48
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
SPORTCHILARNI TAYYORLASH AMALIYOTIDA
EGILUVCHANLIK SIFATINING O‘RNI.
Berdiyev Sherzod Ochilovich
Toshkent farmasevtika instituti Tibbiy, biologik fanlar va jismoniy
tarbiya kafedrasi dotsenti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15638038
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 11-iyun 2025 yil
Ushbu maqolada, sportchilarda
musobaqa va
mashg‘ulot
jarayonlarida
egiluchanlik
sifatini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirish
to‘g‘risda
ma’lumotlar keltrib o‘tilgan.
KEY WORDS
Egiluvchanlik, harakat, tadqiqot,
texnik, taktik, sport, bo‘g‘im,
mutaxassis.
Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda o‘tkazilib kelinayotgan nufuzli sport musobaqalarida,
jumladan, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, hamda qator an’anaviy
xalqaro turnirlarda sport natijalarining uzluksiz o‘sib borishi, raqobatni yanada
keskinlashishiga olib kelmoqda. Zamonaviy sport amaliyotida yuksak sport natijalariga
erishish maqsadida yuklamalar hajmi va shiddatini me’yoridan oshirish ko‘ngilsiz oqibatlar,
xatto shikastlanishlarga olib kelishi mutaxassis-olimlar tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.
Bugungi kunda bu borada bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, manbalarda
texnik-taktik usullarni bajarishda bo‘g‘imlar harakatini ta’minlovchi ustuvor jismoniy sifatlar,
ayniqsa, bo‘g‘imlararo egiluvchanlik va uni rivojlantirish hamda baholash texnologiyasi ilmiy
jihatdan yetarlicha ochib berilmagan. Bu esa mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan
izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Jahon miqyosida yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, ularning texnik-taktik, jismoniy va
funksional imkoniyatlarini oshirishga, ayniqsa, yuqorida qayd etilgan ko‘ngilsiz oqibatlarni
oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda
sport mahoratini oshirishga, sportchining sog‘ligini saqlash, uning bioenergetik
imkoniyatlarini kengaytirishga mo‘ljallangan tabaqalashtirilgan mashqlar va yangi metodlarni
ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etishga urg‘u berilmoqda. Biroq, xorijiy va
mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, shiddatli
yuklamalarga bardosh berish, harakatlar ko‘lamini kengaytirish, funksional zaxiralar hajmini
oshirish, yuklamalar davomida va yakunida toliqish alomatlarini bartaraf etish va ish
qobiliyatini tiklashda muhim rol o‘ynovchi egiluvchanlik, uni rivojlantirish va baholashga
qaratilgan muammolar yetarli o‘rganilmagan.
Egiluvchanlik – bu barcha jismoniy qobiliyatlar (tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik
qobiliyatlari) kabi inson hayoti, kasb va sport faoliyatida amalga oshiriladigan turli harakatlar
mexanikasiga xizmat qiluvchi morfofunksional sifat bo‘lib, o‘zining shakllanganlik darajasiga
qarab shu harakatlar natijasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Egiluvchanlik tushunchasi soha bo‘yicha uzoq yillardan beri samarali izlanishlar olib borgan,
fundamental tadqiqotlar asosida sport trenirovkasining ilmiy–nazariy va metodik asoslarini
yaratgan, shu jumladan, jismoniy sifatlar mohiyati, ularni rivojlantirish qonuniyatlarini ishlab
49
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
chiqqan yetakchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan bo‘lsada, lekin ularning barchasi
bir-birini to‘ldirgan holda ushbu atamaning mantiqiy ma’nosini yanada boyitilganligi bilan
farqlanadi.
