World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
418
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING
KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH (TAYYORLOV GURUHLARI MISOLIDA)
Panjiyeva Shirin Axmadovna
Navoiy innovatsiyalar universiteti
Surxondaryo kampusi,
Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi,
Tel: +998952599598
‘‘Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kreativligini rivojlantirish
metodikasini takomillashtirish
(Tayyorlov guruhlar misolida)’’
Annotatsiya:
Ushbu maqola O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarning kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish(Tayyorlov
guruhlar misolida)’’uchun yangi metodlarni yaratishni,ularni amaliyotga taqdim
etish,texnika texnalogiyalarini o’rganadi.
«Совершенствование методики развития творческих способностей детей
в дошкольных образовательных организациях
(на примере учебных
групп)».
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы создания новых методов,
их внедрения в практику и технических технологий совершенствования
методики развития творчества детей в дошкольных образовательных
учреждениях Узбекистана (на примере учебных групп).
‘‘Improving the methodology for developing children’s creativity in preschool
educational organizations
(on the example of training groups)’’
Abstract:
This article studies the creation of new methods, their introduction
into practice, and technical technologies for ‘‘Improving the methodology for
developing children’s creativity in preschool educational institutions (on the example
of training groups)’’ in Uzbekistan.
Kalit so‘zlar
: Maktabgacha ta’lim, tayyorlov guruhlar, kreativlik, metodlar,
usullar,ta’lim, tarbiya, til, nutq, tafakkur, qiziquvchanlik, erkinlik.
Ключевые слова:
Дошкольное образование, подготовительные группы,
творчество, методы, приемы, образование, воспитание, язык, речь, мышление,
любознательность, свобода.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
419
Keywords:
Preschool education, preparatory groups, creativity, methods,
techniques, education, upbringing, language, speech, thinking, curiosity, freedom.
KIRISH
Hozirgi davrda jamiyat va fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanmoqda. Bu o’z
o’rnida shu davrga mos kreativlik tushunchasini insonlar ongida shakillantirish va har
bir inson kreativ qobiliyatga ega ekanligini va ushbu qobiliyatlarni shakilantirish
usullarini keng joriy etish hamda shu asosda bolalarning kreativ fikrlashini
rivojlantirish metodikasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganish,
takomillashtirish va zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish kreativ insonlarni
kashf etishni taqozo etmoqda. Ushbu muammo, albatta, ma’lum darajada ta’lim-
tarbiya jarayonida o’z yechimini topadi, chunki, bularning barchasi umumiy tarzda
inson va jamiyat taraqiyyoti bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’lib,
bolaning kreativlik bilimlarini takomillashtirish kabi yirik masalalardan biri
hisoblanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishning
muammosiga bir necha yillardan buyon metodlar yaratish ustida ko’plab ishlar olib
borilmoqda. Emebaylning fikricha, kreativlik muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan
puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish
demakdir. K.Robinson “kreativlik bu o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmuidir”-
deb ta’riflaydi [1].
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kreativligini rivojlanrirish
metodikasini takomillashtirish birinchi navbatda noan’anaviy o’yinlar asosida ta’im
berish, bolaning qiziquvchanligini oshirish, intilish, hayolot dunyosini va fikirlash
dunyosini yangi so’zlar bilan boyitish, tasavvur dunyosini zamonaviy ruxda
tarbiyalash, hazil – mutoyiba tuyg‘usi va erkinlikni shakillantirishga qaratilgan
Kreativlik bu- yaratuvchanlikdir! biz bu yaratuvchanlikni faqat amaliy
harakatlardagina ko’rishimiz mumkin bo’lib,u o’zida muayyan yangiliklarni aks
ettirish ajralib turadi.Bundan kelib chiqib aytish mumkinki albatta kreativlik amaliy
qiymatga ega bo’lishi lozim.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishda turli usul va
metodlar bo’lib, bular orasida:
1.
Ilmiy-nazariy tahlil;[2]
2.
Kuzatish;[3]
3.
So‘rovnoma va suhbat;[4]
__________________________________________________________________
Robinson, Ken. Out of Our Minds: Learning to be Creative.
John Wiley & Sons, 2011 (ikkinchi nashr).
ISBN: 978-1-118-02681-8
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
420
4.
Eksperimental-tajriba ishlarini olib borish;[5]
5.
Statistik tahlil.[6]
Metodlarining ahamiyati kattadir.
Bu metodlarni shakillantirishda, bugungi davr
talablari bo’lgan audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida asosida
o‘quv materiallarini bolalarga o’yin shaklida yetkazib berish lozm. Rivojlangan
mamlakatlarda o‘qitishning bu usuli, hozirgi kunda ta'lim sohasi yo‘nalishlari
bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Amaliyot tajribalaridan shu narsa ma’lumki, vizual
texnologiya asosida ta’lim jarayoni samarali bo’lishi isbotlanga Bolalarda
tafakkur va
tasavvurni faollashtirish rasmlar, animatsiyalar, rangli diagrammalar yordamida 60–
70% gacha oshadi,shu bilan birga ushbu materiallar bolalarda
fikrlash
,
fantaziya
qilish
va kreativ yondashuvni oshiradi.
bundan kelib chiqib,
bizning an’anaviy ta’lim
tizimimizga qaraganda,vizual vositalar yordamida o‘tilgan mashg‘ulotlar bolaning
kreativ javoblar sonini 2-3 barobargacha oshiradi.Xotira va diqqatni jamlash
ko’rsdatkichini 30–50% ga kuchayadi.Rangli, harakatdagi tasvirlar, interaktiv vizual
topshiriqlar bolaning diqqatini jamlash qobiliyatini oshiradi. Bu esa ijodiy faoliyatga
kirishishda boshlangich qadam hisoblanadi.Ijodiy yondashuv va mustaqil qaror qabul
qilish ko’rsatkichi esa 40% gacha ko’tariladi. Bolalar turli animatsion hikoyalar,
rasmlar yoki dizayn vositalarini ko‘rganida,
rang-baranglikga yangilik qo’shishga
harakat qilish,fikirlarini erkin ifoda qilishga harakat qiladi. Bu esa kreativ fikrlashga
xizmat qiladi. Mtt da qo’llanilayotgan yangi texnalogiyalarning (masalan, interaktiv
doska, proyektor, smartpanel) bolalar lug’atida yangi so’zlarning paydo bo’lishi
ijtimoiy muloqot va bolalar orasidagi hamkorlikdagi ijodni kuchaytiradi.Bu esa
kreativ fikrlashga xizmat qiladi.
Mtt da qo’llanilayotgan yangi so’zlarning paydo
bo’lishi ijtimoiy muloqot va bolalar orasidagi hamkorlikdagi ijodni kuchaytiradi. Bu
ham kreativlikni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi. Matematika,
adabiyot, tabiatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq kreativ topshiriqlarda foydalanish
natijasida:
O‘zbekiston, Rossiya va Janubiy Koreya
tajribalari asosida olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, vizual vositalar yordamida o‘rgatilgan bolalarning
kreativ fikrlash darajasi 20–50% gacha yuqori bo‘lgan
.
______________________________________________________________
2.Назарова, М. И. "Креативное мышление у детей дошкольного возраста."
– М.: Педагогика, 2015
3.Vygotsky, L.S.
Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes.
Harvard Univ. Press, 1978. 4.Ganieva, S. “Suhbat metodining psixologik
asoslari.” –
Maktabgacha ta’lim jurnali
, 2021.
5.Bogdanova, T.N. “Eksperimental tadqiqotlar maktabgacha ta’limda.” –
Psixologiya va pedagogika
, 2019. 6.Mo‘minova, D. “Statistik tahlil metodlari
maktabgacha ta’limda.” –
Statistika va ta’lim
, 2021.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
421
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni hamda, 2018- yil 3- iyuldagi
Maktabgacha ta’lim Vazirligining 3032- son “ O’zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarini
tasdiqlash haqidagi “, 2019- yil 16- dekabrdagi PQ-595-sonli “ Maktabgacha ta’lim
va tarbiya to’g’risidagi “ qonuni, 2019-yil 8- maydagi PQ 4312-sonli “Maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2020- yil 6- noyabrdagi “
O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PF 6108-sonli farmoni mazkur faoliyatga
tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tadqiqotning metodologik asosi sifatida
xizmat qiladi.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Barchamizga ma’lumki bola hayotida davomida olishi mumkin bo’lgan
bilimning 70%ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi o’z isbotini
topgan.Hamamizga ma’lumki bu davr mobaynida bola dunyoni idrok qilishni
boshlaydi, fikrlaydi, atrof- olam bilan tanishadi, umri davomida oladigan bilimlarga
zamin tayyorlaydi unda paydo bo’layotgan odatiy qobiliyatlarni kreativ yo’nalishga
undaydi. Darhaqiqat
Muhammad Ali
qalamiga mansub, o‘zbek adabiyotida muhim
asarlardan biri “Uchdan keyin kech” –asarida: Bola tarbiyasi esa jamiyatning har
bir a’zosiga daxldor.[7] Har bir voyaga yetgan kishi bola uchun namuna bo‘lishi
lozim deya takidlangan.
