Авторы

  • Nigora Ibragimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.108309

Аннотация

Ushbu maqolada shaxs huquqi va erkinligi hamda jamiyatimizda davlat manfaatlarini himoya qilish orqali shaxs tinchligini va inson xavfsizligi ta’minlash to‘g‘risida mavzu yoritilgan.


background image

18

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

SHAXSNING OZODLIGI, SHA’NI VA QADR-QIMMATI

Ibragimova Nigora

Buxoro davlat universiteti talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15679668

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 17-iyun 2025 yil

Ushbu maqolada shaxs huquqi va

erkinligi

hamda jamiyatimizda davlat manfaatlarini himoya

qilish orqali shaxs tinchligini va inson xavfsizligi

ta’minlash to‘g‘risida mavzu yoritilgan.

KEY WORDS

shaxs

huquqi,

shaxs

erkinligi,

jamiyat,

davlat

manfaatlari, mulkni, tabiiy muhit,

tinchlikni, inson xavfsizligi va jinoiy

tajovuz.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda shaxs erkinlikka qarshi sodir etilgan jinoyat

jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Dastlabki tergov davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyat joriy yilning 24 may kuni

fuqaro V.B.ga nisbatan I.F. tomonidan sodir etilgan va bu haqida ariza bilan murojaat qilingan

vaqtdan boshlab mazkur holat belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan holda, ichki ishlar

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 391-moddasi tartibida tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga

oshiriladi.

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining umumiy qism, birinchi

bo‘lim I bobida “Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari” ko‘rsatib o‘tilganidek, 2-

moddasida kodeksning vazifalari, ya’ni shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va

davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy

tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika

Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, fuqarolarning

shaxsiy hayoti haqidagi yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni

oshkor qilmaslik qonunda belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 27 va 48-moddalarida

inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat

hisoblanishi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan,

shaxsiy hayotiga

aralashishdan himoyalanish

kishilarning huquqlari erkinliklari,

sha’ni va qadr-qimmatini

hurmat qilishga majbur ekanliklari

qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi

Qonunining (yangi tahrirda) 6-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari

orqali

fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini

yoki ishchanlik obro‘sini

tahqirlash,

shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi

belgilangan.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 17-moddasiga muvofiq, inson sha’ni va

qadr-qimmatini kamsitadigan,

uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib


background image

19

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ketishiga olib keladigan, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan,

asossiz ravishda unga jismoniy

va ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish

taqiqlanadi

.

Ushbu kodeksning 19-moddasiga ko‘ra, shu va shunga o‘xshash ma’lumotlarni oshkor

qilmaslik maqsadida ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.

Afsuski, milliy qonunchiligimizda fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi yoki ularning

sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik qonuniy zarurat

sifatida belgilangan bo‘lsa-da, jinoyat ishi doirasida shaxsga doir ma’lumotlarning keng

jamoatchilikka oshkor qilinishi natijasida ushbu shaxs va uning yaqinlari o‘zlarini jamiyatdan

olib qochishlariga, ularning ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkinligi ba’zi mutasaddilarning

e’tiborlaridan chetda qolmoqda.

Bundan tashqari, bu toifadagi jinoyatlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish davomida

jabrlanuvchi va uning oila a’zolaridan intervyu va boshqa jinoyat ishiga aloqador

ma’lumotlarni olib, ishni sudgacha borgunga qadar fuqarolar orasida

jabrlanuvchining

ko‘rsatmasi asosida boshqa shaxslarni aybdor qilib ko‘rsatish holatlari uchrab turibdi.

Olib borilyotgan tergovlar natijasida ba’zi hollarda gumon qilinayotgan shaxsning

aybsiz bo‘lib chiqayotganligi ham hech kimga sir emas. Misol tariqasida viloyatlarida sodir

bo‘lgan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlari ham avvaliga tergov organi tomonidan adolatli

qaror qabul qilinmayotganligi haqida keng jamoatchilik o‘rtasida xabar tarqatilgan bo‘lsa-da,

biroq dastlabki tergov jarayonida to‘plangan dalillarga asosan ushbu jinoyatlardagi

holatlar

aslida to‘qib chiqarilganligi

va jabrlanuvchilarning shu tariqa ko‘rsatmalar berishida

boshqa bir shaxslar manfaatdor ekanliklari

aniqlangan.

