157
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
XALQ MAQOLLARINING LINGVISTIK TADQIQI: MUAMMO
VA VAZIFALAR
Zulxumor Axrorova,
Urgut tuman 148-maktab o‘qituvchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15669478
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 03-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 15-iyun 2025 yil
Ushbu maqolada xalq maqollarining nazariy va
amaliy jihatlari jahon tilshunosligida olib borilgan
izlanishlarga to‘xtalib o‘tildi
.
KEY WORDS
maqol, metal, naql, parema,
frazema, farazeologiya
Dunyo tilshunosligida maqollarning tadqiqi bir muncha oldin boshlanganligini kuzatish
mumkin. Xususan, bu boradagi ishlar rus tilshunosligida XIX asrning birinchi yarmida
boshlangan bo‘lib, ularning dastlabki tadqiqi V.I.Dall, M.I.Shaxnovich, M.A.Rubnikova
tomonidan amalga oshirilgan. Ular tomonidan minglab maqollarni o‘z ichiga olgan to‘plamlar
yaratilgan. Bunda, ayniqsa, Mixail Iosifovich Shaxnovichning xizmatlari katta bo‘ldi. U ko‘plab
rus maqollarini to‘plab, izlanishlar olib bordi va 1936-yilda “Rus maqol va matallari tarixiy
manba sifatida” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yili uning 1435 havoladan
iborat bo‘lgan bibliografik ko‘rsatkichi, “Rus matal va maqollarini to‘plash va o‘rganishning
qisqacha tarixi” nomli asari ham nashr etildi. M.Shaxnovich tomonidan 1933-yilda “Pop va
dinlar to‘g‘risidagi maqol va matallar”, 1945-yilda “Rus xalqining harbiy maqollari. Maqol va
qanotli so‘zlar to‘plami” kabi asarlar e’lon qilingan[13].
Ayrim olimlar tomonidan maqollar matal, frazeologizmlar bilan bitta hodisa yoki shunga oid
tushuncha sifatida tadqiq qilinadi. Rus tilshunosligida maqollar va matallar bo‘yicha jiddiy
izlanishlar olib borgan va maqollar, ularning izohi bo‘yicha lug‘atlar tuzgan V.I.Dall o‘zining
“Пословицы русcкого народа” asari so‘zboshisida maqol va matalning o‘zaro farqli jihatlari
xususida to‘xtalib o‘tadi[6]. Bu asar tarkibida rus xalq maqollari bilan birga matallar, hikmatli
so‘zlar, topishmoq, tez aytishlarga ham keng o‘rin ajratilgan. L.A.Bulaxovskiy ham maqollarni
frazeologik birikmaning bir turi sifatida belgilab, ikki xil turga ajratadi: idiomatik so‘z
birikmalari va frazeologik birliklar[5]. X.Abdurahmonovning tadqiqotida qayd etilishicha,
I.A.Efimov, N.A.Shrammlar tomonidan maqol frazeologizmning alohida turi sifatida
ajratiladi[1]. Ularga ko‘ra, iboralar frazeologizmlarni ham o‘z ichiga oladi va odatda xalq
tomonidan yaratiladi.
Jahon tilshunosligida ham xalq maqollarining tadqiqiga bag‘ishlangan izlanishlar muntazam
va ko‘plab amalga oshirilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, O.S.Sergienko chex va
slovak tillaridagi maqollarning variantdoshligi masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotida bu ikki
tildagi maqollarning qiyosiy tahlili davomida maqolga xos xususiyatlarni ham alohida tahlil
qiladi[11].
158
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Turkiyshunoslikda ham maqollarning keng tadqiqi amalga oshirib kelinayotganligiga guvoh
bo‘lamiz. Xususan, turkiy tillarda qo‘llaniluvchi maqollarni semantik va sintaktik jihatdan
tadqiq qilgan M.V.Porxomovskiyning ishlari alohida ahamiyatga ega. Uning nomzodlik ishi
ham[10] turkiy maqollarning grammatik va leksik jihatlari tadqiqiga bag‘ishlanadi. Olim bu
boradagi izlanishlarini davom ettirib, 2014-yilda “Турецкие пословицы в языке и речи”
asarini nashr qildiradi. Asarda turkiy maqollarning o‘rganilishida Mahmud Koshg‘ariyning
xizmatlari haqida, turkiy maqollarning morfologik, leksik, sintaktik xususiyatlari bilan birga
paremiologik birliklarning madaniy, etnolingvistik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan[9].
Shuningdek, turkiy xalqlar maqollari tadqiqi doirasida bajarilgan boshqa ko‘plab ishlarni ham
uchratamiz. Bu borada Ozarbayjon xalq maqollarining leksik-stilistik xususiyatlari
(G.N.Yusifov), tatar tilidagi maqollar (R.I.Muzaffarov, G.R.Muxtasemova), tatar maqollarining
semantikasi (A.R.Axmetshina), rus va tatar tili paremalarning kognitiv xususiyatlari
(E.R.Sayfullina) tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni, “Tatar paremiyalarining tili” asarini
(A.Sh.Yusupova, G.A.Nabiullina, E.N.Denmuxammatova, G.R.Muxtasimova) dalil sifatida
ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, turkologiyada maqollarning sintaktik xususiyatlariga
bag‘ishlangan tadqiqotlar ham kuzatiladi. Xususan, turkman tilidagi maqol va matallar
A.Annanurov tomonidan, qozoq xalq maqollari R.Sarsenbayev, qoraqalpoq tilidagi maqollar
esa G.Niyatullayev tomonidan tadqiq qilingan[3].
