World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
26
VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN
JINSIY JINOYATLARNI OLDINI OLISH VA JAZOLASHNI
TAKOMILLASHTIRISH
Usmonov Saidyusuf Saydolim o‘g‘li
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
x
otin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, voyaga yetmaganlarga
nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni qanday oldini olish choralari, voyaga yetmaganlarga
nisbatan javobgarlik choralarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik
sodir etganlarning reyestrini yuritish qoidalari aytib o’tilgan.
Аннотация:
В статье изложены меры по надежной защите прав, свобод и
законных интересов женщин и детей, способы профилактики сексуального
насилия в отношении несовершеннолетних, меры ответственности в
отношении несовершеннолетних, правила ведения реестра лиц, совершивших
сексуальное насилие в отношении несовершеннолетних.
Abstract:
This article outlines measures to reliably protect the rights, freedoms,
and legitimate interests of women and children, how to prevent sexual violence
against minors, measures of accountability against minors, and rules for maintaining
a register of perpetrators of sexual violence against minors.
Tayanch so’zlar:
Ayollar va bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini ishonchli himoya qilish, voyaga etmaganlarga nisbatan jinsiy
zo'ravonlik, voyaga etmaganlarning javobgarligi, voyaga etmaganlarga nisbatan
jinsiy zo'ravonlik sodir etgan shaxslarni ro'yxatga olish, oldini olish va jazolash.
So
‘
nggi yillarda xotin-qizlarni huquqlarini tartibga soluvchi hamda ularning
huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bir qancha qonunlar va qonunosti hujjatlar qabul
qilindi. Xotin-qizlarni oilada zo’ravonlik qurboni va jinsiy jinoyatlar qurboni
bo’lishlarini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va
bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish
tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 11-
aprel, O‘RQ-829-son Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda ularga nisbatan va
zo’ravonlikka qarshi bir qancha choralar belgilangan bo’lsa xuddi shuningdek
ularning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar uchun ham jazolar og’irlashtirildi. Sababi
shuki so’nggi yillarda ayollarga va voyaga yetmagan shaxslarga jinsiy zo’ravonlik
jinoyatlari orta boshlashi sabab bo’lgan. Qonunda nazarda tutilgan holatlarning
barchasi jamiyatimizda sodir bo’lib turgan holatlarni to’liq qamrab oladi. Ammo
voyaga yetmaganlarga va ayollarga nisbatan jinsiy zo’ravonlik jazo og’irlashgani
jazoni mutlaq oldini olishni qamrab olmagan. Shuning uchun ularga yana boshqa
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
27
ta’sir choralari yoki qo’shimcha o’qitish tizimlarini ishlab chiqish lozim. Chunki
boshqa davlatlarning jinsiy zo’ravonlik jinoyatlarini o’rganib chiqqanimizda shu
ma’lum bo’ldiki, kamdan kam holatlarda jinoyatchilar jabrlanuvchilarni kuzatib
yurishi ma’lum bo’ldi. Yana shuni ta’kidlash joizki, jinoyatchilar jinsiy zo’ravonlik
jinoyatlarini sodir etishda hatto o’z oila a’zolaridan foydalangan holatlari ham
mavjud. Sud esa ularga jazo qo’llash paytida ushbu holatlarni inobatga olishi odil
sudlovni amalga oshirishga yordam beradi.
Hozirgi kunda jinsiy jinoyatlar avj olgan bir pallada ularni kamaytirish oldini
olish asosiy o’rinni egallaydi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish,
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek tayyorlash, tarqatish,
reklama qilish, voyaga yetmagan shaxslarni pornografik xususiyatga ega harakatlarga
jalb qilish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish,
fohishaxonalarni tashkil etish jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolashni
og’irlashtirilgan holda qo’llash lozim. Og’irlashtirilgan jazo qo’llash bilan birga
ularni tergov hamda sud organidan tashqari boshqa shaxslarga so’zlab berishi yoki
voyaga yetmagan shaxslarga aytishi yangi bir nechta jinoyatni vujudga kelishiga
qo’yilgan qadam bo’ladi. Uni oldini olish uchun esa unga qarshi chora ishlab chiqish
zarur. U chora boshqa voyaga yetmagan shaxlarni zo’ravonlikka uchramaslikka sabab
bo’lishi lozim.
Hukumatning qarori asosida O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga nisbatan
jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri yuritilishi belgilangan bo’lib, bu esa
voyaga yetmaganlarga nisbatan zo’ravonlik holatlarini nafaqat kamaytirishga balki
oldini olishga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga voyaga yetmagan shaxslarga
nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning voyaga yetmagan shaxslar tarbiya
maskanlarida ular bilan shu’gullanuvchi kasb egalari butunlay ushbu kasb bilan
shug’ullanishi qat’iyan man etildi. Bu esa ularga qarshi qo’yilgan qat’iy qadam
hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, voyaga yetmagan shaxslarni jinsiy
zo’ravonlikka majburlagan hamda sharoit yaratib bergan shaxslar ham birdek
jazolanishi belgilandi. Chunki bunday holatlar qayd etilib shundan so’ng
qonunchilikka kiritilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni
sog‘lomlashtirish, bolalar sporti, ijodiy tashkilotlarda ishlashi taqiqlandi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning reyestri
ilgari quyidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar kiritiladi:
18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga
nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
28
18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur
etganlik;
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar
qilganlik;
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik
mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekistonga olib
kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik,
namoyish etganlik;
voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning
ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda
qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik;
terrorizmni sodir etgan shaxslar.
