Авторы

  • Barchinoy Xolmo’minova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.103444

Аннотация

Mazkur maqolada pensiya ta'minoti tizimining mazmuni va uning  rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimini tartibga soluvchi huquqiy asoslar, amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot beriladi hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda mavjud muammolarga hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarga alohida e'tibor qaratilgan.


background image

238

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINING MAZMUNI VA

RIVOJLANISH BOSQICHLARI: O‘ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA PENSIYA TIZIMINING HUQUQIY-

ME’YORIY ASOSLARI

X

olmo’minova Barchinoy Abdumalik qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Mehnat huquqi mutaxassisligi magistranti

abdumalikovna2112@gmail.com

https://doi.o

rg/

10.5281/zenodo.15599904

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:16-may 2025 yil

Ma’qullandi:18-may 2025 yil

Nashr qilindi: 31-may 2025 yil

Mazkur maqolada pensiya ta'minoti tizimining

mazmuni va uning

rivojlanish bosqichlari tahlil

qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida

pensiya tizimini tartibga soluvchi huquqiy asoslar,

amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot beriladi

hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda

mavjud muammolarga hamda ularni bartaraf etish

bo‘yicha takliflarga alohida e'tibor qaratilgan.

KEY WORDS

Ijtimoiy ta’minot, pensiya tizimi,

raqamlashtirish

islohotlari,

xorijiy tajriba, huquqiy me’yoriy

asoslar.

Pensiya ta’minoti tizimining rivojlanish bosqichlari

Pensiya ta’minoti tizimi — bu fuqarolarning mehnat faoliyati yakunlangach yoki mehnatga

layoqatsiz holatga kelgach, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat

tomonidan tashkil etilgan tizimdir. Ushbu tizim fuqarolarga yoshga doir, nogironlik va

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini taqdim etadi

.

1948-yilda qabul qilingan Butunjahon

Inson huquqlari xalqaro deklaratsiyasining 22-moddasiga ko’ra har bir jamiyat vakili

davlatlarning tuzilishi va ularning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’z qadr-qimmatini

saqlashga, ijtimoiy ta’minot olishga hamda hamda har bir shaxs uchun zarur hisoblangan

iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan o’z huquqlarini ro’yobga chiqarishga haqli ekanliklari

ta’kidlab o’tilgan

.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 46-moddasiga ko’ra har kim

qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda

va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. Qonunda

belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman

belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas

1

. Ijtimoiy ta’minot — bu

davlat tomonidan aholining muayyan toifalarini (mehnatga layoqatsizlar, nogironlar, keksalar,

yetimlar va boshqalar) moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi

— aholi farovonligini ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va ijtimoiy adolatni qaror

toptirishdir. Pensiya — ijtimoiy ta’minotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik

davrida ushbu tizimda amalga oshirilgan islohotlar haqida gapiradigan bo’lsak, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 oktyabrdagi «Pensiya jamg‘armasiga

ajratmalardan samarali va qat'iy o‘z yo‘nalishi bo‘yicha foydalanilishini ta'minlash va bu

1

hhtps://lex.uz/docs/-6445145

30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi [1]


background image

239

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

yuzasidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risida»gi 490-sonli qarori bilan 2005 yil 1 yanvardan boshlab,

O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. Bu

o‘zgarish pensiya to‘lovlarini markazlashgan holda moliyalashtirish va nazorat qilish imkonini

berdi. Ushbu davrda pensiya tizimi ish beruvchilar va fuqarolarning majburiy badallari

asosida moliyalashtirila boshlandi. Ushbu yondashuv esa pensiya tizimining barqarorligini

ta’minlashga xizmat qildi. 2009-yil 30-dekabrda Prezidentning PF–4161-sonli Farmoni bilan

pensiya va nafaqalarni tayinlash, moliyalashtirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish vakolati

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligidan Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya

jamg‘armasining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. Bu o‘zgarish pensiya tizimining

samaradorligini oshirish va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan edi.

