Authors

  • Toshpo‘latova Shahnoza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92923

Keywords:

Kalit so‘zlar: Gastronomik turizm milliy oshxona madaniy meros sayyohlik iqtisodiy o‘sish turistik brend O‘zbekiston

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning rivojlanish istiqbollari, xalqaro va milliy miqyosdagi o‘rni hamda iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda gastronomik turizmning bugungi holati, mavjud imkoniyatlari va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mahalliy oshxonamizning boy merosi va milliy taomlarning sayyohlik brendi sifatidagi roli alohida e’tirof etiladi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

313

GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI VA UNING IQTISODIY AHAMIYATI

Toshpo‘latova Shahnoza

Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti

Turizm yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning rivojlanish

istiqbollari, xalqaro va milliy miqyosdagi o‘rni hamda iqtisodiy ahamiyati tahlil
qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda gastronomik turizmning bugungi holati, mavjud
imkoniyatlari va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mahalliy
oshxonamizning boy merosi va milliy taomlarning sayyohlik brendi sifatidagi roli
alohida e’tirof etiladi.

Kalit so‘zlar:

Gastronomik turizm, milliy oshxona, madaniy meros, sayyohlik,

iqtisodiy o‘sish, turistik brend, O‘zbekiston


Zamonaviy turizm tarmoqlari ichida gastronomik turizm tobora dolzarb

yo‘nalishga aylanib bormoqda. Turistlar faqat diqqatga sazovor joylarni ko‘rish
bilangina emas, balki o‘sha hududning taomlarini tatib ko‘rish, madaniyatini his
qilish orqali ham sayohatdan zavq olishni maqsad qilishmoqda. Shu bois gastronomik
turizm ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishiga
aylangan.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan turizmni, jumladan, gastronomik turizmni

rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Bu haqda muhim qarorlar, farmonlar
qabul qilinayayapti. Ulardan biri Yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasining
turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-
yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli farmonidir. Bugun respublikamizning barcha
hududlarida mazkur farmon ijrosi yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilayapti. Shahar
va qishloqlarimizda barpo etilayotgan biri-biridan shinam bo‘lgan oshxonalar,
choyxonalar va boshqa turdagi ovqatlanish muassasalarida yaratilayotgan
qulayliklardan, bunday muassasalarning jihozlanishidan ko‘ngil to‘ladi, xalqimiz
madaniyati, maʼnaviyati oshib borayotganidan ko‘ngillarda quvonch paydo bo‘ladi.
Eʼtibor qilganlar yaxshi bilishadi. Gastronomik turizmga aloqador ishlarga bugun
shaharlarga nisbatan qishloqlarda eʼtibor oshib borayapti. Buni biz davlatlar
ahamiyatidagi katta magistral yo‘llar bo‘ylarida, viloyatlararo yirik ko‘chalar
bo‘ylarida bunyod etilayotgan ko‘plab ovqatlanish shoxobchalari misolida
ko‘rishimiz mumkin.

Gastronomik turizm sanoat va madaniyatning bu turdagi turizmga oid taomlari,

ularning an’analari va retseptlarini o‘z ichiga oladi. U mahalliy taom madaniyatini tan
olish, taomlarni tayyorlash jarayonida qatnashish va mahalliy mahsulotlardan


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

314

foydalanish orqali sayyohlarni boshqa madaniyatlar bilan tanishtiradi. Gastronomik
turizm turmush tarzini, qadriyatlarni va taomlar orqali o‘ziga xos milliy madaniyatni
aks ettiradi. U aholining farovonligini yaxshilash, milliy mahsulotlar ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, milliy merosni asrab-avaylash imkonini
beradi. O‘zbekiston o‘zining boy milliy oshxona an’analari va taom madaniyati bilan
ajralib turadi. Sho‘rva, manti, lag‘mon, shashlik, qozonkabob, chuchvara, dimlama
va turli shirinliklar o‘zbek milliy taomlari orasida eng mashhurlaridandir. Bu taomlar
ko‘p asrlik an’analar va madaniy merosga ega bo‘lib, hududning tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Gastronomik turizm — bu sayohatchilarning boshqa hudud yoki mamlakatga

borib, u yerda milliy taomlar, pishirish uslublari, oziq-ovqat an’analari bilan tanishish
orqali madaniy tajriba orttirishidir. Bu turizm turi gastronomiya va sayyohlikning
kesishgan nuqtasida joylashadi.