Reyestr maxsus axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi. Reyestrga
kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot
tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib borilishi ularga ushbu sohadagi
jinoyatlarni balki jinoyat sodir etish ayanchli oqibatlarga olib kelishini aynglaydi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan zo'ravonlik bilan sodir etilgan jinsiy erkinlikka
qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik to'g'risidagi amaldagi jinoyat qonunchiligini
takomillashtirish hozirgi zamon talablaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun
qonunchilikka tegishli o’zgartirish kiritishni talab qilsa, deputat va senatorlar albatta
xorijiy davlatlarning jinoyat huquqida voyaga yetmaganlarga har qanday tajovuz
uchun qanday jazo qo’llanishini o’rganib chiqib, qonunchiligimizga kiritishi lozim.
Yana shuni aytish joizki ushbu sohada o’rganilgan ilmiy ishlar va tadqiqotchilar bu
yerda asosiy o’rinni egallaydi. Ular tadqiqotlari davomida boshqa davlatlarning
qonunlarini to’liq o’rganib chiqib so’ng ilmiy ishi doirasidagi moddalari bo’yicha fikr
yuritadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki xorijiy davlatlarda: voyaga
yetmaganlarga nisbatan tajovuz qilish, aldash, ishontirish, qarindoshiga nisbatan,
vasiy yoki homiy tomonidan, ota-onasini o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan yoki
moddiy qaram qilish natijasida, farzandining do’stini, qo’shnisini farzandini,
qo’rqitish orqali sodir etilishi o’rganib chiqildi. Endi qonunchiligimizga aynan mana
shu jihatlarini inobatga olib o’zgartirish kiritishi hamda jazo qo’llashda sudlar ham
ushbu jihatlarini hisobga olishi lozim. Shuningdek, jinsiy jinoyatlarni sodir etishda
ayblanuvchini yoshi va psixofiziologik holatini hisobga olib jazo tayinlansa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki hozirgi kunda voyaga yetmagan shaxslar ham
ushbu jinoyatlarni sodir etmoqda. Bunga ularda erta jinsiy qarashlarni uyg’onishi yoki
boshqalar tominidan uyg’otilishi sabab bo’lmoqda. Biz qonunchilikdan tegishli davlat
organlari 12 yoshdan 14 yoshgacha jinsiy jinoyatlar sodir etsa, uni voyaga
yetmaganlar maktab internatida alohida psixolog nazorati ostida tarbiya topishini
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-38_Issue-1_April-2025
29
hamda 17-18 yoshga to’lgandan so’ng esa uni maxsus kasb maktabida o’qitib, ishga
joylashtirishi zarur. Shuningdek, 14 yoshdan oshgan voyaga yetmagan shaxs jinsiy
jinoyatlar sodir etgan taqdirda 16 yoshga to'lmagan bo’lsa, ularga sud voyaga
yetmagan shaxsga nisbatan sodir etganda ozodlikdan mahrum qilish jazolarini
qo’llamasdan boshqa jazo tayinlagan holda unga nisbatan nazoratni kuchaytirish
zarur. Agar voyaga yetmagan shaxs tomonidan voyaga yetmagan shaxsga jinsiy
tajovuz qilinsa ammo vaqt o’tishi sabab aniqlanmasa, voyaga yetmagan shaxslar
turmush qurgan taqdirda jazo qo’llash jinoyatning muddatiga qarab belgilanishi
lozim. 16 yoshdan oshgan shaxs jinsiy zo’ravonlik qilsa alohida qism bilan,
zo’ravonlik holatlari yo’q bo’lgan taqdirda ishontirish yoki moddiy jihatdan qaram
qilib olish, qarindoshiga nisbatan, past niyatda, qasos olish maqsadida… sodir etilgan
bo’lmasa, unga nisbatan jazo zo’rlab sodir etilgan shaxsga nisbatan qo’llanilgan
jazodan ortiq bo’lmasligi kerak yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish
qo’llanilmasligi lozim. Agar voyaga yetmagan shaxs voyaga yetmagan shaxsni jinsiy
zo’ravonliksiz jinsiy aloqa qilsa, bunda agar jabrlanuvchi ota-onasidan qo’rqib uni
oshkor qilmasligi yoki homilador bo’lib qolgan paytda bilib qolish ehtimoli bor.
Shuningdek voyaga yetmagan shaxslar o’zaro kelishilgan holda ushbu jinoyatni sodir
etib jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqa qilishni rejalashtirmoqda. Bu esa hozirgi kundagi
jamiyatimizga kirib kelayotga taxdidlardan biridir. Chunki voyaga yetmagan shaxs
turmush qurish paytida bir qancha tekshiruvlardan so’ng holatlar aniqlanib oila
qurilmasligiga sabab bo’lmoqda. Bu esa O’zbekiston Respublikasining tabiiy
demografiyasiga kata ta’sir o’tkazadi. Bunday holatlarda qonunchilikka tegishli
o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Bu yerda asosiy vazifa voyaga yetmaganlarni jinsiy
erkinligini saqlab qolgan holda, jamiyatimizga ham sog’lom oilani yetishtirib
berishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - 2023.
2.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – 2024.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 11-aprel,
O‘RQ-829-son Qonuni.
4.
Степанова Ольга Юрьевна - Уголовная ответственность за преступления
против
половой
неприкосновенности
и
половой
свободы
несовершеннолетних: совершенствование законодательной регламентации
и правоприменения- Диссертация, 2018- Санкт-Петербург.
5.