Maktabgacha ta’lim mussasalari yosh davri ijodiy faol shaxsni shakillanishing
bosh
bo’g’ini, chunki aynan mana shu davrda bolalarda psixik jarayonlar intensiv
o‘zgarishlar kechadi va shaxsiy fazilatlar rivojlanadi.Maktabgacha ta’lim jarayonida
kreativlikni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, til va nutq
markazidagi faoliyatda kommunikativ munosabatlarda, sana’t va tabiat markazlarida
amaliy o‘yinlar yordamida, qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika
markazida hisob kitob, yaratuvchanlik faoliyatida, syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazida ijodning amaliy ko’rinishlarida amalga oshadi. Bolalarni
kreativligini rivojlantirish metodikasi o’z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonida
muammoni yechishga yo‘naltirishi zarur. Natijada bolalarda shaxsiy pozitsiyasini
himoya qilish malakasi shakllanadi. Shaxsiy hayotida mustaqil fikrlash
kompetensiyasiga ega bo‘ladi. .
_______________________________________________________________
[7]
Muhammad Ali.
Uchdan keyin kech.
– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
422
MUHOKAMA
Bugungi tezkor ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, globallashuv va raqamli
texnalogilar sharoitida jamiyatga yangicha fikrlovchi, mustaqil qaror qabul qila
oladigan, ta’lim va tarbiya jarayonlariga yangicha yondasha oladigan shaxslar zarur
bo‘lmoqda. Bu extiyojni amalga oshirish uchun esa birinchi navbatda ta’lim
tizimining bosh bo’g’ini,maktabgacha ta’lim bosqichida o‘z aksini topmoqda. Ushbu
masalalarni hal qilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalarning ijodiy
fikrlash qobiliyatini erta aniqlash va kreativligini rivojlantirish metodikasidan
foydalangan holda bolalarni rag‘batlantirish va sistematik rivojlantirish dolzarb
pedagogik vazifalardan biriga aylangan. Ushbu o‘ta jiddiy,jamiyat taraqqiyotini
rivojlantirish uchun yangi bilimlarni ishlab chiqishdagi masalalarni hal qilishda
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim, tarbiya jarayonlarini yangi metodikalar
yaratishdan
boshlash
kerakligini
ko’rsatmoqda.
Zamonaviy
jamiyatni
rivojlanayotgan davlatlar qatoridan yuqori o’rinlarni egallash uchun an’anaviv
bilimlarni zamonaviy bilimlarga kreativlik asosida o’tish jamiyatimiz rivojlanishi
uchun zamin yaratishdir. Shuning uchun, bolalarni kreativlik qonuniyatlari bilan
tanishtirish, ularning to‘g‘ri yangicha fikirlashiga,jamiyatda bo’ladigan ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarda bo‘ladigan muommolarni voqea-hodisalarni ilmiy asosda
tushunishga,yechim topa olishga yordam beradigan, bolaning shakllanishidagi yangi
metodikalarnini ishlab chiqish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Kreativlik bolaning bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tishi barobarida shakillanib
va rivojlanib boradi. Bu holat uning hatti-xarakatida, fikirlash va amaliy ish
jarayonlarida, ijtimoiy munosabatlarida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, namoyon
bo‘ladi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda bolani kuzatish orqali unda kreativlik
qay darajada, qaysi holatlarida ko’proq namoyon bo’lishiga etibor qaratish
kerak.chunki bolada tez tez sodir bo’layotgan kreativ xarakatlar uning kelajagini
barqaror yoki aksincha bo’lishiga olib keladi. Kreativlik qiziquvchanlikda namoyon
bo’ladi. Boladagi qiziquvchanlik ko’p savol berish va mustaqil harakatlaridir. Agar
bu kattalar tomonidan tug’ri qabul qilinmasa bu holat boladagi bu kreativlikni bir
ko’rinishi misolida yo’qotish yoki ortiqcha e’tibor va rag’batlar bilan namunadan
chetlashishga olib keladi.Bularning oldini olish uchun albatta kreativlik normalarini
yaxshi egallash va birinchi navbatda tarbiyachi va pedagoglarning kreativligini
shakillantirish kerak. bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirishning na’munaviy
shakli ularda javobgarlikni kuchaytirish, bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni to’g’ri
tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish va bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish,
ijodiy ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari uchun fundament yaratish zarur.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
423
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Robinson, K.
Out of Our Minds: Learning to be Creative.
– Wiley, 2011.
2. Vygotsky, L.S.
Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes.
– Harvard University Press, 1978.
3. Dewey, J.
Experience and Education.
– Macmillan, 1938.
4.Nazarova, M.I.
Kreativnoe myshlenie u detey doshkol'nogo vozrasta.
– M.:
Pedagogika, 2015.
5.Zokirova, G. “Kuzatish orqali bolalar faoliyatini tahlil qilish.” – Ilmiy maqola,
2022.
6.Muhammad Ali.
Uchdan keyin kech.
– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988.