Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 99
OʻQITUVCHILARDA KASBIY SOʼNISH JARAYONLARINI
OʼRGANISHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Yaxshiyeva Lobar Rizoqulovna
Toshkent shahar Yashnobod tumanida 341-maktab psixologi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini
soʼnishi mexanizmlariga eʼtibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga
qanday yordam berish yoʼllariga toʼxtalib oʼtilgan.
Kalit soʼzlar:
kasbiy soʼnish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy oʼzlik, kasbiy
“men”lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.
KIRISH
Pedagoglarni kasbiy tayyorlashga nazariy, amaliy, uslubiy yondashuv, shuningdek,
maxsus tayyorgarlikning shart-sharoitlari va usullarini takomillashtirish, belgilash
pedagoglarning muvaffaqiyati uchun zarur boʼlgan kasbiy bilim, koʼnikma va malakalar
va qobiliyat mustaqil ishlash zamonamizning asosiy muammolaridir. Shuning uchun
muvaffaqiyatli tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash muhim. Yangi
psixodiagnostika usullarini joriy yetish, oshirish ilm-fanni rivojlantirish, ilgʼor
innovatsiyalarni rivojlantirishda talaba va yoshlarning faolligi, ularning intellektual
salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Jamiyatda oʼzligini anglagan shaxs borki, u shu jamiyat aʼzolariga manfaati tegadigan
biror bir faoliyat turi bilan mashgʼul boʼlishi tabiiy hol xisoblanadi. Xalqimizni kasb –
xunarni yomoni boʼlmaydi, degan maqolidan kelib chiqib taʼkidlashimiz mumkinki kasb
– hunari orqali xalq eʼtiboriga sazovor boʼlganlar haqida tariximizdan koʼplab misollar
keltirish mumkin. Oʼz kasbini mohir ustasi sifatida faoliyat koʼrsatib kelayotgan shaxslar
qatorida kasbidan zerikish hamda kasbidan sovish xolatlari ham uchrab turishi soʼngi
vaqtlarda koʼplab ijtimoiy fan vakillarini oʼziga jalb etib kelmoqda. Umumiy psixologiyani
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 100
asosiy tarmoqlaridan biri xisoblanmish mehnat psixologiyasi yoʼnalishida shaxs oʼz
faoliyatiga nisbatan ishtiyoqining soʼnish jarayoniga alohida eʼtibor qaratilib, turli
yoʼnalishda tadqiqotlar olib borilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga keladigan ishtiyoqni sustlashishi yoki
“so‘nishi” – jaxon psixologik adabiyotlarida “burnout” holati deb nomlanadi va bu o‘zbek
tilida esa “so‘nish” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini tahlil
etuvchi fanlarda kasbiy so‘nish va uning tuzilmasining mohiyati bo‘yicha yagona nuqtai
nazar mavjud emas. So‘nggi ma’lumotlarga tayangan holda, “psixik kuyish” deganda
emotsional xolatni kasblarda kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi
texnologiyalarni o‘zlashtirishdagi qoloqlik holati tushuniladi.
Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha vakillari kasbiy so‘nish
jarayoni bo‘yicha “xavf” guruhiga taaluqli hisoblanadilar: pedagoglar
,
psixologlar
,
tarbiyachilar,
shifokorlar
,
tez-tez ish safarlariga chiqadigan
,
ijtimoiy va madaniy
yo‘nalishdagi
xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari hamda bank xodimlari.
Mazkur xavf guruxida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo‘lib, ulardagi
kasbiy so‘nish ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o‘z faoliyatlaridan qoniqmasliklari
natijasida kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy yondashuvlar yuzaga keladi:
-
o‘z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish;
-
jamoada o‘z o‘rnini topa olmaslik hissi;
-
muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik;
-
ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat;
-
kun davomidagi yuklamalarning ko‘pligi;
-
kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt;
-
shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik;
-
sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo‘lishi;
-
hamkasblar, ma’muriyat, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri muloqot yo‘lini tanlash
ko‘nikmalarining yo‘qligi;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 101
-
pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to‘g‘ri boshqarilmasligi: yuklama, dars
jadvali, ma’naviy va moddiy qo‘llab quvvatlanmaslik;
-
ma’lumotlarning haddan ortiq ko‘pligi; - qayta – qayta nazorat va
tekshiruvlar.
Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o‘z faoliyatidan bezish yoki
zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta’sir etishi tabiiy xol xisoblanadi. [3] Mazkur
xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo‘lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari ortib ketadi.
Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli psixologik maslahat
tashkil etish uchun kasbiy so‘nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishni o‘rganishning
asosiy omillariga e’tibor qaratish lozim. Bular:
-
Bilim berishni takomillashtirishda yangi g‘oyalarni kiritavermaslik.
-
Pedagogik faoliyatga ko‘r-ko‘rona texnologiyalarni joriy etavermaslik.
-
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash.
