Authors

  • Tirkasheva Dinoraxon Shuxratjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92953

Keywords:

Kalit so‘zlar: ota-ona qaramogʻisiz bolalar qarovsiz bola nazoratsiz qolgan bola psixologik xizmat ruhiy salomatlik ijtimoiy moslashuv psixologik yordam bolalar psixologiyasi reabilitatsiya emotsional qoʻllab-quvvatlash.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarning psixologik holati, ularning ijtimoiy moslashuvi va rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Shuningdek, bunday bolalarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning mazmuni, uslublari hamda ularning ruhiy holatini tiklashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Psixologik yordam orqali bolalarda ishonch hissi, ijtimoiy ko‘nikmalar va hayotga ijobiy munosabat shakllanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Maqola muammoga chuqur yondashgan holda, amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

249

OTA-ONA QARAMOGʻISIZ, QAROVSIZ VA NAZORATSIZ QOLIB

KETGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI

Tirkasheva Dinoraxon Shuxratjon qizi

Fargʻona viloyati Buvayda tumani

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz

qolib ketgan bolalarning psixologik holati, ularning ijtimoiy moslashuvi va
rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Shuningdek, bunday
bolalarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning mazmuni, uslublari hamda ularning
ruhiy holatini tiklashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Psixologik yordam orqali
bolalarda ishonch hissi, ijtimoiy ko‘nikmalar va hayotga ijobiy munosabat
shakllanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Maqola muammoga chuqur yondashgan holda,
amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

ota-ona qaramogʻisiz bolalar, qarovsiz bola, nazoratsiz qolgan

bola, psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam,
bolalar psixologiyasi, reabilitatsiya, emotsional qoʻllab-quvvatlash.


Yurtimizdagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda, yetim va ota-ona

qaramogʻisiz qolgan bolalar sonining koʻpayishiga olib kelishi mumkin.. Zamonaviy
sharoitda ota-onalarning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari, bolalarga nisbatan
zoʻravonlik keng tarqalgan hodisaga aylanmoqda. Soʻnggi yillarda nosogʻlom
oilalarda tarbiyalangan “ijtimoiy yetimlar” soni hayratlanarli darajada oʻsdi. Ota-ona
qaramogʻisiz qolgan bolalar sonining koʻpayishi muqarrar ravishda yetim bolalar
uchun muassasalar – bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar, boshpana
va boshqalar sonining koʻpayishiga olib keladi. Shu bilan birga, psixologlar va
oʻqituvchilarning koʻplab tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, bolani maktab-internatga
joylashtirish uning asosiy ehtiyojlarini qondirishni taʼminlamaydi, bu esa oʻz
navbatida bolaning rivojlanishining buzilishiga olib keladi.Maktab-internatda
yashovchi bolaning natijasi uning mustaqil hayotga, ish topishga va uni ishsizlik
sharoitida saqlashga tayyor emasligi, oʻz hayotini, boʻsh vaqtini tashkil etishga, oilani
yaratish va saqlashga qodir emasligi Ota ona qaramogʻisiz qolgan bolalar bilan
ijtimoiy ishlash tizimini rivojlantirish masalasi mavzu dolzarbligini belgilaydi.
Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar
bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi. Jamiyatda
qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun, u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi
tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib ota-onalar qaramog‘isiz
qolgan bolalar ham oila davrasidagi tarbiya va ta’lim olishlari lozim. Ular uchun
jamiyatimizda shart sharoitlar yetarlicha yaratilib bormoqda. O‘zbekiston


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

250

prezidentining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi qarori va tegishli reja hukumatning bolaning mehribon va g‘amxo‘r oila
sharoitida o‘sish huquqini ta’minlashga sodiqligini yaqqol namoyish etadi.
Ơzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini uzoq muddatli isloh qilish
bo‘yicha takliflarni kơrib chiqdilar. Bunda ijtimoiy xizmat sohasidagi professional
xodimlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, asosiy ustivor

yo‘nalishlaridan biri alohida ko‘mak va e’tiborga muhtoj insonlarga manzilli yordam
ko‘rsatish bo‘lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan
yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami
bilan ishlashda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj
va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat - "Ijtimoiy ishchi"ga zaruriyat yuzaga keladi.
Shu o‘rinda yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muassasalar va
ularda tarbiyalanayotgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyalanuvchilarning
turli yosh va davrlaridagi ruhiy, ijtimoiy rivojlanish xususiyatlarini chuqur tushunish,
mazkur bolalarga profilaktik, sog‘lomlashtirish, abilatsion va reablitatsion
choralarning majmuini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini
himoyalash, muassasadan so‘ng mustaqil hayotga tayyorlash kabilarni talab etadi.

