World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
107
KOMPYUTER GRAFIKASI VOSITASIDA LOYIHALASH
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Boymurodov Bobir Elmurodovich
O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti,
Mediadizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi, 909801687
Annotasiya:
Maqolada bo‘lajak muhandislarni kompyuter grafikasi vositasida
loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasi ko`rib chiqilgan. Bundan
tashqari kompyuter grafikasi vositasida loyihalash kompetensiyalarni amaliy
faoliyatda qo‘llay olish jarayonida talabalarning amaliy harakatlar majmuasining
komponentlar tuzilmalari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
loyihalash kompetensiyasi, kompyuter grafikasi, grafik
kompitentlik, loyihaviy faoliyat, motivatsion-qadriyatli, kognitiv, refleksiv baholash.
Аннотация:
В
статье
рассматривается
методология
развития
конструкторской компетентности будущих инженеров с использованием
компьютерной графики. Кроме того, освещена структура составляющих
комплекса практических действий студентов в процессе конструирования
компетенций с использованием компьютерной графики.
Ключевые слова:
конструкторская компетентность, компьютерная
графика, графическая компетентность, проектная деятельность, мотивационно-
ценностное, когнитивное, рефлексивное оценивание.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida jamiyatni raqamlashtirish sharoitida
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetensiyasi shakllantirishning metodik
asoslarini takomillashtirish, talabalarda raqamli kompetensiyani rivojlantirishning
amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish, kompyuter ta’limining dasturiy ta’minotini
modernizatsiyalashga
katta
ahamiyat
qaratilmoqda.
Ayniqsa,
bo‘lajak
muhandislarning korxonalarni istiqbolli rivojlantirish jarayonlarini loyihalash,
amalga oshirish va bashoratlash faoliyatiga tayyorlashda axborot texnologiyalaridan
foydalanish, hamkorlikdagi izlanishli va ijodiy faoliyatni tashkil etishning integrativ
didaktik vositalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy faoliyat kasbiy yo‘nalganlik, ijodiy
tavsifga ega bo‘lib, talabalarga mustaqil qarorlar qabul qilish uchun erkin muhitni
yaratish, ularning individual xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etmoqda.
Dunyoda loyihalash kompetensiyasini mutaxassis faoliyatining muhim komponenti,
ta’limni boshqarishning muhim mexanizmi ekanligini asoslash, ta’limda
loyihalashning metodologik asoslari, oliy ta’limda loyihalash faoliyatidan
foydalanish usullari, muhandislik-psixologik loyihalashning o‘ziga xosliklarini
tadqiq etishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’limda
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
108
fanlararo ta’lim muhitini loyihalash, texnik universitetlarda bo‘lajak muhandislarning
axborot-muhandislik kompetensiyasining didaktik asoslarini takomillashtirish, loyiha
ta’limi orqali talabalarning kasbiy shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim muassasalari muammolarini tahlil qilish sharoitida muhandislik
ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab, ularning muammolarini kompetentlik
yondashuv asosida joriy etib aniqlashga imkon berdi. Tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha, loyihalash faoliyatida muhandislarni ishlari o‘z-o‘zidan texnologiya,
grafik dasturlar, texnikalar, dastgohlar, qurilmalar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab
chiqarish tizimlarini, modellarni yaratish, loyihalarni ishlab chiqish va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yaratish, ularning ishlashi va boshqaruvi kiradi. Muhandislarni loyihalash
faoliyati sohasidagi zamonaviy mehnat taqsimoti muqarrar ravishda asosan
muhandislik tadqiqotlari yoki loyihalash, texnik tizimlarni ishlab chiqarish va ishlab
chiqarish texnologiyasini tashkil etish sohasida ishlaydigan muhandislarning
ixtisoslashuviga olib keladi, ammo har qanday muhandislik faoliyati bu loyiha va uni
ishlab chiqish faoliyatidir. Loyiha va ishlab chiqish o‘zaro bog‘liq alohida
tushunchalardir. Loyiha - bu ma’lum bir tarzda tegishli standart va ixtiro qilingan
elementlardan foydalangan holda texnik tizim loyihani ishlab chiqish jarayoni.
Loyihalash faoliyati natijasi yaxlit chizma, sxema shaklida moddiylashtiriladi.
Loyiha, loyihadan farqli o‘laroq, kelajakdagi texnik tizimning, asosiy parametrlarini
chizish bo‘yicha ilmiy-texnik hisob kitoblar, uni oldindan o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Loyihalash faoliyati mahsuli maxsus ramziy shaklda: matn, rasm, grafik, hisoblash,
kompyuter grafik dasturlari orqali ifodalanadi[1].
