51
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
TA’LIM JARAYONINI INTEGRATSIYALASHNING NAZARIY
ASOSLARI.
Rasuljonova (Alijonova) Lazokat Xasanboy qizi
FDU bakalavr 4-bosqich talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15638064
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 11-iyun 2025 yil
Maqolada integratsiya haqida va uning ta’lim
jarayonidagi afzalliklari haqida ma’lumotlar berilgan.
KEY WORDS
integratsiya,
innovatsion
rivojlanish,
zamonaviy
ta’lim
texnologiyalari,
integratsiyalashgan kurs, yangi
o‘quv reja, aloqadorlik.
Kirish
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati ta’lim
mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning
demokratlashuvi, axborot maydonining kengayib borishi kabi omillar o‘quvchilarning shaxsiy
xususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining
rivojlanishiga olib keldi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim
sifatining oshirilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga kiritilayotgan pedagogik
texnologiya jarayonida ham innovatsiyalar va integratsiyalarning yorqin misolidir.So‘nggi
yillarda respublikada integratsion ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida Qonun”i, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da ta’lim mazmuni bilan shaklini bosqichma bosqich takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi
o‘quv dasturlar va darsliklar bilan ishlamoqdalar. Umumta’lim fanlarini o‘qitishga zamon
talablari asosida yondashish, ta’limda eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash davr talabiga aylandi.
Ta’lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yo‘lga qo‘yishda integrativ
yondashuv talab etiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
28-yanvardagi
“Yangi
O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–
60-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son, 2022-yil 6-iyuldagi
“O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmonlari, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
kompleks islohotlarda faol ishtirok etishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–3775-son, 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va
pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–289-son Qarorlari va ushbu sohaga tegishli boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
52
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Integratsiya – “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining
turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish hisoblanadi. Fanlarni o‘zaro
integratsiyalshdan asosiy maqsad o‘quvchilarga berilayotgan bilimlarni takrorlanishini oldini
olish, bir xillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday ekan yuqorida ko‘rib
o‘tilganidek integratsiyalash orqali biz juda ko‘p vaqtni tejagan holda o‘quvchilarga har
tomonlama puxta billlim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo‘ladi.
Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bir tomondan dastur talablarini o‘zlashtirishga
xizmat qilsa, ikkinchi tomondan o‘quvchida fanlararo bog‘liqlik haqida tasavvur uyg‘otadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish
davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalami uyg‘unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy
munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga
jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy
ta’limning natijasi maktab ta’limning birinchi bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik
tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida
ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta'limning
barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan
maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quchilarining tabiiy muhit bilan
tanishtirishning integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Y. Gerd, O.N.
Kaygorodov, A.P. Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi
jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.
Integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya, fanlararo aloqalaming ayrim jihatlari mashhur
pedagoglaming (Y. Komenskiy, O. Lokk, I. Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.),
didaktiklarning (1.0. Zverev, MA Oanilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va
boshq.), psixolog olimlarning (E.N. KabanovaMeller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles),
medist olimlaming (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova)
ishlarida ko‘rib chiqilgan. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi
aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin
rivojlanish zonasidir. (T. G. Raizayeva, G. N. Akvileva, D. I. Troytap, G. V. Baltukova, N. Y.
Velenkin, N. M. Drujnina, T. S. Nazarova, I. K. Blinova, R. G. Matushova.) Boshlang‘ich maktab
fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan bo‘lib, qarama-qarshi ifodalangan. Bu
aloqalarning mohiyati haqida olimlar orasida qarama-qarshiliklar ko‘p. Integratsion asosda
fanlarni o‘rgangan o‘quvchilar predmetli o‘rgatishning chiziqli kurslarini qisqa muddatda
o‘zlashtirishmoqda. Tez o‘qitish maqsad qilib olinmaganiga qaramasdan, undagi tabiat,
mehnat, rasm, o‘qish sohasidagi elementlar bu fanlami tez o‘rganishda umidli asos bo‘lib
xizmat qilyapti.
Pozitiv natijalar deb, dunyo haqidagi ilmiy tasavvurlaming zamonaviy darajasiga to‘g‘ri
baho berish; o‘quvchi oldida olamning ko‘p o‘lchovli dunyo manzarasining dinamikada, turli
bog'lanishlarda yaratish, aylantirish; ko'rish gorizontlarini kengaytirish, o‘zi uchun dunyoni
qaytadan kashf etish, o‘quvchi bilan muloqotdagi yangi metodik shakllami izlash; turli
mutaxassislar faoliyatlari muammolarini hat etishda birlashtirish, o‘quv faoliyatida
toliqishning oldini olish, yangi sifatli pedagogik natija olish, ta’limning yangi falsafasi bo‘lishi,
pedagogik jarayonining integrativ borlig‘ini aks etishga aytiladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mukinki, ta’lim jarayonini integratsiyalash o‘quvchilarni
bilim olishlarini va olingan bilimlarni yodda saqlashni osonlashtiradi, o‘qituvchilarga dars
vaqtini tejash va darslarni qiziqarli tashkillashlariga yordam beradi. Shu bilan birga o‘qituvchi
va o‘quvchilarni jahon talablariga mos qilib tarbiyalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
53
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-
Toshkent:O'zbekiston,2017.
2.
© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
3.Yu. K.Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida, o‘qitish metodlari. Toshkent.
“O‘qituvchi” 1990 yil.
4.Mavlonova R., Rahmonqulova R. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi.
T., Ilm ziyo, - 2009. 49-bet.
5. Hasanboyev J., To‘raqulov X.A., Ravshanov O.A., Kushvaktov N.H. Milliy pedagogikamiz
tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. – Jizzax: 2007.1.
6. Aripov M. Va boshq. Axborot texnologiyalari: -T.: 2003
7.Djurayev R. H. Ta’limda interfaol texnologiyalar. – T.: 2010
8. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. -T.: 2011