29
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
ROMAN – TETROLOGIYANING POERTIK XUSUSIYATLARI
Qo‘yliyeva Gulchehra Nazarqulovna,
Filologiya fanlari doktori(DSc)
Jo‘raqulov Sardor Mashrab o‘g‘li, Mutaqil tadqiqotchi
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15697402
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 19-iyun 2025 yil
Maqolamizda tahlilga tortgan poetika, xususan,
roman poetikasi tushunchasi va bu boradagi nazariy-
metodologik qarashlar qanday taraqqiyot bosqichlarini
bosib o‘tganligi, jahon va milliy adabiyotshunosligida
shakllangan nazariy fikr-qarashlarda
roman
-
tetralogiya xususida qanday ilg‘or fikrlar ilgari
surilganligi masalalari yoritiladi.
KEY WORDS
roman poetikasi, roman –
tetralogiya, epic asarlar poetikasi,
Sharq “ilmi adab”i tushunchasi,
poetik so‘z.
Roman poetikasi tushunchasi qanday idrok etilganligi haqidagi nazariy-metodologik
qarashlar qanday taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan? Jahon va milliy adabiyotshunoslikda
shakllangan nazariy fikr-qarashlarda roman - tetralogiya xususida qanday ilg‘or fikrlar ilgari
surilgan? - kabi masalalarni kuzatishni maqsad qildik. Chunki, mustaqillik davri romanlari
poetikasini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, XX asr o‘zbek
romanchiligi, jahon estetik tafakkuri nazariy va amaliy tajribalari milliy asosda ijodiy
o‘zlashtirilmog‘i lozim.
Jumladan, O‘rta asrlarda poetika (ilmi adab) Sharqda yuzaga kelgan “Madorij as-solikin”,
“Munojot” (Abdulloh al-Ansoriy) kabi asarlar insonni ma’naviy kamol toptiruvchi ilmlar
majmuasi, “zohir va botin pokligi” sanalgan. Adabiyotshunoslikda poetika (ma’oniy, aruz,
qofiya, badoye’) hamda ritorika (bayon va insho) asosida shakllangan. Professor Hamidulla
Boltaboyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, Sharqda: “Ilmi adab filologik, estetik va etik ilmlar
majmuasiga aylangan. Ayrim mutaxassislar uning tarkibiga kalom ilmi, ilmi qol va ilmi holni
qo‘shishi natijasida ilmi adab tarkibi yanada kengaygan.”
Adabiyot so‘z san’ati sifatida muazzam borliq va ruhiyatni poetik idrok etish usuligina emas,
balki uni ifoda etish quroli hamdir. Zotan poetik so‘z inson o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘u, holat
va harakatini ifodalar ekan, uning kitobxon qalbiga yetib borishi, fikr-tuyg‘ulariga ta’sir etishi
hamda munosabat uyg‘otishini ko‘zlaydi. Shu ma’noda, umuman badiiy asar, xususan, roman
adib subyektiv qarashlari asosiga qurilgan, qayta yaratilgan yangi borliqdir. Biz bu borliqning
mohiyatini roman personajlari orqali idrok etamiz. Ba’zan o‘sha timsollar yozuvchi ongu
shuuri, hissiy idrokida paydo bo‘lib sayqal topgach, adabiy mahsulotga aylanishi masalasiga
yetarlicha e’tibor bermaymiz. Vaholanki, adib muayyan obrazni hech qachon shunchaki
yaratmaydi. Chinakam badiiy adabiyot go‘zallik, qonuniyatlari, nafosatga daxldor ifoda
vositalari asosiga quriladi. Shuning uchun, kitobxon his-tuyg‘ulari – botiniy dunyosini boyitadi
va uni ezgulik sari yetaklaydi. Binobarin, har qanday mukammal roman moddiy hayotning
jo‘n nusxasini emas, balki mohiyatini ifoda etadi.
Shuning uchun, biz mustaqillik davrida yuzaga kelgan “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi tahlili va
tadqiqi asnosida tarixiy jarayonning ayni davrdagi holatini emas, balki jamiyat taraqqiyotini
1
Болтабоев Ҳ. Адабиёт энциклопедияси. Биринчи жилд. -Т.: Мумтоз сўз, 2015. – Б. 190.
30
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
harakatga keltirgan omillar qaysi obraz va qanday badiiy vositalar orqali ko‘rsatildi?
