26
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
KOMMUNIKATIV USLUB VA STRATEGIYALARNI
TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Sultanova Dilorom Baxadirovna
Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar
Universiteti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15621703
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 09-iyun 2025 yil
Ushbu maqolada kommunikativ uslub va
strategiyalarni takomillashtirishning pedagogik asoslari
tahlil
qilinib,
kommunikativ
strategiyalarni
shakllantirish metodikalari, ularni takomillashtirish
yo‘llari va pedagogik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida samarali muloqot o‘rnatish
va nutq madaniyatini rivojlantirish uchun kommunikativ
uslubning o‘rni katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar va
talabalar orasida muloqot madaniyatini rivojlantirishda
innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi.
Tadqiqot
pedagogik
jarayonda
kommunikativ
strategiyalarni
individual
va
guruh
bo‘yicha
rivojlantirish usullarini taklif etadi hamda o‘quv
jarayonini yanada samarali qilishga qaratilgan
tavsiyalarni o‘z ichiga olib, kommunikativ ko‘nikmalarni
shakllantirishda pedagogik nazariyalar va amaliyotning
uyg‘unlashuvi muhimligini ta’kidlanadi
KEY WORDS
ta’lim metodikasi, muloqot
madaniyati,
innovatsion
pedagogika, nutq madaniyati, o‘quv
jarayoni,
kommunikativ
ko‘nikmalar.
Kirish qismi:
Zamonaviy jamiyatda samarali muloqot qobiliyati insonning shaxsiy va ijtimoiy
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va
talabalar orasida kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni o‘ziga xos ahamiyat
kasb etadi. Muloqotning samarali va maqsadga muvofiq tashkil etilishi nafaqat o‘quv
jarayonining sifatini oshiradi, balki kelajakda professional va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyat
qozonish uchun ham asos yaratadi.
Kommunikativ uslub va strategiyalar - bu muloqot jarayonida nutqni samarali tashkil qilish,
tushunishni yaxshilash va maqsadga erishishda qo‘llaniladigan usullar majmuasidir. Ularning
shakllantirilishi va takomillashtirilishi pedagogik jarayonning muhim vazifalaridan biri bo‘lib,
o‘quvchilarni turli kommunikativ vaziyatlarda o‘z fikrini aniq, ravon va mantiqan ifodalashga
tayyorlaydi. Shu sababli, kommunikativ uslub va strategiyalarni rivojlantirish uchun samarali
metodikalarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash zaruriyati yuzaga keladi.
Pedagogik nuqtai nazardan kommunikativ strategiyalarni takomillashtirish nafaqat nutq
madaniyatini oshirish, balki o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli qilishga xizmat qiladi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar, individual va guruh ishlari, interaktiv mashg‘ulotlar
orqali o‘quvchilar muloqot jarayonida faol ishtirok etishadi, o‘zaro fikr almashadilar va
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Ushbu
maqolada
kommunikativ
uslub
va
strategiyalarni
shakllantirish
va
takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, pedagogik asoslari batafsil o‘rganiladi.
Shuningdek, bu jarayonda qo‘llanilayotgan metodlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini
oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi. Tadqiqot pedagogik jarayonda kommunikativ
27
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
strategiyalarni individual xususiyatlar va ehtiyojlarga moslashtirish imkoniyatlarini ham
yoritadi.
Adabiyotlar metodologiyasi
Ushbu tadqiqotda kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish masalalarini
yoritishda xalqaro va mahalliy olimlarning nazariy asarlari, pedagogik tadqiqotlari va amaliy
ishlanmalari tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida sifatli va miqdoriy tadqiqot
metodlari uyg‘unlashtirildi, shu jumladan, nazariy manbalar va empirik ma’lumotlar o‘rganildi.
Avvalo, kommunikativ kompetensiya va pedagogik yondashuvlarni o‘rganishda Dell Hymes,
Michael Canale, Merrill Swain kabi lingvistlar va pedagoglarning asosiy nazariyalari chuqur
tahlil qilindi. Ularning ishlari tadqiqotning nazariy asosini tashkil etib, kommunikativ uslub va
strategiyalarni shakllantirish jarayonida pedagogik tamoyillarni aniqlashda yordam berdi.