Gastronomik turlarning maqsadi - muayyan mamlakat oshxonasining o‘ziga xos

taom xususiyatlaridan bahramand bo‘lish, nodir, ekzotik taomlar bilan tanishish yoki
son-sanoqsiz taomlarni iste’mol qilish bo‘ladi. Asosiy narsa bunday gastronomik
turlarda o‘ziga singib ketgan ko‘p asrlik mahalliy retseptdan bahramand bo‘lish kerak
- oziq-ovqat yordamida mahalliy aholining an’analari va urf-odatlari, pishirish
madaniyati va ularning mentaliteti tushuniladi.

Gastronomik turizm sohasi 2 turga bo‘linadi. Qishloq va shahar gastronomik

turizmlariga. Qishloq gastronomik turizmida turistlar sayohat qilinayotgan davlatning
ekologik toza mahsulotlarini yig‘ib olish va qadoqlash jarayonini o‘z ko‘zi bilan
ko‘rish uchun borishadi. Shahar gastronomik turizmi esa mahalliy mahsulotlarni
qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar milliy taom tayyorlaydigan
ovqatlanish shahobchalariga va oziq-ovqat do‘konlariga boshqa obyektlarga tashrif
buyurib ularni o‘rganish, ta’tib ko‘rish uchun tashrif buyurishadi.

Italiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar gastronomik turizmda katta

muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, Fransiyada vino va pishloq turlarini tatib ko‘rish
uchun yillik millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu mamlakatlar o‘z milliy
taomlarini xalqaro darajada targ‘ib etish orqali turizm daromadlarini oshirmoqda.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda turizm sohasini milliy iqtisodiyotning muhim

tarmoqlaridan biriga aylantirish yo‘lida faol harakat qilmoqda. Shu jumladan,
gastronomik turizm ham muhim e’tibor markazida turibdi. Mamlakatga tashrif
buyurayotgan xorijiy sayyohlarning ko‘pchiligi nafaqat tarixiy obidalarni ziyorat
qilish, balki mahalliy oshxona bilan tanishish istagida kelmoqda. Turistik tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, sayyohlar uchun madaniyat va ovqatlanish madaniyati bir-biridan
ajralmas tushunchalardir.

Gastronomik sayyohlik faqat katta shaharlar bilan cheklanmayapti. Ayni paytda

qishloq hududlarida ham turistik xizmatlar ko‘rsatilayotgan mehmon uylari,
agrofermalar va etnoturizm markazlarida milliy taomlar tatib ko‘riladigan


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

315

dasturxonlar yaratilmoqda. Bu esa nafaqat turizmni, balki mahalliy ishlab chiqarish,
dehqonchilik va chorvachilikni ham qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekistonning boy milliy taomlari — palov, somsa, shashlik, norin va

boshqalar turistlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, Samarqand palovi,
Buxoro oshxonasi yoki Farg‘ona lag‘moni kabi o‘ziga xos taomlar sayyohlar uchun
jozibador sanaladi. Milliy oshxona turistik mahsulot sifatida brendlashtirilishi zarur.

Ya’ni, Palov-O‘zbekistonning eng mashhur va eng qadimiy taomlaridan biridir.

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, palov ilk bor qadimgi Buxoro va Samarqand
hududlarida tayyorlangan. Hatto buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr
Makedonskiy) ham Markaziy Osiyoga yurishi chog‘ida shu kabi guruchli taomlar
bilan tanishgan. Palovning asosiy tarkibiy qismlari – guruch, go‘sht, sabzi va
ziravorlar. Ammo ularning har biri o‘ziga xos ma’noga ega. Masalan, sabzi –
hosildorlik va farovonlik timsoli, guruch – tozalik va poklik, go‘sht esa kuch va
barakani bildiradi.