Muhammad Ali o‘z ijodiy niyatini kitobxonga anglatishda poetik mahoratini qaytarzda
namoyon qildi? Yozuvchi tarixnavislik, oshkora didaktika va nasihatbozlikdan tuyg‘u va
tasavvur uyg‘otishga yuksaldimi? Kitobxonni o‘ziga darddosh va maslakdosh mahram
sanashga erishdimi?- qabilidagi masalalarni plastik va noplastik obrazlar birligida kuzatdik.
Roman ezgu niyat va jonli inson obrazining sintezi sifatida yuzaga keladi. U go‘zallik tashuvchi
va nafis tuyg‘ular ulashuvchi estetik hodisadir. Roman fikriy, ruhiy-amaliy jarayon hosilasi
o‘laroq, inson obrazi orqali bizga o‘zgarishdagi dunyoni anglash va hissiy idrok etishga
ko‘maklashadi. Shuning uchun roman polifunksional (vazifador) tabiatga ega.
Yaqin o‘tmish adabiyotshunosligida bu janrning ijtimoiy vazifasiga asosiy urg‘u berildi.
Shubhasiz, roman kitobxon ongiga g‘oyaviy-estetik ta’sir qilishiga ko‘ra ijtimoiy hodisa.
Chunki, muallif yangi dunyo yaratishda hayot haqiqatini o‘rganadi. Badiiy asar ham muayyan
yozuvchi o‘zi uchun yozib, ish stoli g‘aladonida saqlaydigan, ba’zan o‘qib zavq va hayrat
tuyadigan yaratiq emas. Tarixiy roman fakt va voqea-hodisalarni ijodiy niyat ijrosiga monand
tarzda hayotdan saralaydi. Shuning uchun, yetakchi obrazlar ko‘pincha, o‘zining protiplariga
ega bo‘ladi.
Demak, kitobxonga mo‘ljallanganlik, fikr aytish, tuyg‘u ulashish uning ijtimoiy xarakteri,
o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etishini ko‘rsatadi. Biroq sho‘ro adabiyotida ushbu holni
mutlaqlashtirish natijasida roman estetik hodisa ekani, yozuvchi faqat ijtimoiy g‘oya
tashuvchisi emasligi unutildi yoxud ikkinchi planga tushirib qoldirildi.
Sho‘ro adabiyotshunosligida yuqoridagi tamoyil bilan bog‘liq ravishda adabiy tarbiyani
g‘oyaviy-mafkuraviy planda tushunish avj oldi. Vaholanki, roman birinchi navbatda hissiy-
emotsional tarbiya vositasi. U kitobxon fikr va tuyg‘ulariga ta’sir etib, yuksak ma’naviy hislar
uyg‘otadi. Inson va borliqni sevish, ardoqlash, go‘zal hamda nozik sezimlarni his qilishga
o‘rgatadi. Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev maqolalarida ko‘p qo‘llanadigan va keyingi
paytda ilmiy tushunchaga aylangan kitobxonning “muvozanatdan chiqish”i aslida – tuyg‘ular
yangilanishi va hayratu zavq tavallud topishi, ma’naviy tozarish holatidir.
Binobarin, “Ulug‘ saltanat” roman - tetralogiyasi poetik jozibasini kuzatish shuni tasdiqlayliki,
so‘nggi yillarda badiiy adabiyotning gedonistik funksiyasiga e’tibor ortgan. Bu hol individual
inson obraziga betakror qadriyat sifatida yondashilayotgani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Epopeyada murakkab va salmoqli milliy-tarixiy ahamiyatga molik voqealar, aks etishi,
tarixning burilish nuqtalarida hayot sahnasiga chiqqan mard, jasur, kurashchan qahramonlar
va ular atrofida jipslashgan el-ulus qismati tasvirlanishi ta’kidlanadi
Albatta, romanda keng qamrovli fikr ifodalanadi. Ayni paytda, milliy romanning o‘ziga xoslini
shundaki, unda bandaning aql-idrok kuchi, quvvai hofizasi bilan qamrab bo‘lmaydigan, hatto
qamrash imkonsiz bo‘lgan ilohiy haqiqatlar ham aks etadi. Chunki inson shunday “olami
kubro” (mikrokosmos) ki, u o‘zini qurshagan “olami sug‘ro” (makrokosmos) dan necha ming
chandon murakkabroqdir. Shunday ekan, Sharq adabiyoti, xusuan milliy romani san’at
hodisasi sifatida:
atrof-muhit (borliq) va inson hayotini ilohiy ne’mat sifatida badiiy ifoda etadi;
kitobxonda go‘zallikni sevish va ardoqlash bilan bog‘liq nafis his-tuyg‘ular uyg‘otadi;
kundalik hayotda odam bolasining o‘z zimmasidagi burch va mas’uliyatini uddalay turib
ham, hatto o‘zi bilmagan holda, ma’naviy baland shaxs ekani uchun jasorat ko‘rsata olishidan
o‘quvchiga ibratli saboq beradi;
qahramon tushib qolgan kulguli vaziyat-holatdan samimiy zavqlanishga o‘rgatadi;
2
Эпопея // Литературная энциклопедия терминов и понятий / Под ред. А.Н.Николюкина – Институт научной
информaции по общественным наукам РАН: Интелвак, 2001. – Стб. 1236-1238 – 1596 с; Эпопея // Словарь
литературоведческих терминов / Ред.-сост.: Л.И. Тимофеев и С.В. Тураев. – М.: «Просвещение», 1974. – С. 472-
475.
