Mazkur maqolada XIX asr o‘zbek adabiy tilining yirik namoyandalaridan biri Muhammad Rizo Ogahiy asarlaridagi arabcha va forscha o‘zlashma so‘zlarning semantik va pragmatik jihatdan ifoda vositasi sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘zlashmalar poetik matnda qanday vazifalarni bajarishi, ularning stilistik yuklamalari va kommunikativ qiymati yoritiladi. Tahlil davomida Ogahiy tiliga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar va tarixiy-lisoniy kontekstda o‘zlashmalarning tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi.