Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mohiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samarasi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari haqida fikr yuritilgan va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.Shuningdek Smart usullarini qo‘llash orqali samaradorlik 20-30% oshganligi ko‘rsatilgan.