31
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
inson fojiasiga hamdard bo‘lish tuyg‘usini yuksaltiradi;
qahramon tushib qolgan ziddiyatli vaziyat-holatlarga befarq bo‘lmaslik hissini kamol
toptiradi;
milliy va umuminsoniy zalvarga ega ruhiy tug‘yonlarni birgalikda kechinishga o‘rgatadi;
barcha yaratiqlarni sevish va sevilish inson hayotiga mazmun, ertangi kuniga umid
bag‘ishlashini anglatadi;
didlarni ingichkalashtiradi va ko‘ngilda hayrat hissini uyg‘otadi
.
Nafis so‘zni qadrlashga
o‘rgatadi;
milliy roman insonning mohiyati va haqiqati, ibtidosi va intihosi, yashash va o‘limning
mazmuniga oid abadiy savollar atrofida bahs yuritadi.
Mustaqillik davri plyuralistik tafakkurigina postsovet makonlarini asl estetik ildizlariga
qaytardi. Adabiyot, xususan, milliy romanning o‘z maqsadiga munosib estetik hodisa sifatida
bo‘y ko‘rsatishiga keng imkoniyat yaratdi. Bugungi milliy romanlarda g‘oyat murakkab
assotsiativ holatlar sodir bo‘lmoqda. Jumladan:
epik voqelikdan liro-romantik yuksaklikkacha ko‘tarilish;
komik, dramatik va hatto tragik vaziyat-holatlarga erkin ko‘chish;
reallikdan xayolotga va undan tush va xotiraga o‘tish va yana hayotga qaytish.
ana shunday belgilar sirasiga kiradi. Bizningcha, bunday rang-barang manzara-holatlar tasviri
millat badiiy didini kamol toptirish va ijodiy qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, estetik didni zaminiy (planetar) miqyosdan ilohiy (kosmik) kenglikka olib chiqish
– bu jahon romanchiligida kechayotgan ijodiy jarayonlarga hamqadam bo‘lishdir. Zotan, yangi
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan inson qadri ulug‘lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat,
xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan chuqur islohotlardan ko‘zlangan
bosh maqsad ham:
“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, degan oddiy va aniq-ravshan
tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli
jamiyat barpo etishdan iborat.”
Bu fikrlar mustaqillik davrida inson eng ulug‘ qadriyat sifatida ardoqlanayotgani nishonasi,
ayni paytda, h ayotni badiiy tadqiq etish vositasi bo‘lgan milliy adabiyotning ko‘pmingyillik
konseptual vazifalariga hamohangligi jihatidan, nainki milliy, balki umuminsoniy mohiyat
kasb etadi. Zotan, ota-bobolarimiz kitobxonni hayotni bilishga o‘rgatish bilan kifoyalanmagan.
Milliy adabiyot hamisha uch bosqichli (bilish – idrok etish – anglash) iyerarxik tizimi sifatida
maqsadli yo‘naltirilgan. Bu jarayon esa, yaxlit holda hayot hodisalarini poetik tadqiq etishga
xizmat qilgan.
Demak, inson qadrini ulug‘lash, alohida insonga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish
tamoyili milliy tafakkurimizga G‘arb individualizmi ta’sirida kirib kelmagan. Biz mustaqillik
davrida yaratilgan “Ulug‘ saltanat” epopeyasini muallif falsafiy-estetik konsepsiyasi nuqtai
nazaridan bilish – idrok etish – anglashga intilsak, milliy romaniy tafakkurimiz uchun nisbatan
yangi – roman- tetralogiya modelining mohiyati yanada oydinlashadi.