Mustaqillik yillarida yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan

ijtimoiy-profilaktik ish olib borishni

yaxshilash maqsadida

O‘zbekiston

Respublikasining Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Ular asosida "Mehribonlik", "Bolalar" uyilari hamda "Bolalar shaharchasi"
to‘g‘risidagi Nizomlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunning 22-moddasida

ham boquvchisini yo‘qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. "Yetim bolalarni va
ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni
o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi". Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi
tomonidan maxsus Davlat dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy
etilganligi, aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan
bolalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar
respublikamizda ijtimoiy soha rivojlanishi dalolatdir. Zamonaviy jamiyatda ota-ona
qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy hamoya qilish va ularni qo‘llab -
quvvatlash masalasiga e’tibor ortgani sayin ular bilan samarali ishlay oladigan yuqori
malakali mutaxassislarga - ijtimoiy ish xodimlariga bo‘lgan talab ham ortmoqda.

Bugungi kunda aholining maxsus qaramog‘iga muhtoj toifalari orasida - yetim

bolalar hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning
asosiy vazifasi - bu bolalarni to‘laqonli ravishda sog‘lom fikrlaydigan, jamoaviy
hayotga moslasha oladigan fuqarolar sifatida voyaga yetkazish va ularga keyinchalik


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

251

ijtimoiy holatlarga ko‘nikishlarida kasbiy hamda turli xil hayotiy ko‘nikmalarni
singdirishdir.

Dunyo tajribasiga ko‘ra - yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar,

asosan, tezkor ravishda har bir bolaga oila topilguniga qadar vaqtinchalik patronat
uylari, shelter yoki maktab-internatlariga: bolalar mehribonlik uylari, bolalar (go‘dak)
uylari, umumiy maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun maktab-internatlarga
joylashtirilib, jamiyatdan uzilmagan holda bilim va tarbiyaga yo‘naltiriladilar.

So‘nggi o‘n yilliklar ichida biologik yetimlik bilan taqqoslaganda, ijtimoiy

yetimlikning ko‘rsatkichlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Uning asosiy sababi -
ota-onalarning oilaviy hayotga tayyor emasligi hamda qondosh oilasidagi muammo
bo‘lib, farzandni boqish va unga ketadigan sarf-xarajat nuqtai nazaridan boquvi
qimmatga tushishi sababli undan voz kechish tendensiyasi kuchli. Aslida arzon
malakali yordam tizimini, shu jumladan, bolaning oilasini saqlab qolishga qaratilgan
huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik xizmatlar tizimini rivojlantirish
orqali yengib o‘tish, ijtimoiy yetimlik ko‘lamini kamaytirish kerak.

1

Ushbu holat, shubhasiz, bolalarning ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, yetimlarni maktab-internatlarda
saqlash kerakli natijani bermaydi.

Chet ellik olimlarning fikriga ko‘ra, bolalar uyida yashovchi voyaga

yetmaganlar, an’anaviy oilalarda o‘sadigan tengdoshlaridan farqli o‘laroq, nafaqat
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanish kechikishlariga ega, balki ularning
sharoitlariga

moslashishga

imkon

beradigan

o‘ziga xos xususiyatlarni

shakllantiradilar. Maktab-internati oiladan ayro holda, jamiyatda yetarli darajada
moslashishga hissa qo‘shmaydi.

Shu bilan birga, chet el tajribasini o‘rganish va qisman mahalliy ijtimoiy

amaliyotga joriy etish mahalliy yetim bolalarga oilada yashash tajribasini to‘plash va
jamiyatda muvaffaqiyatli moslashish imkoniyatini beradi; ota-ona qaramog‘isiz
qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishlarning jahon tajribasi
mamlakatimizdagi ijtimoiy yetimlikning oldini olish va minimallashtirish uchun ichki
birlashgan davlat standartlarini, ijtimoiy xavfli vaziyatda bo‘lgan oilalar bilan
ishlashning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Bugungi globallashuv davrida jamiyatimizda ijtimoiy muammolar bilan bir

qatorda ruhiy-psixologik muammolarga duch kelayotgan bolalar soni ham ortib
bormoqda. Ayniqsa, ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz yoki nazoratsiz qolib ketgan
bolalarning taqdiri, ularning psixologik holati va ijtimoiy rivojlanishi dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Bunday bolalar jamiyat tomonidan alohida e’tibor va
qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bo‘lib, ular bilan tizimli ravishda ishlash muhim
ahamiyat kasb etadi.

1

Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга йуналтирилган сохасини ривожланишида

жахон амалиёти тажрибалари. Журнал Социальных Исследований, 3(6).


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

252

Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar ko‘pincha mehr va e’tibordan chetda

qoladi. Ular o‘z tengqurlari bilan solishtirilganda, ruhiy va emotsional rivojlanishda
orqada qolishlari, o‘ziga ishonchsizlik, xavotir, tajovuzkorlik, depressiya kabi
holatlar bilan to‘qnash kelishlari mumkin. Bunday muammolarni bartaraf etishda
psixologik xizmat ko‘rsatish muhim rol o‘ynaydi.

