Mualliflar

  • Fazliddinov Zokir

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89347

Kalit so‘zlar:

maqomlar O‘zbek xalqining boy musiqa merosini o‘rganish Yunus Rajabiy Shashmaqom Ansambllar umumiy qoidalar sozandaning ijrochilik holati jamoaviy ijro dunyoqarash.

Annotasiya

Ma‘lumki, millatimizning boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib etishishlarini san’atimizning fidoiylari, jonkuyar tashabbuskorlari va mohir ijro- chilar amalga oshirib kelganlar. Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, yosh avlodni komil inson darajasiga chiqishida juda muhim ahamiyat kasb etgan turli san’at sohalarining ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarini yetishtirish ham bugungi kunimiz uchun juda zarurdir. Ushbu maqolada Talabalarda ansambl ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirish xususida so’z boradi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 57

TALABALARDA ANSAMBL IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti o’qituvchisi

Fazliddinov Zokir

Tel:+998977627374

Annotatsiya:

Ma‘lumki, millatimizning boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng

omma ichida targ‘ib etishishlarini san’atimizning fidoiylari, jonkuyar tashabbuskorlari va

mohir ijro- chilar amalga oshirib kelganlar. Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, yosh avlodni

komil inson darajasiga chiqishida juda muhim ahamiyat kasb etgan turli san’at

sohalarining ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarini yetishtirish ham bugungi kunimiz

uchun juda zarurdir. Ushbu maqolada Talabalarda ansambl ijrochilik ko‘nikmalarini

rivojlantirish xususida so’z boradi

Kalit so‘zlar:

maqomlar , O‘zbek xalqining, boy musiqa merosini o‘rganish, Yunus

Rajabiy, Shashmaqom, Ansambllar, umumiy qoidalar, sozandaning ijrochilik holati,

jamoaviy ijro, dunyoqarash.

Ma‘lumki, maqomlarga, xalq kuylariga talab xalqimiz orasida tobora ortib

bormoqda. Ana shunday talab va ehtiyojni qondirish maqsadida yetuk ijrochi

mutaxassislarni tarbiyalash mas‘uliyatli vazifalardan biri xisoblanadi.

O‘zbek xalqining boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib

qilishishlari san‘atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida

bo‘lmog‘i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning

ustozdan shogirdga bevosita o‘tishida tabarruk zotlar ko‘prik vazifasini o‘tash bilan

birgalikda, o‘zlarining ijodlari bilan ham namuna bo‘lganlar.

O‘zbek mumtoz musiqa yo‘llari o‘zining an‘anaviyligi, buyukligi, ta‘sirchanligi,

professionalligi, mukammaligi, ko‘plab badiiy vositalarga boyligi bilan o‘ziga xos

musiqaviy ijrochilik san’ati turiga aylangan. Katta badiiy-estetik imkoniyatlarga ega

bo‘lgan mumtoz musiqa yo‘llari milliy rux, milliy qiyofani shakllantirish, milliy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 58

qadriyatlarni saklash, boyitish va keyingi avlodga yetkazib berishning samarali vositasi

sifatida namoyon bo‘ladi.

Yurtimizda maqomchilik san’atining taraqqiy etishida akademik Yunus Rajabiyning

xissasi katta. Ularning xarakatlari bilan 1959 yilda birinchi marotaba o‘zbek tilida "O‘zbek

xalq musiqasi" nomli olti jildlik Shashmaqom antologiyasi tuzilgan. XX asrda

maqomchilik san’ati rivojlanib, yetuk sozanda yu xonandalar va bastakorlar ijodi va

repertuarlaridan o‘rin oldi. Ular zamonaviy nota yozuvlari orqali to‘plamlar sifatida nashr

etildi, ularni nazariy va amaliy o‘zlashtirishishlari amalga oshdi.

Xukumatimiz raxbarlarining say-xarakatlari bilan maqomchilikni yanada

takomillashtirish yuzasidan kator tadbirlarning ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq

etilishi sohani jahon miqyosiga olib chiqish imkonini yaratmokda, desak sira mubolag'a

bo'lmaydi. Samarqandda o'tkazib kelinayotgan an'anaviy Xalqaro makom anjumanda

ko'plab xorijiy davlatlardan mashxur xonanda, sozanda, maqom bilimdonlari ishtirok etishi

va ulardan ma'lum bir saboq olishimiz biz san'atkorlar va konservatoriya pedagoglari

uchun katta mahorat maktabi, desak ayni muddao bo'ladi. Tashkilotchilar orasida turkiy

maqom san’atidan boxabar ko‘plab olimlar faoliyat olib boradi. Tadbir doirasida ilmiy-

amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkazilishi bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini

yanada takomillashtirishga olib keladi. Nufuzli tadbirda milliy mumtoz san’atimiz jozibasi

namoyish etilib, Mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar

o‘zaro fikr almashiladi. Bu kabi tanlovlar dunyo xalqlarining musiqiy tafakkuri,

dunyoqarashi yanada boyishiga, ma‘naviy merosga alohida mexr ko‘yishiga xizmat qiladi.