-
Jamoaning psixologik iqlimining ta’lim jarayoniga ta’sirini tahlil etish. -
Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish.
-
Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o‘rganish orqali
o‘quvchilar bilimining samaradorligini oshirish.
-
Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning mavjud
emasligi.
Quyida kasbiy so‘nishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil haqida
to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh mutaxassislarda ko‘proq
uchrashi so‘ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu sababli tajribali mutaxassislar
o‘zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to‘g‘ri maslahatlar berishlari lozim bo‘ladi.
Kasbiy so‘nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishning asosiy sabablari:
1.
Individual sabablar:
A)
o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolish;
B)
fanga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirmaslik;
V) doimiy bir xil metodik uslubga yopishib olish;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 102
G) o‘z faoliyatidan qoniqmaslik;
D)
o‘ziga
bino
qo‘yib,
boshqalarni
mensimaslik;
Ye)
moddiy
manfaatdorlikdan
qoniqmaslik;
Yo)
hamkasblarining
darslariga
qatnashmasligi.
2. Ijtimoiy-psixologik omillar:
A)
atrofdagilarning diqqat e’tiboridan qolish;
B)
atrofdagilarning nazoratidan chetda qolish;
V) faoliyatiga mos rag‘batlantirilmaslik;
G) o‘z sohasi mutaxassislaridan uzoqlashish;
D) kamchiliklarini rahbariyat tomonidan tez-tez eslatib turilishi.
Yosh mutaxassislarda kasbiy so‘nish yoki kasbdan uzoqlashishni sezgan tajribali
hamkasblar va psixolog mutaxassis quyidagilarga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiq
xisoblanadi. [4] Pedagogik faoliyatda kasbiy so‘nishning oldini olish uchun quyidagilarni
tavsiya etish mumkin:
1.
Muntazam pedagog malakasini oshirib borish.
2.
Muntazam psixologik testlar orqali shaxsini baholab borish.
3.
Turli trening, davra suhbatlari hamda psixologik konsultatsiyalar tashkil etish.
4.
Fan sohasida seminarlar tashkil qilish.
5.
Pedagogik faoliyatni analiz-sintez hamda umumlashtirish yo‘nalishida
psixologik seminarlar o‘tkazish.
6.
Shaxsning kasbiy xususiyatlarini o‘zi tomonidan baholash usullarini o‘rgatib
borish.
7.
Zamonaviy psixologik metodlar bilan qurollantirib borish.
XULOSA
Shaxsda kasbiy so‘nish yuzaga kelgan holda uni bartaraf etish uchun pedagogik
jamoa birgalikda aniq reja asosida hamjihatlik bilan faoliyatlarini tashkil etishlari orqali
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 103
mutaxassisni saflarida saqlab qolishlari mumkin. Mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga
oshirishda psixologni sa’iy harakatlari alohida e’tiborga loyiq xisoblanadi. Pedagogik
faoliyatda yuzaga kelgan kasbiy so‘nishni bartaraf etish: [5]
1.
Shaxs bilan individual psixologik trening va suhbatlar tashkil etish.
2.
Fan sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun o‘quv seminarlar tashkil
etish.
3.
Shaxs imkoniyatlarini o‘rganish orqali tavsiya ishlab chiqish.
4.
Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan stress, depressiya holatlarini aniqlash va
individual psixologik maslahatlar ishlab chiqish.
5.
Jamoaning psixologik iqlimini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ijtimoiy faoliyatda har bir shaxs bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy so‘nish
ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘tib ketish tabiiy hol hisoblanadi. Agar unga ijobiy yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish orqali yordam ko‘rsatish mumkin. Shu sababli pedagogik soxada faoliyat
ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixolog pedogogik jamoadagi birorta ham pedagogni o‘z
nazoratidan chetda qoldirmasligi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
G‘oziyev E.G‘. Oliy maktab psixosi. -T.: O‘qituvchi, 1997. – 197 b. K.B.Qodirov
“Kasb tanlashga tayyorlashning psixologik jihatlari va professional loyihalar”
Toshkent, 2001. – 36 b.
2.
Ушинский К. Д. Избранние педагогические сочинения/Человек как предмет
воспитания.Опит педагогик антропология (1861). — М.: Изд-во Aкадемии наук
РСФСР, 1945. — С.475.
3.
Abdulakimovna, S. S. (2021). O‘QITUVCHILARNING O‘ZINI-O‘ZI
RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy fanlar
xabarnomasi, 3(10), 58-60.
4.
Shakarboyeva S. BO‘LAJAK O‘QITUVCHIILARDA O‘Z USTIDA ISHLASH
FAOLIYATINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
//Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022. – T. 2. – №. 6.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 104
5.
Botirova D.B.
Pedogogik faoliyatda kasbiy soʼnish jarayonining ijtimoiy -
psixologik asoslari //Jurnal Ta’lim va innavatsion tadqiqotlar – 2023. – T. 2. – №. 3.
6.
Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г
7.
Психология. Учебник. Под ред. Рогова Е.И Владос 2005г