13
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
ALVEOLITLARNI DAVOLASHDA TURLI XIL DORI
PREPARATLARINING SAMARADORLIGINI QISYOSIY
BAHOLASH.
Самадова Шахзода Исаковна
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti
PhD доцент., samadova.shahzoda@bsmi.uz
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15679619
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17-iyun 2025 yil
Tish tortilgandan keyingi asoratlardan biri alveolyar
katakchada yallig’lanish protsessi va qon- ketishdir. Bu
asoratlar eng ko'p va keng tarqalgan b o'lib tez-tez
jarroxlik operatsiyasidan keyin takrorlanib turadi. . Bir
qator tadqiqotchilarning fikricha ,alveolit bilan
kasallanish 13,4 dan 42,8% bemorlarda uchrab
turadigan asoratlardan biridir. [2, 3, 4].
Ayrim
mualliflar alveolit rivojlanishining etiologiyasida
yuqumli va travmatik omillar muhim ahamiyat kasb
etishi haqida aytganlar[1,3]. Alveolitning rivojlanishiga
tish
tortilgandan
keyingi
jag’
katakchasidagi
to'qimalarining fibrinolitik faolligi
immunologik
o'zgarishlar, va hamrox kasalliklar yallig’lanish
protsessini avj olishiga sabab
bo'ladi. [2, 4]. Ko'p sonli dorilar va davolash uchun
tavsiya etilgan usullar bu asoratning oldini olish, amaliy
tomonidan duch kelgan qiyinchiliklar yechimini topadi
[1, 2].
KEY WORDS
lveolit,
giperimiya,galitoz,
regeneratsiya
Tadqiqotning maqsadi. A
lveolitni oldini olish va davolash samaradorligini baholash uchun
dori preparatini tanlashdan iboratdir.
Materiallar va tadqiqot usullari.
Bizning nazoratimiz ostida 132 ta 19 yoshdan 65
yoshgacha bo'lgan bemorlar, shundan 47 nafari erkaklar va 85 nafar ayollardan iborat edi.
Bemorlarni 3- guruxga bo'ldik.
Tadqiqot olib borish maqsadida tanlangan bemorlarning aksariyati tish tortilandan
keyingi 3-4 kuniga kelib stomatologik yordam olish uchun murojjaat qilganlar hisoblanadi. 1
va 2-guruh bemorlarini tuliq nazorat qilingandan sung alveolyar katakdan oziq-ovqat
qoldiqlarini, parchalangan qon laxtaklari alveolyar suyakning kichik bo'laklari olib tashlandi,
keyin iliq furatsillin, 3% vodorod periks eritmasi bilan yuvildi (1:5000) va quritiladi. 1-
guruhdagi bemorlar (30) alveolyar tish jag katakchasiga tarkibiga lidokain va eugenolni o'z
ichiga olgan Septodont (Fransiya) dan "Alvogil" pasta kiritdildi. 2-guruhdagi bemorlarning
alveolyar katakchasiga (38) mahalliy ishlab chiqarilgan alveostaz-gemostatik gubka va
tampon (eugenol, timol,yodoform, lidokain, propolis, kaltsiy fosfat va butil paraaminobenzoat
tuyintirilgan) kiritildi. Alveostaz-gemostatik gubka ijobiy xususiyati ma'lum bo'lishicha,
gemostatik
tas’irdan tashqari, samarali og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi
xususiyatlari mavjud bo’lib, alveolyar katakga kiritilganda, namlantirish, normal qon
laxtaklari hosil bo’lishiga yordam beradi va regeneratsiya jaraenini tezlashtiradi. Ushbu
preparatni alveolyar jag katkchasiga kiritilgandan so'ng regeneratsiya jaraenini stimullaydi
14
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
va tezda so'rilib ketish xususiyatiga ega. Alveostaz-gemostatik gubka bilan solishtirilganda -
tamponda so'rilish xususiyati mavjud emas jag katakchasiga kiritilgandan keyin hosil
bo’ladigan granulyatsion to'qima tamponni itarib chiqarib tashlaydi.
1 va 2 gurux bemorlarni takroriy tekshirishr 1-3 kundan keyin o'tkazildi, 3-5 soat
davomida ovqatlanmaslik va og'iz gigienasiniga rioya qilish tavsiya qilindi. Ba'zi bemorlarga
ko'rsatmalarga muvofiq og'riq qoldiruvchi vositalar , antibiotiklar, fizioterapevtik muolajalar
UVCh va quruq issiqlik buyurildi. Bemorlarni 3- guruxiga alveolit rivojlanishini xavfi taxmin
kilinganda alveolyar katakga profilaktik maqsadlarda, alveostaz-gemostatik gubka kiritildi. Bu
asosan murakkab, atipik tish olish jarroxligidan keyin qo’llanildi. Amaliy Tavsiyalar uchala
gurux bemorlariga ham bir xil tavsiya qilindi.
