Mualliflar

  • Sh.Yigitalieva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89321

Kalit so‘zlar:

Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari – Pifagor Platon Aristotel va Sharq mutafakkirlari – Forobiy Ibn Sino Jomiy Alisher Navoiy Bobur Kavkabiy tasavvuf arboblari – Imom Gʻazzoliy Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan sharx va ilmiy tadqiq qilingan.

Annotasiya

Musiqa (qadimgi yunoncha: – „muzalar sanʼati“) – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar) ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 200

MUSIQA SAN`ATI TARIXI.

Namangan viloyati tarixi va

madaniyati davlat muzeyi ilmiy hodimi.

Sh.Yigitalieva

Musiqa (qadimgi yunoncha: – „muzalar sanʼati“) – inson hissiy kechinmalari,

fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks

ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan

musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan,

koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)

ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari

(qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni

ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon

olimlari – Pifagor, Platon, Aristotel va

Sharq

mutafakkirlari – Forobiy, Ibn

Sino, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari – Imom Gʻazzoliy,

Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharx va ilmiy tadqiq

qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy

jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual – muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqdir.

Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish,

toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga

koʻra Musiqa mazmuni ham turli – epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin.

Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika

Musiqaning „botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni – shaxsiy, milliy va

umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat

va tarili-xil davrga xos ruxiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan

holda ifodalanadi. Musiqa shakllari xar bir davrning maʼnaviy maʼrifiy talablariga javob

bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy

tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan

mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish,

hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 201

juda muhimdir. Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash

imkoniyatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi,

uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash

imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi

sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlari bilan nutqdan farq

qiladi. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan

bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa – ijtimoiy tizimlarning shakllanish

imkoniyatlariga asoslangan xolda tushuntirishgan. Zamonaviy musiqashunoslik fani

arxeologiya va etnik maʼlumotlaridan kelib chiqib, musiqa sanʼatini ibtidoiy jamiyatda

insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (raqs, sheʼriyat ) bilan qorishma

(sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi,

mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bo’lib xizmat qiladi va ayni vaqtda

jamiyatga zarur axlokiy maʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini ko’zlaydi.

Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha

sanʼat turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi.

Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa

sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasida lapar, terma, yalla, qoʻshiqlarni turli

xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki

anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom,

cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni

farqlash

mumkin

(qarang Buxoro-Samarqand

musiqa

uslubi, Xorazm

musiqa

uslubi, Fargʻona -Toshkent musiqa uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi). 20-

asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish

boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va ilmiy tadqiqotlar nashr etildi.

Bastakor, hofiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmaqom, Xorazm

maqomlari, Faryuna-Toshkent maqom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina

qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya

asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—1940-yillarda Oʻzbekistonda

avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi)

Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—1960-yillardan boshlab Oʻzbekiston


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 202

kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada

musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan. Musiqa taʼlimi

tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar

musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, Musiqa hamda

madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat

instituti, Musiqa Uygʻur nomidagi sanʼat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga

oshiriladi. Hozirda Oʻzbekistonda Musiqa faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr,

xor va ansambllar), „Oʻzbeknavo“, Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va

yakkaxonlar hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shugʻullanayotgan ayrim xonanda

va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda . xulosa qilib aytadigan bo’lsam musiqa

inson hayoti bilan uzviy bog’liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Omonullayev D.F. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan leksiyalar tezislari. –

T., 1990. 39. Orlova T.N., Bekina S.I. Uchite detey pet. –M.: «Prosvesheniye». 1983

2.Петрушин В.И. Музыкальная психология. –М., 1997.

3.Петерс В.А. Педагогическая психология. –М., 2006


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 203

4.Радынова О.П. Слушаем музыку. –М.: «Просвещение». 1990

Халабузарь П.Ф., Добровольская Н. Методика музыкального воспитания. –М.,

1989.

5.Xo'jayeva M.X. Musiqa idroki va uni rivojlantirish//«Xalq ta'limi». –T., 2005. № 1.

122-124 b