4
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
O‘ZBEK TILI DARSLARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Qilicheva Gulzoda Maxmudovna
Toshkent shahar Chilonzor tumani
168-maktabning Oʻzbek tili fani oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15619926
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 08-yanvar 2025 yil
Ushbu maqolada o‘zbek tili darslarini pedagogik
texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi yoritilgan
bo‘lib, tillarni o‘qitishda foydalanish uchun tavsiya
etiladi.
KEY WORDS
nutq, barkamol avlod, zamonaviy
usullar,
pedagog,
ijodkorlik,
qobiliyat, ta’lim-tarbiya, so‘zlar,
pedagogik jarayon.
Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar
o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil
qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan
oldin darsda qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha
puxta o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanishi shaxsiy
xarakterdan kelib chiqqan holda, o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni
o‘qitayotganiga bog‘liq. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketmaketlikdagi
yaxlit jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga
yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan
pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga
erishish o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan
mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga
erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga
qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan: natijaga erishish uchun balki, kompyuter
bilan ishlash lozimdir, balki film yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot
texnologiyasi, turli adabiyotlar kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va o‘quvchilarga
bog‘liq.
O‘quv-tarbiya jaryonida zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion
texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda
qo‘llanishiga oid bilimlar, o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya- yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik
jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni
amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
5
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Interfaol – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni
anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va
kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish
jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va
fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Blis- so‘rovnoma”ni to‘ldiring.
Blis-so‘rovnoma usulida Ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini topiladi.
“SO‘Z OHАNRАBOSI” USULI.
Mazkur usuldan o‘zbek tili darslarida, xususan, maqol,
topishmoq va sheʼrlar, so‘z turkumlari, gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilayotgan mavzularni
uyg‘unlashtirishda foydalanish mumkin. Oʼquvchilar kichik-kichik toʼrt guruhga boʼlinib
olishadi va guruhlariga “Maqol”, “Topishmoq” va “Sheʼr” singari nomlar tanlashadi. 9-sinf
o‘zbek tili darsida gap boʼlaklari mavzusi oʼtilganda mazkur usuldan quyidagicha foydalansa
boʼladi: birinchi guruh maqol aytganda, ikkinchi guruh aytilgan maqoldagi gap boʼlalarini
topib, tahlil qiladi va oʼzlari uchinchi guruhga topishmoq aytishadi. Uchinchi guruh oʼz
navbatida topishmoqni tahlil qilib, birinchi guruhga sheʼr aytadi va musobaqa shu zaylda
davom etadi. “Soʼz ohanrabosi” usuli oʼquvchilarni kitob o‘qishga qiziqtirib, ularda ifodali
oʼqish koʼnikmasini shakllantiradi, oʼquvchini izlanishga, badiiy asar oʼqishga undaydi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sabablari
quyidagilardir.
Birinchidan,
pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish
imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilagan.
Ikkinchidan,
pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini
keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim-
tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini
nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
6
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
O‘quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu
jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa
o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Dars jarayonida bir nechta metodlardan o‘rinli foydalanish darsning samaradorligini
oshiradi, o‘quvchini faollashtiradi. Ta’lim shakli, metodlari sinfdan sinfga o‘tgan sari oddiydan
murakkabga qarab rivojlantirib borilishi, quyi (2–4) sinflarda ko‘proq rasmlar, narsa-
buyumlardan foydalanilsa, slaydlar, audio va videolavhalardan foydalanish, darslarda ta’limiy
o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga o‘qituvchi quyidagi
talablarga qat’iy rioya qilishi lozim:
– o‘quvchilar bilan muloqot qilish jarayonida muomala va kiyinish madaniyatiga ega bo‘lishi;
– mavzuning o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilayotganligiga alohida e’tibor berishi
hamda ularni turli usullar yordamida o‘qishga qiziqtirishi;
– dars jarayonida turli metod, usullardan o‘rinli va unumli foydalanishi;
– dars mavzusining mohiyatini chuqur tushunishi, o‘z fikrlarini qisqa va aniq ifodalashi
kabilar.
Xulosa qilib aytganda, interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman o‘quvchilarning
faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Shu jihatdan o‘zbek tilini
o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, ularning o‘zbekcha nutqini
shakllantirish, nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.
7
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.R.J.Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish
yo'llari. –T.: TDPU, 2004.
2.Internet saytlari va metodik qo’llanmalar.
3“Ta`limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent – 2014-y