Авторы

  • Azizbek Aliyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.108304

Аннотация

aqolada iqlim o‘zgarishiga moslashish masalasida xalqaro moliyaviy mexanizmlar ya’ni Yashil iqlim jamg‘armasi, Adaptatsiya jamg‘armasining faoliyat yo‘nalishlari, vazifa va funksiyalariga e’tibor qaratilgan.


background image

34

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

PARIJ BITIMINING IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHUV

BO‘YICHA XALQARO HUQUQIY MAQOMI

Aliyev Azizbek

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15697447

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 19-iyun 2025 yil

aqolada iqlim o‘zgarishiga moslashish masalasida

xalqaro moliyaviy mexanizmlar ya’ni Yashil iqlim

jamg‘armasi, Adaptatsiya jamg‘armasining faoliyat

yo‘nalishlari, vazifa va funksiyalariga e’tibor qaratilgan.

KEY WORDS

Moslashuv mexanizmlari, Parij

bitimi, iqlim o‘zgarishlari, global

baholash,

Adaptatsiya

jamg‘armasi, aholi salomatligi,

iqlimga

moslashtirish,

global

harorat o‘sishi, issiqxona gazlari.

Zamonaviy dunyoda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng murakkab va o‘zaro

bog‘liq muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona

gazlari miqdorining oshishi, global haroratning ko‘tarilishi, ekstremal ob-havo hodisalari, suv

resurslarining tanqisligi va ekologik muvozanatning buzilishi kabi omillar butun dunyo

davlatlarining barqaror taraqqiyotiga tahdid solmoqda. Ana shu sharoitda xalqaro huquqiy

maydonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va salbiy oqibatlarni

kamaytirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti

tomonidan 2015-yil 12-dekabrda Parij shahrida qabul qilingan Parij bitimi iqlim o‘zgarishiga

qarshi kurashishda yangi davrni boshlab berdi va xalqaro hamkorlik uchun huquqiy, siyosiy

va moliyaviy asos yaratdi.
Parij bitimi o‘z mazmun-mohiyati bilan ilgari qabul qilingan ekologik shartnomalardan tubdan

farqlanadi. Unda birinchi bor barcha ishtirokchi davlatlar — rivojlangan hamda

rivojlanayotgan mamlakatlar — iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda umumiy javobgarlikni o‘z

zimmalariga olishgan. Bu bitim

1,5–2°C darajadan yuqori bo‘lmagan global harorat o‘sishini saqlab qolish, atmosferaga

chiqadigan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish, moslashuv mexanizmlarini kuchaytirish

va iqlim barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Ayniqsa, milliy belgilangan hissalar (NDCs)

orqali har bir davlatning ichki siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘z

majburiyatlarini mustaqil belgilashi va xalqaro miqyosda bu majburiyatlar ustidan

monitoring olib borilishi Parij bitimini huquqiy va amaliy jihatdan universal tusga keltirdi1.
Iqlim o‘zgarishiga moslashuv masalasi Parij bitimining markaziy yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi. Moslashuv — bu atrof-muhitda yuz berayotgan salbiy o‘zgarishlarga ijtimoiy,

iqtisodiy va texnologik jihatdan tayyor bo‘lish, ularni yumshatish yoki zararni

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan_Millatlar_Tashkilotining_Iqlim_o’zgarishi_bo’yicha_Parij_2015_konferensiya

si


background image

35

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

minimallashtirish choralarini o‘z ichiga oladi. Parij bitimida iqlim ta’siriga eng ko‘p duch

keladigan davlatlar, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun moslashuv strategiyalarini

ishlab chiqish va xalqaro yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan. Bu esa ekologik tenglik, global

birdamlik va barqaror taraqqiyot tamoyillariga asoslanadi2.
Parij bitimi xalqaro huquq doirasida majburiylik darajasi bo‘yicha o‘ziga xos formatda

tuzilgan. Ya’ni, hujjatning o‘zi xalqaro majburiyat hisoblanadi, biroq har bir davlat o‘z milliy

hissasini mustaqil belgilaydi. Bu model bir tomondan davlatlarga suveren qaror qabul qilish

imkonini bersa, boshqa tomondan, xalqaro hamkorlik ruhini mustahkamlaydi. Hujjatning

huquqiy maqomi aynan shu jihat orqali xalqaro ekologik huquqda yangi yondashuv —

“yumshoq majburiyatlar” (soft obligations) tushunchasini ilgari surdi3.
2015 yil 12 dekabr kuni Parij shahrida 196 ta ishtirokchi davlat tomonidan qabul qilingan

