253
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
O‘RIKNI PULSATSIYALI VAKUUM QURITGICHDA
QURITISHNING AFZALLIKLARI
Usmonov K. E
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Khasanova Kh. И
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Saidova M. S
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
https://doi.o
rg/
10.5281/zenodo.15600533
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:16-may 2025 yil
Ma’qullandi:18-may 2025 yil
Nashr qilindi: 31-may 2025 yil
Ushbu
maqolada
o‘rikni
quritishda
qo‘llaniladigan turli texnologiyalarning mahsulot
sifati, quritish xususiyatlari, mikrostruktura saqlanishi
va energiya sarfiga ta’siri o‘rganiladi. Pulsatsiyali
vakuum quritish (PVD) va vakuum muzlatib quritish
(VFD) usullari mahsulot sifatini maksimal darajada
saqlab qolish imkonini berishi aniqlandi. Infraqizil
quritish (IRD) va issiq havo bilan quritish (HAD) esa
eng past sifat ko‘rsatkichlarini qayd etdi. PVD usuli
qisqa quritish vaqti va past energiya sarfi bilan ajralib
turadi.
KEY WORDS
o‘rik,
quritish
texnologiyalari, energiya sarfi,
mahsulot sifati, mikrostruktura.
Kirish.
O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biridir. Quritilgan
o‘rik mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda yuqori talab mavjud. Shu bilan birga, mahsulot
sifatini saqlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda energiya sarfini kamaytirish
uchun samarali quritish texnologiyalarini tanlash dolzarb masalaga aylanmoqda. Mazkur
maqolada o‘rik bo‘laklarini turli usullar bilan quritishning natijalari tahlil qilinadi va eng
maqbul yondashuv sifatida pulsatsiyali vakuum quritish (PVD) usuli tavsiya etiladi.
An’anaviy quritish usullari ya’ni tabiiy yo’l bilan quyoshda quritish yoki issiq havo bilan
quritish usuli mahsulot sifatini buzadi, quritish jarayoni uzoq davom etadi va energiya sarfi
yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari tabiiy usul bilan quritilganda mahsulotni ob-havo sharoitlari,
chang, mikroorganizmlar, hashorotlar va kemiruvchilar va hayvonlar tasiridan saqlash
murakkab jarayonga aylanadi. Zamonaviy usullar, ayniqsa VFD va PVD, sifatni saqlashda
ustunlik qiladi. Shunga qaramay, VFD usulida energiya sarfi yuqori bo‘lsa, PVD usuli bunda
muvozanatni saqlaydi. Shuning uchun, maqolada aynan PVD texnologiyasini kichik fermer
xo‘jaliklari uchun maqbul usul sifatida joriy etish tavsiya qilinadi.
1. Quritish usullari tahlili.
Issiq havo bilan quritish (HAD): Eng arzon usul, lekin mahsulotning rangi, ta’mi va ozuqa
moddalarini yo‘qotishga olib keladi.
Vakuum muzlatib quritish (VFD): Eng yuqori sifat saqlanishi, lekin katta energiya sarfi va
quritish uchun uzoq vaqt sarfi hamda yuqori xarajatlar bilan tavsiflanadi.
Pulsatsiyali vakuum quritish (PVD): Sifat jihatidan VFD ga yaqin, lekin energiya sarfi kam,
quritish vaqti qisqa.
254
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
Infraqizil quritish (IRD): Sifat va vaqt bo‘yicha o‘rtacha natijalar beradi, issiqlikning
mahsulotga chuqur ta’siri cheklangan.
1-rasm. Turli usullarda quritilgan o’riklarning tashqi ko’rinishi.
Tahlil: Quritish vaqti mahsulotning harorati va bosim sharoitiga bog‘liq. Qisqa vaqt mahsulot
ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi.
2. Mikrostruktura va oziq moddalar saqlanishi.
VFD: Teshikchalar tartibli, hujayra devorlari buzilmagan. Bu quritishdagi eng “yumshoq” usul
hisoblanadi.
PVD: Hujayra ichidagi suv tezda chiqib ketgani sababli, ba'zan hujayralar qulab tushgan.
IRD VA HAD: Mahsulot ichki strukturasida ko‘p darajada deformatsiya mavjud, hujayra
devorlari parchalanib ketgan.