Shuningdek, Lev Vygotskiyning “zo‘r soha” nazariyasi pedagogik metodlarni
takomillashtirishda interaktiv va faol ta’lim usullarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi. Bu
nazariyaga asoslanib, o‘quvchilarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda amaliy
yondashuvlar ishlab chiqildi. Olimning fikricha, insonning miyasi va til o‘rtasidagi aloqani
o‘rganish kommunikatsiyani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning “zo‘r soha” (zone
of proximal development) nazariyasi yordamida pedagoglar talaba yoshlarning til va muloqot
qobiliyatini rivojlantirishda samarali yondoshuvlarni qo‘llashlari mumkin.
Lev
S.Vygotskiyning ta’limda interaktiv usullarni qo‘llashga oid g‘oyalari kommunikatsiyani
shakllantirishda o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashda asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Tadqiqot davomida Paul Grice’ning kommunikatsiya prinsiplarining pedagogik ahamiyati
ham tahlil qilindi, bu nutq jarayonida samaradorlikni oshirish uchun qoidalarning o‘rganilishi
va qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan metodologik asos yaratdi. Paul Gricen kommunikatsiya
prinsiplari (qo‘llanma qoidalar) ham kommunikativ uslublarning shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Uning “maxims” nazariyasi orqali, nutq jarayonida samarali va aniq muloqot uchun
qoidalar tizimi o‘rnatilgan.
Mahalliy adabiyotlardan foydalanishda o‘zbek tilida kommunikativ metodika va til o‘qitish
bo‘yicha so‘nggi yillarda chop etilgan maqolalar, dissertatsiyalar va pedagogik qo‘llanmalar
tahlil qilindi. Bu manbalar ta’lim jarayonida o‘zbek tilida kommunikativ uslub va
strategiyalarni rivojlantirishning milliy xususiyatlarini hisobga olish imkonini berdi.
Natijada, adabiyotlar metodologiyasi tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini
uyg‘unlashtirishga, kommunikativ yondashuvlarni pedagogik jarayonga samarali tatbiq
etishga yordam berdi.
Dell Hymes (1972) kommunikatsiyaga ijtimoiy va madaniy kontekstdа qarash zarurligini
ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, kommunikativ kompetensiya — bu tilni faqat grammatik
jihatdan emas, balki uning ijtimoiy qoidalariga muvofiq to‘g‘ri qo‘llanilishi hamdir.
Michael Canale va Merrill Swain kommunikativ kompetensiyaning tuzilishi va uning
komponentlarini belgilab, uni ta’lim jarayonida shakllantirish va takomillashtirishning
muhimligini ta’kidlaydilar.
David Nunan o‘zining til o‘qitish metodikasida kommunikativ yondoshuvga katta ahamiyat
beradi. Uning ta’kidlashicha, tilni o‘rganish jarayonida kommunikativ strategiyalarning
rivojlanishi muhim va bu yangi pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshirilishi kerak.
Asosiy qism:
Kommunikativ uslub – bu nutq jarayonida fikrlarni ifodalash, axborotni
yetkazish va tushunishni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan usullar va uslubiy vositalar
majmuasidir. Uslub nutqning shakli, mazmuni va muloqotning kontekstiga mos ravishda
o‘zgarib turadi. Kommunikativ strategiyalar esa nutq jarayonini samarali tashkil etish, o‘zaro
tushunishni oshirish va muloqot maqsadiga erishish uchun qo‘llaniladigan rejalashtirilgan
amallar tizimidir.
O‘zbek tilida va ta’lim jarayonida kommunikativ uslub va strategiyalar o‘quvchilarning
muloqot madaniyatini oshirish, fikrlarni ravon va aniq ifodalash ko‘nikmalarini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
28
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Kommunikativ uslub va strategiyalarni shakllantirish hamda takomillashtirish pedagogik
jarayonda bir qator nazariy tamoyillarga asoslanadi:
Zamonaviy kommunikatsiya nazariyalari:
Grice, Jakobson, Austin kabi olimlarning
ishlarida muloqot samaradorligi va axborot almashinuvi jarayonidagi usullar o‘rganilgan.
Ushbu yondashuvlar pedagogik jarayonda samarali muloqotni tashkil etishda qo‘llaniladi.
Kommunikativ kompetensiya nazariyasi:
Dell Hymes va Michael Canale kabi olimlar
ta’kidlaganidek, til o‘rganishda nafaqat grammatik bilim, balki madaniy, ijtimoiy va strategik
kompetensiyalar ham shakllantirilishi zarur. Bu pedagogik metodikaning muhim mezoni
hisoblanadi.
Vygotskiyning “proksimal rivojlanish zonasi” nazariyasi:
Talabalar muloqot
ko‘nikmalarini o‘z-o‘zidan emas, balki o‘qituvchi va sinfdoshlar yordami bilan rivojlantirishi
mumkin. Shu sababli, interaktiv darslar va guruh ishlarining ahamiyati katta.
Kommunikativ uslub va strategiyalarni shakllantirishda quyidagi pedagogik metodikalar
muhim o‘rin tutadi:
Interaktiv mashg‘ulotlar bu talabalar o‘rtasida faol muloqotni rag‘batlantirish uchun dialoglar,
rol o‘yinlari, muammolarni birgalikda hal qilish kabi usullar qo‘llaniladi.
Individual yondashuv - har bir talabaning til qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari hisobga
olinadi. Bu usul talabalar o‘z imkoniyatlariga mos kommunikativ strategiyalarni egallashiga
yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalar esa multimediali materiallar, onlayn platformalar, virtual muloqot
maydonchalari orqali til o‘rganish jarayoni yanada qiziqarli va samarali bo‘ladi.
Qayta aloqa va baholash tizimida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini muntazam
baholash va ularga konstruktiv fikr bildirish rivojlanish jarayonini nazorat qilishga imkon
yaratadi.
Kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlar
muhimdir: Talabalar ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos metodlarni joriy etish; kommunikativ
yondashuv asosidagi til o‘rganish, interaktiv darslar, kommunikativ vazifalar (task-based
learning) va boshqalar; Nutq, yozma matn, gest va mimika kabi turli kommunikativ vositalarni
birlashtirish
orqali
ko‘nikmalarni
rivojlantirish;
O‘qituvchilarning
kommunikativ
metodikalardagi bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilash.
Kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish natijasida: talabalar o‘z fikrlarini
aniq va ravon ifodalay oladi, bu esa ularning akademik va ijtimoiy muvaffaqiyatlarini oshiradi;
muloqot madaniyati rivojlanib, turli kommunikativ vaziyatlarda samarali o‘zaro aloqani
tashkil eta olishadi; pedagogik jarayon interaktiv, qiziqarli va o‘quvchilarga mos bo‘ladi, bu
esa o‘rganish motivatsiyasini kuchaytiradi.
Taxlil va Natijalar
: Ushbu tadqiqot davomida kommunikativ uslub va strategiyalarni
shakllantirish va takomillashtirish jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik yondashuvlar tahlil
qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar va individual yondashuvlar
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi.
Taxlil natijalariga asoslanib:
-
Interaktiv mashg‘ulotlar (rol o‘yinlari, guruh ishlari, dialoglar) talabalar o‘rtasida
samarali muloqotni rag‘batlantiradi va ularning fikrlarini aniq ifodalash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
-
Individual yondashuv orqali har bir o‘quvchining til qobiliyati, qiziqishlari va
ehtiyojlari hisobga olinishi, o‘quvchilarning kommunikativ strategiyalarni o‘zlashtirishda
motivatsiyasini oshiradi.
-
Innovatsion texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy qilinishi o‘quvchilarning
e’tiborini jalb qiladi va til o‘rganish jarayonini interaktiv va samarali qiladi.
29
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
-
Muntazam qayta aloqa va baholash tizimi yordamida o‘quvchilarning rivojlanish
darajasi aniqlanadi va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati oshadi.
Shuningdek, pedagoglarning kommunikativ metodikaga oid malakasini doimiy oshirib borishi
ta’lim sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot ko‘rsatdiki, pedagogik jarayonda
kommunikativ yondashuvlarni doimiy ravishda yangilab borish va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning nutq madaniyati va kommunikativ strategiyalarni
egallashida asosiy omil hisoblanadi.
Natijalar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish o‘quvchilarning fikrlarini aniq va
ravon ifodalashiga yordam beradi.
