Authors

  • Baxronova Dilnavoz

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92914

Keywords:

Kalit so’zlar: tijorat banklari buxgalteriya hisobi aktiv va passiv balans hisobot turlari

Abstract

Annotatsiya: Ushbu  tezis  O'zbekiston bank tizimidagi  tijorat  banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning  o’ziga xos xususiyatlari va ularni   takomillashtirishga   bag'ishlangan. Tadqiqot maqsadi banklardagi  buxgalteriya hisobida  va hisobotlarini  tayyorlashda  mavjud  muammolarni  aniqlash  hamda  ularni  bartaraf etish  yo'llarini  ishlab  chiqishdan  iborat. 


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

362

TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI

TASHKIL ETISH VA HISOBOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Baxronova Dilnavoz

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti


Annotatsiya:

Ushbu tezis O'zbekiston bank tizimidagi tijorat banklarida

buxgalteriya hisobini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari va ularni
takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqot maqsadi banklardagi buxgalteriya
hisobida va hisobotlarini tayyorlashda mavjud muammolarni aniqlash hamda
ularni bartaraf etish yo'llarini ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so’zlar:

tijorat banklari,buxgalteriya hisobi ,aktiv va passiv ,balans,

hisobot turlari ,

Kirish

Banklarda buxgalteriya hisobi avvalo, uning korxonalar, budjet va boshqa kredit

muassasalarida yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tubdan farq qiladi. Tijorat
banklarida buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlarnikiga
qaraganda o'zining operativligi tufayli ajralib turadi. Har kuni soat 16-00 gacha
operatsion kun hisoblanadi. Jumladan, bizning respublikamizda xalqaro andozalarga
to'la javob beruvchi zamonaviy elektron to'lov tizimi ishlab turibdi. Hozir bank
hisobvaraqlari orqali to'lovlar naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida o'ta qisqa vaqt
ichida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa aholining plastik kartochkalar orqali amalga
oshirilayotgan naqd pulsiz to'lovlari hajmi to'xtovsiz o'sib bormoqda

Mavzuning dolzarbligi

Banklar va bank faoliyati to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga

asosan, “bank – tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi
faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: – yuridik va jismoniy
shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag„lardan tavakkal
qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; – to’lovlarni amalga
oshirish”.Bank operatsiyalarini amalga oshirish va uni tashkil etishni nazorat qilish,
shuningdek, bankning o'zining, mijozlaridan qabul qilingan va banklararo hisob-
kitobpul hujjatlarini rasmiylashtirish, ularni qayta ishlash hamda bank
operatsiyalarini qayd etish bilan shug'ullanuvchi xodimlar tarkibi tushuniladi.
Buxgalteriya apparatining ish faoliyatini arnalga oshirishda tijorat banklarining bosh
buxgalterlarini ma'sul shaxs sifatida tan olish mumkin. Ma’sul shaxslar O'zbekiston
Respublikasining qonunlari asosida ish ko’radilar va ishni bank filiali rahbari amalga
oshiradi. Markaziy bank o’zining banklarni buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishni tartibga solib turuvchi normativ hujjatlar ishlab chiqarishda mustaqillikkka
ega tashkilotdir.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

363

Тижорат банкларида бухгалтерия ҳисобини юритишнинг асосий

мақсади-

банк активлари ва пассивларидан самарали фойдаланиш, уларни

жойлаштириш ва кўрсатилган банк хизматлари юзасидан даромад
(фоизли)ларни ҳамда банк операцияларини амалга ошириш бўйича харажатлар
(фоизли) ни, шунингдек, бюджет ва бюджетдан ташқари тўловларни ўз вақтида
ҳисоблаб, якуний молиявий натижаларни тўғри аниқлашдан иборатдир. Бунда
талабалар банкларда бухгалтерия ҳисобини ўрганишда, аввало, унинг
корхоналар, бюджет ва бошқа кредит муассасаларида юритиладиган
бухгалтерия ҳисобидан туб фарқларини тушунишлари зарур.

Banklarda

buxgalteriya

hisobini

tashkil

etish

asoslari

milliy

iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning
buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o„xshash. Ular O’zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida o’z ifodasini topgan.
Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning
metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:

a) xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
b) xo’jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda

yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish;

g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma‟lum sanaga bank xo’jalik

faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab

olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o’rtasida hisob ishlari taqsimotini,
qo’llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini
belgilab olish kerak bo’ladi.

Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan

qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bekofisga ajratish amalga
oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bekofis
va Front-ofisga bo„linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari
mijozlarga to’g’ridan-to’g’ri xizmat ko’rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab
Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur
bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta
ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog’liq
bo’lmagan ikkita bo’limda amalga oshiriladi.

Moliyaviy hisobotlar bankning moliyaviy holati, natijalari va pul oqimlari

haqida aniq va to‘liq ma’lumotni taqdim etishi lozim. Moliyaviy hisobotlarning
asosiy turlari quyidagilardan iborat:

1. Moliyaviy holat to‘g‘risida hisobot (balans): Bank aktivlari, majburiyatlari va

kapitalining ma’lum bir sanaga nisbatan holatini aks ettiradi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

364

2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot: Bankning daromadlari, xarajatlari va

sof foydasini aks ettiradi.

3. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot: Bankning pul mablag‘lari oqimi, operatsion,

investitsion va moliyalashtirish faoliyati doirasidagi naqd pul tushumi va chiqimlarini
ko‘rsatadi.

4. O‘z kapitalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot: Bank kapitalida sodir

bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni aks ettiradi.

5. Izohlar va qo‘shimcha ma’lumotlar: Bank moliyaviy hisobotlarida keltirilgan

ma’lumotlarni izohlovchi va tushuntiruvchi ma’lumotlar.

Bank faоliyatida shunday keng masshtabdagi оperatsiyalarni bajarish va

xizmatlarni ko‘rsatish, albatta buxgalteriya hisоbi bilan bоg‘liqdir. Yuqоrida sanab
o‘tilgan оperatsiyalarni bajarish jarayonida pul mablag‘larining harakati va ularning
manbalari haqidagi ma’lumоtlarni yig‘ishda buxgalteriya hisоbi katta rоl o‘ynaydi.
Buxgalteriya hisоbi ma’lumоtlaridan fоydalangan hоlda bankning aktiv va passiv
оperatsiyalari rejalashtiriladi. Моliyaviy hisоbоtlarning natijasi bankning mоliyaviy
hоlatini ko‘rsatadi va bank rahbarlariga bank ishini rivоjlantirishda aniq chоra va
tadbirlar ishlab chiqishga sharоit yaratadi. Shu qabul qilingan siyosat asоsida
tadbirlarni amalga оshirish mexanizmi yaratiladi, bu faоliyat bank xоdimlarining
kunlik ish jarayonlarida hamda оperatsiyalarni buxgalteriya hisоbida aks ettirishda
o‘z ifоdasini tоpadi.

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy

hisobotlariga qo‘yiladigan talablar bank faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va
barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Bu talablar bankning moliyaviy
holati haqida manfaatdor tomonlarga aniq va ishonchli ma’lumot berishni
ta’minlaydi, shuningdek, moliyaviy xavflarni boshqarish vabarqaror rivojlanishga
yordam beradi. Ushbu talablar bank faoliyatini nazorat qilish, moliyaviy xavflarni
boshqarish va manfaatdor tomonlarga real ma’lumotlar taqdim etishni ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. K.N.Navruzova, N.Karimov,U.Оrtiqov. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.:

Davr.2012y.

2. F.Mullajonov. “O’zbekiston bank tizimi: barqaror rivojlanish, xalqaro mezonlarga erishish

yo’lida” “ Bozor, pul va kredit” jurnali 2015-yil 1-son.

3. A.Omonov va T.Qoraliyev. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.:Iqtisod-

Moliya.2014y.

4. Banklarning moliyaviy barqarorligi va resurslari etarliligini xalqaro me’yorlar va standartlar

talablari asosida baholash va boshqarish: Xalqaro ilmiyamaliy konferensiyasi materiallari
to‘plami. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. 464 b.

5. “Bozor, pul va kredit” jurnali 2017-yil 1-son.
6. Yuldasheva G. Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish istiqbollari // Moliya va

bank ishi. № 4, 2020. – 34-41 b

References

K.N.Navruzova, N.Karimov,U.Оrtiqov. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: Davr.2012y.

F.Mullajonov. “O’zbekiston bank tizimi: barqaror rivojlanish, xalqaro mezonlarga erishish yo’lida” “ Bozor, pul va kredit” jurnali 2015-yil 1-son.

A.Omonov va T.Qoraliyev. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.:Iqtisod-Moliya.2014y.

Banklarning moliyaviy barqarorligi va resurslari etarliligini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari asosida baholash va boshqarish: Xalqaro ilmiyamaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. 464 b.

“Bozor, pul va kredit” jurnali 2017-yil 1-son.

Yuldasheva G. Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish istiqbollari // Moliya va bank ishi. № 4, 2020. – 34-41 b