Ushbu mualliflarning aksariyati egiluvchanlik tushunchasini quyidagicha ifodalaydilar:
egiluvchanlik - inson yoki sportchi tomonidan ijro etiladigan harakatlar amplitudasini
belgilovchi morfofunksional xususiyatga ega jismoniy sifatni anglatadi. Lekin,
V.N.Platonovning ta’riflashicha “egiluvchanlik” atamasi butun tana bo‘g‘imlarining o‘zaro
bukilish va yozilish kengligini ifodalovchi integral ko‘rsatkichni baholash uchun qo‘llanilishi
maqsadga muvofiq bo‘lar ekan. Agar gap alohida bo‘g‘imlararo harakatlar amplitudasi haqida
borsa, unda harakatlanish burchagining kengligi yoki “bo‘g‘imlar harakatchanligi” atamasini
qo‘llash kerakligi e’tirof etiladi. Ushbu muallifning fikriga ko‘ra, yetarli rivojlanmagan
egiluvchanlik yoki bo‘g‘imlarning o‘zaro bukilish-yozilish amplitudasi kichik bo‘lsa, unda
mushaklarning ichki va o‘zaro koordinatsion xususiyati chegaralanishi, harakatlarni tejamli
energitika bilan ijro etish imkoniyati susayishi mumkin ekan. Agar tana bo‘g‘imlarining o‘zaro
harakat amplitudasi keng bo‘lsa, unda bunday holat “egiluvchanlik zahirasi” katta ekanligidan
darak berib, barcha sport turlariga xos harakatlarni yengil, tejamli va samarali ijro etishga
imkon yaratar ekan. V.F. Boyko, G.V. Danko [1; 150-b.] lar egiluvchanlik qobiliyatini biroz
boshqacharoq yondashuv bilan talqin etishgan. Jumladan, ularning fikricha, egiluvchanlik
muayyan bo‘g‘imni yoki ijrochi organni (qo‘l, tirsak, tizza va h.k.) qamrab olgan
to‘qimalarining cho‘ziluvchanligini ifodalaydi. Sport amaliyotida egiluvchanlik, mazkur
mualliflarning talqin etishicha, – bu tayanch-harakat apparatining morfofunksional xosiyatini
anglatuvchi sifat bo‘lib, sportchi tomonidan ijro etiladigan harakatlar amplitudasini
(kengligini) belgilaydi. F.A.Kerimov, O.V.Goncharova [2; 148-151-b.]lar ham egiluvchanlikni
qayd etilgan ma’noda ta’riflash bilin bir qatorda, uning boshqa xususiyatlarini ham ochib
berishgan. Masalan, ularning fikriga qaraganda, egiluvchanlikni o‘z tomonidan ijro etiladigan
erkin va faol mashqlar yordamida hamda tashqi omillarga asoslangan (sherikni ta’sir etishi,
trenajyorlar, turli og‘irliklar va h.k.) mashqlar asosida rivojlantirish mumkin ekan.
Bundan tashqari, mualliflarning e’tirof etishicha, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni
muntazam qo‘llash natijasida mushaklarning qisqarish kuchi shakllanishi, ortishi, aksincha
esa ya’ni kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llashda egiluvchanlikni sust rivojlanishi
ehtimoli bor ekan. Lekin a’lo darajada shakllantirilgan egiluvchanlik barcha yo‘nalishli
harakatlarni ham, u yoki bu sport turiga xos harakatlarni ham yengil, tejamli va zarur
morfofunksional zahira bilan ijro etishga imkon yaratadi.
“Egiluvchanlikni rivojlantirish” va “egiluvchanlikni tarbiyalash”, V.M.Zatsiorskiy [3; 65-b.]ning
mantiqiy fikriga muvofiq turlicha ma’nolarni anglatar ekan. Uning e’tirof etishicha
“egiluvchanlikni rivojlantirish” – bu umumiy yoki har tomonlama yo‘nalishlarga mos bo‘lgan
mashqlar (bo‘g‘imlarni yuqoriga-pastga bukish, yon tomonlarga egish-yozish, chap va o‘ng
tomonlarga burish va h.k.) ni keng ko‘lamda muntazam qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Bunday mashqlar, birinchidan, harakatlar amplitudasini oshiradi, ikkinchidan, mushak
tolalari va to‘qimalarini mayinlashtiradi yoki elastikligini (cho‘ziluvchanligini) ortishiga
imkon yaratadi, uchinchidan, turli shikastlanishlar va jarohatlarni oldini oladi yoki ularni
