64
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
AMIR TEMUR ILM-FAN VA ADOLAT HOMIYSI
Xaydarova Oliya Kaxxarovna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
“Pedagogika va o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti p.f.n.
E-mail: oliyaxaydarova63@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15710913
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 20-iyun 2025 yil
Ushbu maqolada Amir Temur tarixi, uning hayoti
va davlatchiligi, bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq
tafsilotlar kengroq tarzda o‘rganilgan, shunindek uning
xarbiy san’ati, taktika va strategiyasi, hamda ilmning
qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel
bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan
bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor
ekanligi haqida fikr yuritiladi.
KEY WORDS
Amir Temur tarixi, hayoti va
davlatchiligi, bunyodkorlik xarbiy
san’at, taktika, strategiyasi, ilm
qadri dunyoning yetuk olimlari,
tarixchilar, donishmand hukmdor
.
O‘zbekiston o‘zining qadimiy tarixi, boy madaniy va ma’naviy merosi bilan butun dunyoga
mashhur. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining yorqin davrlaridan biri xalqimizning buyuk
ajdodi Amir Temur nomi va uning faoliyati bilan bog‘liq. Xalqimiz bundan haqli ravishda
faxrlanadi, o‘zining chinakam bebaho milliy qadriyatlariga katta hurmat bilan qaraydi. Shu
bilan birga, o‘z tarixiga, to‘plangan tajribasiga, buyuk mutafakkirlarimiz yaratgan intellektual
boyliklarga chuqur hurmat bilan qarash milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini
yuksaltirishga asos bo‘layotganini alohida ta’kidlash zarur.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ma’ruzalaridan birida: “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab
keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng
qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblaymiz. Bu borada buyuk Sohibqiron
Amir Temur bobomiz: “Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin!”, deya bejiz
ta’kidlamagan. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, xalqimiz
farovonligini oshirish, farzandlarimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan hayot barpo etish
maqsadiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatan Amir Temur o‘gitlariga uyg‘undir”,
deya qayd etgan edi.
«Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam,
islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari
qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish,
berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy
fazilatlarga ega bo‘lgan.
Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Tarag‘ay ibn Amir Barqul) 1336 yil 9 aprelda Kesh
(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi.
Yoshlik chog‘idanoq maxsus murabbiylar nazoratida chavondozlik, ovchilik, kamondan
nishonga o‘q uzish, harbiy mashq va o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini
qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi.
Mamlakat qudratini xar sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi.
Temurbekning Movarounnahr taxtiga kelishidan avvalroq, ya’ni 30 yoshlarda ekanligidayoq
(1366 yil) Qarshi qal’asini olish uchun 243 nafar botir yigitlari bilan 12000 nafar Amir Muso
65
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
boshliq qo‘shinga qarshi o‘ta puxta o‘ylab amalga oshirgan harbiy taktikasi uni raqib ustidan
tengsiz g‘alaba qozonishga muyassar etganligi tarixiy manbada qayd etib o‘tilgan.
Amir Temur davlati qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu G‘arb davlatlariga
o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at,
musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga yetdi. Amir
Temurning madaniyat va din ahillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniqsa ibratlidir.
Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm-
fan homiysi sifatida ham qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafaqat o‘z mamlakatini,
balki o‘zga o‘lkalarni ham obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Fransuz olimi
Lyangle shunday yozadi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda
sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan,
idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun
ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik
qilishga asosiy e’tiborini berardi».. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur
buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum
qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi. Bu
armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. Amir Temurning xarbiy san’ati,
uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa
mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar o‘rganib
kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.
Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, soxibqiron Temurning eng xarakterli
xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa
xaqiqat - sixat-salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat - adolat deb tushunilgan.
Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi»,
degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zlari bunga amal qilganlar.
Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya
soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil
qilish учун uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-
nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o‘zi amal qilgan
sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:
... Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim;
... Islomga qat’iy rioya qildim. ...