Parij bitimi, xalqaro iqlim siyosatining huquqiy asoslarini tubdan yangilagan va yangi davrni

boshlab bergan muhim xalqaro hujjat sifatida e’tirof etiladi. Ushbu bitimning huquqiy tabiati,

unga asos bo‘lgan normativ tamoyillar va BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy

konventsiyasi (UNFCCC) bilan o‘zaro aloqadorlik darajasi iqlim huquqi doirasida asosiy

mavzulardan biridir. Parij bitimi o‘z mohiyatiga ko‘ra, konventsiyaning huquqiy davomchisi

hisoblanadi, biroq u ixtiyoriylikka asoslangan “milliy hissalar” mexanizmi orqali yangi,

moslashuvchan yondashuvni joriy etgan4.
Parij bitimining huquqiy tabiatini belgilovchi asos – bu hujjatning xalqaro shartnoma

maqomiga ega bo‘lishidir. Bitim BMT Ustaviga, 1969 yilgi Vena konvensiyasiga va UNFCCC

doirasidagi me’yorlarga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, ishtirokchi davlatlar tomonidan

ratifikatsiya qilinganidan so‘ng majburiy huquqiy kuchga ega bo‘lgan. Biroq, bu majburiyatlar

klassik xalqaro shartnomalardagidek qat’iy cheklovlar shaklida emas, balki davlatlar

tomonidan “milliy belgilangan hissalar” (NDCs) ko‘rinishida ixtiyoriy ravishda belgilanadi.

Shunday qilib, bitim “yumshoq majburiyatlar” (soft obligations) tamoyiliga asoslanadi:

davlatlar global maqsadga erishishda harakat qilishi shart, lekin bu harakatlar qanday bo‘lishi

— ularning ichki siyosati bilan belgilanadi.
Parij bitimi o‘z mazmuni bilan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konventsiyasining

(1992) normativ va institutsional doirasini to‘ldiradi, lekin o‘rnini egallamaydi. Aksincha, u

UNFCCC asosida qabul qilingan “huquqiy mexanizm” sifatida konventsiyaning tamoyillarini

mustahkamlab, ularni amaliy bosqichga olib chiqadi. Masalan, UNFCCCda “umumiy, lekin

farqlangan javobgarlik” tamoyili ilgari surilgan bo‘lsa, Parij bitimi bu tamoyilni

moslashuvchan, har bir davlatning imkoniyatlariga qarab harakat qilish prinsipi orqali

yangicha formatda amalga oshiradi. Shuningdek, konventsiyada nazarda tutilgan doimiy

konferensiyalar (COP) va yillik yig‘ilishlar Parij bitimi ijrosini nazorat qiluvchi asosiy

institutsional maydon bo‘lib qolmoqda.5
Bitimning muhim tarkibiy qismi — bu yillik hisobotlar va monitoring mexanizmlaridir. Ular

davlatlar tomonidan qabul qilingan milliy hissalarning ijrosini nazorat qilish, o‘zgarishlarni

baholash va global natijalarga erishish darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Parij bitimi bu

borada uchta asosiy mexanizmni belgilaydi:
Shaffoflik tizimi – barcha ishtirokchi davlatlar har ikki-yilda bir marta o‘z milliy hissalari

bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlar, erishilgan natijalar, chiqindilar miqdori va

2

https://unfccc.int/process-and-meetings/the-paris-agreement/the-paris-agreement

3

https://sdgs.un.org/

4

https://unfccc.int/process-and-meetings/the-paris-agreement/the-paris-agreement

5

https://unfccc.int/topics/transparency


background image

36

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

moliyalashtirish bo‘yicha axborot berishga majbur. Ushbu hisobotlar texnik ekspertlar

tomonidan baholanadi va xalqaro muhokamaga taqdim etiladi.
Global baholash – har besh-yilda bir marta barcha davlatlar bo‘yicha yig‘ma tahlil o‘tkaziladi.

Bu baholash global haroratni 1,5–2°C doirasida ushlab turishdagi umumiy progressni

ko‘rsatadi.
Monitoring va ekspert tizimi – bitim ijrosini xalqaro miqyosda monitoring qilish uchun

ixtisoslashgan ilmiy va texnik guruhlar faoliyat yuritadi. Bu guruhlar davlatlar hisobotlarini

baholaydi va aniqlangan kamchiliklarni xalqaro darajada muhokama qiladi.
Mazkur tizim iqlim siyosatida javobgarlik, shaffoflik va bilimga asoslangan yondashuvning

kuchayishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu mexanizmlar davlatlar o‘rtasida ishonchni

