World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
38
BANKLARDA XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
VA UNING TARKIBI TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH
Axmetova Maqsuda Fayzullayevna
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu tezisda banklarda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot va
uning tarkibi tahlilini takomillashtirish, bank xizmatlarining ilmiy-nazariy asoslari
o’rganib chiqilib, rivojlangan xorij amaliyotida ularni rivojlantirish amaliyoti
o’rganib chiqilgan.
Xususiy kapitalning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, ustav
kapitali, qo‘shimcha kapital, jamg‘armalar va bank foydasi yoritiladi. Shu bilan birga,
hisobotdagi kapitalning aks ettirilishi va tahlili bankning moliyaviy holatini baholash
uchun zarur vosita sifatida qaraladi.
Kalit so’zlar:
xususiy kapitali, bank kapitali,ustav kapitali,qo’shimcha
kapital,taqsimlanmagan foyda , masofaviy bank xizmatlari,zaxira fondi,moliyaviy
hisobot ,foyda va zarar
Kirish
Xususiy kapital bank moliyaviy barqarorligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib,
uning to‘g‘ri hisobga olinishi va tahlil qilinishi bank faoliyatining samaradorligi
hamda raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston bank sektorida xususiy kapitalning ahamiyati kata bo‘lib, bu
banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va risklarni boshqarish uchun asosiy
omil hisoblanadi. Xususiy kapitalning miqdori va tarkibiy qismlari bankning ichki
moliyaviy mustahkamligini tashqi moliyaviy manbalarga qaramligini kamaytirish
imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Tijorat banklarida xususiy kapital – bu bankning o‘z
egalari tomonidan qo‘yilgan mablag‘lar yoki foyda hisobidan shakllangan
manbalardir. Bu kapital quyidagilardan tarkib topadi:
– Ustav kapitali;
– Qo‘shimcha kapital (emissiyada ortiqcha olingan mablag‘lar);
– Ta’sischilarning qo‘shimcha badallari;
– Bo‘linmagan foyda va zaxira fondlari.
Tijorat banklarida xususiy kapitalning hisoblanishi bankning moliyaviy
barqarorligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bank
kapitali – bu bankning faoliyatini boshlash va barqaror davom ettirish uchun
zarur bo‘lgan asosiy manba hisoblanadi. U bankning moliyaviy tayanchini
shakllantiradi va operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan kutilmagan zararlarni
qoplash uchun “himoya yostig‘i” vazifasini bajaradi. Kapitalning mavjudligi
bankning to‘lov qobiliyatini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi, bu esa bankning
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
39
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli
axborotni ochib berishi kerak. “Xususiy kapital to‘g‘risida”gi hisobot shaklini
korxona raxbari, bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Mavzuning dolzarbligi
Banklarning moliyaviy holati va barqarorligi ularning kapital tuzilmasi bilan
bevosita bog‘liq. Ayniqsa xususiy kapital bankning moliyaviy faoliyatida muhim
o‘rin tutadi ,chunki u bankning o‘z mablag‘lari asosida qanday ishlashini ko‘rsatib
beradi. Bank kapital moliyaviy resurslarning asosiy manbai sifatida ichki
operatsiyalarni moliyalashtirish va tashqi risklarni boshqarish imkonini beradi.
Xususiy kapital bankka nafaqat ichki muammolarni hal qilish, balki tashqi bozor
sharoitlaridag io‘zgarishlarga ham tezkor moslashishga imkon beradi. Shu bilan
birga,banklarning o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi ularga ko‘proq mustaqillik
beradi,ya’ni ular kredit olish yoki boshqa majburiyatlarni bajarish uchun tashqi
manbalarga bog‘liq bo‘lmaydi.Xususiy kapitalning yuqori darajasi bankning
moliyaviy xavfsizligini ta’minlab,bozor raqobatbardoshligini oshiradi. Bundan
tashqari, xususiy kapital bankning likvidlik darajasini yaxshilaydi, bu esa moliyaviy
inqiroz va stress davrida o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini oshiradi.Xususiy
kapitalni to‘g‘ri boshqarish va uning hisobotini aniq yuritish moliyaviy barqarorlikni
saqlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Bankning foyda va zarar
ko‘rsatkichlari, jamg‘armalari va qo‘shimcha kapitali to‘g‘risidagi hisobotlarni puxta
tahlil qilish, bank faoliyatini samarali boshqarish imkonini beradi. Shu sababli
,banklar uchun xususiy kapitalni muntazam tahlil qilish va uning dinamikasini
kuzatish eng asosiy moliyaviy strategiyalardan biri hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzishdan maqsad
xususiy kapitalning hisobot davri boshida va oxiriga bo’lgan holati uning tarkibidagi
o’zgarishlar haqida axborotlarni ochib berish hisoblanadi.Hisobotda xususiy kapital
va uning tarkibiy qismlari to’g’risidagi ustav kapiali,qo’shilgan kapital,rezerv
kapitali,taqsimlanmagan foyda sotib olingan aksiyalari va xususiy kapitalning boshqa
elementlari haqida axborotlarni ochib berishi kerak. Kapitalni riskga asoslangan
yondashuv bilan boshqarish
– faqat miqdor emas, balki aktivlar sifati va tavakkal darajasini ham hisobga
olish zarur.
- IFRS (xalqaro moliyaviy hisobot standartlari) bo‘yicha to‘liq o‘tish
– bu kapitalni shaffof, real bozor qiymatida hisobga olishga imkon beradi.-
Kapital rejalashtirish (kapital planning) tizimini joriy qilish – banklar bir necha yil
oldinga kapital tuzilmasini prognoz qilishi kerak.
Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri
bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi. Buning zamirida quyidagi tenglik
yotadi: Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-42_Issue-1_August-2025
40
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir kichik tadbirkorlik
subyektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
Moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan
iboratdir: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda,
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli
axborotni ochib berishi kerak. “Xususiy kapital to‘g‘risida”gi hisobot shaklini
korxona raxbari, bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
2019–05–11-yildagi Qonuni, O‘RQ–580-son.
2. T.M. Karaliyev, O.B. Sattarov, I.F. Sayfiddinov, Tijorat banklari faoliyati
tahlili, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; Toshkent
Moliya instituti. “Iqtisod–Moliya”, 2013–y. – 192 b.
3. M. Yadgarova, R. Qurbonov, Bank auditi, Darslik, T.: “Iqtisod–Moliya”,
2019–y. – 320 b.
4. Risk Management in Commercial Banks’ Participating in Private Equity –
Case Study Based on Silicon Valley Bank Zhou Li, Mei Jing, Sun Xiaoyu, July 2013.
5. Adizov I.J. “Tijorat banklarida xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni
takomillashtirish.” Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 34(3), 77–82. 2024.
6. Raxmanov I. “Tijorat banklari resurslari shakllanishining manbalari va
yo‘llari.” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 1(11–12). 2024.
7. Yusubjanov F. “Tijorat banklarida ichki audit va uni takomillashtirish
yo‘llari.” Yevroosiyo huquq, moliya va amaliy fanlar jurnali, 4(4), 223–234. 2024.
8. Jalilov H. “Tijorat banklarida valyuta operatsiyalari hisobi va auditini
takomillashtirish.” NRJ, 1
9. 2024.9. Jovliyev X.B. “Tijorat banklari xizmatlarining transformatsiyasi.”
Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi ilmiy jurnali, 4(03), 119–122. 2024.