Authors

  • Xamzayeva Dilafruz

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92908

Keywords:

Kalit soʻzlar: Logopediya terapiyasida oʻyin lugʻat boyligi didaktik oʻyinlar oʻyin metodining roli.

Abstract

Annotasiya: Maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻyin metodikasining logopediya mashgʻulotlarida qanday samarali ishlatilishini, o’yin metodikasining umumiy tavsifi.Nutqni rivojlantirishda o’yinning ahamiyati. Bolalar bilan ishlashda qanday yondashuvlar mavjudligi va logopediya mashgʻulotlarida oʻyinlardan namunalar ham keltirilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

405

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQNI

RIVOJLANTIRISHDA O’YINNING AHAMIYATI

265-DMTT: Defektolog – Logoped:

Xamzayeva Dilafruz


Annotasiya:

Maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarda oʻyin metodikasining

logopediya mashgʻulotlarida qanday samarali ishlatilishini, o’yin metodikasining
umumiy tavsifi.Nutqni rivojlantirishda o’yinning ahamiyati. Bolalar bilan ishlashda
qanday yondashuvlar mavjudligi va logopediya mashgʻulotlarida oʻyinlardan
namunalar ham keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Logopediya terapiyasida oʻyin, lugʻat boyligi, didaktik oʻyinlar,

oʻyin metodining roli.

Abstract:

The article describes how game methodology is effectively used in

speech therapy classes, a general description of game methodology and its role in the
educational process. The importance of the game in the development of speech. There
are also examples of games in speech therapy classes and approaches to working with
children.

Key words:

game, process, interest, game in speech therapy, vocabulary,

didactic games, role of game method.

Аннотация:

В статье описано, насколько эффективно используется

игровая методика на логопедических занятиях, дана общая характеристика

игровой методики и ее роль в образовательном процессе. Значение игры в
развитии речи. Также приведены примеры игр на логопедических занятиях и
подходы к работе с детьми.

Ключевые слова:

процесс, интерес, игра в логопедии, словарный

запас, дидактические игры, роль игрового метода.

KIRISH:

Logopediyada Pedagogik metodlar va vositalar quyidagilardan iborat;

O‘yinli mashg‘ulotlar

– didaktik o‘yinlar, dramatizatsiya, harakatli o‘yinlar;

Ko‘rgazmali metodlar

– suratlar, kartochkalar, interaktiv ta’lim vositalari;

Taktil va kinestetik mashqlar

– barmoq gimnastikasi, harakatli mashqlar;

Nutqni modellashtirish

– gap qurish, hikoya tuzish, savol-javob mashqlari;

Nutq terapiyasi elementlari

– artikulyatsion gimnastika, fonematik eshitishni

rivojlantirishdan iborat. Maktabgacha ta’limda logopedik o‘qitish bolalarning nutqiy
rivojlanishiga pedagogik yondashuv asosida olib boriladi. Tizimli, interaktiv va
individual yondashuvlardan foydalanish orqali bolalarning nutqiy qobiliyatlari
yaxshilanib, ular maktabga tayyor bo‘lishadi. Individual yondashuv orqali har bir bola
uchun alohida mashg‘ulot rejalari tuziladi. Didaktik tamoyillar bilan o‘yin uslubi,


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

406

ko‘rgazmalilik va bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida tashkil qilinadi.
O‘qitishning izchilligi bilan oddiy talaffuz mashqlaridan murakkab grammatik
strukturalarga o‘rgatiladi. Logopediya texnologiyasida oʻyin metodikasining
ahamiyati katta. Oʻyin bolalarning til rivojlanishini, soʻz boyligini oshirishni, lug’at
boyligini oshirishda, talaffuzni toʻgʻrilashni, fonetik fonematik idrokni, mayda va
yirik motorikani rivojlantirishda, muloqot ko’nikmalarini yaxshilashni, bilish
jarayonlarni rivojlantirishni taʼminlaydi. Oʻyin jarayonida bolalar tabiiy ravishda,
qiziqish bilan faol ishtirok etadilar, bu esa oʻrganish jarayonini yanada samarali va
qiziqarli qiladi. Oʻyin yordamida logopedik mashqlarni osonlashtirish, ularni
bolalarga tushunarli va qulay qilish mumkin. Bundan tashqari, oʻyin metodikasi
bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy va emosional rivojlanishga ham ijobiy taʼsir
koʻrsatadi. Bu orqali bolalar bir-birlariga muloqot qilishni oʻrganadilar va soʻz
boyligini oshiradilar. Shuningdek, oʻyin olaning diqqatini jamlashga, yaratish va
tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Oʻyinning tizimli va
ongli ravishda qoʻllanilishi logopediya muammolarining yechimi uchun samarali
vosita hisoblanadi.