Manti va chuchvara – ipak yo‘li ta’siri Bug‘da pishiriladigan bu taomlar Xitoy

bilan bo‘lgan qadimiy savdo aloqalari natijasida o‘zbek oshxonasiga kirib kelgan.
Mantilar asosan katta bayramlarda tayyorlanadi, chuchvaralar esa har kungi
dasturxonda ham topiladi. Bu taomlar ipak yo‘li bo‘ylab madaniyatlar almashinuvi
natijasida shakllanganining yaqqol misolidir.

Non – muqaddaslik ramzi O‘zbek xalqida non alohida hurmatga ega. Har bir

viloyatning o‘ziga xos non turi mavjud: Samarqand noni – qalin va mazali, Andijon
patiri – yupqa va qarsildoq, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa tandir nonlar
mashhur. Nonning tarixiy ildizlari zardushtiylik davriga borib taqaladi – u paytda ham
non muqaddas sanalgan.

Lag‘mon – Sharq va G‘arb uyg‘unligi Lag‘mon asosan Uyg‘ur va Dungan

xalqlaridan o‘zlashtirilgan, ammo u o‘zbek milliy oshxonasining ajralmas qismiga
aylangan. Bugungi kunda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida lag‘monning
turli xil variantlari mavjud. Har bir viloyatda o‘ziga xos uslubda tayyorlanadi – bu esa
tarix va geografik o‘ziga xosliklarning ifodasidir.

Gastronomik turizm orqali:

yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi;

milliy madaniyat targ‘ib qilinadi;

turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish mumkin.

Shuningdek, Gastronomik turizmni rivojlantirish bir nechta asosiy omillar tufayli

muhim sanaladi:

Iqtisodiy taraqqiyot – bu turizm yo‘nalishi mahalliy aholiga ish o‘rinlari yaratish

va daromad keltirish orqali hududiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan
birga, u mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqarish, taqsimot tizimlarini takomillashtirishga,


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

316

kichik fermerlar, hunarmandlar va ishlab chiqaruvchilarga yordam berishga xizmat
qiladi.

Madaniy merosni asrash – gastronomik turizm orqali an’anaviy taomlar va

dehqonchilik uslublari haqida xabardorlik ortadi. Bu esa o‘z navbatida madaniy
qadriyatlarni saqlash, barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish va merosimizni
himoya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ekologik barqarorlik – mazkur soha mahalliy, mavsumiy va ekologik toza

mahsulotlardan foydalanishni targ‘ib qiladi. Natijada, bu tabiiy resurslarni asrash va
biologik xilma-xillikni saqlashga hissa qo‘shadi.

Ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash – gastronomik turizm sayyohlar bilan

mahalliy aholining o‘zaro muloqotini kuchaytirib, madaniy almashinuv va o‘zaro
tushunishni rivojlantiradi. Bundan tashqari, bu jarayon mahalliy aholining
mehmondo‘stlik ko‘nikmalarini oshirishga va xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam
beradi.

Sog‘liq va farovonlik – sayyohlarni yangi va ko‘pincha foydali taomlar, masalan,

tabiiy ingredientlardan tayyorlangan mahalliy meva-sabzavotlar asosidagi ovqatlarni
tatib ko‘rishga undab, ularning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
sog‘lom turmush tarzini, jumladan, jismoniy faollik va dam olishni targ‘ib qiladi.

1

Shuni aytish joizki, Gastronomik turizm sohasi mahalliy madaniyat va

qadriyatlarni saqlab qolishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ushbu sohani rivojlantirish orqali
milliy oshxona an’analari, qadimiy taom tayyorlash uslublari va madaniy merosimiz
tiklanadi hamda asrab-avaylanadi. Shu bois, bu yo‘nalishda olib borilayotgan
islohotlar katta ahamiyat kasb etadi. Gastronomik turizm qishloq xo‘jaligi sohasiga
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, sog‘lom va sifatli mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan talabni
oshiradi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligi va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya
qilish muhim masalalardan biridir, chunki ba’zi joylarda taom tayyorlash usullari
zamonaviy talabga javob bermaydi, bu esa mahsulot sifatining past bo‘lishiga olib
keladi. Shu sababli, gastronomik turizmda xavfsizlik va sifatga alohida e’tibor
qaratilishi zarur. Bundan tashqari, bu sohada reklama va targ‘ibot ishlari yetarlicha
yo‘lga qo‘yilmagan. Agar sohaga ko‘proq e’tibor berilib, samarali marketing
strategiyalari amalga oshirilsa, sayyohlar orasida gastronomik turizmga bo‘lgan
qiziqish ortadi.