mustahkamlash, tajriba almashish va milliy siyosatlarni yanada mukammallashtirish imkonini

beradi.
Bitimning huquqiy asosi uning xalqaro shartnoma maqomidadir. U Vena konvensiyasining

shartnoma tuzish va ratifikatsiya qilish tamoyillariga asoslanadi. Shu bilan birga, bitimda

qatnashuvchi har bir davlat, hujjatga qo‘shilganidan so‘ng, unda belgilangan asosiy

yo‘nalishlarga mos ravishda o‘z harakat dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Bu yondashuv

nafaqat normativ majburiyatlar, balki strategik moslashuv tamoyillarini ham shakllantirishga

xizmat qiladi. Bitimdagi normalar davlatlararo tenglik, o‘zini boshqarish va doimiy hamkorlik

ruhida shakllantirilgan bo‘lib, xalqaro ekologik huquqda yangilik sifatida qaraladi.
Ayniqsa, hujjatda moslashuv konsepsiyasining o‘rni alohida ahamiyatga ega. Parij bitimi

ekologik xavflarni faqat oldini olish bilan cheklanmaydi, balki yuzaga kelgan salbiy ta’sirlar

oqibatlarini yengillashtirish, sharoitga moslashish va xavf ostidagi guruhlarni himoya qilishni

ham maqsad qiladi. Bu yondashuvda iqlimga chidamli infratuzilma yaratish, atrof-muhitdagi

beqarorlikka javoban barqaror boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, tabiiy resurslardan

samarali foydalanish va mahalliy darajadagi ekologik chidamlilikni oshirish kabi vositalar

mavjud. Bu choralarning amalga oshirilishi huquqiy jihatdan milliy siyosatlarning ekologik

siyosat bilan uzviy bog‘lanishini talab etadi.
Huquqiy mexanizmlardan tashqari, bitimda moslashuv choralarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-

quvvatlash, ayniqsa kam rivojlangan va xavf ostidagi mamlakatlarga nisbatan adolatli

yondashuvni ta’minlash zarurligi ham ta’kidlanadi. Shu asosda moliyalashtirishga doir

tamoyillar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ekologik ehtiyojlar, iqlim tahdidiga chidamlilik darajasi

va mamlakatlarning iqtisodiy imkoniyatlari asosida belgilanadi. Bu orqali global moliyaviy

resurslardan foydalanishda adolatli taqsimotni huquqiy jihatdan asoslash ko‘zda tutilgan.
Bitimda moliyaviy yondashuvlar markazida rivojlangan davlatlarning ekologik ta’sirini

kamaytirish bilan birga, ekologik jihatdan zaif davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish

majburiyati turadi. Bu yordam bevosita mablag‘ ajratish, texnologiyalarni yetkazib berish,

iqlim xavfi monitoringini yuritish va mahalliy loyiha tashabbuslarini moliyalashtirish orqali

amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar ustidan xalqaro darajada ochiq

monitoring yuritiladi va har bir yordamning samarasi baholanadi. Moliyalashtirishda muhim

tamoyillardan biri – bu “yo‘qotish va zararlar” kompensatsiyasidir. Ya’ni, tabiatdagi muqarrar

o‘zgarishlar natijasida zarar ko‘rgan davlatlar va aholi qatlamlariga global iqlim tizimi

doirasida kompensatsiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Parij bitimi orqali moliyaviy resurslarni jalb etish jarayoni nafaqat davlatlararo,

balki xalqaro moliyaviy institutlar, banklar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati subyektlarini


background image

37

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ham qamrab oladi. Bu mexanizm iqlim siyosatida ko‘p tomonlama ishtirokni mustahkamlab,

davlatlar o‘rtasida barqaror sheriklik munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi6.
Global iqlim o‘zgarishi insoniyatga ta’sir etuvchi eng jiddiy ekologik muammolardan biri

sifatida tobora kuchayib borayotgan bir paytda, ushbu jarayonga moslashish xalqaro iqlim

siyosatining ajralmas qismi sifatida shakllanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida

tuzilgan xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan Parij bitimi doirasida davlatlarning faqat iqlimga

salbiy ta’sirni kamaytirish emas, balki iqlim o‘zgarishining mavjud va kelajakdagi oqibatlariga

moslashish choralarini ishlab chiqishi ham asosiy majburiyat sifatida e’tirof etilgan. Bu

yondashuv iqlimga nisbatan faollikni faqat zararni oldini olish bilan emas, balki mavjud

holatni inobatga olgan holda yashash va rivojlanishga moslashish strategiyalarini ishlab