-Men kambagallarga ko‘p xayr-ex,son kildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan
tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal kilishga butun jahdimni sarf kildim;
-Xaloyikka rahm kildim, barchaga naf’ yetkurdim.
... Birovga nohak ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘krashdan
itarmadim...;
-Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...;
-Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal kildim...
-Men har kimga va’da bersam, unga vafo kildim...;
-Aoimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni
sarf etmadim...;
-Men har doim insof bayroshni baland ko‘tardim va iymon tarkatishni o‘z buyukligimning
kudratli zamini deb bildim...;
-Men doim saidlarga ehtirom bilan karadim, ulamo va shayxlarni e’zozladim...
Shunday qilib soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand-nasihatlari va purma’no
o‘gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri
umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan aloxida ahamiyat kasb etadi, ularni
hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
66
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
Bu o‘gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, toh
muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu
o‘gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga
erishtirishda sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona - pedagogikadir.
Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa
kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida
fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir
qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek,
ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun
ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik
kilishga asosiy e’tiborini berardi».
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Soxibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning moxiyati va
vazifasiga qarab quyidagi guruxlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
-Islom dini va shariat konunlari xaqidagi o‘git-nasihatlar;
-Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish;
-Podsho va vazirlar hakida o‘git-nasihatlar;
-Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar;
Amir Temur ko‘plab mashhur tarixchilar ta’kidlaganidek, ilmning qadriga yetadigan, uni
rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol
suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi.
Amir Temur bunyodkor etish, yaratuvchi bo‘lgan xalqning farzandi, tabiatan bunyodkor bo‘lib
tug‘ilgan o‘xshashi yo‘q zot edi.
"...Amr etdimki, – deb yozadi Amir Temur "Tuzuklar"da, – katta-kichik har bir shahar, har bir
qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona
(musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun
tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dorul-amorat (hukmdor saroyi) va dorul-adolat
(adolat saroyi) qursunlar...".
Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir
Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda
yozilgan. Bu fikrni uning o‘zi «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga 10 g‘isht qo‘ydirdim. Bir
daraxt kestirsam, o‘rniga 10 ta ko‘chat ektirdim», — deya ifodalagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur mahobati, peshtoqining ulkanligini ko‘rib, Oqsaroyga shunday
ta’rif bergandi: “Muncha oliy toq jahonda kam nishon berur. Derlarkim, Kasro toqidin bu
buyukroqdir” Sohibqiron hukmronligi davrida Samarqand esa "Yer yuzining sayqali" ga
aylandi. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlari saltanatning boshqa hududlarida ham shu tariqa
davom ettirildi.
Amir Temur odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim tarbiya sohasida o‘zi yuksaklikka,
mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy
pand-nasihatlari va ma’noli o‘gitlarining har birida mazmun va ma’no kengligi, mantiqning
kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilganligi bilan alohida
ahamiyat kachb etadi va ularni odob ahloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Yuqorida qayd etilgan pand-nasihatlar Soxibqironning o‘z tajribasida sinalgan, hayotga tatbiq
etilgan juda katta bunyodkor, ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu
sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta
ahamiyatga molik bo‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida eng qudratli davlat barpo etgan, ilm-fan, madaniyat va
ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochgan, dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk
shaxsdir. Bobokalonimizning adolatli jamiyat barpo etish, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik,
mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlashga oid ezgu tamoyillari
bugun Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotining o‘ziga xos mezoniga aylandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
67
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
1.
Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz”. Toshkent – “O`zbekiston” -2017y
2.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси.-Тошкент. “Ўзбекистон”
нашриёти,2021. – Б. 226
3.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 1-qism, T., "O‘zbekiston ME", T., 2000 y. 274-b.
4.
Yazdiy Sh. "Zafarnoma", T., 1997 y. 48-b.; "Temur tuzuklari", T., 2005 y. 41-b.
5.
Amir Temur jahon tarixida, T., "Sharq", 2001 yil, 148-b.