Interaktiv metodlar va individual yondashuv ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda asosiy
vositalardan biridir.
Pedagogik jarayonni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish va pedagoglarning malakasini
oshirish o‘quv jarayonining sifatini oshiradi.
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun muntazam baholash va konstruktiv fikr
almashinuvi muhim ahamiyatga ega.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik metodikani takomillashtirish va yangi kommunikativ
yondashuvlarni joriy etish ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi va
o‘quvchilarning muloqot madaniyatini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Xulosa qismi:
Ushbu maqolada kommunikativ uslub va strategiyalarni shakllantirish hamda
takomillashtirishning pedagogik asoslari, ularning nazariy va amaliy jihatlari batafsil tahlil
qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kommunikativ uslub nafaqat nutqning uslubiy
xususiyatlarini belgilovchi vosita, balki ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fikrlarni aniq va
ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omildir. Shu bilan birga, kommunikativ
strategiyalar muloqot jarayonini samarali tashkil etish, o‘zaro tushunishni oshirish va
maqsadga muvofiq harakat qilish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirilgan amallar tizimini tashkil
qiladi.
Pedagogik yondashuvlar, xususan, Dell Hymes, Michael Canale kabi olimlarning
kommunikativ kompetensiya nazariyasi, shuningdek, Vygotskiyning proksimal rivojlanish
zonasi nazariyasi, zamonaviy ta’lim metodikalarini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat
qiladi. Interaktiv metodlar, individual yondashuv, innovatsion texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga joriy etish orqali o‘quvchilarning muloqot madaniyati va nutq ko‘nikmalarini
samarali rivojlantirish mumkin.
Metodikani takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida pedagogik jarayonni individualizatsiya
qilish, multimodal yondashuvni qo‘llash, shuningdek pedagoglarning malakasini doimiy
oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ta’lim jarayonining sifatini yaxshilash va
o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin va ravon ifodalashi, muloqot madaniyatini oshirishi hamda
ijtimoiy hayotda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Shu bois,
ushbu yo‘nalishdagi pedagogik tadqiqotlar va metodik izlanishlar yanada chuqurlashtirilishi,
yangi pedagogik texnologiyalar va yondashuvlar ishlab chiqilishi dolzarbdir.
30
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Kelajakda kommunikativ uslub va strategiyalarni takomillashtirish borasidagi tadqiqotlar
kommunikatsiya jarayonining turli sohalariga (masalan, kasb-hunar ta’limi, chet tillarni
o‘qitish, oliy ta’lim) moslashtirilgan yangi metodikalar yaratishga qaratilishi lozim. Bu esa
ta’lim jarayonining yanada samarali va mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi.
Adabiyotlar:
1.
Hymes, D. On Communicative Competence. In J. B. Pride & J. Holmes (Eds.),
Sociolinguistics. Penguin Books. 1972.
2.
Canale, M., & Swain, M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second
Language Teaching and Testing. Applied Linguistics, 1(1), 1980. 1–47.
3.
Grice, H. P. Logic and Conversation. In P. Cole & J. Morgan (Eds.), Syntax and Semantics,
Volume 3: Speech Acts (pp. 41–58). Academic Press. 1975.
4.
Jakobson, R. Linguistics and Poetics. In T. Sebeok (Ed.), Style in Language (pp. 350–
377). MIT Press. 1960.
5.
Savignon, S. J. Communicative Language Teaching: Linguistic Theory and Classroom
Practice. Yale University Press. 2002.
6.
Sultonova, D. R. Pedagogik metodlar va kommunikativ kompetensiya. O‘zbekiston
Pedagogika Ilmlari, 3(5), 2020.45–52.
7.
Sultanova, Dilorom Baxadirovna ROLE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ESL
LEARNERS // ORIENSS. 2023. №22. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/role-of-
interactive-methods-in-teaching-esl-learners
8.
Baxadirovna, Sultanova D. "Teaching Students with Learning Disabilities: Perceptions
of a First-Year Teacher." International Journal on Integrated Education, vol. 4, no. 3, 2021, pp.
305-307, doi:10.31149/ijie.v4i3.1443.
9.
Baxadirovna, Sultanova Dilorom. “Teaching students with learning disabilities:
Perceptions of a First-Year Teacher.” (2021).