119
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA VIRTUAL TA’LIM
TEXNOLOGIYALARNIDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI
Djurayeva Nargis Narkulovna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15738182
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 25-iyun 2025 yil
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va
raqamli vositalar zamonaviy ta’limning ajralmas
qismiga aylanib borayotganligi shu bilan birga
boshlang‘ich
ta’limda
tabiiy
fanlarni
o‘qitish
metodikasini takomillashtirish masalasi dolzarbligi
aytib o’tilgan. Raqamlashgan ta’lim vositalaridan
foydalanishda, raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy
etilishi,
tabiy
fanlarni
o‘qitish
metodikasini
takomillashtirish uchun asos bo‘ladi. Zamonaviy
texnologik vositalaridan foydalangan holda ta’lim
oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda
elektron
resurslar,
interfaol
vositalar
darsni
simulyatsiya qilish va о‘quv jarayonini nostandart,
yorqin va samarali usullardan foydalanish yaxshi
samaradorlikka olib kelishi haqida keng ma’lumotlar
keltirilgan.
KEY WORDS
Axborot
texnologiyalar,
raqamli vositalar, Tabiiy fanlar,
virtual ta’lim, elektron resurslar,
interfaol vositalar, kompyuter.
KIRISH.
Axborot texnologiyalari va raqamli vositalar zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanib
bormoqda shu bilan birga boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini
takomillashtirish masalasi dolzarbligi bilan izohlanadi. Raqamlashgan ta’lim vositalaridan
foydalanishda, raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi, tabiy fanlarni o‘qitish
metodikasini takomillashtirish uchun asos bo‘ladi. Zamonaviy texnologik vositalaridan
foydalangan holda ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda elektron
resurslar, interfaol vositalar darsni simulyatsiya qilish va о‘quv jarayonini nostandart, yorqin
va samarali usullardan foydalanish yaxshi samaradorlikka olib keladi.
Raqamli ta’lim jarayonida tabiiy fanlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalar yordamida
о‘qitish bilan bir qatorda tabiiy fanlarni axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan
holda о‘rganish hozirgi zamon talabi hisoblanadi.
Tabiiy fanlar - fizika, kimyo, biologiya va boshqa kо‘plab fanlarni ta’lim oluvchilarga o‘qitish
metodikasini takomillashtirish bo‘yicha respublikamiz olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarida
keltirilgan. Axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib tabiiy fanlarni o‘qitish
texnologiyalarini yaratish samarali usullardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ayni paytda, tabiiy (SCIENCE) fanlarni kompyuter texnologiyalaridan foydalanib о‘qitishga
mо‘ljallangan kо‘plab pedagogik dasturiy vositalar yaratilgan [1; 60-b.]. Bularga zamonaviy
virtual sayohatlar, kompyuter simulyatorlari, sinov va nazorat qilish dasturlari, о‘yinli ta’lim
resurslari, elektron о‘quv- uslubiy qо‘llanmalar, video ma’ruzalar, 3D formatli interfaol о‘quv
120
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
metodik qо‘llanmalar, elektron trenajyorlar, elektron darsliklar, multimedia ilovalar, axborot
ta’lim muhitlari, elektron kitoblar va ensiklopediya, axborotlarni izlash tizimlari, о‘quv
ma’lumotlar bazasi, aqlli repetitorli tizimlarni misol sifatida aytish mumkin.
