World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
381
QO‘RIQLASH DEPARTAMENTI BO‘LINMALARI XODIMLARINI
XIZMATGA JISMONAN TAYYORLASH
S.M.Usmonov
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti magistratura tinglovchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirishga yangicha yondashuvlar hamda xodimlarining o‘ta muhim
toifalangan obyektlarni qo‘riqlash, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari
daxlsizligini ta’minlash, qo‘riqdagi obyektlarda jamoat tartibini saqlash,
jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi xizmat vazifalarini bajarishida
jismoniy tayyorgarlik va sportning o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Xodim, harbiy xizmatchi, jangovar, kasbiy va jismoniy
tayyorgarlik, qo‘riqlash, obyekt.
Mintaqamiz va dunyoning ayrim mamlakatlarida yuzaga kelayotgan murakkab
vaziyat, global xavf-xatarlar, ayniqsa xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy
migratsiya, odam savdosi kabi tahdidlar Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari
xodimlari oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Professional Milliy gvardiya
xodimi qo‘riqdagi obyektlarda jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini
ta’minlashda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mukammal bajarishi,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jamiyatda qonun
ustuvorligi hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashda nafaqat kasbiy,
balki jangovar va jismoniy jihatdan ham chiniqishi kerak. Chunki Milliy gvardiya
xodimi xizmat faoliyati davomida turli ekstremal holatlarga duch kelishi mumkin.
Bunday vaziyatda u davlat va jamiyat xavfsizligi bilan birga, o‘z xavfsizligini ham
ta’minlashi, buning uchun zarur maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim.
Jahondagi ijtimoiy-siyosiy inqiroz, e'tiqod bilan bog‘liq ziddiyatlarning
kuchayishi,
davlatlarning
iqtisodiy
rivojlanishidagi
tafovut,
ishsizlik
va
kambag‘allikning oʻsishi, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi ortishi, transmilliy jinoiy
tashkilotlarning faollashuvi natijasida terrorizm, jumladan, suitsidal terrorizmning
koʻlami kengayib, insoniyat taraqqiyoti va xavfsizligiga tahdid solayotganligi bois,
unga qarshi kurashning xalqaro hamda milliy mexanizmlarini takomillashtirish
obyektiv zaruriyatga aylanmoqda. Xususan, birgina suitsidal terrorizm AQSH,
Rossiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Turkiya, Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va boshqa
davlatlarda koʻplab insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, davlatlar iqtisodiga juda koʻp
miqdorda zarar etishiga sabab boʻlmoqda. “suitsidal terrorchilik harakatlari jami
terrorchilik hujumlarining 3 % tashkil etib, jami terrorchilik harakatlaridan halok
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
382
boʻlganlarning 48 %” aynan yuqoridagi hujumlarga toʻg‘ri kelmoqda, hamda ushbu
holatlarni sodir etishda aholi gavjum boʻladigan savdo obyektlari, maktablar, masjid,
bank, ishlab chiqarish obyektlarida sodir etilmoqda.
1
Bu esa ushbu obyektlarning
ishonchli qoʻriqlanishida naryadlar faoliyatini samarali tashlik etish mavjud xavflarga
qarshi turish uchun xodimlarning jangovar tayyorgarligini takomillashtirilishini talab
etadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda inson shaʼni va qadr-qimmati masalasi juda
dolzarb hisoblanib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida milliy
xavfsizlik islohotlari nihoyatda eʼtiborli boʻlib, ayniqsa Milliy gvardiya sohasiga doir
qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yaʼni bu sohada
amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida fuqarolarning xavfsziliklari, huquq va
erkinliklari himoyasi mujassamligi davlatimizning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari sari
dadil borayotganligidan dalolat, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mudofaa vazirligi, Ichki
ishlar, Milliy gvardiya va boshqa sohalardagi bir qancha oʻzgarishlar,
mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni, uning rivojlanishi, aholi xavfsizligi
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini tanlash, tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ularning
mas’uliyatini oshirish, moddiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,
shuningdek, xodimlarning jangovar va maxsus tayyorgarligini takomillashtirish,
shuningdek ularning xizmat oʻtashini tashkil etish, boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining zamonaviy tizimida
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻshinlari davlat va jamiyat
xavfsizligini ta’minlash, inson va fuqaroning erkinliklari hamda normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan huquqlarini himoya qilish uchun moʻljallangan davlat harbiy
tashkiloti sifatida sezilarli darjada faoliyat olib bormoqda. Shu kabi, mamlakatni
huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va yangi
vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini tashkil etishni, shu
jumladan, qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy
himoyasini taʼminlash va hududlarni kompleks xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy taʼsir etuvchi huquqbuzarliklarning sabab
va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish borasidagi faoliyatni
yanada takomillashtirishni talab etadi.
