190
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSION
MASHG‘ULOTLAR ORQALI KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
O‘QUVCHILARNING MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH
Nodira Abiddinova
Toshkent viloyati Bekobod tumani 41-maktab psixologi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15673437
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 15-iyun 2025 yil
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik diagnostika
va korreksion mashg‘ulotlarning mazmuni, maqsadi
hamda
ularning
amaliy
ahamiyati
yoritiladi.
O‘quvchilarning
psixologik
holatini
o‘rganish,
emotsional va ijtimoiy muammolarini aniqlash, ularning
shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni
bartaraf
etish
psixologik
xizmatning
ustuvor
yo‘nalishlaridan
biri
sifatida
ko‘rib
chiqiladi.
Shuningdek,
maqolada
maktab
amaliyotchi
psixologining diagnostika va korreksiya jarayonidagi
roli, zamonaviy usullardan foydalanish samaradorligi,
individual va guruhli yondashuvlar asosida olib
boriladigan mashg‘ulotlar tavsifi keltiriladi. Ushbu
jarayonlar o‘quvchilarning moslashuvchanlik, o‘ziga
ishonch, muloqotga kirisha olish kabi psixologik
ko‘nikmalarini
rivojlantirishga
xizmat
qilishi
ta’kidlanadi.
KEY WORDS
Psixologik diagnostika, korreksion
ishlar, maktab psixologi, kichik
maktab yoshi, shaxsiy rivojlanish,
emotsional muammolar, ijtimoiy
moslashuv, individual yondashuv,
guruhli mashg‘ulotlar, o‘quvchi
psixologiyasi, moslashuv davri,
rivojlantiruvchi
metodlar,
psixologik
yordam,
amaliy
yondashuv,
muammoli
xatti-
harakat, maktab muhiti
Ma’lumki, o’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun
ham imkoniyat yaratadi. Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan ham tashqari boshqa faoliyatlar
o’yin, muloqot va mehnat ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu faoliyalar
asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib
topa boshlaydi. O’quv faoliyati o’quvchilarda o’qishda muvaffaqiyatga erishish extiyojini
qondirsa, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lish imkoniyatini ham yaratadi.
Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qishga harakat qilish
mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zi erishgan muvaffaqiyatini boshqa
tengdoshlarining muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo’lish
nihoyatda muhim.Bu yoshdagi bolalarda musobaqaga kirishish motivi doimiy extiyoj sanalib,
bu motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha davrida
boshlanib, kichik maktab hamda o’smirlik davrida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bolalar
kattalarning u haqidagi bergan baxo va fikrlariga qarab, o’z-o’ziga beradigan baxosi, asosan,
to’g’ridan to’g’ri o’qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatidagi muvaffaqiyatiga
bog’liq. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi tasirlarga
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalashga yaxshi
imkoniyat yaratadi. Bu davr bolaning turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatga erishishini belgilab
191
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
beruvchi asosiy shaxsiyxususiyatlarini yuzaga kelish va mustahkamlanish davri hisoblanadi.
Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan birgalikda mehnatsevarlik va
mustaqillik kabi sifatlari mustahkamlanib boradi. Mehnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan
ishidan zavq olsagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan
kattalarga bog’liq. Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq bo’lsa unda asta
sekinlik bilan boysunuvchanlik, tobelik xususiyatlari mustahkamlanib boradi. Biroq bolani
vaqtli mustaqillikka undash, unda bazi salbiy hislatlarini rivojlanishiga ham olib kelishi
mumkin. Chunki hayotiy tajribalarni kimlargadir taqlid qilgan holda o’zlashtiradi.
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil ishlarni ko’proq buyurish va ishonch
bildirish nihoyatda muhimdir. Shunindek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish
kerakki, unda bolaga biror bir ishni mustaqil, ijtimoiy vazifa bajarishni topshirish, bu ishni
bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his
qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. Maktab
yoshidagi bola o’zining individual xususiyatlarini anglaydi. Bolani o’z-o’zini anglashi ham jadal
rivojlana boradi va mustahkamlana boradi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada
ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan
ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bola o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzulishiga
beradigan baxosi ham o’z-o’zini anglashida kata ahamiyatga ega. Kichik maktab davrining
oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz tuzilishiga alohida e’tibor bera
boshlaydilar. Ular o’zlarining o’quv faolayati jarayonida o’zlaridagi xulq-atvori va faoliyatini
o’zi tomonidan muvofiqlashtirish qobilyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish
qobilyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan
qiziqishni qaror toptirishga yordam beradi. O’quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham
ozgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Ahloqiy his
tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi. 5-6 yoshlarda ko’zga tashlangan
bolaning xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Shuning uchun “Bola
boshidan” kabi maqollar xalq o’g’zaki ijodida ko’plab uchraydi. O’smirlik davrinig
boshlanishiga kelib juda ko’pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning
individualliklari ularni bilish jarayonlarida ham ko’zga tashlanadi. Bu davrda bolalarning
bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga
borib ayrim o’quvchilarning umumiy va mahsus layoqatlari ko’zga tashlanadi. Kichik maktab
yoshida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi
mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu yoshdagi bolalarda diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq to’liq rivojlanib bo’lganligi uchun
ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin
Ma’lumki, o’quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo’lga qo’yish uchun ularning
xarakter xislatlari va shaxsiy xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarkib toptirish ayni
muddaodir. Har bir o’quvchini individual ahloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan
subyekt bilan individual munosabatda bo’lish imkonini beradi. 8-10 yoshli bolaning shaxsiy
fazilatlari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beriluvchandir. Buyuk
allomalar ta’kidlagalaridek, kishining xarakteri hammadan ko’proq uninig hayotining
dastlabki bilimlarida tashkil topadi va mazkur xislatlatida namoyon bo’lgan sifat mustahkam
o’rnashadi va bolaning mustahkam tabiatiga aylanadi. Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy xis-
tuyg’ularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak insoniy sifatlarni ularda
shakllantirishda barcha ma’suliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. 3-4
sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatning ham ahamiyati ortadi. Bu
munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi
bolalar soatlab yolg’iz qolgan holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va
shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bolaning “Ego”
muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar
192
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartib-
qoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrochidir. Bola bu bosqichda o‘z
harakatlariga ongli tarzda baho bera boshlaydi, o‘zini tengdoshlari bilan solishtiradi, o‘zining
ijtimoiy mavqeini anglashga harakat qiladi. Bu esa unda ijtimoiy ongning shakllanishi, o‘z-
o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini boshqarish kabi psixik jarayonlarning
rivojlanishiga xizmat qiladi. Aynan shu davrda bola o‘zida mas’uliyat hissini, burch
tushunchasini shakllantira boshlaydi. Shuningdek, mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv,
ijodiy tafakkur kabi kompetensiyalarni rivojlantirishga zamin yaratiladi. Bu yoshdagi bolalar
axloqiy me’yor va qadriyatlarni qabul qilishga moyil bo‘ladilar. Shu sababli ularning
ijtimoiylashuvi, ya’ni o‘zini jamoa a’zosi sifatida ko‘ra olishi, guruh ichida o‘z o‘rnini topishi,
birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini egallashi tarbiya jarayonining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri hisoblanadi. O‘quvchilarda jamoa bilan ishlash malakasini shakllantirish, ular orasida
o‘zaro hurmat, do‘stlik, yordam ko‘rsatish kabi ijobiy munosabatlarni targ‘ib qilish
boshlang‘ich bosqichdayoq boshlanishi zarur. Pedagog bu davrda faqat bilim beruvchi emas,
balki yo‘l ko‘rsatuvchi, ruhlantiruvchi, emotsional tayanch bo‘lishi kerak. O‘qituvchining
mehribon, adolatli, izchil, talabchan va ayni paytda bag‘rikeng bo‘lishi bola ruhiyatiga bevosita
ta’sir qiladi. Aynan boshlang‘ich sinfda bolaga berilgan baho, bildirilgan fikr, o‘qituvchining
kayfiyati bola o‘zini qanday his qilishi, o‘z imkoniyatlarini qanday ko‘rishi va o‘ziga bo‘lgan
ishonchi shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli boshlang‘ich maktab davrida o‘quvchi
shaxsini rivojlantirishda faqat bilim o‘rgatish emas, balki uning hissiy-emotsional holatini
inobatga olish, ijtimoiy psixologik ehtiyojlarini qondirish, sog‘lom ruhiy muhit yaratish asosiy
vazifalardan biri sanaladi. Bunday yondashuv orqali bola o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon eta
oladi, hayotga ijobiy munosabat shakllanadi va bu esa uning kelgusidagi muvaffaqiyatli shaxs
sifatida voyaga yetishiga asos yaratadi.
Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-o’zidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki
tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat.” Z.