Tadqiqot natijalari muhokamasi
Olingan ma'lumotlarni tahlili shuni ko’rsatadiki alveolit
rivojlanish chastotasining yoshga bog'liqligi bemorlarning jinsiga, murrakkab tish olish
jarroxligi o’tkazilganda yuzaga keladigan bir qancha etiologik omillarga chambarchas
bog’likdir. Ko’rsatkichlar tahlil qilinganda ayollarda (60,5%) alveolit tez-tez uchraydi
erkaklarda (34,3%) da 55 yoshdan oshgan bemorlarda esa bu asorat faqat 9 ta holatda qayd
etilgan.
Tekshirilgan bemorlarning 31 nafarida (47%) alveolit murrakab tish tortish operesiyasi
pastki jag'ning molyarlari, olinganidan keyin yuzaga kelgan.
Ulardan 14 ta (38%) holatda 8- tishlar tortilgandan keyin yuzaga keldi.
Tadqiqot olib borilgan shaxslarning 44 tasida (66,2%) surunkali granulyatsiyalangan va
granulyamatoz periodontit, 11 da (17,6%) – surunkali parodontit, 7 (11,8%) bemorda
distopiyaga uchragan tish, 3 tasida (4,4%) – utkir periodontit tashxisi tufayli tortilgan tishlar
edi. Ko'pgina bemorlarda tish olish operatsiyasi davrida, elevatorlar omburlarning bir
qancha xillari va bor mashinalardan foydalanish alveolyar jag katakchasiga travmatik jaraeni
yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari 15 ta bemorlarda organizmning immun
holatining pasayishi hisobidan, oddiy travmatik jaroxatlarsiz xam alveolit yuzaga kelishi
kuzatildi. Ushbu bemorlarda jag’larning alveolyar katakchasida 1-3 kun o'tgach turli
intensivlikdagi og'riqni yuzaga kelishi va ko’pgina hollarda og’riqning irradiatsiyasi chakka va
quloq sohasiga tarqalishidan bemorlar shikoyatiga sabab bo’ldi. Tekshiruv olib borilgan
bemorlarning 23 tasida organizmda umumiy intoksikatsiya holatlari va shuningdek tana
haroratiining oshishi kuzatildi. Og'iz bo'shlig'ini ko’zdan kechirilganda , milklar shishgan va
giperemiyalangan. Jag alveolyar katachasida qon laxtaklari yuzasi kulrang fibrin karash bilan
qoplanganligi kuzatildi. Bemorlarning 15 tasida, akl tishlarda murakkab tish olish
ekstraksiyasidan
keyingi klinik holatlar, yutinishning qiyinligi va og’iz ochishning
chegaralanishi ifodalandi. 18 bemorda pastki jag mahalliy limfa tugunlarining kattalashishi
uch nafar bemorda esa pastki jag'ning periostiti rivojlandi. Tibbiy yordam ko'rsatilgach, 1-
guruh bemorlarining 16 nafar bemorda , og'riq 2-3 kunlarda kamaydi, 9-da - 4-5-kunlarda,
yallig'lanish protsesslari asta-sekin 4-7 kun, alveolyar katak to’liq regeneratsiyasi 8-12
kunlarda yuzaga keldi. 5 nafar bemorda umumiy holsizlik va og’riqnig borligidan shikoyat
qildi. Alvogil preparatinig , alveolyar jag katakchasida qisman saqlanib atrof milk tuqimasida
shish va giperemiyani yuzaga keltirdi. Ushbu preparat bilan jag’ katakchasi qayta ishlov
berilganda og’rik va yallig’lanish protsessining intensivligi pasayishi kuzatildi. Qatnovlar soni
urtacha 3-4 kunni tashkil etdi. 4 ta bemorda to'liq va 5 bemorda qisman Alvogil preparatini
jag katakchasiga mavjudligini guvoxi bo’ldik. 2-guruhdagi 36 bemorda alveveostaz tamponi
kiritilgandan keyingi birinchi soatlarda og’riqning pasayishi, organizm umumiy holatining
yaxshilanishi va uyquning normal holatga kelishi kuzatildi. Alveostaz preparati bialogik
moddalarga to’yintirilgan bo’lib u jag’ katakchasi ichini to’liq qoplaydi. Giperemiya va
milklarning shishishi ushbu guruxni 1-guruhi bilan solishtirganda bu gurux bemorlarda 3-5
kunga kamaydi. 24 bemorda 5-7 kunlarda kelib milk to’qimasi epitelizatsiya boshlanishi
aniqlandi.