Mamlakatimizda bu borada, L.M.Qaraxonovaning «Biologiyani о‘qitishda elektron ta’limiy
resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)» nomli
dissertatsiyasida umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf biologiya fanidan elektron ta’lim
resurslari tatbiqini integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlari, multimediali ta’lim
vositalaridan foydalanish usullari hamda о‘quvchilarning darsdan tashqari о‘quv faoliyatida
multimedia resurslari hamda о‘zini-о‘zi nazorat qilish vositalaridan foydalanish metodikasini
takomillashtirish asosida о‘qitish samaradorligi 12,7 % ga oshganligi [2], M.N.Ibodovaning
«Biologiyadan о‘quvchilarning muctaqil ishlarini axborot resurslari vositasida takomillashtirish
metodikasi (Akademik litseylar misolida)» nomli dissertatsiyasida akademik litsey
о‘quvchilarining muctaqil о‘quv faoliyatida elektron ta’lim vositalarini loyihalash va foydalanish
metodikasini takomillashtirish asosida о‘qitish samaradorligi 15 % ga oshganligi [4],
G.S.Ergashevaning «Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan effektiv foydalanishni
takomillashtirish» nomli dissertatsiyasida pedagogika boshlang‘ich sinflarda bо‘lajak biologiya
fani о‘qituvchilarini tayyorlashda fanga oid axborot ta’lim muhitlaridan, interaktiv resurslar,
multimedia vositalaridan, virtual sayoxatlardan, krossvordlar, intellektual о‘yinlar foydalanish
metodikasini takomillashtirish asosida о‘qitish samaradorligining 13 % ga oshganligi ilmiy
nuqtai nazardan isbotlab berilgan [3].
Ushbu olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarining tahliliga kо‘ra, mamlakatimizda biologiya ta’lim
jarayoniga elektron ta’lim texnologiyalarini tatbiq etishga oid olib borilayotgan pedagogik ilmiy
tadqiqot ishlari akademik litseylar va umumiy о‘rta ta’lim maktablarining tabiiy
(SCIENCE)fanlarni о‘qitish miqyosida bajarilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi vaqtda, butun jahon oliy ta’lim muassasalari ta’lim tizimida Internet
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati takomillashganligi sababli, tarmoq orqali virtual
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish odatga aylandi. Tadqiqotchilar butun diqqatlarini ushbu
yangiliklardan ta’lim tizimida samarali foydalanishga qaratmoqdalar. Shu bois boshlang’ich
ta’limda tabiiy fanlar fanining o‘quv jarayoniga virtual ta’lim texnologiyalarini kengroq tatbiq
etish maqsadida Internet tarmog‘ida axborot ta’lim platformasi yaratildi. Mazkur
platformaning afzalliklaridan biri talabalarning boshlang’ich ta’limda tabiiy fanlar ta’lim
jarayonida mustaqil ta’lim olishlarini, ijodiy fikrlashlarini, malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirish orqali o‘quv materiallarini hamda ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama chuqur
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallanganligidadir. Shuningdek, ushbu fanga oid ilmiy ma’lumotlarning
jamlanganligi, ko‘rgazmalarga boyligi, ya’ni turli xil animatsiyalardan foydalanilganligi, ta’lim
oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini hisobga olinganligi bilan an’anaviy o‘quv
adabiyotlaridan afzalroqdir.
Birinchidan, kompyuterlar о‘rganilayotgan jarayonlarni modellashtirish va vizuallashtirishga
yordam beradi. О‘rganilgan bu jarayonlarning kо‘pchiligi, masalan, fizikada atomlarning
parchalanish jarayonlari, mexanik va elektromagnit tebranishlar, issiqlik almashinuvi paytida
haroratni tenglashtirish, bizning galaktikamizning tuzilishi va boshqalar о‘lchamlari-
kompyuterda modellashtirish va vizualizatsiyalash usullari raqamli ta’lim muhitining
ajralmas qismi ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Shu bilan birga, elektron resurslarning interaktiv xususiyatlari nafaqat о‘rganilayotgan
jarayonlarni namoyish qilish, balki о‘quvchilarga modellarni boshqarish uchun maxsus
vositalarni taklif qilish imkonini beradi. Tafakkur qiluvchi о‘quvchi о‘rganilayotgan tizimning
parametrlarini о‘zgartira oladigan va uning о‘zgarishini, alohida qismlarning hatti-
harakatlarini kuzata oladigan haqiqiy tadqiqotchiga aylanadi.
