaslarning tekis plitasiga yozilgan) va Tabriz (Eron Ozarboyjoni)dan kelgan usta
Zayniddin
Shamsi
Tabriz
birgalashib
qurgan.
Memorial ansambl binolari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy
epigrafikasi” turkumidan “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Amir Temur Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti etib e’lon qilgach, shaharda keng
ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Xususan, 1371-1372 yillarda
shaharning g‘arbiy qismida 34 gektar maydonni o‘z ichiga olgan Arki oliya bunyod etiladi.
Temuriylar davriga oid yozma manbalarda Arki oliya ikki qator mudofaa devori bilan
o‘rab olinganligi, bu yerda Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy saroylari qad ko‘targanligi hamda
davlat ahamiyatiga ega inshootlar - g‘azna, qurol yarog‘, harbiy aslahalar ishlab
chiqaruvchi ustaxonalar, omborxonalar, kutubxona, devonlar joylashganligi qayd etiladi.
Bo‘stonsaroy arkning shimoliy qismidagi mudofaa devori yonida joylashib, asosan
hukmdorning o‘zi va oilasining istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan. Ko‘ksaroy esa ark
markazida joylashib, to‘rt qavat bo‘lgan. O‘z davrida yuksak darajada mahorat bilan
bezalgan saroyda elchilarni qabul qilish, rasmiy marosimlar o‘tkazish kabi davlat
boshqaruvi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilgan.
Arkning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan suv manbai yer ostidan o‘tkazilgan
sopol quvurlar orqali qal’aning turli qismlarini suv bilan ta’minlagan. Arkning mudofaa
devorlari paxsadan bunyod etilib, pastdan yuqoriga torayib borgan va har 40-60 metr
oralig‘ida aylana shakldagi minoralar bilan mustahkamlangan. Arkning atrofi Novadon
arig‘i suvlari bilan to‘ldirilgan xandaq bilan o‘rab olingan. Arkning janubiy tomonida
Buxoro darvozasi, sharqda Samarqand darvozasi joylashgan. Asosiy darvoza Samarqand
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 210
darvozasi bo‘lib, unga savdo do‘konlari joylashgan "Kumush rasta" ko‘chasidan Novadon
arig‘i ustidan tashlangan maxsus ko‘prik orqali o‘tilgan.
Hokimiyat tepasiga Shayboniylar sulolasining kelishi, poytaxtning Buxoro shahriga
ko‘chishi ma’lum darajada Samarqand shahri obodonchiligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xususan, XIX asrga qadar Samarqand arki va undagi inshootlar borasidagi ma’lumotlar
yozma manbalarda qayd etilmaydi. Faqatgina, XVIII asr o‘rtalarida Samarqand shahrining
huvillab qolganligi, faqatgina arkda mingga yaqin oila istiqomat qilganligi aytib o‘tiladi.
Mang‘it hukmdorlarining markazlashtiruv siyosati va siyosiy barqarorlik boshqa shaharlar
singari Samarqandning ham nisbatan rivojlanishiga olib keladi. Xususan, arkning sharqiy
tomonida Kulollar mahallasi shakllanadi.1868 yilda Samarqand Rossiya imperiyasi
tomonidan bosib olingandan so‘ng shahar arkida harbiy garnizon joylashtiriladi. 1868-
1875 yillarda esa arkning topografik rejasi olinadi.Shu o‘rinda, Sohibqiron davrida
Samarqand arkida qurilgan Ko‘ksaroy qachon yo‘q bo‘lgan, degan savol tug‘iladi.
Ko‘ksaroy haqida yozgan tarixchilarning fikrlaricha, Ko‘ksaroy bundan ikki yoki uch
asrlar ilgari yo‘q bo‘lib ketgan. Xususan, G.Vamberi va A.Xoroshxinlar o‘z esdaliklarida
ta’kidlashicha, arkdagi Ko‘ksaroy mang‘it tomonidan Temur saroyining oldingi
hashamatini tiklashga harakat qilib, yuz yillar oldin qurdirilgan.