Bugun san’at dargohiga ilk bor qadam qo‘ygan yosh yigit va qizlarimiz musiqa

san’ati sirlarini astoydil o‘rganyaptilar. Ma‘lumki, Respublikamizning barcha musiqa

dargohlarida turli ansambllar qatori o‘zbek xalq cholg‘ulari ansambli darslari ham olib

boriladi. Ansambllarda ijro etish yosh sozanda talabalar uchun katta ijrochilik maktabini

o‘tashi shak-shubhasiz.

Ansambl so‘zi fransuzcha ensemble -so‘zidan olingan bo‘lib, birgalikda ma‘nosini

bildiradi. Jamoaviy ijrochilik san’atida ansambl sozandalari umumiy qoida va tartibga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 59

rioya qilishlari zarur. Bu har qanday ansambl sozandalari ishining unumli bo‘lishi, ijodiy

muhitning saqlanishi, ijro sifatining yuqoriligi va jamoa a‘zolarining bir-birlarini to‘g‘ri

tushunishlari uchun zarur omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

O‘quv jarayonida talabalar, ayniqsa, ushbu qoidalarga rioya qilishi muhim ahamiyat

kasb etadi. Chunki talabalarning yoshi, dunyoqarashlari va qiziqishlari farq qilganligi, dars

jarayonida bir oz diqqatliroq bo‘lishni talab etadi. O‘rindiqda noto‘g‘ri o‘tirish,

e‘tiborsizlik, o‘z ijrosini yoki tovushini nazorat qilmaslik kabi holatlar butun jamoa ijrosiga

salbiy ta‘sir o‘tkazishi mumkin. Shunday ekan, ansambl sinfi fanidan dars båradigan

professor o‘qituvchi avvalo talabalarni ansambl ijrochiligining umumiy qoidalari bilan

tanishtirib, so‘ngra ularga qat‘iy rioya qilinishiga erisha bilishi lozim.

Ansambl ijrochiligining umumiy qoidalari avvalo ansamblda to‘g‘ri o‘tirish, cholg‘u

sozini to‘g‘ri tutish, tovush chiqarish madaniyatini egallab borish, ijro harakatlarini to‘g‘ri

shakllantirish, jamoaviy ijro qoidalariga to‘liq rioya etish hamda cholg‘ularni sozlash va

ularni saqlash kabi quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

1

- ijro paytida gavdani shunday tutish lozimki, toki u ijrochining barcha harakatlari

uchun qulay va tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lsin;

- suyanchiqqa suyanmasdan, o‘rindiqning yarmida o‘tirish odat qilinadi,

-sozandalarning chap oyoqlari oldinroq o‘ng oyoqlari esa orqaroq joylashadi;

- o‘ng qo‘lning to‘g‘ri joylanishiga, ijro harakatlarining erkin bo‘lishiga erishiladi;

-chap qo‘l soz dastasini siqmasligi (rubob, afg‘on rubobi, soz, g‘ijjak, dutor

sozlarida), qo‘l kafti dastaga tågmasligi, erkin bo‘lishiga harakat qilinadi;

- sozandalar kuyni boshlashda diqqat bilan o‘tirishlari, boshlovchi sozanda yoki

doiraning auftakti bilan birgalikda boshlashlari zarur;

1

A.Mamadaliyev. Ansamblsinfi.T.: "Musiqa" nashriyoti. 2020. - B.7


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 60

- kuyni tamomlashda ham xuddi shunday doira usuliga muvofiq yoki umumiy

ansamblning bir nafasda tamomlashiga diqqatni qaratish lozim

;- ansambl ijrochiligida jamoaviy ijro madaniyatiga rioya qilish, ijro paytida diqqat

bilan o‘tirish nafaqat o‘z sozi tovushi, balki umumiy ansambl tovushini va shunga mos

ravishda o‘z sozi tovushini nazorat qilib borishi lozim;

- ijro uchun qulay va to‘g‘ri holatni tanlash, qo‘llarni erkin tutish, tovush chiqarish

madaniyatini to‘g‘ri o‘zlashtirib borish har bir soz ijrosi uchun umumiy talablar

mazmuniga kiradi.

