Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 143
BOLALARNING KAMOL
TOPISHIDA OTA-ONALAR VA
PEDAGOGLARNING TA’SIRI
Toshboboyeva Nozima Qudiratovna
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 308-maktab psixologi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi avlod organizmining anatomik
fiziologik va jismoniy jihatdan rivojlanish davrlarining asoslari, o‘smirlarning hayot tarzi
xususiyatlari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Fiziologik, psixologik , jismoniy, muhim, faoliyat, o‘qish, muloqot,
ruhiy, ma’naviy, xususiyatlar, a’zolar, o‘zgarishlar, tashqi qiyofa , jinsiy balog‘at, jiddiy
munosab, qarama-qarshiliklar, yetuklik.
KIRISH
Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr
deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek
o‘smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga
ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb o‘ylaydilar.
Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari,
imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab
mexanizmlari fanga ma’lumdir. O‘smirlik davri o‘zining taqlidchanligi, muhim nuqtai
nazarning shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi.
Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir
o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik, fiziologik hamda psixologik
o‘zgarishlardir.
Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda
tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm
tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita
o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida bolalikdan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 144
kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan
aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar
tug‘iladi. Bular, avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon
qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda
o‘zidan qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi hakidagi mavjud fikrlarining
bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni
asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga
keltirishi mumkin.
Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas
bo‘lib qoladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat
faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik, o‘rtoqlikdagi
elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik jarayonlarning keskin
o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo
munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning
muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, bular avvalo
ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi
va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Butun a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak,
jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi.
Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay
sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish
rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat
ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan
qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok
o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari
jadal rivojlana boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning
faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 145
ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali
o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish
mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri
o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona
bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega
bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan,
ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish,
shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi
qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq
kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular
o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga
urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari
bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham
aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali, kattalarga
hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning
shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada
O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy vaziyat vujudga keladi.
Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-
sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishlari, inoq
va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir.
O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy
munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari,
faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir
hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun o‘smirlik
yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
O‘smirning jismoniy jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol o‘ynaydi,
jinsiy balog‘atga yetish o‘smir organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar yasaydi. Jinsiy
balog‘at natijasida o‘smirlarda o‘ziga xos psixik holat vujudga keladi. Shuning uchun bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 146
davrda maktab va oilada ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil- masa, o‘smirning yosh
fiziologik xususiyatlari xisobga olinmasa, uning xulq atvoridagi salbiy sifatlar ortib borib,
bola xarakterining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va keyingi hayoti davomida
ham o‘zgartirish qiyin bo‘lgan chuqur iz qoldirishi mumkin.O‘qituvchilar, tarbiyachilar,
sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning
jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham albatta
ta’sir qiladi. O‘smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma’lum
bo‘lgan va qandaydir ma’noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar,
xislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum mazmundagi
kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi
mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim vositalaridan biri
o‘smirlar diqqatini odamlar o‘rtasidagi intilish munosabatlar doirasidan boshqa
ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu o‘smirlar diqqatining jinsiy kechinmalar ustida to‘rejaishini
ozaytiradi.O‘smirning hayot kechirish tarzi va uning psixik taraqqiyotga ta’siri
.
Kichik
yoshdagi o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish
tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Oilada, maktabda va o‘quvchilar jamoasida
o‘smirning mavqei sezilarli darajada o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi.
O‘smirlarning oila a’zolari bilan ham yangicha munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi.
O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv
faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish,
o‘qituvchining maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki
tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun
o‘quv motivlari ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati motivlari orasida bilish, yangi
bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi,
o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va xavotirlik xislarini boshdan kechiradi.
Kattalar tomonidan o‘smirning yurish turishi, xulqiga javob berish talab qilinadi. O‘smirga
uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi, ularning
ko‘pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining yangi
mavqeini tushuna boshlaydi, o‘z xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 147
Maktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha
o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga
moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi
o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. O‘smirning bolalar
jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi. O‘smirga o‘zining o‘qishi, mehnati
va xatti- harakatlariga mas’uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim
va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali ravishda ko‘tarila borish kabi
avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. O‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi,
maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-
lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun
psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval mustahkam o‘rnashib qolgan
ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi.
Shuning uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o‘sishini
ta’minlash uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan
ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur.
O‘smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar » «
tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi o‘smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar
ro‘y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomon-dan, o‘zi
hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi.
Foydalaniladigan Adabiyotlar
1.
Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T.,
2004.
2.
Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.
3.
Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1970
4.
G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994
5.
Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976
6.
Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “Sharq”, 2000
7.
Ahloq-odobga doir hadis namunalari.-T., 1990