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош
Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи. // “Халқ сўзи” , 19 сентябрь 2017 йил.
32
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
Epopeyada murakkab va salmoqli milliy-tarixiy ahamiyatga molik voqealar, aks etishi,
tarixning burilish nuqtalarida hayot sahnasiga chiqqan mard, jasur, kurashchan qahramonlar
va ular atrofida jipslashgan el-ulus qismati tasvirlanishi ta’kidlanadi
.“Ulug‘ saltanat”
tetralogiyasi nafaqat tarixni harakatlantiruvchi ulug‘vor tarixiy shaxs obrazi, balki badiiy
voqelik qamrab olgan davrdagi fan, axloq, ilohiyot, siyosat, ma’naviyat, mafkura masalalarini
ham o‘zida aks ettiradi. Ilohiy go‘zallik bilan uyg‘unlik g‘oyasini ifoda etadi. Bu hol epopeyani
shaklan intellektual san’at namunasiga aylantiradi. Zotan, badiiy haqiqat tarixiy shaxs Amir
Temur va temuriyzodalar xarakterini yanada konkretlashtiruvchi tafsiliy bayon. Dunyoning
obrazli modeli orqali uning sirlarini kashf etuvchi o‘ziga xos poetik tafakkurdir.
Muhammad Alining iste’dod va salohiyati tufayli tetralogiyada tarixiy haqiqat, badiiy va ilmiy
tafakkur o‘zaro birlashdi. Shonli tarixda o‘tgan ulug‘ hukmdor va sarkarda Sohibqiron Amir
Temur va uni qurshagan boshqa shaxsiyatlar dahosining mohiyati badiiy-ijodiy o‘zlashtirildi.
Zamondosh kitobxonga ularning insoniyat tamadduni uchun muhim ahamiyati anglatildi. So‘z
va poetik ifodaning mustahkam birligi orqali tarix va tarixiy shaxs hatti-harakatining davriy
izchilligi, roman tasvir jozibasi ta’minlandi. Ifodaga ko‘chgan xalqchillik va ko‘lamdorlik
kitobxonlarda muayyan fikr-tuyg‘u uyg‘ota oldi.
Badiiy adabiyot – “hayot darsligi”. Roman – odam va olamni ko‘lamli bilish, ijodiy o‘zlashtirish
vositasi. Shuning uchun ham, “Ulug‘ saltanat” epopeyasida ifodalangan dunyo kitobxonlarni
nainki mantiqiy fikrlashga undadi, balki ma’naviy-hissiy muloqotga ham chorladi. Chunki
tetralogida nafaqat rasmiy milliy tarix, balki adabiy qahramon harakat qilgan, ruhan
kechingan, qiynalgan, iztirob chekkan va o‘z irodasiga yo‘naltirishga uringan moziy
haqiqatlari ham aks etdi. Ayni paytda, Sohibqiron Amir Temur davri, muhiti va insoniy
qismati bilan chambarchas bog‘liq tarzda jahonning ko‘plab xalq, elat va millatlari ishonch-
e’tiqodlari, ma’naviy-ruhiy dunyosi, qalb olami, shahar va kentlari, sohir tabiati, san’at va
madaniyati, turmush tarzi ham tasvirlandi. Binobarin, kitobxon ularning barchasi bilan hissiy-
emotsional tarzda muloqotga kirishdi. Anglashiladiki, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi kitobxon
ongi va tuyg‘ulari (fikri va qalbi) ga ta’sir etish orqali:
Birinchidan
, tarixiy o‘tmishidan uzoqlashtirilgan xalqning milliy g‘ururini qayta tiklashga
ko‘maklashdi.
Ikkinchidan,
zamondoshimizni adabiy qahramonlarga hamdard qilish orqali ruhiy
affektlardan xalos qildi. Zotan, kitobxon tetralogiya qahramonlarining hayoti va fikr-
kechinmalaridan o‘z real hayotiga qaytar ekan, uning tarixiy voqelik va tarixiy shaxslar
qismatiga bo‘lgan munosabat rakursi o‘zgardi. Badiiy voqelikni o‘ziga yaqin bilib, undan
ibratlangan kitobxon Muhammad Ali estetik idealiga imkon qadar yaqinlashdi. Uni tushundi
va his qildi. O‘z axloqiy me’zonlariga sezilarli islohlar kiritdi. Ma’naviy-ruhiy jihatdan poklandi
va ezgulik tantanasiga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. Demak, ushbu tetralogiya axloqiy
tarbiya vositasiga aylandi.