Oliy ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan muhandislarni tayyorlashdagi
loyihalash yechimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni dual ta’limda qo‘llay
olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash, ta’lim nazariyasi va amaliyoti
talabalarning loyihalash kompetensiyalari mohiyatini ochib beradigan va
aniqlashtiradigan, uning mazmuni, tuzilishi, shuningdek, pedagogik shart-sharoitlar
va pedogogik texnologiyani aniq belgilab beradigan ma’lumotlarni to‘liq taqdim
etilmaydi. Bu oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida muammolarni keltirib
chiqaradi. Oliy ta’lim muassasalarida muhandislarning loyihalash kompetensiyalarini
shakllantirish muammosini ishlab chiqish bo‘yicha materiallar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, kasbiy faoliyati negizini o‘rganishi rivojlantirishning dastlabki
bosqichlarida loyihaning kompetensiyalarini anglash, turli xil modellarni aqliy
jihatdan yaratish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ldi [3].
Ilmiy-pedagogik
adabiyotlar
tahlili
bo‘lajak muhandislarning grafik
kompetentligining quyidagi tarkibini aniqlash imkonini beradi:
− motivatsion-qadriyatliy komponent (shaxsning faoliyat ob’yekti sifatidagi
o‘rnini va yo‘nalishini belgilovchi shaxsiy sifatlar;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
109
− faoliyatli – ijodiy (ongli faoliyatni ta’minlaydigan nazariy bilimlarning
mavjudligi);
− amaliy komponent (shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan, amalda sinab ko‘rilgan
bilim va ko‘nikmalar eng samarali deb hisoblanadi);
− refleksiv-baholash komponent (shaxsning kasbiy grafikaviy ishlarni amalga
oshirishda konstruktorlik, loyihalash faoliyatida mustaqilligi, faolligi, ijodkorligi,
kreativligi va o‘zini-o‘zi baholash).
Bo‘lajak muhandislarni axborot kommmunikatsion texnologiyalar vositasida
loyihalash kompetentligining tuzilmasi komponentlari va ularni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan harakatlar majmuasi.
Kompyuter grafikasi vositasida loyihalash kompetensiyalarni amaliy faoliyatda
qo‘llay olish jarayonida talabalarning amaliy harakatlar majmuasining komponentlar
tuzilmari quyidagilardan iborat [1].
Motivatsion-qadriyatli:
muhandislik ta’limida kasbiy grafik faoliyatning o‘ziga xosligini va
ijtimoiy ahamiyatini anglaydi;
shaxsning muhandislik grafikasi fani faoliyati uchun muhim bo‘lgan
individual, amaliy sifatlar va qobiliyatlar namoyon bo‘ladi;
loyihaviy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni egallash uchun
motivatsiyasi shakllanadi;
muhandislar loyihalash faoliyatiga, ularni tasavvur va tahlil qilishga
barqaror qiziqishi namoyon bo‘ladi;
loyihalash faoliyatda hissiy va irodaviy munosabatlar shakllanadi;
loyihalash faoliyatda individual va shaxsiy tajribalar asosida yaratilgan
texnik ob’yektlar va jarayonlar natijalarini portfolio shaklida namoyon bo‘ladi;
axborotlar bilan ishlashga (qidirish, aniqlash, saralash, tizimlashtirish,
qo‘llash, rejalashtirish) qiziqishi namoyon bo‘ladi;
ijtimoiy-kasbiy imkoniyatlari bo‘yicha xaqqoniy tasavvurga ega bo‘lish,
kasbiy qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi.
Kognitiv (intellektual):
loyihalashda nazariy bilim va grafik kompetentlik sifatlariga egalikni
to‘la namoyon qila oladi;
loyihalashda grafik savodxonlik va fazoviy tasavvur qilish, va dispersion
tahlil qilish madaniyatiga ega bo‘ladi;
media texnologiyalar standartlari va qoidalarini bilish, ularni samarali
qo‘llash, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi;
“Televizion texnologiyalar” ta’lim yo`nalishi talabalari o‘zini kasbiy
grafik faoliyatning ijodiy sub’yekti sifatida anglaydi;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
110
grafik bilimlarga tayangan holda qo‘yilgan loyihaviy vazifalarni, grafik
faoliyat turlari farqini tushunadi;
loyihalash jarayonida grafik bilimlarga tayangan holda loyihaviy faoliyat
mohiyatini tahlil qiladi;
loyiha negizida ustuvor yechimlarini ko‘rsata oladi;
grafikaviy va loyihaviy usullarini biladi;
loyiha maqsadi vazifalarini va grafik modellashtirish vazifalarini aniqlay
oladi;
loyiha negizida bajariladigan ustuvor grafik yechimlarni ko‘rsata oladi;
alohida vazifalar (texnik ob’yektlar) hamda loyiha negizidagi,
shuningdek, grafikaviy hal qilinadigan masalalarni hal qilishdagi fanlararo
aloqadorlik tuzilmasini biladi, yarata oladi;
intellektual
grafikaviy
sifatlar
(tahlil,
sintez,
umumlashtirish,
tiplashtirish) shakllanadi.
Amaliy:
grafik savodxonlik, fikr va axborotni grafik shaklida tushunadi va
ifodalay oladi;
grafik dasturlar yordamida grafik modellarni tezkor yaratish qobiliyati
izchil namoyon bo‘ladi;
kompyuter dasturlari asosida grafik modellarni erkin yaratish qobiliyati
zarur vaziyatlarda namoyon bo‘ladi;
eskizlarni va ishchi chizmalarni yarata oladi;
texnik iqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblarni bajara oladi;
grafikaning turli ko‘rinishlari hamda texnik hujjatlardan amalda
foydalana oladi;
grafikaviy faoliyat bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlarni takrorlaydi,
mashq qilidi, namunaviy topshiriqlarni bajara oladi;
asoslangan grafikaviy va konstruktorlik, loyihaviy yechimlarining
tanlovini amalga oshiradi;
texnik hujjatlarni, ish chizmalarni, modellarni ishlab chiqadi va
grafikaviy axborotlarni yaratadi;
ilyustrativ, grafik, loyiha, modellashtirish, animatsion ishlarni tahlil
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
ba’zan raqamli texnologiyalar yordamida grafik modellarni yaratish
qobiliyati ko‘zga tashlanadi.
Refleksiv – baholash:
grafik kompetensiyalarni mazmunini statik qo‘llanadigan, yani texnika
va texnologiyaning rivojlanish darajasi aks ettiruvchi uchun tizimli ravishda doimiy
rivojlanib boradi;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
111
grafik dasturlar va grafik dasturlar bilan ishlash darajasini bilishga
qaratilgan fazoviy fikrlash jarayonlari bilan bog‘liq intelektual faoliyatga ega bo‘ladi;
loyihalashda grafik kompetentlilikni shakllantirish ta’lim jarayonini
innovatsion ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlar asosida loyihalay oladi;
tadqiqotchilik va ijodkorlik bo‘yicha grafik topshiriqlarni bajaradi;
sub’yektiv va obyektiv yangiliklarga ega bo‘lgan mahsuldor ijodiy grafik
faoliyatni amalga oshiradi;
loyihalashda kompyuter grafikasi, kompyuterli loyihalash, texnik
ijodkorligi kabi to‘garak va tanlovlarda ishtirok etadi;
loyihalash ishlari grafik faoliyatida muammolarni hal qilish, tahlil ijodiy
yondashadi;
texnik obyektlarni yaratish yechimlarini tavsiya eta oladi;
kompyuter texnologiyasini grafika bilan bog‘lab zamonaviy paket va
dasturlardan foydalana oladi;
shakllangan shaxsiy sifat: kasbiy grafikiy, konstruktorlik faoliyatini
shaxsning o‘zini-o‘zi mustaqil baholaydi;
raqamli (3D o‘lchamdagi) texnologiyalar yordamida loyihaviy-
konstruktorlik maxsulotlarni yarata olish qobiliyatini namoyon qiladi;
loyihalash, tadqiqotchilik, ijodkorlik (kreativlik), texnik-iqtisodiy hisob-
kitoblar, qarorlar qabul qiladi, grafik faoliyatni boshqaradi.
Bo‘lajak muhandislar loyihalash kompetentliligining mazmuniy va faoliyat
komponentlarini aniqlash uchun:
- muhandisning faoliyati tahlil qilinadi, bu esa yangi texnik jihozni loyihalash
umumiy maqsadga erishishga qaratilganligini ko‘rsatib beradi.
- ikkinchidan, faoliyatli yondashuvdan kelib chiqib, amaliy ko‘nikmalar uning
nazariy bilimlarining ishlash shakli hisoblanadi.
Muhandisning yangi funksiyasi ilmiy bilimlarni texnik amaliyotda qo‘llash
asosida texnologiyani yaratish jarayonini intellektual qo‘llab quvvatlashdir. Shu
asosda, birinchidan, maxsus muhandislik ta’limi muhandislik faoliyatining muhim
xarakteristikasi sifatida belgilanadi, ikkinchidan, muhandislik ta’limiga, shu
jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonida loyiha va loyihalash
kompetensiyalarini shakllantirish nuqtai nazaridan yuqori talablar qo‘yiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
1.
Муслимов Н.А., Уразова М.Б., Эшпулатов Ш.Н. Бўлажак технологик таълим
ўқитувчининг лойиҳалаш фаолияти // Мет.қўлл. – Т.: ТДПУ Ризографи, 2014.– 6 – 5 б.
2.
Вох Е.П. Формирование графических компетенций у будущих инженеров в
самостоятельной познавательной деятельности: дис. ... канд. пед. наук. – Екатеринбург:
2008. – 189 с.
3.
Ачилова Д. А. Олий ўқув юртида ўқув жараёнини моделлаштириш (“Чизма геометрия ва
муҳандислик графикаси” фани мисолида: Пед. фанл. бўйича фалс.докт. ... атореферат.‒
Т.:2020. ‒ 13 б.