Gastronomik turizm istiqbollari keng va jozibali, chunki bugungi kunda

sayohatchilar safarlari davomida noyob, haqiqiy va esda qolarli oshpazlik tajribalarini
izlashmoqda. Ushbu sohani rivojlantirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda istiqbolli
hisoblanadi:

1

Karimov A. (2021). Turizmni rivojlantirishda gastronomiyaning o‘rni. Toshkent: Iqtisodiy fanlar nashriyoti.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

317

Talabning ortishi – gastronomik turizmga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga oshib

bormoqda. Sayohatchilar mahalliy taomlar, ichimliklar va ularning madaniy
ildizlarini chuqurroq o‘rganishni istaydilar. Bu tendensiya barqaror va haqiqiy
tajribalarga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygani sari davom etadi.

Diversifikatsiya

imkoniyati

– gastronomik turizm an’anaviy turizm

yo‘nalishlaridan farqli ravishda, yangi va o‘ziga xos tajribalarni taklif etadi. Bu,
ayniqsa, sayyohlarni faqat bir-ikki diqqatga sazovor joylar bilan jalb qiladigan
hududlar uchun turizmni kengaytirish va jonlantirishga xizmat qiladi.

Raqamlashtirishning ro‘li – zamonaviy raqamli texnologiyalar va ijtimoiy

tarmoqlar yordamida sayohatchilar o‘z tajribalari bilan oson ulashishlari, mahalliy
oshxonalar haqida ma’lumot olishlari mumkin. Bu esa gastronomik turizmning
ommalashishiga zamin yaratadi.

Hamkorlikning ahamiyati – bu sohani rivojlantirish uchun fermerlar, oshpazlar,

sayyohlik kompaniyalari va mahalliy jamoalarning o‘zaro hamkorligi zarur. Bunday
yaqin hamkorlik barqaror, inklyuziv va barcha tomonlar manfaatiga xizmat qiladigan
turizm tizimini shakllantiradi.

Innovatsiya va ijodkorlik – gastronomik turizm yangi mahsulotlar yaratish,

zamonaviy oshpazlik texnologiyalarini joriy qilish, oshxona festivallari va tadbirlar
o‘tkazish orqali innovatsiyalar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bu esa sayyohlarga
unutilmas tajribalarni taklif etadi va sohaga yangi nafas baxsh etadi.

Kelgusida O‘zbekiston gastronomik turizmini rivojlantirish uchun bir nechta

yo‘nalishlarda ish olib borish zarur. Avvalo, har bir viloyat o‘ziga xos oshxona
merosini tizimli ravishda o‘rganib, uni brend sifatida targ‘ib qilishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, Gastronomik turizm O‘zbekistonning turizm salohiyatini

yanada kengaytirish, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish va milliy madaniyatni
ommalashtirishda muhim vosita bo‘la oladi. Bu yo‘nalishda tizimli va innovatsion
yondashuvlar zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

UNWTO (2022). Gastronomy Tourism: Guidelines for Development.

2.

Karimov A. (2021). Turizmni rivojlantirishda gastronomiyaning o‘rni.

Toshkent: Iqtisodiy fanlar nashriyoti.

3.

Sobirov N. (2020). Milliy oshxona va sayyohlik. Samarqand davlat universiteti

ilmiy jurnali.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti —

www.madaniyat.uz

5.

FAO (2023). Traditional food heritage and tourism. Rome.

References

UNWTO (2022). Gastronomy Tourism: Guidelines for Development.

Karimov A. (2021). Turizmni rivojlantirishda gastronomiyaning o‘rni. Toshkent: Iqtisodiy fanlar nashriyoti.

Sobirov N. (2020). Milliy oshxona va sayyohlik. Samarqand davlat universiteti ilmiy jurnali.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti — www.madaniyat.uz

FAO (2023). Traditional food heritage and tourism. Rome.