2

2017-yil 2-fevralda Prezidentning qaroriga muvofiq, barcha turdagi pensiyalar butun

mamlakat bo‘ylab hech qanday cheklovlarsiz naqd shaklda beriladigan bo‘ldi. Shuningdek,

2018-yil dekabr oyida qabul qilingan Farmon bilan 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha

ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi joriy etildi. Statistik

ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 118 mingdan ziyod ishlovchi pensionerlar

mavjud, ularning faqat 40 ming nafari (34 foizi) o‘z pensiyalarini to‘liq olib kelgan, 78 ming

nafardan ortiq (66 foiz) ishlovchi pensionerlar bunday imkoniyatdan mahrum bo‘lib,

pensiyalarining 50 foizini olib kelishgan.

3

2018-yil aprel oyida Pensiya jamg‘armasi

tomonidan fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqildi va

jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Ushbu konsepsiya doirasida pensiya tayinlash va

to‘lash jarayonlarini elektronlashtirish, fuqarolarga onlayn xizmatlar ko‘rsatish va tizimning

ochiqligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

4

2005–2019 yillarda

O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimi bo‘yicha olib borilgan islohotlar davlatning ijtimoiy

siyosatida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Pensiya jamg‘armasining tashkil etilishi va badallar

asosida moliyalashtirish tizimining joriy etilishi pensiya tizimining barqarorligini

ta’minlashga xizmat qildi hamda tizim mustaqil moliyaviy resurslarga ega bo‘ldi va byudjetga

yuk kamaytirildi. Tizimning boshqaruv funksiyalari Mehnat vazirligidan Moliya vazirligiga

o‘tkazilishi orqali yagona moliyaviy boshqaruv shakllantirildi. Natijada boshqaruvdagi tartib

va mas’uliyatni kuchaytirdi. Pensiya to‘lovlarining naqd shaklda berilishi, ishlovchi

pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash amaliyotining joriy etilishi ijtimoiy adolatni ta’minlash

yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu fuqarolarning davlatga nisbatan ishonchini oshirdi. 2005–

2019 yillardagi islohotlar O‘zbekistonda pensiya tizimini zamon talablari darajasiga olib

chiqishga xizmat qilgan, fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlovchi, ijtimoiy adolat va moliyaviy

barqarorlikka yo‘naltirilgan muhim bosqich bo‘ldi. Ayniqsa, raqamlashtirish va ochiq

boshqaruv prinsiplariga asoslangan yondashuvlar kelajakdagi islohotlar uchun poydevor

yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimining huquqiy-me’yoriy asoslari

Pensiya ta’minoti bo’yicha 1994-yil 1-iyulda qabul qilingan 938-XII-sonli “Fuqarolarning

davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni asosiy qonun

hisoblanadi.

5

Mazkur qonun unda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining

2

https://gov.uz/uz/pj/pages/about

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги

бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг қисқача ТАРИХИ [5]

3

https://xabar.uz/uz/jamiyat/pensiya-sohasida-qanday-ozgarishlar-boldi

? [2]

4

https://gov.uz/uz/pj/pages/about

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги

бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг қисқача ТАРИХИ [5]

5

lex.uz/acts/112314 https//lex.uz/acts/-112314

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” O‘zbekiston

Respublikasining qonuni. - Toshkent sh., 1993-yil 3-sentabr, 938-XII-son. [2]


background image

240

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy

ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining

yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini

belgilaydi. Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasining

fuqarolari pensiya bilan

ta’minlanish huquqiga ega ekanligi bilan bir qatorda davlat pensiyalarining turlari ( yoshga

doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi), fuqarolarning ularda

pensiya olish huquqi vujudga kelgan paytdan boshlab istalgan paytda murojaat qilishi

mumkinligi, shuningdek davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan

fuqarolarning ulardan o’zlari xohlagan faqatgina bitta pensiya turini olishni tanlashlari

mumkinligi hamda ularning har birini tayinlash tartibi, shartlari, pensiyani hisoblash, uning

tayanch miqdori, ish stajini hisoblash, pensiya tayinlashdagi imtiyozlar, ustamalar belgilanish

tartibi kabilar keltirib o’tilgan. Bundan tashqari, “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash

tartibi’ to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrda qabul qilingan 592-sonli

qarori asosida qabul qilingan nizom pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlarini soddalashtirish,

raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

6

Mazkur

nizomda davlat pensiyalarini to’lash tartibi batafsil keltirib o’tilgan bo’lib, ular jumlasiga ariza

topshirish tartibi, talab etiladigan hujjatlar ro’yxati, ish stajini hisoblash, pensiyani hisoblash

va tayinlash, pensiyalarni to’lash tartibi, hujjatlar yig’majildini saqlash, pensiya tayinlashga

murojaat qilish tartibi, hujjatlarni tekshirish va baholash, pensiya tayinlash muddati,

hujjatlarni saqlash tartibi kabi masalalar bo’yicha aniq qoidalar batafsil belgilab berilgan.