kamaytiradi. “Egiluvchanlikni tarbiyalash” deganda ushbu sifatni tanlangan sport turi
xususiyatlariga xos mashqlar yordamida tarbiyalash jarayoni tushuniladi. Shuning uchun
sport amaliyotida egiluvchanlik sifatini rivojlantirish va tarbiyalash quyidagi vazifalar asosida
olib borilishi ko‘pchilik mutaxassis-olimlar tomonidan ta’kidlanadi:
Inson hayoti, kasb va sport faoliyatiga xos barcha harakatlarni har tomonlama yo‘nalishda
katta amplituda bilan ijro etishni ta’minlovchi egiluvchanlikni shakllantirish;
50
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Egiluvchanlikni muayyan harakat faoliyati talablariga mos ravishda tarbiyalash (kasb yoki
sport turlariga xos harakatlar, texnik–taktik usullar);
Turli yosh davrlarida va ko‘p yillik sport tayyorgarlik bosqichlarida egiluvchanlik sifatini
zarur kenglikda saqlab qolish imkoniyatini yaratish;
Kasallik, shikastlanishlar ro‘y berganda, ayniqsa reabilitatsion davrda susayib ketgan
egiluvchanlik qobiliyatini asta–sekin tiklash;
Egiluvchanlikni, mushak tolalarining cho‘ziluvchanlik (plastik) xususiyatini orttirish va
bo‘g‘imlararo harakatlar amplitudasini oshirishga qaratilgan barcha mashqlarni 3 turga
bo‘lish odat tusiga kirgan: bular quyidagilar:
Dinamik mashqlar
Statik-stretching mashqlar
Aralash mashqlar
Bunday mashqlarning bo‘g‘imlararo harakatlar amplitudasini kengaytirishga ta’sir etuvchi
shaxsiy mashqlar (izotonik, izometrik, izokenetik kuchlanish mashqlari), ikkinchisi, tashqi
ta’sir ostida (sherik, trenajyor, og‘irliklar va h.k.) qo‘llaniladigan mashqlar.
Ma’lumki, sport amaliyotida barcha trenerlar egiluvchanlikni turlicha yondashuv yoki turlicha
e’tibor bilan shakllantirishga odatlangan. Ularning ma’lum qismi egiluvchanlikni tor-lokal
e’tibor bilan shakllantirishga urg‘u beradi, ikkinchi qismi, keng-global ahamiyat berish asosida
shakllantirishga amal qiladi. Yana bir boshqa qismi esa egiluvchanlikni tanlangan sport turiga
xos texnik-taktik usullar amplitudasini oshirish maqsadida bo‘g‘imlararo harakat kengligini
(egiluvchanligini) oshiruvchi mashqlarni qo‘llashga ustunlik qaratadi. Shu bilan bir qatorda
ana shu jismoniy sifatni baholashda testlarni noto‘g‘ri tanlash yoki to‘g‘ri tanlangan testlarni
noto‘g‘ri qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Xulosa.
O‘rganilgan manbalarga ko‘ra, ularda egiluvchanlik sifati bo‘yicha o‘tkazilgan
tadqiqotlar, mualliflarning bu boradagi fikr-mulohazalari, ilmiy g‘oya va tavsiyalarini qiyosiy
tahlil qilish natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni e’tirof etish mumkin:
Egiluvchanlik qobiliyati inson hayoti, turli kasb faoliyati, ayniqsa sport amaliyotida ustuvor
ahamiyatga ega bo‘lib, uni rivojlantirish va muntazam mashqlantirib borish mushaklar
elastikligini oshirishi, bo‘g‘imlararo harakatlar amplitudasini kengaytirishi, shikastlanishlarni
oldini olishi, hatto uni boshqa jismoniy sifatlarga ijobiy ta’sir etishi o‘rganilgan manbalarda
qayd etilgan. Lekin uning ana shunday o‘ta muhim funksional xizmati ko‘p qirrali ilmiy
tadqiqotlar asosida to‘la-to‘kis ochib berilmagani ma’lum bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Бойко В.Ф., Данко Г.В. Физическая подготовка борсов. Киев, Олимпийская
литература, 2004. – С. 150-158.
2.
Керимов Ф.А., Гончарова О.В. Основи физической подготовки юних спртсменов. –
Т.: Илмий техника ахбороти пресс нашриёти, - 2018 Т.- 188 с.
3.
Зациорский В.М. Физические качества спортсмена: основи теории и методика
восмитания 2019. – С. 157-161.