chiqishga yo‘naltiradi.
Moslashuv choralariga oid majburiyatlar har bir davlatdan o‘zining iqlim tahdidlariga

nisbatan tayyorgarlik darajasini oshirishni talab qiladi. Bu tayyorgarlik huquqiy, institutsional

va texnik vositalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, davlatlar:
iqlim xavfiga taalluqli sektoral baholashlar (suv, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash,

transport)ni yuritishi;
milliy moslashuv strategiyalarini ishlab chiqib, qonunchilik hujjatlariga integratsiya qilishi;
mahalliy darajada barqarorlikni ta’minlovchi infratuzilmalarni modernizatsiya qilishi;
iqlimga chidamli texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishi lozim.
Ushbu majburiyatlar ko‘proq ma’lumot almashinuvi, texnik yordam va xalqaro hamkorlik

orqali bajarilishi zarur bo‘lgan kompleks harakatlar tizimiga aylangan. Bundan tashqari, har

bir davlat xalqaro hisobotlar orqali o‘z harakatlarini muntazam e’lon qilishi ham shaffoflik va

javobgarlik tamoyillarini kuchaytiradi.
Ayniqsa, iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p aziyat chekayotgan zaif mamlakatlar — kichik orol

davlatlari, qurg‘oqchil mintaqalarda joylashgan davlatlar va kam daromadli iqtisodiy

tizimlarga ega mamlakatlar — uchun alohida yordam mexanizmlari ishlab chiqilgan. Bu

davlatlar ko‘pincha tabiiy resurslarga tobe, iqlim xavfiga juda sezgir, texnologik tayyorgarligi

past va moliyaviy salohiyati cheklangan bo‘ladi. Shu bois ularni iqlim o‘zgarishiga

moslashtirish nafaqat mahalliy, balki xalqaro majburiyat sifatida qaraladi.
Zaif davlatlar uchun ishlab chiqilgan maxsus mexanizmlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Adaptatsiya jamg‘armalari – BMT tizimidagi moliyaviy institutlar orqali iqlimga moslashish

loyihalarini bevosita moliyalashtiradi. Ushbu jamg‘armalarning afzalligi shundaki, ular zaif

davlatlarga murakkab kredit shartlarisiz, bevosita grantlar ko‘rinishida yordam ko‘rsatadi.
Texnologik transfer dasturlari – rivojlangan davlatlar tomonidan ilg‘or texnologiyalarni zaif

mamlakatlarga yetkazish mexanizmlarini yaratadi. Masalan, orol davlatlarda dengiz

toshqinlarining oldini olish uchun sun’iy to‘siqlar, erta ogohlantirish tizimlari, suv resurslarini

tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.
Imkoniyatlar yaratish dasturlari – iqlimga oid masalalarda kadrlar tayyorlash, ilmiy

salohiyatni oshirish, muvofiqlashtiruvchi institutlar tashkil etish orqali zaif davlatlarning ichki

boshqaruv imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

6

https://eco.gov.uz/


background image

38

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Yo‘qotish va zararlar mexanizmi – bu iqlim o‘zgarishi tufayli yuz berayotgan qaytarib bo‘lmas

yo‘qotishlar, masalan, yer maydonining suv ostida qolishi, biologik resurslarning nobud

bo‘lishi kabi holatlar uchun kompensatsiya ko‘rinishida yordam beruvchi mexanizmdir.
Moslashuv bo‘yicha global tarmoq – davlatlar o‘rtasida moslashuv strategiyalarini baham

ko‘rish, ilg‘or tajribalarni almashish va hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan tarmoq

bo‘lib, u zaif davlatlar uchun intellektual yordam vositasi sifatida xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu yordamlar faqat tashqi resurslarga bog‘liq emas. Zaif

davlatlarning o‘zi ham mahalliy ekologik siyosatni mustahkamlash, aholining iqlim

savodxonligini oshirish va sog‘lom boshqaruv tizimini yaratish orqali xalqaro ko‘makdan

samarali foydalanishi kerak. Zero, moslashuv – bu faqat muhofaza chorasi emas, balki yashash

sifati va barqaror rivojlanish garovidir7.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО‘YXАTI:

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan_Millatlar_Tashkilotining_Iqlim_o’zgarishi_bo’yi

cha_Parij_2015_konferensiyasi

2. https://unfccc.int/topics/adaptation-and-resilience
3. https://eco.gov.uz/
4. https://unfccc.int/topics/transparency
5. https://unfccc.int/process-and-meetings/the-paris-agreement/the-paris-agreement
6. https://sdgs.un.org/

7

https://unfccc.int/topics/adaptation-and-resilience

Библиографические ссылки