Ushbu qaror pensiya tizimini zamonaviylashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish va ijtimoiy

adolatni ta’minlashga xizmat qilish maqsadida yaratilgan. Xususan, mazkur qaror aynan

hozirgi davrdagi raqamli iqtisodiyot sharoitidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda ishlab

chiqilgan. Jumladan, ariza topshirish tartibiga to’xtaladigan bo’lsak, fuqarolar pensiya

tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga bevosita tashrif buyurishlari, O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida so‘rovnoma to‘ldirgan holda,

O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so‘rovnoma

to‘ldirgan holda murojaat qilishlari mumming bo’ladi. Shuningdek, talab etiladigan hujjatlar

masalasida esa idoralararo hamkorlik dasturi yo’lga qo’yilgan bo’lib hozirgi kunda Budjetdan

tashqari davlat pensiya jamg’armasi YAMMT, Davlat pesonallashtirish markazi, Xalq banki,

Adliya vazirligi tomonidan FHDYO, Soliq qo’mitasi kabi tashkilotlar orqali o’zaro

integratsiyalashuv orqali pensiya tayinlash jarayonida kerakli hujjatlarni to’g’ridan to’g’ri

qabul qilib oladi. Misol tariqasida aytadigan bo’lsak, agar YaMMTda zarur ma’lumotlar mavjud

bo‘lsa (ish staji, oylik ma’lumotlari va h.k.), arizaga qo‘shimcha hujjatlar ilova qilish talab

etilmaydi. Agar hujjatlar yetarli bo‘lmasa, Pensiya jamg‘armasi 5 kun ichida qo‘shimcha

hujjatlarni taqdim etish haqida yozma yoki SMS-xabar orqali xabardor qiladi. Ariza Pensiya

jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ariza beruvchiga tilxat beriladi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishining

to‘g‘riligini, ularning nusxalari asl nusxalarga muvofiqligini tekshiradi. Shuningdek, shaxsning

pensiya olish huquqi, talab etiladigan ish staji mavjudligi va pensiya tayinlash uchun asos

bo‘ladigan hujjatlarning mavjudligi ko‘rib chiqiladi. Ariza va barcha zarur hujjatlar taqdim

etilgandan so‘ng, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiya tayinlash yoki rad etish

to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur qarorda pensiyani bir turdan boshqa turga o’tkazish

tartibi, pensiyani qayta hisoblash tartibi hamda pensiyani to’lash tartibi to’g’risida qoidalar

ham keltirib o’tilgan bo’lib, ushbu qoidalarning hozirgi raqamli texnologiyalar jadallashgan

davrning talablari asosida ishlab chiqilganligi, natijada fuqarolarga qulaylik yaratilganligi

ushbu sohadagi yutuq hisoblanadi.

Xorijiy davlatlar tajribasida pensiya ta’minoti tizimining tahlili

6

https://lex.uz/ru/docs/-6236060

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2022 yildagi 592-

son [3]


background image

241

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

Pensiya tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarning ta’siri ostida muttasil o‘zgarishga yuz

tuvchi o‘zgaruvchan tizim hisoblanadi, shu bois, dunyo mamlakatlarining pensiya ta’minoti

tizimi borasida amalga oshirilayotgan islo-hotlarini muttasil tadqiq etib borish, ularning

tajribasidan milliy pensiya tizimi samaradorligini oshirish borasida foydalanish

imkoniyatlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

7

Umumiy jihatdan olib qaraydigan

bo’lsak, pensiya ta’minoti tizimlarini taqsimlashga asoslangan pensiya tizimi hamda jamg’arib

boriladigan pensiya tizimlariga ajratish mumkin bo’ladi. O’z navbatida taqsimlashga

asoslangan pensiya tizimi pensiya badallari hisobiga hamda soliqlar hisobiga

moliyalashtirilishi mumkin. Jamga’raib boriladigan pensiya tizimi esa majburiy hamda

ixtiyoriy shakllarga ajraladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi ilk bor 1982-yilda Chilida