Aynan, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish – barcha davlat organlari va

jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyati bo‘lib, ijtimoiy

tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan har bir jinsiy erkinlikka qarshi

jinoyatlar zamirida undan jabr ko‘rgan fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘si yotadi.

Afsuski, ba’zi hollarda mazkur jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda

keng muhokamaga sabab bo‘lishi, u haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz va ko‘r-ko‘rona bayon

etib borilishi jinoyatdan jabrlanganlar tomonidan suitsidial harakatlarni amalga oshirishlariga

sabab bo‘lishi mumkin.

Shu munosabat bilan keng jamoatchilik, mas’ul mutasaddilar hamda blogerlardan

yuqorida keltirilgan faktorlarni inobatga olgan holda, bunday turdagi jinoyatlarni tafsilotlarini

yoritmaslik, faqatgina sud hukmi kuchga kirganidan so‘nggina, belgilangan tartibda davlat

idoralarining rasmiy xabarlariga asosan ma’lumotlar yoritilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga etish orqali, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

kodeksining bir qator moddalarida shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish natijasida

sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilganligi haqida eslatib o‘tishni

lozim topamiz.

Keyingi kunlarda mazkur mavzular afsuski, trendga chiqib bormoqda.

Menimcha, bu masalaning ikkita muhim mezoni, qirrasi bor.

Birinchi mezoni – masalaning axloqiy, ma’naviy tomoni. Albatta, har bir shaxs o‘zining

reputatsiyasi borasida, alohida qayg‘urishlari kerak. Muomula madaniyati, “me’yoriy etika”,

“axloq normalari”ga rioya qilish darajasi, yuqori bo‘lishi kerak. Chunki, har bir shaxs

jamiyatning ishonch darajasi pasayishiga sabab bo‘lib – bu esa joylarda hokimiyat va davlat

organlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga sabab bo‘ladi.

Ikkinchi tomoni, bu huquqiy mezon hisoblanadi. O‘zbekiston, Konstitutsiyaga ko‘ra –

huquqiy davlat. O‘zbekiston hududida va uning fuqarolari bilan bo‘ladigan barcha

munosabatlar zamirida shaxs huquqi turishi kerak.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir fuqaro, inson – shaxsiy hayot daxlsizligi

huquqiga ega. Jumladan, davlat mulozimlari ham. Ya’ni, kimdir davlat mulozimi bo‘lib ishlasa,

va u davlat budjetidan oylik olsa – uning shaxsiy daxlsizligini buzish mumkin degani emas.


background image

20

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Har bir shaxs va davlat mulozimi, ish vaqtida va ish joyida maishiy axloqsizlik qilsa,

to‘g‘ridan to‘g‘ri axloq kodeksini buzgan bo‘ladi, davlat va jamiyat oldida olgan

majburiyatlarini bajarmagan bo‘ladi. Bu – huquqiy ayblovlar uchun asos bo‘la oladi.

Agar yuqoridagi ikkala savolga ham “yo‘q” degan javob olinsa, har bir shaxs

hokimiyatga bildiriladigan e’tiroz, to‘liq huquqiy maqomga, huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi.

Xalqaro va O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, davlat mulozimlarining ham shaxsiy hayoti

daxlsiz bo‘lishi kerak. Bu masala, ayniqsa, hozirgi informatsion texnologiyalar, ijtimoiy

tarmoqlar davrida juda dolzarb hisoblanadi.

Agar O‘zbekistonda shaxs huquqi va tafakkuri rivojlanmasa, yoki zaif rivojlansa, bu

jamiyatda o‘ta kuchli ziddiyatlarni, ijtimoiy va siyosiy inqirozlarni keltirib chiqarishi aniq

bo‘ladi. O‘zbekiston aholisi, davlat institutlari aniq tasavvur qilishi kerakki, global axborot

oqimlari davrida, millatning inson qadr-qimmati va shaxsiy hayot daxlsizligi tushunchasi

mustahkam rivojlanishi kerak.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jin

oyat protsessual kodeksi

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi