Mualliflar

  • Abduvasikov Islombek Abdurasul o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89323

Kalit so‘zlar:

Mexanik tejamkor samaradorlik kranli tizimlar havza suv omborlari breden to’rlari venter to’rlari tarmoqli yelkanlar avtomatik tizim

Annotasiya

Mazkur maqolada O’zbekiston hududida joylashgan daryo va o’zanlardagi baliqlarni ovlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalardan samarali foydalanish qonun-qoidalari haqida so’z yuritiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 190

BALIQ OVLASHNING MEXANIZATSIYALASHTIRILGAN USULLARI

Abduvasikov Islombek Abdurasul o’g’li

TDAU Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi o’qituvchi-stajyori.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O’zbekiston hududida joylashgan daryo va

o’zanlardagi baliqlarni ovlash uchun mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalardan samarali

foydalanish qonun-qoidalari haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Mexanik, tejamkor, samaradorlik, kranli tizimlar, havza, suv

omborlari, breden to’rlari, venter to’rlari, tarmoqli yelkanlar, avtomatik tizim,

Аннотация:

В данной статье рассказывается о правилах эффективного

использования механизированных приспособлений для ловли рыбы в реках и

ручьях, расположенных на территории Узбекистана.

Ключевые слова:

Механические, экономичные, крановые системы, бассейн,

резервуары, бреденские сети, вентерные сети, сетевые паруса, автоматическая

система.

Annotation:

This article talks about the rules for effective use of mechanized

devices for catching fish in rivers and streams located on the territory of Uzbekistan.

Key words:

Mechanical, economical, efficiency, crane systems, basin, reservoirs,

breden nets, venter nets, net sails, automatic system.

Kirish.

Baliqchilik mamlakat aholisini parhez go‘sht mahsuloti bilan ta’minlashda

muhim o‘rin tutadi. Chunki baliq go‘shti tarkibi inson organizmi uchun zarur bo‘lgan

biologik faol moddalar, mineral moddalar va boshqa turdagi yengil hazm bo‘luvchi

to‘yimli moddalarga boy. Baliqchilikda ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlashda

sohaga ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, baliqchilikning iqtisodiy

samaradorligini oshirib borish va mamlakat aholisining oziq-ovqatga,

sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Mazkur vazifani

tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida amalga oshirish uchun iqtisodiy

rivojlanishning xozirgi talablaridan kelib chiqqan holda agrar siyosat yo‘nalishlarini

belgilab olish, bozor mexanizatsiyalashning tarkib topish xususiyatlari, o‘tish davridagi

ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, resurslar potentsialidan unumli


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 191

foydalanish, harajatlarni pasaytirish va daromadni oshirish, innovatsion loyihalarni amalga

oshirishda investitsiyalardan unumli foydalangan holda, hamda baliqchilik xo‘jaliklarini

ichki imkoniyatlaridan ilmiy izlanishlar asosida baliq mahsulotlari bozorini shakllantirish

talab qilinadi. Keyingi yillarda Respublikada aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash.

Shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo'yicha bir

qancha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O'zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi’"da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish

mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta'minlash. aholi farovonligini amalda

yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda muhim dastur amal bo'lib xizmat

qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik

larmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 2939-

sonli, 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish

bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi PQ-3505-sonli, 2018-yil 6-apreldagi

“Baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora- ladbirlar to'g'risida’gi

PQ-3657-sonli va 2018-yilda 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga

doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi PQ- 1005-sonli Qarorlarida aholini ekologik

toza baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.

Respublikada baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab

chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish,

sohani tartibga solish bo'yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib. ularning ijrosini

sifatli va puxta ta’minlash choralari ko'rilmoqda. Bugun baliqchilik xo'jaliklarida boqib

ko'paytirilayotgan turli xildagi baliqlar organizmining hujayralari, to'qimalari va organlari

faoliyatidagi tashqi muhit (suv) ta ’sirida bo'layotgan o'zgarishlarni o'rganish muhim

ahamiyatga ega.

Tadqiqot obyekti va uslublari.

Baliq ovlashining mexanizatsiyalashtirilgan

usullarini hozirgi kundagi ahvoli va rivojlanish istiqbollarini qishloq va suv xo’jaligini


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 192

mexanizatsiyalashtiriligan tarmoqlariga tadbiq etish hamda sanoatda baliqchilikni

rivojlantirish usllari.

Tadqiqot natijalari va tahlili.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra hozirgi

vaqtda O’zbekiston suv havzalarida baliqlarni ovlash uchun qo’llanilib kelinayotgan,

mexanik va avtomatlashtirilgan qurilmalarni ishlash prinsplarini o’rganib chiqish. Baliq

ovlashning mexanizatsiyalashtirilgan usullari — bu baliqchilik sohasida baliq ovlashni

samarali va unumli tarzda amalga oshirish uchun turli mexanizm va texnologiyalarni

qo'llashni anglatadi. Bunday usullar baliq ovlashni tezlashtirish, samaradorlikni oshirish

va resurslardan tejamkor foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Quyida baliq ovlashning ba'zi

mexanizatsiyalashtirilgan usullari keltirilgan: 1.Tarmoqli va kranli tizimlar: Tarmoqli

yelkanlar: Suvning turli qatlamlarida harakatlanayotgan baliqlarni ushlash uchun maxsus

tarmoqlaridan foydalaniladi. Mexanizatsiyalangan tizimlar, baliqning ko'p miqdorini qisqa

vaqt ichida olishga imkon

beradi. Kranli tizimlar: Baliqni suvdan chiqarish va qayta ishlashda kranlar yordamida

tezkorlikni oshirish mumkin. 2. Avtomatik baliq ovlash mashinalari: Bu usulda

baliqchilikda ishlatiladigan avtomatik tizimlar baliqni ushlash, yig'ish va qayta ishlash

jarayonlarini boshqaradi. Masalan, avtomatik tarmoqni qo'llash, baliqning har bir ulushini

tezda to'plashga imkon beradi. 3. GPS va sonar tizimlari: GPS tizimlari baliq ovlash

hududlarini aniq belgilashga yordam beradi, bu esa baliqchilarni maqsadli hududga

yo'naltirishga imkon beradi. Sonar tizimlari baliqning joylashuvini aniqlash va ularni tezda

topish uchun ishlatiladi. 4. Fabrikatsiya va qayta ishlash tizimlari: Katta baliqchi kemalari

ichida avtomatlashgan qayta ishlash tizimlari mavjud bo'lib, baliqni ushlashdan so'ng uni

tezda tozalash, saqlash va bo'limlarga ajratish mumkin. 5. Baliqchilikni sun'iy intellekt

yordamida boshqarish: Yangi texnologiyalar, jumladan sun'iy intellekt, baliq ovlash


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 193

jarayonlarini optimallashtirish va resurslarni samarali boshqarish uchun qo'llanilmoqda.

Masalan, baliqchilikda sun'iy intellekt tizimlari, baliqning turini, hajmini va migratsiya

yo'nalishlarini aniq bashorat qilishga yordam beradi. 6. Qayta ishlash va saqlash tizimlari:

Baliqni ushlashdan keyin, uni qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan

avtomatlashtirilgan tizimlar samarali bo'lib, baliqning sifatini saqlab qolish va tezda

bozorga yetkazib berishni ta'minlashga yordam beradi. Bu texnologiyalar baliqchilikda

samaradorlikni oshirish, baliq resurslaridan maksimal darajada foydalanish va atrof-

muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan. Suvi to‘la chiqmaydigan havza, suv

omborlari va kollaridan baliqlarni yig'ishtirib olish darajasi, suvdagi jami baliqlarning

amalda 70-80% ini tashkil etadi va xo'jaliklardagi eng ko‘p mehnat xarajatlariga to‘g‘ri

keladi. Shuning uchun baliq ovlash jarayonlarini samaradorligi xo‘jaliklaming

rentabelligini ta’minlashdagi asosiy ko'rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Baliq ovlashning samaradorligini quyidagi mezonlar asosida baholash

Usu

l turi

Texnika

va uskunalar

Ku

nlik

o’rtacha

hosildorl

ik (kg)

Is

hchi

kuchiga

bo’lgan

talab

Yonilg’i/e

nergiya sarfi

Samara

dorlik darajasi

Tar

moq bilan

ovlash

Motorli

qayiq, to’rlar

50

0

3

O’rta

Yuqori

Elek

tr

baliq

ovlash

Elektroge

nerator,

tarmoqlar

30

0

2

Past

O’rta

Mex

anik to’r

tashlash

Traktorli

qayiq, mexanik

to’r tizimi

80

0

4

Yuqori

Juda

yuqori


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 194

Sov

uruv

uskunasi

bilan

Nasos

filtrlash

moslamasi

20

0

1

Past

O’rta

Shu sababli havza baliqchiligida suvi to‘la chiqarib yuboriladigan havzalami

loyihalash va xo'jaliklami tashkil etish asosida rejalashtirish katta ahamiyatga egadir.