Freyd boyicha bu yosh davri:Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha
o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga
intilish asosan o’zini jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi. Freydning
odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni
rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi
o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy
xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. O’quvchining ushbu yosh
davrida o’qtuvchining har bir aytgan so’zi, xar bir xatti- harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning
uchun haqiqat mezoni bo’lib qoladi. Chunki o’quvchilar o’z o’qtuvchilariga juda qattiq
ishonadilar, ularning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik taktdan o’ta
ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga qat’iy amal qiladilar. Ana shu tomondan pedagog bergan
barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vaziyatlarni hal qilishga intiladilar, ularni o’z vaqtida
ado etishga intiladilar. Ta’lim olish vaqtida hal etilmagan muammolar, qiyinchiliklar,
oquvchilarga bilim, ko’nikma, malakalarning yetishmasligi oqibatida o’quv faoliyatidagi
shaxslararo munosabatlar yanada taranglashadi. O’quvchilar oldiga ular mustaqil hal etishi
lozim bo’lgan vazifalar qo’tiladi. (o’z bilimlarini sinash va taqqoslash, ta’lim tizimidagi yangi
shart – sharoitlarga moslashish, avval bitta pedagog topshiriqlarini bajargan bo’lsa, Yuqorida
aytib o’tilgan vazifalarni to’g’ri bajarilishi, o’qituvchining o’quvchilar bilan mazmunli suhbat
uyushtirishi, ularda chuqur taassurot qoldiradi va faollik ko’rsatishga undaydi. Kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarni shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonida yuksak samaraga erishish
uchun ularning yosh individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish taqazo qilinadi. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda ularning psixologik
ehtiyojlari, hissiy holatlari va rivojlanish bosqichlari chuqur o‘rganilishi lozim. Ular ko‘pincha
o‘z his-tuyg‘ularini so‘z orqali to‘liq ifoda eta olmaydi, shu bois, pedagog va psixologlarning
193
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
ularning harakatlariga, yuz ifodalariga, darsdagi ishtirokiga nisbatan sezgir yondashuvi
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda shakllanayotgan o‘z-o‘zini baholash, ishonch hissi va
tashabbus ko‘rsatish kabi fazilatlar, aynan ta’lim muhiti va unga berilgan psixologik
yondashuv orqali rivojlanadi. Agar bu ehtiyojlar e’tiborsiz qoldirilsa, bolalarda o‘ziga
ishonchsizlik, ichki konfliktlar, kommunikativ qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Shu
sababli, o‘qituvchi va maktab psixologi o‘rtasidagi hamkorlikda olib boriladigan diagnostik
ishlar, korreksion mashg‘ulotlar va ijtimoiy-emosional qo‘llab-quvvatlash vositalari muhim
o‘rin tutadi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar uchun o‘yin faoliyati, rolli o‘yinlar, hikoya
tahlillari, rasmlar asosidagi suhbatlar, dramatizatsiyalar kabi mashg‘ulotlar orqali ularning
ichki dunyosini ochib berish, fikr yuritish va o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirish
mumkin. Aynan shu usullar orqali bolaning shaxsiy holati, ichki muammolari, ehtiyojlari
aniqlanadi va unga mos individual yondashuv ishlab chiqiladi. Yakuniy maqsad — bolani
sog‘lom psixologik muhitda o‘z qobiliyatlarini namoyon qila oladigan, ijtimoiy moslashgan,
barqaror emotsional holatga ega shaxs sifatida shakllantirishdan iborat. Bunda nafaqat o‘quv
dasturi, balki mehrga asoslangan yondashuv, motivatsiyani rag‘batlantirish va samarali
muloqot muhitini yaratish hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Xulosa
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi va shaxsiy shakllanishi
murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u puxta o‘ylangan pedagogik va psixologik
yondashuvni talab etadi. Bu bosqichda har bir o‘quvchining individual psixologik
xususiyatlarini aniqlash va ularni inobatga olgan holda korreksion hamda diagnostik ishlarni
tashkil etish — ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Psixologik xizmat faoliyatida aniqlik, uzluksizlik va tizimlilik asosida ishlash natijasida
o‘quvchilarda o‘ziga ishonch, ijtimoiy faollik, emotsional barqarorlik, o‘quv faoliyatiga ijobiy
munosabat kabi shaxsiy fazilatlar shakllanadi. Shu nuqtai nazardan maktab amaliyotchi
psixologi va pedagoglar o‘zaro hamkorlikda ishlash orqali o‘quvchilarning muammolarini
barvaqt aniqlab, ularni samarali yechishga yordam bera oladilar. Demak, kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishida psixologik yondashuvning o‘rni beqiyos
bo‘lib, bu sohada olib boriladigan har bir ish bolaning kelajagi, ta’lim sifati va jamiyatdagi o‘rni
uchun mustahkam poydevor yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Z. Isaqov O’zbekistonda sog’lom avlodni shakllantirishning ijtimoiy, pedagogik –
psixologik asoslari.- Toshkent.: TDPU 2014.
2.
E. G’. G’oziyev Ontogenez psixologiyasi.- Toshkent.: 2010.
3.
G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet.
Toshkent – 1997 134 b
4.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 2002.- 96 b.
5.
http://info-tashxis.uz/