Qo‘riqlash departamenti xodimlarining o‘ta muhim toifalangan obyektlarni
qo‘riqlash, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari daxlsizligini ta’minlash,
qo‘riqdagi obyektlarda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish
yo‘nalishidagi xizmat vazifalarini bajarishida jismoniy tayyorgarlik va sportning
o‘rni katta.
1
Harmon V., Mujkic E., Kaukinen C. and Weir H. Causes and Explanations of Suicide Terrorism: А Systematic
Review. // Homeland Security Affairs, Volume 14 Article 9 (December 2018). Р.5. https://www.hsaj.org/articles/14749
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
383
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ 3413-son “Ichki
ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini
tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,
shuningdek ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va
axloqiy- psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish maqsadida
2022 yil 22 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar
organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy- psixologik tayyorgarlik
mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 383-son buyrug‘i
qabul qilindi.
“Xodimlar bilan xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik
mashg‘ulotlarini amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar quyidagilardan
iborat:
- xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularni mohirona va
samarali harakatlanishga o‘rgatish;
- rahbarlarda tezkor-xizmat hamda jangovar faoliyatda qo‘l ostidagi xodimlarni
boshqarish, o‘qitish, tarbiyalash, ko‘nikmalarini takomillashtirish;
- xodimlarda mas’uliyat hissini, xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-
psixologik mahoratni doimiy ravishda oshirib borish;
- jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurollarni qo‘llagan holda turli
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha doimiy amaliy mashg‘ulotlarni
tashkillashtirish;
- xodimlarda jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarish uchun
zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlab, yanada rivojlantirish va
yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash;
- ruhiy barqarorlikni shakllantirish, ziyraklik, hushyorlik, xotira, tafakkur va
boshqa kasbiy-psixologik jarayonlarni rivojlantirish.
Mazkur buyruqqa asosan jismoniy tayyorgarlik
–
yengil atletika (yugurish),
suzish va kuch ishlatish mashqlari va qo‘l jangidan iborat bo‘lib, barcha xodimlar
uchun yil davomida 100 soat xizmat vaqti hisobidan o‘tkazilishi belgilangan
”.
Ichki ishlar organi xodimlari bilan jismoniy tayyorgarlik
shaxsiy tarkibning
tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini
shakllantirish, turli huquqbuzarliklarning profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish,
kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarni mohirona qo‘llash, shuningdek
xizmat
faoliyati
jarayonida
yuqori ishchanlikni ta’minlash maqsadida
tashkillashtiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
birinchidan
,
shaxsiy tarkibning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va lozim
darajada ushlab turish;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
384
ikkinchidan,
shaxsiy tarkibni turli harakat ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish, shuningdek ularga haqiqiy jangovar sharoitga yaqinlashtirilgan
vaziyatlarda kurashning jangovar usullarini qo‘llashni o‘rgatish;
uchinchidan,
shaxsiy tarkibning irodaviy sifatlarini rivojlantirish, ularning
sog‘ligini yaxshilash, mustahkamlash hamda yuksak ish qobiliyatlarini shakllantirish;
to‘rtinchidan,
xodimlarda jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni
bajarish uchun zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlab, yanada
rivojlantirish va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir.
Ichki ishlar organlarining har bir xodimi jismoniy mashqlar bilan doimiy
ravishda shug‘ullanishga majbur va uning jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘rnatilgan
talablarga mos bo‘lishi kerak.
Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga ajratilgan umumiy vaqtning 50% qo‘l
jangi va qolgan 50% moddiy bazaning sharoitidan kelib chiqib, gimnastika,
to‘siqlarni oshib o‘tish, tezkor harakatlanish va yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish
bo‘limlariga taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunining
22-moddasi “Jismoniy kuch ishlatish”-deb nomlangan bo‘lib, unda;
“Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan
o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan
kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:
- jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
- jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng
yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga
olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
- ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini
bartaraf etish uchun.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol
qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib
turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga
yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli
qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va
sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno” - deb ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda professional amaliy sportni rivojlantirishga
tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimizning
2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni
yanada takomillashtirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5924 –son farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
385
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar saflarida jismoniy
tayyorgarlik samaradorligini oshirish, texnik va amaliy, harbiy- amaliy sport turlarini,
shuningdek, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- harbiy xizmatchilar va maxsus xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida
ommaviy sport ishlari bo‘yicha har yili ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish;
- texnik va amaliy, harbiy-amaliy sport turlarini, shuningdek, yakkakurash sport
turlarini rivojlantirish dasturlarini qabul qilish;
- texnik va amaliy, harbiy-amaliy sport turlari, shuningdek, yakkakurash sport
turlari bo‘yicha idoralararo jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish;
- ta’lim muassasalari tizimida sport turlari bo‘yicha fakultativ sinflar va
to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy turlari, shuningdek, yakkakurash
sport turlarini zamonaviy jihozlar va inventar bilan ta’minlash va boshqalar”.
Mazkur farmon ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorlash tizimiga
amaliy sport va jangovar sport turlarini yanada kengroq va to‘liq joriy etish uchun
asos bo‘ldi, bu esa kelgusida jismonan chiniqqan xodimlarni huquq-tartibotni saqlash
va jinoyatchilarga muvaffaqiyatli qarshi kurashishga tayyorlash imkonini beradi.
Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan
biri ularning jismoniy tayyorgarligidir, chunki zamonaviy voqelik ulardan nafaqat
zamonaviy qurol-yarog‘, aloqa, transport vositalariga, balki xodimlarni huquqiy va
maxsus tayyorlashning samarali tizimiga ega bo‘lgan jinoiy dunyoga qarshi turish
uchun xodimdan turli favqulotda vaziyatlarga hamisha tayyor turishni talab qiladi.
Ichki ishlar organi xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasida huquqbuzar shaxslar bilan doimiy ravishda to‘qnashadi. Jinoyat
sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ichki ishlar organiga olib kelishda,
qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni ushlashda, huquqbuzar shaxslar tomonidan
xodimlarga nisbatan tan jarohati yetkazilishini oldini olish maqsadida ular doimiy
ravishda sportning qo‘l jangi hamda jangovar sambo usullari bilan muntazam
ravishda shug‘ullanib borishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev. Xavfsizlik kengashining yig‘ilishidagi ma’ruzasidan.
Toshkent. https: www. Gazeta.uz./10.01.2018.
2.
R.M.Djuraev. Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
vazifalarini zamonaviy talablar asosida amalga oshirish. O‘RMG HTI
Axborotnomasi. -2020.- № 1,- 3 b.
3. S.D.Mamayusupov. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida axloqiy
ruhiy ta’minotni tashkillashtirish masalalari. Respublika ilmiy amaliy konferensiya
materiallari. Toshkent., 2021, 5 b.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
386
4. А.Ю.Голубенко. Современные способы формирование психологическое
готовности у военнослужащих Национальной гвардии Республики Узбекистан
исходя из специфики служебно-боевых задач. Т.: ВТИ РУ Ахборотнома. 2020.
-№ 3 (11),- 209 стр.
5. Jo‘rayeva, O. N., & Juraeva, S. N. (2020). Strategies for using alternative
assessment methods in language and literature classes. International Journal of
Innovations in Engineering,Research and Technology (IJIERT), 141-146.
6. Jo‘rayeva, S. N., & Jumayev, S. Q. (2021). Psixologlarning etiket tamoyillari.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti axborotnomasi,
1(13), 95-101.
7. Ch.Nasriddinov. Harbiy psixologiya. T., 2004. 126 b.
8. I.X.Arifxodjaeva. III serjantlar tarkibi faoliyatini takomillashtirishning
psixologik omillari. Disser.. psix... fanl...nomzodi. T., 2011.,- B-13.