World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
10
UO‘T:635.64
ISSIQXONALARDA CHERRI POMIDOR YETISHTIRISH
UCHUN MOS NAV NAMUNALARINI TANLASH
Egamberdiyev Sobir Yо‘ldoshevich
Toshkent davlat agrar universiteti PhD
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada cherri pomidor namunalarning barg soni ham
sanab chiqilgan. Issiqxonalarda о‘simlik bargining sonini ahamiyati katta bо‘lib, u
fotosintez jarayoni va о‘simlik mahsuldorligiga asosiy omil bо‘lib xizmat qilganligi,
hosildorligining kо‘payishi har bir о‘simlikdagi barglar soniga bog‘liq. Kuzatuvlar
natijalarga kо‘ra, 62 va 80 kungi kuzatuvlarda namunalar aro farqlanish yuqoriroq
bо‘lganligi, issiqxonaning harorati ushbu davrlarda mо‘tadil emasligi va oxirgi 117
kundagi kuzatuv natijalariga kо‘ra, standart navga nisbatan 2 ta namuna Guliver va
Quality seed navlari barg soni 14-17 donaga kam ekanligi, qolgan namunalarda esa
yuqori ekanligi, ayniqsa Balkonnoye chuda va Balkonniy jeltiy F
1
namunalari
standartga nisbatan 22-33 dona barg soni yuqori ekanligi keltirib о‘tilgan.
Kalit so‘zlari:
cherri, pomidor, issiqxona, fotosintez, harorat, namlik, nav,
navmunalar tanlash.
Kirish
Bugungi kunda cherri pomidor yetishtirish hajmini kо‘paytirishga talab
ortib bormoqda. Shu bois qishloq xо‘jaligi rivojlangan Yevropa mamlakatlari,
AQSH, Isroil, Yaponiya, Rossiyada cherri tipidagi mevasi kichik (10-20 g), tashqi
kо‘rinishi chiroyli, qizil, sariq, qora, pushti rangli, mazasi shirin yangi navlarni
yaratish va yetishtirishni innovatsion texnologiyalarini qо‘llash bо‘yicha kо‘plab
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shunday bо‘lsada bugungi kunda issiqxonalarda
cherri pomidorni serhosil, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini о‘rganish,
ajratish hamda yetishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqish,
takomillashtirish hamda tan narhini kamaytirish muxim hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi
Pomidorni issiqxonalarda cherri tipidagi nav
namunalarini yetishtirish texnologik elementlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari
quyidagilardan iborat:
cherri pomidorni issiqxonalarda nav namunalari qimmatli xо‘jalik belgilari
(tezpisharligi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi, meva sifati) bо‘yicha baholash
va istiqbolli navlarni ajratish;
Tadqiqot obekti: Tadqiqotning obyekti
sifatida cherri pomidorni 10 ta nav
namunalari о‘simligi va mevalari, 4 ta о‘sishni boshqaruvchi va 1 ta suv tejovchi
moddalar va 4 ta ekish usullari xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalari:
Issiqxonalarda cherri pomidor yetishtirish uchun mos nav
namunalarini tanlashning asosi shundaki, bir hududga tavsiya etilgan va о‘zining
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
11
yuqori xususiyatlarini kо‘rsatgan navlar boshqa hududga mos emasligi yoki yaroqsiz
ekanligi ma’lum bо‘lmoqda. Shuning uchun har bir hududda yetishtirishga
moslashgan о‘zining nav namunalari bо‘lish kerak. Bu albatta issiqxonalar turlari va
tuzilishi hamda xudud mikroiqlim sharoitlariga bog‘liq. Shu sababli Respublikamiz
issiqxonalarida cherri pomidor nav namunalarini tanlashda ularning yer ustki qismini
о‘sishi, shoxlanishi, kasalliklarga chidamliligi, ertapisharligi, serhosil va hosil sifati
yaxshi bо‘lishi kabi kо‘rsatkichlari inobatga olinadi.
Tadqiqot natijasida cherri pomidorni 11 ta nav namunalarining qimmatli xо‘jalik
belgilari bо‘yicha tajriba olib borildi. Bunda namunalarning yer ustki qismini о‘sishi
va rivojlanishi bо‘yicha о‘lchov ishlari olib borildi (3.7-jadvalga, 3-11 rasmga
qarang).
Tajribada biometrik о‘lchovlar о‘tkazildi, bunda о‘simlikning asosiy poyasi
uzunligi, asosiy poya yaruslari soni va barglar soni aniqlandi. О‘lchov ishlari yillar
davomida о‘rtacha pomidor urug‘lari unib chiqqandan to 62, 80 va 117 kun о‘tgach
hisob-kitob olib borildi.
Uch yillik tadqiqot natijasiga kо‘ra, sinalgan duragaylarning asosiy poyasining
uzunligi urug‘lar unib chiqqandan о‘rtacha 62 kun о‘tgach, namunalar aro 25-104 sm
ni, 80 chi kungi kuzatuvlarda 37 sm dan 220 sm gacha о‘sganligi ma’lum bо‘ldi.
О‘simlik о‘suv davrining oxirlarida, ya’ni 117 kungi kuzatuv natijalariga kо‘ra,
namunalar aro 48 sm dan 269 sm gachani tashkil etdi.
Tajribada har uchchala kuzatuvlarda ham asosiy poyaning uzunligi eng yuqori
kо‘rsatkichga ega bо‘lgan Blek cherri va Krasniy slivovidniy bо‘lib, (117 kunda-258-
269 sm) standart navga nisbatan 28-39 sm ni va eng kam kо‘rsatkichga ega bо‘lgan
Balkonnoye chuda navi bо‘lib, (117 kunda- 48 sm) ni ya’ni standart navga nisbatan
182 sm kalta bо‘lganligi aniqlandi. Qolgan duragaylarda esa oxirgi kuzatuvda 221-
258 sm gacha о‘sganligi ma’lum bо‘ldi.
Kuzatuvlarda shu narsa ma’lum bо‘ldiki, asosiy poyaning uzunligi, poyadagi
yaruslar soniga ham bog‘liq bо‘ldi. Tajribada asosiy poyaning yaruslari soni ham
uchta kuzatuv muddatlarida aniqlandi. Tajriba natijalariga kо‘ra, oxirgi kuzatuvda
eng kо‘p yarus soniga ega bо‘lgan Balkonniy jeltiy F
1
, Blek cherri va
Balkonnoye
chuda navlari bо‘lib, ular 49-61 donani, standartga nisbatan 10-22 dona yuqori va
nisbatan kam yarusga ega bо‘lgan Guliver va Quality seed navlari (22-16 dona)
kuzatildi. Krasniy slivovidniy navi standart bilan bir xilda bо‘lgaligi kuzatildi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
12
1-jadval.
Cherri pomidor nav namunalarini issiqxonada yetishtirishda biometrik о‘lchov
kо‘rsatkichlari 2024 y).
Nav namunalari
Asosiy poya uzunligi
(sm) kunlarda:
Asosiy
poyadagi
yaruslar soni (dona)
kunlarda:
Barglar soni (dona)
kunlarda:
62
80
117
62
80
117
62
80
117
Marvarid- standart
83
149
230
7
12
33
10
23
41
Medoviy kaskad
87
155
246
9
14
37
14
25
46
Krasniy slivovidniy
54
166
258
7
16
39
12
29
55
Krasniye busi
100
116
220
8
14
33
13
19
53
Dikovinka
77
127
237
9
19
35
12
21
41
Blek cherri
95
198
269
11
16
49
14
29
52
Balkonnoye chuda
25
37
48
20
36
54
26
65
74
Guliver
104
220
250
9
15
22
14
18
27
Quality seed
96
116
221
7
17
16
9
18
24
1000 N2 pomidorki
79
217
242
10
20
41
15
30
56
Balkonniy jeltiy F
1
85
146
216
9
27
61
14
36
63
Tajribada oxirgi 80 va 117 kundagi kuzatuvlarda о‘simliklarning poya uzunligi
va yaruslar sonining farqli ravishda о‘zgarib borishiga, cherri pomidorning
morfologik va biologik xususiyatlariga bog‘likligi hamda о‘ziga xos xususiyatlarga
ega ekanligi kuzatildi.