Milliy musiqa san’ati sohasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirishning asosiy

yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:

2

Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy musiqa merosimizni asrab-avaylash,

yangi sharoitlarda rivojlantirish va ulardan xalqimizni bahramand qilish uchun keng

imkoniyatlar yaratish, kompozitor, bastakor va sozandalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash,

havaskorlar orasidan iste‘dodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi ko‘rik

tanlovlarni o‘tkazish, an‘anaviy musiqa janrlarini yangi shart-sharoitlarda rivojlantirish

maqsadida "ustoz-shogird" an‘anasini yanada rivojlantirish;

Milliy va jahon kompozitorlari ijodiyotini insoniyat intellektual xazinasi sifatida

xalq orasida keng targ‘ib qilish, zamonaviy ruhda yuksak badiiy asarlar yaratish, katta

musiqiy asarlar, jumladan opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlarni

rivojlantirish;

Yosh kompozitorlar, bastakorlar, musiqashunoslar va ijrochilarning ijod bilan

samarali shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish;

Ansamblning turli tarkiblari mavjud. Jumladan:

Vokal yoki cholg‘u musiqa asarining bir necha ijrochi tomonidan ijro etilishi;

2

https://lex.uz/docs/4084926


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 61

Bir guruh artistlarning bir butun badiiy jamoa holida chiqishi va h.k.

Ansambl atamasi yaxshi tuzilgan va yuksak ijrosi bilan ajralib turadigan badiiy

jamoalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Qolaversa, soddaqilibaytganda ansambl bir katta

oiladir. Shundayekan, uning tarkibiga kiruvchi har bir sozanda ijrochi alohida dunyo.

Ijrochini kamolot sari intilishi uchun musiqiy asarlarni mohiyatini g‘oyaviy va badiiy idrok

etishi, o‘z mahorati bilan cheklanib qolmay jamoadagi boshqa ijrochilarni ham qalban his

etishi, o‘rni kelganda jo‘rnavozlik vazifasini bajarib borishi tarkibning eng asosiy

vazifalaridandir. O‘z o‘rnida tajribalardan kelib chiqqan holda, ansambl sinfini olib

borayotgan ustozlar har bir cholg‘uchining asarni to‘la-to‘kis ijrosiga alohida e‘tibor

berishi zarur. Chunki, talabalar orasida asarni to‘liq yodolmaganlari ham uchrab turadi.

O'zbekistonda ijrochilik amaliyotida foydalanib kelinayotgan milliy musiqa

cholg'ularining 30tadan ortiq turlari mavjud. Shulardan 18 nomdagi musiqiy cholg'ular

Xxasrning 40-yillaridan keyinproq professor A.I.Petrosyans boshchiligidagi bir guruh

mutaxassislar va soz ustalari bilan hamkorlikda takomillashtirilgan musiqiy cholg'ular

bo'lib, konsert sahnalarida yakka navozlik sifatida, shu bilan birga, asosan orkestr va ko'p

ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangandir. Bu muqaddam mavjud bo'lgan

milliy musiqiy cholg'ularning shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq ko'rinishga keltirish

asosida yaratilgan bo'lib, o'sha cholg'u oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar edi.

Hozirda o'zbek xalq cholg'ulari ansambllarida nay,chang,doyra, qashqar rubob, dutor,

g'ijjak cholg'ularidan keng foydalanilmoqda

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Axmedov “Ansambl (turlaribo‘yicha)” Toshkent: 2023.

2.O‘.Mirzayev - "Cholg‘u ijrochiligi va ansambl". N., "Tahrir" 2019

3.R.Qodirov - "Musiqapedagogikasi". T.: 2013

4.O.Toshmatova. Xalq cholg‘ulari antologiyasi. T., "Musiqa" 2014

5.A.Fitrat - "O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi" T., "Fan" 1993


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 1 –to’plam May 2025

Sahifa: 62

6. A.Mamadaliyev - "Ansambl sinfi". T., "Musiqa" 2020

7.

https://lex.uz/docs/4084926

8.A.Mamadaliyev. Ansamblsinfi.T.: "Musiqa" nashriyoti. 2020. - B.7