Kichik havzalarda baliq ovlashda to‘rning “hredni” valokusha turlari ishlatiladi. Bu to’rlar

nevod to‘rlariga o‘xshash bo‘lib, asosan oichamlari bilan ulardan farq qiladi. Ulaming

uzunligi breden to‘rida 15-20 m, valokushada 50-60 m. Bu to‘rlarda “motya" ya’ni uzun

to’r xaltasi bo‘lmaydi va tuzilish jihatdan oddiy

vayengil to‘rlar hisoblanadi. Baliqlami suv havzalaridagi baliq ushlash

qurilmalarida ovlash uchun, baliq ushlash qurilmalarigayig‘ilib to‘dalangan holda,

qurilmaga qamaladi. Havzalarni qalin o‘simliklar va suv o‘tlari qoplagan, uning tagida

to‘siqlar ko‘p bo’lgan hollarda harakatanib ishlatiladigan nevod va bredni to‘rlarini ishlatib

boimaydi. Shuning uchun turg‘un o‘matiladigan «venter» turidagi to‘rlardan foydalaniladi.

Turg‘un oinatiladigan toilar suv chuqurligi 3 m gacha boiganda qoziqlar yordamida, undan

chuqur bo’lganda maxsus tosh yoki yakorlar yordamida suv tagiga mahkamlanadi.

To’rlarning yuqori qismiga po'kak yoki buy oinatiladi. Ushbu turdagi to’rlardan 2-4 tasi

bir oqim yo‘nalishiga qarab qator qilib, 3 ta qoziq yordamida joylashtiriladi.

Yo‘naltiruvchi qismi konusli tor yoiak bilan tugaydi va undan baliq qaytib chiqmaydi.

Ushbu turdagi toilar har kuni erta tong saharda va quyosh botishida tekshirilib, tushgan

baliqlar yigishtirib olinadi. Baliq ovlash toialari ish tugashi bilan tozalanib yuviladi va

quritish uchun soyaga osib qo‘yiladi. Quritilmagan to’rlarni yig’ishtirilgan yoki uyum

holda moslamaga qo'yilmaydi. Belgilangan vaqtda baliqchilik asboblari va inventarlar

quruq holda dezinfeksiyalanadi, ishlatishdan oldin quritiladi. Hozirgi vaqtda suvi tola

chiqarilmaydigan havzalar, suv omborlari va ko‘llarda elektrod usulida baliq ovlash keng

ishlatilmoqda.

Xulosa.

Baliq ovlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish baliqchilik sohasida yuqori

samaradorlikni ta’minlaydi. Bu usullar an’anaviy usullarga nisbatan bir qancha


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 195

afzalliklarga ega: 1. Ish ununmdorligi oshadi-maxsus uskunalar yordamida qisqa vaqt

ichida ko’proq baliq ovlash mumkin bo’ladi; 2. Mehnat sarfi kamayadi-inson mehnatini

kamaytirib, jismoniy zo’riqishni yengillashtiradi; 3. Xafsizlik darajasi yuqori-zamonaviy

uskunalar suvda ishlashda xavfsizroq sharoit yaratadi; 4. Ekologik nazorat- ilg’or

texnologiyalar baliq zaxiralarini asrash va nazorat bilan ov qilish imkoniyatini beradi; 5.

Sifat nazorati-baliqni yangi holatda saqlash va qayta ishlash mexanizmlari tufayli mahsulot

sifati yaxshilanadi. Xulosa qilib aytganda, baliq ovlashning mexanizatsiyashgan usullari

ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, iqtisodiy foydani ko’paytiradi hamda barqaror va

ekologik muvozanatni saqlagan holda baliqchilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son.

"2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi’"

Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1- maydagi PQ- 2939-son.

“Baliqchilik larmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3505-son.

“2018-yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini

oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’gi Qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son

“Baliqchilik tarmog'ini jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-

ladbirlar to'g'risida”gi Qarori.

5.

Ro’ziqulov R. “Baliqlar fiziologiyas”, - Toshkent-2023. – 4-bet.

6.

Akramboyev R. “Baliqchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”,

- Namangan-2023. – 5-bet.

7.

Shuvonkulov Sh. Abduganiyev Z. “Baliqchilik gidroinshoatlari va

mexanizatsiyalash”, - Toshkent-2021. – 176, 177, 185-betlar.