Psixologik xizmatlar bunday bolalarning ichki kechinmalarini tushunishga,

ularning ruhiy muvozanatini tiklashga, ijtimoiy hayotga moslashishiga va ijobiy
shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi. Psixologlar tomonidan olib boriladigan
individual suhbatlar, guruhli mashg‘ulotlar, terapiya usullari (masalan, san’at
terapiyasi, o‘yin terapiyasi) bolalarning o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etishida va ularni
boshqarishda yordam beradi.

Shuningdek, bunday xizmatlar orqali bolalar o‘zlariga bo‘lgan ishonchni

tiklaydi, muammolarini hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi va jamiyatda o‘z o‘rnini
topishga intiladigan shaxs sifatida voyaga yetadi. Bu esa ularning kelajagi uchun
mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

2

Xulosa qilib aytganda, ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan

bolalarga psixologik xizmat ko‘rsatish nafaqat ularning hozirgi holatlarini
yaxshilaydi, balki ularning kelajagini yorqinroq qilishga xizmat qiladi. Bu borada
davlat tashkilotlari, psixologlar, pedagoglar va jamoatchilikning hamkorlikda ishlashi
juda muhimdir. 18-yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar qiyin hayotiy vaziyatlarga
tushib qolishi mumkin, bunda ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kerak boʻladi. Bunday
vaziyatlar qatoriga nogironlik, yetimlik, nazoratsizlik, qarovsizlik, oiladagi qattiqqoʻl
munosabat va h.k.lar kiradi. Konkret vaziyatga bogʻliq holda bolalar va oʻsmirlarga
ijtimoiy yordam va xizmatni turli ijtimoiy xizmatlar va tashkilotlar koʻrsatadilar.
Yetim-bolalar va ota-onalar qarovisiz qolib ketgan bolalarga ijtimoiy xizmat
koʻrsatish. Yetim-bolalar ikkala ota-onasi yoki ulardan biri oʻlib ketgan 18 yoshgacha
boʻlgan shaxslardir; ota-onalar qarovisiz qolib ketgan bolalar – bu otaonasining
mavjud emasligi yoki ularning ota-onalik huquqlarini olib tashlanganligi, ota-onalik
huquqlarini cheklanganligi, ota-onalarni bedarak yoʻq boʻlib ketgan deb tan olinishi,
ota-onalikka layoqatsizligi (qisman layoqatliligi), davolanish muassalarida ekanligi,
ularni oʻlgan deb eʼlon qilinganligi, ozodlikdan mahrum etish muassasalarida jazo
muddatini oʻtayotganligi, jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan va gumon
qilinayotganlarni qamoqda ushlab turish muassasalarida ekanligi bilan bogʻliq
holdagi qarovsiz qolgan; bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilishdan ota-onalarni boʻyin tovlashi, ota-onalar tomonidan bolalarni
tarbiyalash, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va
boshqa shunga oʻxshash muassasalardan olib ketishini rad etish va boshqa hollarda
esa qonun tomonidan belgilangan tartibda bolani ota- onasining qarovisiz qolib

2

Абдурахмонова, М. М. (2021). Теории межсекторальных подходов к защите детей. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-38_Issue-1_April-2025

253

ketgan deb tan olinishi bilan bogʻliq holdagi qarovsiz qolgan 18 yoshgacha boʻlgan
bolalardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Узбекистан Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев "Етим болалар ва

ота-онасининг карамогидан махрум булган болаларни ижтимоий химоя
килишни кучайтиришга оид кушимча чора-тадбирлар тугрисида" карори.
12.02.2019.

2. Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг

мактабга йуналтирилган сохасини ривожланишида жахон амалиёти
тажрибалари. Журнал Социальных Исследований, 3(6).

3. Абдурахмонова, М. М. (2021). Теории межсекторальных подходов к

защите детей. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

4. Абдурахмонова, М. М. (2021). Необходимость изучения общественного

мнения для принятия эффективных решений в школе. Человек. Наука. Социум,

5. Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Узбекская модель

развития малого предпринимательства. Ученый XXI века, 62.

6. Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). Efficiency of

management of higher education institutions in the preparation of qualified personnel.
Человек. Наука. Социум, (2), 8-27.

References

Узбекистан Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев "Етим болалар ва ота-онасининг карамогидан махрум булган болаларни ижтимоий химоя килишни кучайтиришга оид кушимча чора-тадбирлар тугрисида" карори. 12.02.2019.

Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга йуналтирилган сохасини ривожланишида жахон амалиёти тажрибалари. Журнал Социальных Исследований, 3(6).

Абдурахмонова, М. М. (2021). Теории межсекторальных подходов к защите детей. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

Абдурахмонова, М. М. (2021). Необходимость изучения общественного мнения для принятия эффективных решений в школе. Человек. Наука. Социум,

Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Узбекская модель развития малого предпринимательства. Ученый XXI века, 62.

Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). Efficiency of management of higher education institutions in the preparation of qualified personnel. Человек. Наука. Социум, (2), 8-27.