Tadqiqot obyektimiz bo‘lgan maqollar yillar davomida folklor, etnografiya fanlarining
o‘rganish manbai sifatida tadqiq doirasiga tortilgan. Bu sohadagi S.Bekchanovaning
dissertatsion ishi bo‘lib[4], o‘zbek va qoraqalpoq folkloridagi naql janri tadqiqi jarayonida
maqol va matal, naql kabi hodisalar talqiniga doir qimmatli fikrlar kuzatiladi.
O‘zbek tilshunosligida ham folklor asarlari va ularning til xususiyatlarini o‘rganishga
qaratilgan qator ishlar amalga oshirilgan. Tilshunoslik sohasida esa maqollarning ayrim
lingvistik jihatlari talqinini, avvalo, Sh.Rahmatullaev, Y.Pinxasov, G‘.Salomov, Q.Samadov,
Sh.Shorahmedov, X.Abdurahmonov, M.Sadriddinova kabi olimlarning ishlarida kuzatishimiz
mumkin[3].
X.Abdurahmonovning tadqiqotida o‘zbek xalq maqol va matallarining sintaktik qurilishi,
tarkibidagi gap va so‘z birikmalarining asosiy ko‘rinishlari, maqollarning grammatik,
semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq qilingan[2]. Tilshunos olima M.Sadriddinova tomonidan
esa o‘zbek xalq maqollarining lug‘aviy imkoniyatlari adabiy til va dialektlar munosabati
doirasida qiyosiy tahlil qilingan.
O‘zbek tilshunosligida maqol yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar sirasida B.Jo‘rayevaning
ilmiy ishlarini ham qayd etish lozim. Tadqiqotchining nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarida maqollarning ma’noviy-uslubiy xususiyatlari, maqollar shakllanishining
lingvistik asoslari va pragmatik jihatlari, xalq maqollarining shakllanishida intralingvistik va
ekstralingvistik omillar talqin qilingan. Xususan, maqollarning shakllanishida xalq og‘zaki
ijodining, yovvoyi va o‘y hayvonlari, parranda, qurt-qumursqa, kasb-kor, vaqt, o‘simlik
nomlari, tabiat hodisalarining roli nuqtai nazaridan maqollar tasnifi amalga oshirilib, ularga
xos pragmatik xususiyatlar tahlilga tortilgan[7]. B.Jo‘rayeva tomonidan yaratilgan lug‘at
maqollar tadqiqi sohasiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi[8]. Olima tomonidan tuzilgan ushbu
lug‘atni o‘zbek leksikografiyasining yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. O‘zbek xalq
maqollari bilan qirg‘iz xalq maqollarining mushtaraklik masalasi, ularning qiyosiy tadqiqi
borasida esa M.Temirovaning ilmiy izlanishlarini alohida ta’kidlash lozim[12].
Keltirilgan tadqiqotlardan ko‘rish mumkinki, xalq maqollarining o‘rganilishi barcha davrlarda
muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
159
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON (YOʻITJ)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдурахманов Х. Особенности синтаксиса узбекского устного народного
творчества. АДД. – Ташкент, 1977. –С. 48.
2.
Абдураҳмонов Х. Ўзбек халқ оғзаки ижоди асарларининг синтактик
хусусиятлари бўйича кузатишлар.
–Тошкент: Фан, 1971. –Б. 8-9.
3.
Ахроров А. Нутқ маданиятини ифодаловчи ўзбек халқ мақолларининг лингво-
функционал ва хулқий қиймати. Филол. фан. фал. док. … дисс. автореф. –Тошкент, 2021.
– 49 б.
4.
Бекчанова С.Б. Ўзбек ва қорақалпоқ фольклорида нақл жанри (генезиси,
типологияси ва поэтикаси): Филол. фан. фалс. док. … дисс. автореф. –Тошкент, 2019.
5.
Булаховский А.И. Введение в языкознание. –Москва: Учпедгиз, 1953. –С.33-34.
6.
Далл В.И.
. –Москва: Въ университетской
типографьи, 1862. – С. 3-40.
7.
Жўраева Б. Ўзбек халқ мақоллари шаклланишининг лингвистик асослари ва
прагматик хусусиятлари: Филол. фан. док. ... дисс. автореф. – Самарқанд, 2019.
8.
Жўраева Б. Ўзбек халқ мақолларининг қисқача синонимик луғати. –Тошкент:
Фан, 2006.
9.
Порхомовский М. В. Турецкие пословицы в языке и речи / М. В. Порхомовский.
–Москва: Языки славянской культуры, 2014. –176 с.
10.
Порхомовский М. В. Язык турецких пословиц (грамматический и лексический
аспекты): Автореф. дисс. канд. ... филол. наук. –Москва, 2009. –С. 24.
11.
Сергиенко О.С. Вариантностиь чешских и словацких пословиц: Aвтореф. дисс.
канд. ... филол. наук.
–Санкт-Петербург, 2010. –С. 24.
12.
Темирова М. Ўзбек ва қирғиз фольклорида мақоллар муштараклиги. –
Тошкент, 2016.
13.
https://ru.wikipedia.org/wiki/ Русские_пословицы_и_поговорки.