2-rasm. Turli usullarda quritilgan o’rik bo’laklarining mikrostrukturasi.
a)
HAD; b) IRD; c) PVD; d) VFD
Quritishdan keying sifat ko’rsatkichlari
Ko‘rsatkich
VFD
PVD
IRD
HAD
Rang (tabiiy rang saqlanishi) eng yaxshi (eng kam
o‘zgarish)
yaxshi
o‘rtacha eng
yomon
Rang o’zgarishi (qorayish)
Kam
o‘rtacha yuqori
Yuqori
Suv faolligi
eng past
past
o‘rtacha Yuqori
Qayta tiklanish (re-
gidratatsiya)
eng yuqori
yaxshi
past
Past
Qattiqlik
past (yumshoqroq)
o‘rtacha yuqori
Yuqori
C vitamini (askorbin kislota)
yuqori (53.31 mg/100g)
o‘rtacha past
Past
Fenolik birikmalari
eng ko‘p
yaxshi
kamroq eng kam
VFD usuli mikrostruktura va ozuqa moddalar (C vitamini, fenolik birikmalar, karotinoidlar) ni
maksimal darajada saqlaydi.
PVD ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega, ayniqsa antioksidant faollik bo‘yicha.
HAD esa mikrostrukturaning buzilishi va ozuqa moddalarning kamayishi bilan ajralib turadi.
Tahlil: Mikrostrukturani saqlab qolish mahsulotning keyingi qayta tiklanish (re-gidratatsiya)
darajasiga ta’sir qiladi. VFD bu borada eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
4. Quritish vaqti va energiya sarfi
VFD - eng uzoq vaqt (34,64) va (26.88kWt) yuqori energiya sarfi.
255
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
PVD - eng qisqa vaqt (15.53 soat) va (4.57kWt) past energiya sarfi.
HAD - uzoqroq vaqt (21.39 soat) va (5.19kWt) eng kam samarali.
IRD - o’rtacha vaqt (17.54) kam samarali va (3.47kWt) past energiya sarfi.
Tahlil: Energiya sarfi mahsulot sifati va jarayonning murakkabligiga bog‘liq. VFD sifati eng
yuqori, lekin eng ko‘p energiya talab qiladi, bu uni tijoratda qimmat qiladi. IRD energiyani
tejaydi, lekin sifat pastroq. PVD esa bu ikki oraliqdagi muvozanatni suhlaydi.
Xulosa.
To‘rt xil quritish usullari orasida eng yuqori sifatdagi quritilgan o‘riklarni VFD usuli
orqali olish mumkin. Biroq samaradorlik, xarajat va sifatni hisobga olgan holda, PVD yuqori
sifatli quritilgan o‘riklar ishlab chiqarishda muqobil usul sifatida mos keladi. Ushbu tadqiqot
o‘riklarni quritishda quritish vaqtini va energiya sarfini minimallashtirish, mahsulot sifatini
saqlab qolish uchun mos usulni tanlashda muhim ma’lumotlar beradi. Shunga ko‘ra, kichik
ishlab chiqaruvchilar va fermer xo’jaliklari uchun PVD usuli eng yaxshi yechim sifatida tavsiya
etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta
ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.
2. Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.
3. Mevachilik va Sabzavotchilik” 1-Qism darslik/O.X.Sindarov “Shafoat nur fayz” nashriyoti
2024-yil.
4.Q.O.Dodoyev, I.M.Mamatov. “Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash korxonasini loyihalash
asoslari va texnologik hisobi” Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2006.
5.I.E.Abdullayev, A.A.Abdiyev, Sh.R.Ubaydullayev. “Meva sabzavotlarni quritish texnologiyasi”
(o’quv qo’llanma) Toshkent-2020
6.Karimov A.Q. – Quritilgan mevalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Samarqand:
Zarafshon, 2017. – 198 b.
7.Raxmonov U.B. – Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi. Namangan: Ilm ziyo, 2020. –
180 b.
8.Tandler, R. (2003). Fruit and Vegetable Processing: A Comprehensive Guide for the Food
Industry. CRC Press.
9.Stadtman, E. R. (2012). Oxidative Stress and Aging. Springer Science & Business Media.
10.Tarakci, F. (2011). The Drying of Fruits: An Overview of Techniques. Springer.
11. Agro.uz. (2025). Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati yangiliklari portali.
12. UzScience.uz. (2025). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rasmiy portali.
13. FoodTech.uz. (2025). Oziq-ovqat texnologiyalari bo‘yicha axborot platformasi.