Augusto Penochit tomonidan joriy qilingan. Jahon tajribasida ko’rishimiz mumkinki,

davlatlarning hech birida ushbu ikki tizimdan hech birini sof holda uchratmaymiz hamda bu

davlatlarning siyosiy, demografik, iqtisodiy vaziyatlariga qarab mazkur ikki tizimining

elementlaridan ma’lum darajada foydalanib kelinmoqda. Dunyo davlatlaridan Avstraliya,

Yevropa hamda Shimoliy Amerika davlatlarida pensiya timini avtomatik tartibga solish

pensiya yoshi hamda pensiya sug’urtasi badallari satavkasiga bog’liq hisoblanadi, ya’ni ushbu

mezonlarning o’zgarishi o’z o’zidan avtomatik tarzda pensiya tizimi parametrlarining ham

oz’gartirilishiga sabab bo’ladi. Xitoy, Rossiya federatsiyasi, Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy

Osiyo davlatlarida demografik hamda siyosiy o’zgarishlarga qarab pensiya ta’minotida

qonunchilikni takomillashtirish usuli muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan asosiy ko’zlangan

maqsad esa jamg’arib boriladigan pensiya tizimidan sekin-asta xususiy pensiya ta’minoti

tizimiga o’tish hisoblanadi. Ilk pensiya tizimi Germaniyada 1889-yilda Germaniya joriy

qilingan bo’lib, bundan asosiy maqsad qilib xodimlarning ijtimoiy mavqeyini saqlab qolish

hisoblangan. Germaniyada pensiya ta'minoti tizimi uch bosqichli yondashuv asosida tashkil

etilgan. Birinchi daraja — davlat tomonidan ta'minlanadigan pensiya bo‘lib, u doimiy ish

faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha xodimlar uchun majburiy hisoblanadi. Germaniyada

pensiya ta'minotining ikkinchi bosqichi — ishlab chiqarish pensiyasi deb ataladi. Bu tizim,

asosan, davlat muassasalarida ishlovchilar va yirik xususiy kompaniyalarning kasaba

uyushmalari bilan kelishilgan holda ishlayotgan xodimlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu holatda,

ish beruvchi korxona pensiyasi bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlarni o‘z zimmasiga oladi.

Ko‘pincha, ish beruvchilar bu pensiya tizimiga oid badallarni ishchilarning maoshidan

mustaqil ravishda ushlab qolishadi, bunda ular davlat tomonidan belgilangan soliq

imtiyozlaridan ham foydalanishadi. Xodimlar tomonidan to‘lanadigan badallar esa ularning

ish beruvchiga sadoqati va xizmat davomiyligiga qarab belgilanadi. Kelajakda to‘lanadigan

pensiya miqdori esa fuqaroning ish haqi asosida belgilangan ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari

hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Uchinchi bosqich — xususiy pensiya sug‘urtasi hisoblanadi.

Germaniyada yashovchi har bir fuqaro keksalik davrida qo‘shimcha moliyaviy barqarorlikni

ta'minlash maqsadida istalgan vaqtda xususiy pensiya fondlariga ixtiyoriy ravishda badal

to‘lash imkoniyatiga ega. Bu turdagi pensiya jamg‘armasi orqali fuqarolar o‘z ehtiyojlariga

mos holda mustaqil ravishda moliyaviy zaxira yaratishlari mumkin.
Daniyada davlat tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya tizimi butun umr davomida

to‘lovlarni amalga oshirish prinsipi asosida faoliyat yuritadi. Pensiya miqdori fuqarolarning

shaxsiy daromadi hamda oilaviy holatiga qarab belgilanadi. Ushbu tizimda pensiyaning hajmi

na ish staji, na ilgari to‘langan badallar miqdoriga bog‘liq. Davlat pensiyasi ikkita asosiy

tarkibiy qismlardan – asosiy pensiya va qo‘shimcha ustamalardan iborat bo‘lib, bu mablag‘lar

davlat byudjetiga tushgan soliq tushumlari hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari, davlat

7

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2169/2262

O‘zbekiston pensiya tizimida

pensiyа hisoblash va to'lashni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasini uyg‘unlashtirish. Bаxоdir Xаsаnоv, Din-