Logopedik metodlar:

O’yin

jarayonida bolaning axloqiy sifatlari tarbiyalanadi,

bular: dadillik, qat’iyatlilik, adolatlilik

(vijdonlilik), hayrixohlikdir. Aksariyat

o’yinlar jamoaviy harakterga ega bo’lganligi sababli,

ular jamoada muloqotga

kirishish malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolani

o’yinchoqlarga va o’yin

materiallarga bo’lgan ehtiyotkorona munosabatini, dastlabki

mehnat malakalarini

shakllantirishda ham o’yin faoliyatidan foydalanish lozim.

Nafas olish mashqlari

xususan og’izni yumib turib burun orqali nafas olish va nafas

chiqarishni har kuni bir

necha minutdan 3-4 hafta davomida mashq qilishni taqozo qiladi.Bolalar bilan
logopediya mashg‘ulotlarida nutqni rivojlantirishda o‘yin

metodikasining ro‘li

bo‘yicha olib borilgan izlanishlar turli pedagogik va psixologik

yondoshuvlarni

o‘rganishga asoslangan. Oʻyin bolalar psixologiyasiga, til va nutq

rivojlanishiga

samarali yordam beradi. Nutqini rivojlantirishda, samarali natija beradigan
oʻyinaladan misollar keltirib

oʻtamiz.Tishlarimizni tozalaymiz.

Maqsad:

Til

harakatini faollashtirish.

O’yinning borishi:

Bola logopedga qaragan holda o’tiradi. Bolaga rasm

ko’rsatiladi. Qarang, bola qanday qilib tishlarini tozalayapti? Biz ham hozir

sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz. Faqat cho’tka bilan emas, balki tilimiz bilan.
Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi. So’ngra
har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha
marta bajartiriladi.

“Shirin murabbo” o’yini. Maqsad:

Til harakatini faollashtirish.

O’yinning borishi:

Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi

ko’rsatiladi. Qizning yuqori va pastki labiga murabbo yopishib qoldi. Qiz

murabboni tili bilan yaladi. (Til harakati bilan murabboni yalash ko’rsatiladi). So’ngra


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

407

bolalar ham ushbu mashqni qaytaradilar. Logoped har bir bola mashqni qanday
bajarayotganini kuzatib boradi.

Kapalaklar uchyapti” o’yini. O’yinning maqsadi:

To’g’ri, uzluksiz havo

oqimini hosil qilishga erishish O’yinning borishi: Bola stulchaga o’tiradi.

Logoped bolaga:

-Qarang-a, qanday chiroyli kapalaklar: ko’k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli
kapalaklarga o’xshaydi. Ko’raylik-chi, ular ucha oladilarmi? Kapalaklarni

puflaydi.

-Qarang, uchib ketishdi. Qani, sizlar ham puflab ko’ringlar-chi. Kimniki
uzoqqa uchar ekan?
Bola har bir kapalakning qarshisiga turib puflaydi

NATIJALAR:

Bolalarda Nutqni rivojlantirish o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega.

Bolalar nutq orqali fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalari bilan o’rtoqlashadi.
Bolalar o’rtasidagi nutq do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot
voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi. Bolalarning
o’zi yaratgan o’yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan
o’yinning g’oyasi, mazmuni, o’yin harakatlari, rollar, o’yin qoidalari uning tuzilishini
va bolaning ichki kechinmalarini tashkil etuvchi qirralardir. Demak, ijtimoiy hayot
o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgarshi tabiiy. O’yin ma’lum maqsadga ko’ra
yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va bu
faoliyat bolalarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O’yin faoliyati asosida bolada
o’quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o’yin faoliyatini
rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak. Logopedik mashgʻulotlar bir maqsadga
yoʻnaltirilgan murakkab tashkil etiladigan jarayon boʻlib, bir nechta bosqichlarda
amalga oshiriladi.Hususan bolani taffakuri, idroki, lug’at boyligini oshirishga, fonetik
fonematik idrokini rivojlantirishga qaratilgan bolishi kerak.Ularning har biri

oʻzining maqsadi, vazifasi, metod va usullari bilan belgilanadi. Logopedik

mashgʻulotlarda olib boriladigan metodlar orasida oʻyin metodi ham alohida
ahamiyat kasb etadi.

