World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
7
XORIJIY MAMLAKATLAR FUQAROLIK PROTSESSIDA UCHINCHI
SHAXSLAR ISHTIROKINING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Joʻrayev Javlonbek Norboboyevich
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi
mail: javlon-juraev@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorijiy mamalkatlarda fuqarlik ishlari
koʼrilishida uchinchi shaxslarning ishtiroki, uning oʼziga xos jihatlari, sud protsessiga
jalb etish, advokatlarning vakilligi bilan bogʼliq masalalarda haqida soʼz boradi.
Kalit so‘zlar:
uchinchi shaxslar, taraflar, birgalikda ishtirok etish, da’vogar va
javobgar, sudlanuvchi, muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun vakillik va boshqalar.
Uchinchi shaxs atamasi odatda turli huquq tizimlarida ham xuddiy shunday
tarzda qoʼllaniladi.
Uchinchi shaxslar - bu jarayonga oʼz tashabbusi bilan, oʼz manfaatlarini himoya
qilgan holda kiradigan shaxslardir. Shuningdek, majburan olib kelingan, lekin
taraflarning barcha huquqlaridan foydalanadigan shaxslar hisoblanadi.
Uchinchi shaxslar ishtiroki bilan bogʼliq masalalarni xorijiy davlatlar misolida
koʼrib chiqamiz.
Angliya.
Angliyada bunday toifadagi shaxslar qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri
ko‘zda tutilmagan, ammo uchinchi shaxslarning jarayonga kirishi uchun quyidagi
imkoniyatlar mavjud:
1). Birgalikda ishtirok etish instituti tomonidan tartibga solinadi. Sud uchinchi
shaxsga, agar u bilan taraflarning har biri o‘rtasida nizo bo‘lsa, jarayonda ishtirok
etishga ruxsat beradi.
Uchinchi shaxs da’vogar va javobgar tomonda bo‘lishi mumkin, faqt buning
uchun sheriklar o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik bo‘lmasligi kerak.
2). Agar uchinchi shaxsda sudlanuvchiga nisbatan qarshi da’vo qilish huquqi
bo‘lsa, protsessga jalb etilishi mumkin. Bunda uchinchi shaxsga sudning chaqiruv
qog‘ozi yuborilishi va uchinchi shaxs tomonidan javob berilishi kerak.
Agar uchinchi shaxs protsessda ishtirok etishdan bosh torsa, sud uni regress
huquqidan mahrum qilishi mumkin. Uchinchi shaxs tarafning barcha huquqlariga ega
bo‘ladi, jumladan o‘zini himoya qilishi, qarshi da’vo qo‘zg‘atishi va boshqa
protsessual harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
AQSH.
Bu davlatda uchinchi shaxslar qonun bo‘yicha va sudning ruxsati bilan harakat
qiladiganlarga bo‘linadi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
8
Birinchi holda, nizo normativ hujjatning konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida
bo‘lsa yoki shaxs tomonidan biron bir narsa talab qilinsa prokuror ishtirok etishi
mumkin.
Agar holat va huquqlar bo‘yicha umumiy savollar mavjud bo‘lsa, sud uchinchi
shaxsning jarayonga kirishiga ruxsat berishi mumkin. Uchinchi shaxs da’vogar va
javobgar tomonda bo‘lishi mumkin.
Sudlanuvchining xohish-irodasidan qat’i nazar, jarayonga uchinchi shaxs jalb
qilinishi mumkin.
Yagona Savdo kodeksida uchinchi shaxs to‘liq javobgarlik asosida javobgar
manfaatida jarayonni o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Fransiya.
Fransiyada uchinchi tomon quyidagi hollarda jarayonga kirish huquqiga ega:
1). Uchinchi shaxs o‘z manfaati doirasida mustaqil talab qilish huquqiga ega.
2). Taraflarning yordamchisi sifatida.
Taraflar uchinchi shaxsga murojaat qilgan taqdirda ham aralashishi mumkin.
Ikkinchisi tarafning pozitsiyasi bilan bog‘liq va sud qarori ustidan mustaqil ravishda
shikoyat qila olmaydi. Shunday qilib, bu holda, uchinchi tomon to‘liq yemas.
Germaniyadagi uchinchi shaxslar ham 2 toifaga bo‘lingan:
1) Nizo predmeti bo‘yicha talab qila oladigan uchinchi shaxslar (da’vogarning
huquqlariga yega)
2) Nizo predmeti bo‘yicha talab qila olmaydigan uchinchi shaxslar (da’vogarga
nisbatan kamroq huquqlar)
31. Xorijiy davlatlarning fuqarolik protsessida vakillik. Fransiya va
Germaniyada advokatlik faoliyati tushunchasi.
Suddagi vakilligi - fuqarolik protsessida boshqa subyektlar (vakillik qiluvchilar)
manfaatlarini himoya qiluvchi va ular nomidan ish ko‘ruvchi shaxslarning
(vakillarning) faoliyatini, shuningdek, ushbu ishda yuzaga keladigan protsessual
munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan institut.
Alohida huquqiy tizimlardagi ko‘plab xilma-xilliklar ko‘pincha murakkab
huquqiy tuzilmalarni keltirib chiqardi.
Shunga qaramay, ushbu institutdan foydalanishning quyidagi asosiy
yo‘nalishlari ishlab chiqilgan:
a) Muomalaga layoqatsiz shaxslar uchun vakillik, shartli ravishda qonuniy deb
hisoblanadi;
b) Asosan advokatura tomonidan amalga oshiriladigan ixtiyoriy (shartnoma)
vakillik. Tabiiyki, har bir mamlakatda bu shakllar o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Fransiya
va
Germaniyada
yagona advokatlar faoliyati tushunchasi.
Misol uchun,
AQSH
da advokat bo‘lmasdan va ma’lum bir sudda litsenziya
olmasdan, sud jarayonlarida mijozlarning manfaatlarini himoya qilish mumkin
yemas.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
9
Fransiya
da sud majlislarida faqat malakali advokatlar ishtirok yetishi mumkin.
Shveysariya
ham ishonch bilan yagona advokatlik faoliyati tomon ketmoqda.
Germaniya
da ushbu mexanizmninn sharti quyidagicha; da’vo qiymati 5 ming
yevrogacha bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha fuqarolar sudga murojaat qilishlari
mumkin, ammo boshqa barcha hollarda sud majlisida faqat advokat bilan
qatnashishingiz mumkin.
Fransiya
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yagona advokatlik faoliyatini joriy yetish
bir qator ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, bu yuridik ixtisoslik sohasidan qat’i nazar, kasbiy darajani majburiy
oshirishni nazarda tutadi.
Ikkinchi shubhasiz afzallik - advokat o‘z kasbida amalda bo‘lgan axloqiy
tamoyillarga rioya qilishi shart. Kasbiy faoliyatga axloqiy komponentni kiritish
advokatlarda korporativ idrokni shakllantiradi. Nizolarni hal qilishning muqobil
usullari xorijda ham yaxshi rivojlangan: hakamlik sudlari, ombudsmenlar va tinchlik
vositachilari, bu yerda advokat xizmatlari deyarli talab qilinmaydi.