Uchinchidan,
jahon xalqlarini umuminsoniy mohiyatda yaqinlashtirish va birlashtirishga
muayyan ulush qo‘shdi.
Ta’kidlash o‘rinliki, tetralogiyaning polufunksional tabiati bilan bog‘liq tarzda yuzaga chiqqan
yuqoridagi hollar u yoxud bu ma’noda, umuman badiiy adabiyotga ham daxldor.
Demak, Muhammad Alining romaniy tafakkuri to‘la ma’noda milliy qadriyatlarimiz, xususan,
islom falsafasi va uning asosi bo‘lgan
“
Qur’oni Karim”, xadisi sharif, payg‘ambar va sahobalar
hayot tarzi haqidagi bitiklar, shuningdek, “Tuzuklar” hamda boshqa ko‘plab tarixiy-adabiy
manbalarga asoslandi. Umuman, roman-tetralogiya mustaqillik davri badiiy-estetik talab-
ehtiyojlariga muvofiqligi, janrning milliy asosda yanada takomillashuviga qo‘shgan hissasi
4
Эпопея // Литературная энциклопедия терминов и понятий / Под ред. А.Н.Николюкина – Институт научной
информaции по общественным наукам РАН: Интелвак, 2001. – Стб. 1236-1238 – 1596 с; Эпопея // Словарь
литературоведческих терминов / Ред.-сост.: Л.И. Тимофеев и С.В. Тураев. – М.: «Просвещение», 1974. – С. 472-
475.
33
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
bilan alohida qimmat kasb etdi. Chunki roman markaziga umumxalq, umummillat
ahamiyatiga molik muammo qo‘yilgan va hal etilgan.
Anglashiladiki, roman-epopeyaning vazifasi nafaqat tarixiy-adabiy qahramonning muayyan
sharoitdagi o‘zgarishini ko‘rsatish, balki ma’lum bir tarixiy voqea, butun bir davr yoki xalq
taqdiridagi burilish davrining keng ko‘lamli tasvirini berishdan ham iboratdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Kuyliyeva, G. N. (2023). CHARACTER IMAGERY AND POETIC EXPRESSION IN
MUHAMED ALI'S TETRALOGY" ULUG ‘SALTANAT”.
Confrencea
,
6
(6), 314-319.
2.
Qo'yliyeva, G. N. (2022). Interpretation of the image of said baraka in muhammad ali's
tetralogy “ulug’saltanat”.
Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities
,
12
(5),
430-432.
3.
Quylieva, G. N. (2020). PLOT CONSTRUCTION IMAGE IN OMON MUKHTARS TRILOGY
“TORT TOMON QIBLA.
Theoretical & Applied Science
, (5), 289-292.
4.
Kuylieva, G., Saymuratova, I., & Jurakulov, S. (2024). Interpretation of man and
universe in historical epics. Modern Science and Research, 3(1), 1-9.
5.
Sardor, J. (2024). EXPRESSION OF MYSTICAL IMAGES IN UZBEK STORYWORKING.
Eurasian Journal of Technology and Innovation, 2(1-1), 40-44.
6.
Turaeva, D. PROCESS OF FICTION CREATIVITY AND WRITER’S SKILL. Zbiór artykułów
naukowych recenzowanych, 70.
7.
Nematullaevna, T. D. (2019). THE PROCESS OF LITERARY CREATIVITY AND
AESTHETIC INTERPRETATION. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English
Language and American Studies, 8(3), 49-53.
8.
Yerjanova, S., & Turayeva, D. (2023). CREATIVE LABORATORY AND ARTISTIC
INTERPRETATION ISSUE. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(6),
832-841.
9.
Saymuratova, I., To‘rayeva, D., & Saidova, S. (2023). BADIIY ASARDA TAVSIFLASH
VOSITALARI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 19-24.
10.
Nematullaevna, T. D. (2022). THE WRITER'S WORLD VIEW AND ARTISTIC IDEA. Open
Access Repository, 9(12), 163-174.
11.
Gulchekhra, K. (2016). On the Specification of Trilogy “Good riddance” by Omon
Mukhtor. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and
American Studies, 5(7), 16-20.
12.
Quilieva, G., & Tursunkulovna, S. I. (2021). Evolutionary development of tetralogy.
European Scholar Journal, 2(6), 115-117