Oʻyin metodi

– oʻyin faoliyatini boshqa usullar, yaʼni namoyish qilish,

tushuntirish, ertak terapiya, guruhli ishlash,savollar bilan birgalikda olib

borishni nazarda tutiladi. Oʻyin metodida asosiy, yetakchi rolni tarbiyachi va bola
oʻynaydi. U korreksion ishlarni vazifalari va bosqichlariga mos ravishda oʻyin turini
tanlaydi, rollarni boʻlib beradi va bolalarning faoliyatini faollashtiradi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan turli xil oʻyinlar olib boriladi: Ashulali, didaktik, harakatli,
ijodiy, sahnalashtirilgan va hokazo. Ularning qay tariqa qoʻllanishi korreksion ishning
vazifalari va bosqichi, nutqiy nuqson tuzilishi, bolalarning yosh va individual – ruhiy
xususiyatlari bilan belgilanadi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

408

MUHOKAMA:

Didaktik o’yinlar - bolalarga ta’lim berish va ularning qobiliyatlarini

rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Quyida turli xil didaktik oʻyinlardan
namunalarkeltiramiz:

Mevalar va Sabzavotlar:

Mevalar va Sabzavotlar mulyaji va kartochkalari

yordamida o’yin tashkil etiladi.Bolalar Meva va Sabzavotni nomi bilan atab
kartochkalar ustiga mulyajni qo’yib chiqadilar. O’yinni mustahkamlash:Bolani ko’zi
yopib turiladi ,savatdagi xaqiqiy mevani tarbiyachi bolaga yedirib ko’radi bola
mevani mazzasidan qaysi meva ekanin topib aytadi.

So’z o’yinlari:

So’zlarni to’plash yoki so’zlardan yangi so’zlar yaratish.

Misol uchun, “L” harfi bilan boshlanadigan so’zlarni topish o’yini. Masalan:

Lola,Olma, Tulki.

Xotira o’yinlari:

Kartochkalardan bir nechta juftliklar joylashtiriladi, va bola

ulardan mos keladigan juftlarni topish kerak.

Matematika o’yinlari:

20 tagacha raqamlar bilan sanash yoki oddiy qo‘shish

va ayirish mashqlarini bajarish. Misol uchun, raqamlarni mos ravishda joylashtirish.
Quyidagi jihatlar o’yinlarning nutqni rivojlantirishdagi ahamiyatini ko’rsatadi:

Qiziqarli o’rganish:

O’yinlar bolalar uchun ta’lim jarayonini qiziqarli va

interaktiv qiladi. Nutqni o’rganish o’yinlar yordamida ko’proq zavqli va samimiy
bo’ladi.

So’z boyligini oshirish:

O’yinlar davomida bolalarda bilish jarayonlarini

rivojlanishi,yangi so’zlar, ifodalar va til strukturalarini o’rganadilar. Misol uchun,
yangi so’zlarni tushunish va ularni to’g’ri ishlatishni o’rganadilar.

XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,nutqni rivojlantirishda

oʻyin metodikasi bolaning eshitish qobiliyatini, xotira, tafakkur, nutq xususiyatlarini,
lug’at boyligini oshirishni,mayda va yirik motorikasini , bilish jarayonlarini , fonetik
fonematik idrokni, bolani sensor soxasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
O’yin bolaning muloqotga kirishuvchanligini

oshirib, uning rivojlanishiga olib

keladi. Buning oqibatida bola muvaffaqiyat

qozonishga intiladi, uning ziyrak,

hushyor bo’lishga, zavqlanishga o’rganadi.

Shuningdek, bola olamni bilish, o’rganish

harakatida bo’ladi. Intizomli bo’lish,

chaqqonlik, tez fikr yuritishga intiladi.Logoped

bu o‘yinlarni bolaning ehtiyojiga mos ravishda moslashtirishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar

diagnostikasi” Toshkent 2016 –yil.

2. “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish”

o‟quv – uslubiy majmua.

3. M.Y.Ayupova. “Logopediya” 10.08.2007-yil 4. Raxmanova V.S. “Korreksion

pedagogika va logopediya“ 2007-yil 5. M.Y.Ayupova. “Logopediya” O‟zbekiston
faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil

References

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar diagnostikasi” Toshkent 2016 –yil.

“Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish” o‟quv – uslubiy majmua.

M.Y.Ayupova. “Logopediya” 10.08.2007-yil 4. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya“ 2007-yil 5. M.Y.Ayupova. “Logopediya” O‟zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil