Авторы

  • Husan Umarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115398

Аннотация

OQCHA – (ABRAMIS BRAMA) – Xordalilar – tipi, bosh skeletlilar – kenja tipi, suyakli baliqlar – sinfi, karpsimonlar – turkumiga kiruvchi o‘tkinchi baliq bo‘lib, respublikamiz akvakulturasining asosiy ob’yekti hisoblanadi va barcha baliqchilik xo‘jaliklarida yetishtiriladi. Oqcha baliq iliq suvli daryo va ko‘llarda yashovchi baliq hisoblanadi. Moslashuvchanligi va mahsuldorligi yuqori bo‘lganligi uchun iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.


background image

213

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

OQCHA – (ABRAMIS BRAMA) NING AKVAKULTURA

OB’YEKTI SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI

Umarov Husan Laziz o‘g‘li

Navoiy davlat universiteti

Biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15803739

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-iyun 2025 yil

OQCHA – (ABRAMIS BRAMA)

Xordalilar – tipi,

bosh skeletlilar – kenja tipi, suyakli baliqlar – sinfi,

karpsimonlar – turkumiga kiruvchi o‘tkinchi baliq bo‘lib,

respublikamiz

akvakulturasining

asosiy

ob’yekti

hisoblanadi va barcha baliqchilik xo‘jaliklarida

yetishtiriladi. Oqcha baliq iliq suvli daryo va ko‘llarda

yashovchi baliq hisoblanadi. Moslashuvchanligi va

mahsuldorligi yuqori bo‘lganligi uchun iqtisodiy

jihatdan katta ahamiyatga ega.

KEY WORDS

Oqcha, suv ombori, biologik

tuzilish, ko‘l, chavoq, tabiiy ozuqa,

akvakultura,

ikra,

lichinka,

zooplankton, zoobentos, plankton,

chuchuk suv baliqchiligi

KIRISH

Baliq hozirgi kunda nafaqat bizning respublikamizda balki, butun dunyoda sifatli hamda

shifobaxsh ozuqa manbai hisoblanadi.

Hozirgi zamon baliqchilik sanoatida baliqning barcha qismlari – go‘shti, yog‘i, uvildirig‘I

(ikrasi), terisi, tangachalari, hattoki suyaklari ham ishlatiladi. Iste’molcholarga toza baliq

muzlatilgan, konservalangan, tuzlangan, dudlangan shaklda yetkazib berilmoqda. Baliq

go‘shtining 1

kg

da 1200 – 1400

kkal

energiya mavjud. Bugungi kunga kelib dunyo baliqchiligi

ikki katta yo‘nalishda rivojlanib bormoqda. Birinchisi bu – tabiiy suv havzalaridan (okean,

dengiz, ko‘l, daryo va boshqalar) ovlash bo‘lsa, ikkinchisi akvakultura ya’ni suniy yaratilgan va

nazorat qilib turiladigan suv havzlarida baliq yetishtirishdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

OQCHA – (ABRAMIS BRAMA)

qadimgi karpsimon baliqlarning o‘tkinchi vakili bo‘lib glоbal

akvakulturaning muhim оb’еkti hisоblanadi va ushbu turning mоslashuvchanlik darajasi

ularni chuchuk suvlarda sanоat usulida yеtishtirish imkоniyatini bеradi bu esa suv zahiralari

juda kam bo‘lgan kоntinеntal iqlimli O‘zbеkistоn uchun juda muhimdir. Ushbu baliq Yevropa

va Osiyoning iliq suvli daryolarida, Respublikamizning asosan Amudaryo, Sirdaryo hamda

Zarafshon daryolari va irmoqlarida uchraydi. G‘arbiy Sibirning ayrim ko‘llarida

iqlimlashtirilgan.

Oqachaning tanasi yon tomondan siqilgan, uzunchoq-yumaloq shaklga ega. Tana uzunligi

odatda 30-60 sm bo‘lib, maksimal uzunligi 70-75 sm gacha yetishi mumkin. Og‘zi kichik va

pastroqda joylashgan bo‘lib, bu turning bentos (suv tubidagi) organizmlar bilan oziqlanishiga

moslashganini ko‘rsatadi [1].

Tangachalari mayda, shilimshiq bilan qoplangan. Rangi ko‘pincha kulrang-kumushrangdan to

jigarranggacha bo‘lib, yosh baliqlarda rang ochroq bo‘ladi. Baliqning orqa (dorsal), ko‘krak

(pectoral), qorin (pelvic), anal va dum (caudal) suzgichlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, suvda

harakatlanish va muvozanatni ta’minlaydi [2].


background image

214

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Ichki tuzilishi odatiy suyakli baliqlarga xos bo‘lib, ikki bo‘limli yurak (bo‘lmacha va

qorinchadan iborat), havo pufagi, uzun ichak tizimi, va rivojlangan muskul tizimini o‘z ichiga

oladi. Havo pufagi suv yuzasiga ko‘tarilib tushishini ta`minlaydi. Jabralari orqali suvdan

kislorod olinadi. Ichak nisbatan uzun bo‘lib, bu uning asosan detritus va bentos organizmlar

bilan oziqlanishiga moslashganligini ko‘rsatadi [3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR:

Abramis brama suvning past harakatlanadigan yoki to‘xtab qolgan qismlarida, ya’ni suv

omborlari, ko‘llar va daryolarning tinch qismlarida yashaydi. U chuqur joylarni afzal ko‘radi

va yilning sovuq oylarida qishlovga tushadi.

Baliq yoshligida zooplankton bilan oziqlanadi, kattalashgach esa asosiy oziqlari plankton,

bentos organizmlar, suv o‘simliklari va detrituslar bo‘ladi. Og‘iz tuzilishi uning suv tubidan

ozuqa terib olishga ixtisoslashganligini bildiradi.

Ko‘payish davri bahor va yoz boshlarida, suv harorati 15-20°C bo‘lganda sodir bo‘ladi.

Urg‘ochilari bir necha mingdan yuz minglab tuxum qo‘yadi. Tuxumlar suv o‘simliklariga

yopishib qoladi va tashqi muhitda urug‘lanadi. Lichinkalar 3-10 kun ichida chiqadi.

Yirik, tez o‘sadigan baliq, tanasi torpedasimon, tangachalari yirik-yirik. Tabiiy hovuzlarda

uzunligi 1 yilda – 17,9

sm

; 2 yilda – 25,1

sm

; 3 yilda – 41

sm

; 4 yilda – 45,9

sm

; 5 yilda; 59,4

sm

;

6 yilda – 65,4

sm

; 7 yilda – 70

sm

bo‘ladi. O‘rtacha uzunligi 1

m

ga yetadi, og‘irligi 30

kg

ga

yetadi. Jinsiy yetilishi Rossiyaning janubiy viloyatlarida 3-4 yoshida, Krasnodor o‘lkasida 4-5

yoshida, Moskvada esa 7-8 yoshida ro‘y beradi. Serpushtligi 2 mln. Ko‘pincha 100 000 - 800

000 gacha uvildiriq beradi, baliqlar uvildriqni aprel, avgust oylarida daryo o‘zaniga tashlaydi.

Sun’iy ko‘paytirish baliqchilik xo‘jaliklarida inkubatsion usullar bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston sharoitida urg‘ochilari 4-5 yoshida uzunligi 55-65

sm

(dumini hisobga olmasdan)

va og‘irligi 3,5 – 4

kg

bo‘ladi, erkaklari 1 yil ertaroq yetiladi. Odatda, nasl beruvchilardan 5

yoshdan oshganda foydalaniladi. Hindistonda oqchaning urug‘ini yetishtirish uchun quruq

yoki nam tozalash usullari qo‘llaniladi. Gipofiz ekstrakti yoki ovaprim kabi sintetik vositalar

ineksiya uchun ishlatiladi.

Oqcha baliq hovuz baliqchilik xo‘jaligining hamda ko‘l baliqchiligining asosiy ob’yekti

hisoblanadi. Oqning asosiy ozig‘i o‘simlik hisoblanadi. Baliq chavoqlari rivojlanishning

dastlabki bosqichlarida zooplankton bilan oziqlanib, keyingi bosqichlarida esa zoobentos

hamda plankton organizmlar (kolovratkalar qisqichbaqalar) bilan oziqlanadi. Voya yetgan

davrida esa suv o‘tlar va yuksak o‘simliklarning suv ostidagi qoldiqlari, bazan baliq chavoqlari

bilan oziqlanadi. Oziqlanish usuli bilan oqcha karpsimonlarning boshqa vakillaridan farq

qiladi (masalan oqcha – vegetarian; karp – omnivor) [6].

Abramis brama baliqchilikda muhim ahamiyatga ega. Go‘shti mazali va ozuqaviy moddalarga

boy. Shuningdek, u suv havzalarining ekologik muvozanatini saqlashda ham muhim rol

o‘ynaydi. U bentos hayvonlari bilan oziqlanib, suv osti biomassasining aylanishiga hissa

qo‘shadi [2;]

XULOSA:

Oqcha balig‘i chuchuk suvdagi o‘simlikxo‘r baliqlarning asosini tashkil etadi. Muhitga

moslashuvchanligi, serpushtliligi sabab biologik progressdagi baliqlardan hisoblanadi. Oqcha

fitofag organizm bo‘lganligi uchun suvdagi o‘simliklar bilan oziqlanib suv uchun tabiiy sanitar

hisoblanadi. Ushbu xususiyatlari uchun ham ushbu baliq suv havlarida ko‘p miqdorda

yetishtiriladi.

Baliq istemol qilishning minimal miqdori kuniga 33

g

yoki bir yilda bir kishi uchun 12

kg

ni

tashkil etadi. Respublikadagi 36 milliondan ziyot aholining baliq istemol qilish meyori yiliga

433 ming tonnani tashkil etadi. Aholimizni sog‘lom va sifatli baliq bilan taminlash mqsadida

baliqlar ekologiyasi hamda patologiyasini to‘liq o‘rganib chiqqan holda, aynan yetishtirish

rejalashtirilayotgan baliq uchun qulay yashash muhiti yaratiladi. Republikamiz hududida

bunday kichik akvakulturalarni ko‘plab yaratish yetishtirilayotgan mahsulot miqdorini


background image

215

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ortishiga, mahsulot miqdorining ortishi esa mahsulot tannarxining pasayishiga sabab bo‘ladi.

Mahsulot tannarxining pasayishi esa aholimizning baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini

qondirilishiga yordam beradi.

Barcha baliqlar shu jumladan, oqcha inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni

mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan istemol qilinadi. Baliq go‘shti tarkibida

juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y

go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 gramida inson salomatligi uchun kerak

bo‘ladigan bir kunlik - 0,2mg yod saqlanadi. Baliq o‘zida juda ko‘p foydali moddalarni oqsil,

vitaminlar, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlaydi va organizmni

semirtirmagan holatda unga kerakli quvvatni bera oladi. Baliq moyi ham inson organizmi

uchun katta ahamiyatga ega.

Baliq moyi tarkibidagi D vitamini organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini taminlaydi, “Raxit”

kasalligini, suyaklarni deformatsiyaga uchrashini, tetaniyani oldini oladi. Baliq moyidagi

retinol yiringlagan yarani davolaydi.

Abramis brama (oqcha baliq) suv havzalarida ekologik va xo‘jalik jihatdan muhim baliqlardan

biridir. Uning morfologik va ichki tuzilishi suv muhitida yashashga yaxshi moslashgan. Bu

turning biologiyasi va ekologik xususiyatlarini o‘rganish baliq resurslaridan barqaror

foydalanish va tabiiy muhitni muhofaza qilish uchun zarur hisoblanadi.

REFERENCES:

1. Froese, R. & Pauly, D. (Eds.). (2023). FishBase.

www.fishbase.org

2. Хусаинов Д.М., Юнусов М.А. Ихтиология. – Тошкент: O‘qituvchi, 1993. – 164 б

3. Kottelat, M. & Freyhof, J. (2007). Handbook of European Freshwater Fishes. Kottelat, Cornol,

Switzerland. – 646 p.

4.

M.E.Ummatova,

D.F.Yusupov,

H.L.Umarov

(2023).

KAMALAK

GULBALIQ –

(ONCORHYNCHUS MYKISS)NING АKVАKULTURА ОB’ЕKTI SIFАTIDАGI ХUSUSIYATLАRI.

Science and innovation, 1 (D2), 113- 117.

5. S.Q.Husenov, D.S.Niyozov, G‘M.Sayfullayev “Baliqchilik asoslari” “Buxoro” nashriyoti 2010y.

6. H.L.Umarov OQCHA – (CTENOPHARYNGODON IDELLA)NING AKVAKULTURA OB’YEKTI

SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI.

JOURNAL OF IQRO.2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR

(RESEARCH BIB) – 7,245, SJIF – 5,431

7. Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case

study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С.

02016.

8. Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped

classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т. 3268. – №. 1.

Библиографические ссылки

Froese, R. & Pauly, D. (Eds.). (2023). FishBase. www.fishbase.org

Хусаинов Д.М., Юнусов М.А. Ихтиология. – Тошкент: O‘qituvchi, 1993. – 164 б

Kottelat, M. & Freyhof, J. (2007). Handbook of European Freshwater Fishes. Kottelat, Cornol, Switzerland. – 646 p.

M.E.Ummatova, D.F.Yusupov, H.L.Umarov (2023). KAMALAK GULBALIQ – (ONCORHYNCHUS MYKISS)NING АKVАKULTURА ОB’ЕKTI SIFАTIDАGI ХUSUSIYATLАRI. Science and innovation, 1 (D2), 113- 117.

S.Q.Husenov, D.S.Niyozov, G‘M.Sayfullayev “Baliqchilik asoslari” “Buxoro” nashriyoti 2010y.

H.L.Umarov OQCHA – (CTENOPHARYNGODON IDELLA)NING AKVAKULTURA OB’YEKTI SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI. JOURNAL OF IQRO.2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR (RESEARCH BIB) – 7,245, SJIF – 5,431

Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С. 02016.

Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т. 3268. – №. 1.