Cherri pomidor nav namunalarini issiqxonada yetishtirishda fenoologik
kuzatuvlarni olib borilganda pomidorning asosiy kо‘rsatkichlaridan asosiy poyaning
о‘sishi (sm) bilan о‘z navbatida barglar sonining shakllanishi (donaga) ham shunga
mos ravishda ortishi kuzatildi va bu ikki asosiy kо‘rsatgichlar orasida korrelyatsion
bog‘liqlikni Dospexov (1979) uslubi bо‘yicha hisoblanganda ushbu kо‘rsatkichlar
orasida о‘zaro о‘rta darajada ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik borligi kuzatilib,
korrelyatsiya koeffitsiyenti r=0,396 (R
2
=0,1549) ga teng bо‘lib, о‘rta darajada ijobiy
bog‘lanish mavjudligini kо‘rsatdi.
Tanlov nav sinovida cherri pomidor namunalarning barg soni ham sanab
chiqildi. Issiqxonalarda о‘simlik bargining sonini ahamiyati katta bо‘lib, u fotosintez
jarayoni va о‘simlik mahsuldorligiga asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi.
Hosildorligining kо‘payishi har bir о‘simlikdagi barglar soniga bog‘liq. Kuzatuvlar
natijalarga kо‘ra, 62 va 80 kungi kuzatuvlarda namunalar aro farqlanish yuqoriroq
bо‘ldi. Chunki issiqxonaning harorati ushbu davrlarda mо‘tadil emasligi ta’siri bо‘ldi.
Oxirgi 117 kundagi kuzatuv natijalariga kо‘ra, standart navga nisbatan 2 ta namuna
Guliver va Quality seed navlari barg soni 14-17 donaga kam ekanligi, qolgan
namunalarda esa yuqori ekanligi, ayniqsa Balkonnoye chuda va Balkonniy jeltiy F
1
namunalari standartga nisbatan 22-33 dona barg soni yuqori ekanligi aniqlandi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
13
Tajribada о‘simliklarni barg soni bо‘yicha eng yuqori (74 dona) kо‘rsatkichga ega
bо‘lgan Balkonnoye chuda navi pakana bо‘yli, asosiy poyasi kalta bо‘lganligi bilan
ajralib turdi. Issiqxonada barglarning kо‘p bо‘lishi poyadagi shingillarning erta
bahorda quyosh nuridan zararlanishini oldini oladi va meva shakllanishiga yordam
beradi.
Xulosa:
Olib borilgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, cherri pomidorni issiqxona
sharoitda yetishtirishda yer ustki qismini о‘sishi standart navga nisbatan kuchli
bо‘lgan Blek cherri, Balkonniy jeltiy F
1
va Krasniy slivovidniy nav namunalari ajralib
chiqdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Авдеев Ю.И. Селекция томатов. – Кишинев: Штиинца, 1982. – 284 с.
2.Алпатьев А.В. Помидоры. М., “Московский рабочий”, - 1981. – 302 с.
3.Арамов М.Х. Эколого-генетические основы селекции томата на
устойчивость к патогенном и адаптивную способность. Автореф.
дисс….доктора с-х. наук. СПб., 1994.-48 с.
4.Асатова С.С. Влияние регулятора роста тетранила на рост, развитие и
урожайность томата и огурца.// Автореф.канд.дисс. Ташкент.ТашГАУ. 1995.
С.6-7.
5.Брежнев
Д.Д. Томаты. – Л.: Государственное издательство
сельскохозяйственной литературы, 1955. – 351 с.
6.Бўриев Х.Ч, Сабзавот экинлари селекцияси ва уруғчилиги. – Тошкент.
Меҳнат, 1999. – Б. 16-25.
7.Жуковский П.М. Культурные растения и их сородичи. -3-е изд. Л.,
«Колос». 1971. - С. 265-272.
8.Колмыкова Т.С. Влияние продолжительности обработки семян
регуляторами роста на продуктивность сельскохозяйственных растений. //
Автореферат на соискание ученое степени кандидат сельского хозяйственный
наук. – Саратов. СГУ, 2002. – 16 С.
