Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 80
TOʻGʻRI KASB TANLASHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI,YUTUQLARI VA
KAMCHILIKLARI
Shaymardanov Asror Aslonovich
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani
10-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada kasb tanlovchilarning istaklari, kasbga to‘g‘ri baho
berish va to‘g‘ri tanlay olish, muammo va kamchiliklarni tan ola bilish, tirishqoqlik va
matonatli bo‘lish, to‘siq va mashaqqatlarni yengib o‘tish kerakligi va bu bilan bir qatorda
boshqa masalalar ham yoritib berilgan.
Kаlit so‘zlаr:
kasb, kasb tanlash, maosh, his-tuyg‘u, maqsad, istak, amaliy
mashg‘ulot, noto‘g‘ri tanlangan kasb, oilaviy anʼanalar, qadriyat, imkoniyatlar,
qulayliklar.
KIRISH
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri kasbni to‘g‘ri tanlash, kasbga nisbatan
ijodiy munosabatni shakllantirish hamda kasb tanlashdagi qiyinchilik va muammolarni
bartaraf etishdir.
Kasb (lotincha: profession rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot) maxsus nazariy bilimlar
va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Kasb-kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali
bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasb, odatda, shaxsning
asosiy tirikchilik manbai ham hisoblanadi. Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng
muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy
qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.
Insonda turli xil kasblarni tanlash imkoniyati juda keng. O‘z-o‘zidan ravshanki, har
bir inson o‘z kasbini tabiiy qobiliyatlari va xohish, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
tanlashi kerak. Hozirgi kunda minglab turli kasblar mavjud, ammo u yoki bu kasbni
tanlashda eng muhimi qiziqish, istak bo‘libgina qolmay maosh masalasi ham katta
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 81
axamiyatga ega. Har bir inson ijtimoiy mavjudotdir. Shuning uchun keksalikda hech
bo‘lmaganda biror bir turdagi nafaqa olish uchun ham ishlash kerak.
Kasb tanlash unchalik oson emas. Asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘p insonlar asosan
maosh masalasiga ko‘proq e’tibor berishadi bu ularning his-tuyg‘ularini e’tiborsiz
qoldirishiga olib keladi. His-tuyg‘ular inson hayotida asosiy o‘rinni egallaydi, ularning
yordami bilan siz odamda ko‘p narsalarni tushunishingiz mumkin. Tuyg‘ularni e’tiborsiz
qoldirish insonni o‘zi bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi, bu salbiy va uzoq davom etadigan
oqibatlarga olib keladi.
Esingizda bo‘lsin, hayot qisqa. Ko‘rinadigan darajada ko‘p vaqtimiz yo‘q. Soxta
maqsadlarga, keraksiz xatolarni tuzatishga vaqt sarflamang. Ketgan vaqtni qaytarib
bo‘lmaydi. Shuning uchun siz dastlab sizni baxtli qiladigan kasbni tanlay olishingiz kerak.
Qadriyatlaringizni, kuchli tomonlaringizni, qiziqishlaringizni, turmush tarzingizni
tahlil qiling va shundan keyingina sizni muvaffaqiyatga olib keladigan, uzoq kutilgan
baxtni topishga imkon beradigan kasb haqida o‘ylang. Maqsadlaringiz siz bilan uyg‘un
bo‘lishi kerak va shundagina siz ijodda, ishda, moddiy farovonlikda, shaxsiy hayotingizda
muvaffaqiyatga erisha olasiz.
Yana bir mulohaza. Baʼzida oʻgʻil bolalar yanglishib qizlarga mos boʻlgan
kasbhunarni tanlashadi, qizlar esa oʻgʻil bolalar oʻqiydigan oʻqishlarga kirib qolishadi.
Birikki yil oʻqib, amaliy mashgʻulotlar boshlangach, bu oʻqishga notoʻgʻri kiribman yoki
bu kasbni notoʻgʻri tanlabman, deb afsuslanishadi. Shunday holatga tushib qolmaslik
uchun oʻzingiz istagan oʻqish yoki ota-onangizning maslahati bilan tanlagan yoʻlga qadam
tashlashdan avval shu kasb-hunarning, mutaxassislikning oʻziga xos jihatlarini yaxshilab
oʻrganing. Kasbingizni yetuk mutaxassisi boʻlish uchun koʻp oʻqish zarurligini ham
bilasiz. Maqsadingizga erishish uchun zahmatlarga tayyorsiz.
Kelgusida sizni nimalar kutayotgani haqida tasavvurga ham ega bo‘ling. Bu yoʻlda
faqat dadil qadam tashlash qoldi, xolos.
Koʻpincha kasb tanlovchilar kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy
jihatlarini koʻradilar. Buning uchun ota-onalar va o‘qituvchilar farzandlariga koʻp
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 82
narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shunday qilib, siz biror kasbni
tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qildiz yoki biror narsani tanladiz. Endi siz oʻzingizni sinab
koʻrishingiz maqsadga muvofiq. Buning uchun turli oʻquv- guruhlari boʻlgan koʻplab
ixtisoslashgan maktablar,tashkilotlar va kurslarga tashrif buyurishingiz mumkin, ular sizga
oʻzingizni sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat
qismida darslar bepul amalga oshiriladi.
Sizni oʻzingiz xohlagan aniq tanlovingiz boʻlishi bilan birga har holda qoʻshimcha
ravishda eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan kasbingiz ham boʻlishi kerak. Hayotni oldindan
aytib boʻlmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan
universitet va yoʻnalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay
koʻnglingizda jarohat hosil boʻladi. Bu paytda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal
variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emas. Sizni ota-onangizni ishi
undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga siz uchun muvaffaqiyatli martaba
bo‘lishi haqida oldindan bashorat qilib gapirishlari mumkin. Agar siz onangiz yoki
otangizni kasbini o‘z xohishingizga binoan davom ettirmoqchi boʻlsangiz bu juda yaxshi.
Lekin sizni majbur qilishning oʻzi notoʻgʻri. Masalan, ona butun hayot davomida
oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi lekin u bu faoliyatidan ko‘ngli to‘lmaganligi
sababli allaqachon voz kechish kerak edi. Endi oʻzi xohlagan kasbiga qizi orqali erishishiga
harakat qiladi. Ammo bu holatda qizining qiziqishlariga ham e’tibor berishi kerak.
Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan
xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak. Qarorni tinchlik yoʻli bilan qabul qilishga
harakat qiling. Baribir yakuniy qarorni oʻzingiz qabul qilishingiz lozim. Inson yoqtirmagan
ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxtsiz his qiladi.Qaror faqat mustaqil
ravishda amalga oshiriladi. Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin
ularni fikri yakuniy qaror boʻlmasligi yordamchi ta’sirga ega bo‘lishi maqsadga
muvofiq.Psixologlarning taʼkidlashicha, biz koʻpincha atrof-muhitga, qarindoshlar,
oʻqituvchilar, doʻstlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yoʻldan
boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. Tanlagan kasbiga mehr qoʻyib,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 83
uni mukammal egallash yoʻlida tinimsiz intilgan, qunt qilgan odam albatta, oʻz kasbining
ustasi boʻlib yetishadi.
Tan olishimiz kerak muammolar ham kamchiliklar ham yoʻq emas. Chunki bir qadam
oldinga yurish uchun ham toʻgʻri yoʻlni tanlay bilish lozim. Eng muhimi toʻgʻri yoʻlda
ekanimizdan mamnunman. Hech narsa oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilmaydi. Mehnatgina
muvaffaqiyatga yetaklaydi. Maqsad sari tirishqoqlik va matonatli bo‘lish, to‘siq va
mashaqqatlarni yengib o‘tish zarur. Tanlangan kasbga erishish sari har qanday harakat
ko‘p quvonch keltiradi.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling; sizni
yaqindan biluvchi insonlar – oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda,
ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos kelishi haqida so‘rab
olishingiz mumkin; - ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq
ma’lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar)
(sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi; –
to‘plagan ma’lumotlaringizni chuqur tahlil qiling; - albatta oʻzingizni xohishingiz
esingizdan chiqmasin; – imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan
maslahatlashish maqsadga muvofiq; – istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib
chiqib xulosa qiling.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev. https://www.spot.uz; 2.
O‘zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi
bosqichga
olib
chiqish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi
prezidentininga farmoni, 30.06.2020 yildagi PF-6017-son.
3.
O‘zbеkistоn milliу еntsiklореdiуаsi. 4-tоm. – T.: “O‘zbеkistаn milliу
еntsiklореdiуаsi” Dаvlаt ilmiу nаshriуоti, 2002. – 169 b.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 1 –to’plam May 2025
Sahifa: 84
4.
Рафиқова.Д, Азимов.У. ТАЪЛИМНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ВА
ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-2 (81). –
С. 167169.
5.
Рафиқова.Д., Азимов.У. MODERNIZATION OF EDUCATION AND
INCREASING THE QUALITY OF EDUCATION //Экономика и социум. – 2021.
– №. 2-2. – С. 167-169.
6.
Азимов.У.А, Тожибоева.Г.А. ТAЪЛИМ-ТAPБИЯ ЖAPAЁНИДA
ЁШЛAPНИНГ ДEМOКPAТИК ҚAДPИЯТЛAP ТИЗИМИГA AКCИOЛOГИК
МУНOCAБAТИНИ PИВOЖЛAНИТИPИШ ИCТИҚБOЛЛAPИ //Экономика и
социум. – 2021. – №. 11-1 (90). – С. 694-698.
7.
Азимов.У., Холназарова.Ш. Приоритетные направления развития
аксиологического отношения молодежи к демократическим реформам
//Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 8/S. – С. 480-492.