Amir Temur arkini tadqiq etgan T.Lebedeva ham XVIII-XIX asrlarga oid madaniy
qatlamlarda saroy qoldiqlarini o‘rganib, Amir Muzaffar davrida bunyod etilgan saroy Amir
Temur davri saroyi rejasini to‘liq qaytarmasligini qayd etadi. Buxoro amirlari tomonidan
qayta ta’mirlangan yoki yangitdan bunyod etilgan saroyda mashhur Ko‘ktosh
joylashtirilgan. XIX asrda Ko‘ktosh turgan saroyning ko‘rinishi bizga 1868 yili Samarqand
istilosida qatnashgan rus rassomi V.Vereщaginning chizib qoldirgan surati orqali ma’lum.
Bu suratdan Ko‘ktosh o‘rnatilgan saroy to‘rt burchakli bo‘lib, devorning to‘rt tomonida
ayvon qilingan, ayvonning o‘rtasi ochiq bo‘lib, saroyning to‘rida Ko‘ktosh qo‘yilgan.
Saroyning ustunlari, shifti va toqi nafis naqshlar bilan bezatilgan. Ko‘ktosh ustiga bunday
hashamatli binoning qurilishi bu toshga bo‘lgan chuqur ehtiromning ramzi ekanligini
anglatgan. Zero, Temuriylar davridan boshlab, Ko‘ktosh toju-taxt va hukmdorlikning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 211
qonuniy timsoli bo‘lib qolgan ediki, Buxoro amirlari ham Ko‘ktosh ustida rasmiy o‘tirish
marosimlarini o‘tkazishga harakat qilishgan.
1878 yilda rus harbiylari arkda harbiy istehkom qurish uchun dastlab ark mudofaa
devorlarini tekislab tashlashgan bo‘lsa, 1880-1981 yillarda arkdagi qolgan inshootlarni
buzib yuborishadi. Jumladan, Shayx Nuriddin Basir maqbarasi dastlab porox saqlanadigan
omborxonaga aylantiriladi. Keyinchalik to‘liq portlatib yuboriladi. Shayx Burxoniddin
Basir hoki esa Samarqand qozikaloni Said Mir Nizomiddin Xo‘ja rahbarligida Hazrati Xizr
masjidining shimoliy sharqiy tomonida qayta dafn etiladi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ark hududida bir qator harbiy kazarmalar bunyod
etilib, ikkinchi jahon urushida ular harbiy gospitallarga aylantiriladi. 1970 yillarda ushbu
hudud qayta rejalashtirish tufayli harbiy qism boshqa joyga ko‘chirilib, 1980 yillarda bir
qator ma’muriy binolar qurilishi boshlanadi.
Aynan shu davrda ark hududida O‘zR FA Arxeologiya instituti tomonidan tadqiqot
ishlari amalga oshiriladi. 1980-1982, 1986-1989 yillar davomida arkning 30 dan ziyod
joyida shurf va planografik qazishma ishlari olib borilib, turli davrlarga oid inshootlar
qoldiqlari aniqlanadi. Jumladan, X, XIV-XV, XVIII-XIX asrlarga oid mudofaa devori, yer
osti suv yo‘li, hammomlar va ularni suv bilan ta’minlovchi hovuzlar, turar joy (hozirgi
Afrosiyob mehmonxonasi o‘rnida), xumdonlar, kanallar va boshqa inshoot qoldiqlari
aniqlanadi. Afsuski, qazishmalarning aksariyati keyinchalik ularning ustiga qurilgan
inshootlar ostida qolib ketadi.
Hozirgi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada
kengaytirish maqsadida Samarqand arkini ham turizm ob’yekti sifatida tanitish muhim
ahamiyatga ega. Zero, hozirgi kunda ark hududida saqlanib qolgan XIV-XV va VIII-XIX
asrlarga oid hammom va XIV-XV asrga oid hovuz qoldiqlarini ochish va konservatsiya
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 212
qilish dolzarb vazifadir. Shu bilan bir qatorda, ark hududida ilmiy izlanishlarni reja asosida
davom ettirish va uning topografiyasiga oid ma’lumotlarga aniqlik kiritish ham asosiy
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Adabiyotlar
Axmedov B. A. Amir Temur. Jizn i obщestvenno-politicheskaya deyatelnost /
Mukminova R. G., Pugachenkova G. A. ; pod red. Rtveladze E. V.. — Tashkent :
Universitet, 1999. — 263 s.
Yusupova M. A. K problemam izucheniya zodchestva stran Tsentralnoy Azii XVI—
XVII vekov // Obщestvennie nauki