Ikkinchidan, kompyuter vaqtni tejaydi. Bu о‘qituvchining darslarga tayyorlanish vaqti. Vizual
modellarni tayyorlash va namoyish qilish uchun darsning о‘zida sarflangan vaqt. Teskari
121
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
aloqani olish, о‘rganilayotgan tabiiy fanlar mavzulari bо‘yicha о‘quvchilarning tushunish va
bilim darajasini nazorat qilish uchun zarur bо‘lgan vaqt.
Nazorat haqida gapirganda, shuni ham hisobga olish kerakki, vaqtni tejash bilan bir qatorda
о‘qituvchi tomonidan kompyuterdan foydalanish orqali har bir о‘quvchiga alohida e’tibor
berilishi mumkin va bu yuqori sifatli va samarali ta’limni tashkil etishda juda muhim jarayon.
Uchinchidan, raqamli ta’lim vositalari о‘quvchilarga nafaqat yonma-yon, balki birgalikda
ishlash imkoniyatini yaratadi. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy fanlarni
o‘qitishni metodlarini takomillashtirishda ta’lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish, fan
o‘qituvchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, yangi elektron resurslarni birgalikda ishlab
chiqish va metodik takomillashtirish yaxshi samara beradi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Elektron darsliklarni tayyorlash hamda ulardan virtual muhitda foydalana olish tajribasini har
bir pedagogda rivojlantirish zarur. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini virtual ta’lim
texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish о‘qituvchilar bilan hamkorlik asosida
bo‘lishi muhim hisoblanadi. Raqamli texnologiya vositalaridan foydalanish bilan birga, global
kompyuter tarmog‘iga kirishni ham ta’minlaydi, bu yerda о‘quvchilar qо‘shimcha ma’lumot
olishlari, shuningdek, an’anaviy tashkil etilgan о‘quv muhitidan qisman chiqib, virtual ta’lim
imkoniyatlaridan foydalangan holda о‘z olgan bilinlarini rivojlantirib boradi.
Ta’lim muassasalarida jumladan, boshlang’ich ta’limda tabiiy fanlar fanidan an’anaviy o‘qitish
usullari ma’ruzalarni tinglash, mustaqil topshiriqlar bajarishni o‘z ichiga oladi. Ushbu
mashg‘ulotlarni olib borishda virtual ta’lim texnologiyalari boshqa ta’lim vositalariga nisbatan
ajralib turadi (ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmagan jarayonlarni virtual ta’lim texnologiyalari
orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud).
XULOSA
Ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan samarali foydalanish
imkoniyatini yaratish lozimdir. Bilimli avlod, professional kadrlar, bu jamiyatning keng
miqyosda rivojlanishi garovidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Рахимов А.К. Узлуксиз таълим тизимида педагогик таълим инновацион
кластерининг роли // Academic Research in Educational Sciences / Vol. 1 No. 1, 2020
ISSN 2181-1385. 48-53 p.
2.
Qaraxonova L.M. “Biologiyani o‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan foydalanish
metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)” Ped.fan.bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ...
diss. – T.: 2020. 133 b.
3.
Ergasheva G.S. Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali
foydalanishni takomillashtirish. Ped. fan. dok. (DSc) ... dis. avtoref. – Toshkent: TDPU,
2018. – 56 b.
4.
Ibodova M.N. Biologiya darslarini tashkil etish texnologiyasi. Uslubiy qo‘llanma.
(Akademik litsey 3920001 tabiiy fanlar tayyorlov yo‘nalishi o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangan). 11. 08. 2022 y
5.
Djurаyevа N.N. Boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrini tаbiiy (SSIENS) fаnlаrdаn
ko‘nikmаlаrini shаkllаntirishdа virtuаl tа’lim texnologiyalаridаn foydаlаnish. // “Ilm-fan
taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanishi” nomli respublika ilmiy-amaliy online
konferensiyasi.
Vol.3,
Issue-6,
27-iyul,
2023.
Termiz.–b.
121-126.
https://academics.uz/index.php/conference