Axmed Nurmanov [4]


background image

242

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

qo‘shimcha yordam sifatida boshqa turdagi nafaqalarni ham taqdim etadi. Davlat pensiyasiga

ega bo‘lish uchun Daniya hududida kamida 40 yil yashagan bo‘lish talab etiladi. Hozirda

belgilangan pensiya yoshi 66 bo‘lib, bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich 69 yoshga ko‘tarilishi

rejalashtirilgan.
Buyuk Britaniya pensiya tizimining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, amaldagi

qonunchilik pensionerlarning ish faoliyati bilan shug‘ullanishini cheklamaydi. Bu esa ularga

vaqtinchalik yoki doimiy ishlarda faoliyat yuritish orqali nafaqa bilan birga qo‘shimcha

daromad olish imkonini beradi. Shu bilan birga, mamlakat hukumati yaqin yillarda pensiyaga

chiqish yoshini oshirishni rejalashtirmoqda, bu qaror esa aholining umr ko‘rish

davomiyligining ortib borayotgani bilan asoslanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasida pensiya tizimini isloh qilish bo’yicha olib borilgan

yo’nalishlarga e’tibor qiladigan bo’lsak, bular pensiya yoshini, pensiya olish uchun eng kam

bo’lgan ish stajini oshirish, muddatidan oldin pensiyaga chiqish shartlarini qat’iylashtirish,

ma’lum toifadagi xodimlarga beriladigan imtiyozlarni kamaytirish, jamg’arib boriladigan

pensiya ta’minotiga xos bo’lgan jihatlarni amaliyotga kengroq tatbiq qilib borish kabilardan

iborat hisoblanadi.

Xulosa

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, pensiya tizimlarini shakllantirish jarayoni sof taqsimlashga

asoslangan modeldan boshlab, to‘liq jamg‘arma usuliga tayangan tizimlargacha bo‘lgan turli

xil yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir

mamlakat uchun yagona, universal tarzda mos keluvchi samarali pensiya modeli mavjud emas.

Aksincha, har bir davlatda pensiya tizimining tarkibi va shakli ularning iqtisodiy, ijtimoiy,

madaniy omillariga qarab, vaqt o‘tishi bilan moslashuvchan tarzda rivojlanadi yoki o‘zgaradi..
Demak, yuqoridagi muhokamalarimizdan kelib chiqib quyidagicha takliflarni keltirib o‘tamiz:

jamg‘arma prinsiplariga asoslangan nodavlat pensiya tizimini shakllantirish va uning

huquqiy-me’yoriy asoslarini ishlab chiqish orqali uch bosqichli pensiya tizimiga o‘tish;
fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari hisobini yuritish bo‘yicha vakolatlarni

faqat Xalq banki bilan cheklab qo‘ymasdan, bu jarayonga boshqa tijorat banklarining ham

keng ishtirokini ta’minlash;
kelajakda aholining umr ko‘rish davomiyligi ortib borayotganini hisobga olib, pensiya yoshini

bosqichma-bosqich oshirish;
raqamli texnologiyadan foydalanish jarayonlarini pensiya ta’minoti tizimiga yanada kengroq

joriy qilib borish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. Normativ-huquqiy hujjatlar

1

30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining

qonuni. - Toshkent sh., 1993-yil 3-sentabr, 938-XII-son.


background image

243

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)

3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2022 yildagi 592-son.

4

https://yashiliqtisodiyottaraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2169/22

62 O‘zbekiston pensiya tizimida pensiyа hisoblash va to'lashni rivojlantirishda xorijiy

mamlakatlar tajribasini uyg‘unlashtirish. Bаxоdir Xаsаnоv, Din-Axmed Nurmanov.

5

https://gov.uz/uz/pj/pages/about Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва

молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг қисқача

ТАРИХИ

V. Internet sahifalari

1

www.lex.uz

2

https://xabar.uz

Библиографические ссылки

2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining qonuni. - Toshkent sh., 1993-yil 3-sentabr, 938-XII-son.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2022 yildagi 592-son.

https://yashiliqtisodiyottaraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2169/2262 O‘zbekiston pensiya tizimida pensiyа hisoblash va to'lashni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasini uyg‘unlashtirish. Bаxоdir Xаsаnоv, Din-Axmed Nurmanov.

https://gov.uz/uz/pj/pages/about Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасининг қисқача ТАРИХИ

V. Internet sahifalari

www.lex.uz