12 nafar bemorda alvostaz
preparatini tampon kurinishda ishlatilganda
tadqiqotning 7- 10 kuniga kelib alveolyar katak granulyatsion to’qima bilan to’lishi kuzatildi.
15
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
3-guruhdagi 64 bemordan qayta nazorat uchun atigi 37 tasi qayta ko’rikga keldi. 34 ta
bemorda hech qanaqa klinik belgilar kuzatilmadi, jag katakchasida ikkilamchi epitelizatsiya
aniqlandi. Bemorlar murakkab tish tortish operatsiyasi o’tqazilgandan keyingi simillovchi
og’rikga va og’iz ochishining chegaralanishidan shikoyat qilishdi. Alveolyar katak atrofidagi
milk to’qimasi shish va qizarishning kamligi va yallig’lanish jaraenining aktivligi pasayishi
to’liq regeneratsiya jaraeni yaqqol namoen bo’ldi. Bunday bemorlarda davolanishdan keyin
antiseptiklar bilan og'iz bo’shligi chayilib , fizioterapevtik muolajalar qabul qilishi natijasida
og'riqni intensivligi pasayishi kuzatildi va normal yara bitishi namyon bo’ldi. Alveolit
rivojlanishi kuzatilmadi. Alvogil va alveostazdan foydalanganda toksik va allergik reaktsiyalar
aniqlanmadi va bu bemorlarda spetsefik dori preparatinig xidini normal qabul kilindi.
XULOSA .
Shunday qilib tadqiqotimiz natijalari shuni ko’rsatdiki alveostaz-gemostatik gubka
gemostatik, og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi xususiyati alvogilga qaraganda kuchli
ta’sir mexanizmiga ega. Alveostaz bemorlarda namoyon bo’ladigan klinik belgilarni tez orada
bartaraf etilishiga va profilaktik maqsadda ishlatilishiga tavsiya etiladi. Ushbu preparatni
hozirgi kunda qo’llanilishi boshqa yallig’lanishga qarshi ishlatiladigan vositalarga nisbatan
uch barobar arzon va bemorlarga iqtisodiy samaradorligi juda xam qulaydir.
Foydalanilgan adabietlar .
1. Samadova Shahzoda Isakovna CLINICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN UNDER
INVESTIGATION FOR DENTAL CARIES AMONG CHILDREN. International Journal of Health
Systems and Medical Science ISSN: 2833-7433 № 6 June – 2023 Р.64-68
2. Samadova Shahzoda Isakovna THE LEVEL OF OCCURRENCE OF DISEASES OF THE
MUCOUS MEMBRANE OF THE ORAL CAVITY AND DENTAL CARIES (literature review)Vol. 22
No. 8 (2023): ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ Выпуск
журнала № 22 Часть-8 P.101-106
3. Samadova Shahzoda Isakovnа MODERN METHODS OF DIAGNOSTICS OF LICHEN PLANE
European Journal of Modern Medicine and Practice (EJMMP) Vol. 3 No. 4 (2023): EJMMP
PUBLISHED: 2023-04-04 P.33-36
4. Самадова Шахзода Исаковнa СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ КРАСНОГО
ПЛОСКОГО ЛИШАЯ Journal of new century innovations | www.newjournal.org | Volume27 |
Issue-3 Vol. 27 No. 3 (2023) Р.118-123
5. Sh.I. Samadovа Changes In Biochemical Indicators During the Development of Alveolitis.
Journal of Eurasian Medical Research Periodical Volume 35| August 2024 ISSN: 2795-7624 P.
56-59
6.Khojaeva*, Otabek Rajabov, Lola Muhsinova, Dilafruz Hamroyeva, Shahzoda Samadova, and
Nozima Kazakova. Increasing the effectiveness of complex influence on the condition of
parodontal tissue in patients with diseases of the digestive system and having fixed dentures
BIO Web of Conferences 121, 03005 (2024)
https://doi.org/10.1051/bioconf/
7. Samadova Shaxzoda Isokovna New Methods for Treating Inflamed Dental Alveoli and
Characteristics of Osteoplastic Materials Used for Treatment. International Journal of
Integrative and Modern Medicinе Volume 2, Issue 6, 2024 ISSN: 2995-5319 Р.806-809
8. Samadova Sh.I PASTKI JAG MOLYAR TISHLARINI OLINGANDAN
16
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
KEYIN YUZAGA KELADIGAN ALVEOLITLARNI OLDINI OLISH VA KOMPLEKS DAVOLASH.
International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 3 ISSUE 6
ISSN: 2181-3906 2024 Р.298-302