Авторы

  • Dilshod Aliev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115406

Аннотация

maqolada umumta’lim muassasa rahbarlarining masofaviy ta’lim muhitida axborot-kommunikatsion kompetentligini shakllantirishning dolzarbligi va ahamiyati asoslangan, ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilingan; B.Blum taksonomiyasi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasa rahbarlarining boshqaruv faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari tahlil qilin; “Butun umr davomida o‘qish” tamoyili asosida masofaviy ta’lim muhitida umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishshning pedagogik shart sharoitlari asoslangan


background image

187

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

AXBOROT-KOMMUNIKATSION KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI

Aliev Dilshod Maxmatrabievich

Oriental universiteti katta o‘qituvchisi

aliyevali1211@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15791791

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-iyun 2025 yil

maqolada

umumta’lim

muassasa

rahbarlarining

masofaviy ta’lim muhitida axborot-kommunikatsion

kompetentligini shakllantirishning dolzarbligi va

ahamiyati asoslangan, ushbu sohada amalga oshirilgan

ilmiy-tadqiqot

ishlari

tahlil

qilingan;

B.Blum

taksonomiyasi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasa

rahbarlarining boshqaruv faoliyatida zamonaviy

axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish

kompetensiyalari tahlil qilin; “Butun umr davomida

o‘qish” tamoyili asosida masofaviy ta’lim muhitida

umumta’lim

muassasa

rahbarlarining

axborot-

kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishshning

pedagogik shart sharoitlari asoslangan

KEY WORDS

umumiy

o‘rta

ta’lim,

masofaviy ta’lim, kompetensiya,

axborot-kommunikatsion

kompetentlik,

axborotlashgan

ta’lim

muhiti,

axborotlashgan

jamiyat,

pedagogik

shart

sharoitlar.

Kirish.

Bugungi kunda jahonda ta’lim jarayonini raqamlashtirish insonning eng muhim

“moslashuvchan” ko‘nikmalaridan (Soft skills) biri hisoblangan kreativ salohiyatli va

zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalana oladigan rahbar

kadrlarni tayyorlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan Angliya, Amerika,

Janubiy Koreya, Rossiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislarni uzluksiz

kasbiy rivojlantirish tizimi kompetentli yondashuv va “bilimlar iqtisodiyoti” (economy of

knowledge) asosida takomillashtirilmoqda.

Dunyo miqyosida umumta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv kompetentligini

rivojlantirish mexanizmlarini zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar va

innovatsiyalar asosida takomillashtirish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. YuNESKO

tomonidan uzluksiz ta’lim tizimini elektron va masofaviy texnologiyalar, kreativ va

innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish asosida takomillashtirishga, shuningdek, rahbar

xodimlarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor

qaratilmoqda.

Bundan tashqari, Yangi O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatni rivojlantirishning zamonaviy

tendensiyalariga mos ravishda xalq ta’limi tizimi rahbarlarining boshqaruv faoliyati

samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi

xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida “uzluksiz ta’lim tizimi

mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta

tayyorlash va malakasini oshirish; o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya

jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi

sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va innovatsion loyihalarni joriy


background image

188

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

etish

1

vazifalari belgilangan. Bu borada umumta’lim maktab rahbar xodimlarining axborot

kommunikatsion kompetentligini Elektron malaka oshirish platformasi orqali rivojlantirish

muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Umumta’lim maktab rahbar va redagog kadrlarining

axborot kommunikatsion kompetentligini kompetentligini rivojlantirish muammosi so‘nggi

yillarda bir qator olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta’limda

zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy hamda ta’limda elektron

axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari bo‘yicha

U.Sh.Begimqulov [3]., S.Q.Tursunovlar [12]. tomonidan o‘rganilgan, S.S.Gulyamov, R.X. Alimov

hamda B.B.Mo‘minovloar tomonidan oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot

texnologiyalari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va fanlarni joriy etish, bulutli texnologiyalardan

foydalanish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitishda zamonaviy usullar, jumladan

interaktiv doskalar hamda planshetlardan samarali foydalanish, suni’iy intellekt

texnologiyalarini qo‘llash [5], talabalarga masofaviy ta’lim berishda raqamli texnologiyalardan

foydalanishning zarurati, afzalliklari va masofaviy ta’lim sohasidan foydalanish bo‘yicha

statistikalar keltirilgan hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta’limning

yangi avlod tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi ko‘nikmalarni

yoki mavzuga oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi atroflicha

yoritib berilgan. Shuningdek, mamlakatimizda masofaviy ta’limni raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda samarali yo‘lga qo‘yish borasida to‘sqinlik qilayotgan muammolar va ularni

yechish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan [14].

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan A.A. Temerbekova [10], A.S. Karpechenko

[6], S. A.Bыkov [4], S.V. Trishina [11], O.A.Kizik [7], D. B. Yakubjonova [15] va boshqa

tadqiqotchilar tomonidan axborot kommunikatsion kompetentlikni rivojlantirish masalalari

tadqiq qilingan.

Xorijiy davlatlarda mutaxassislar tayyorlashga kompetentlik yondoshuv, axborot

kompetentligi muammolari bo‘yicha Dj. Raven, E.F.Zeer, Shtoff, I.S. Fishman, A.Daxin, I.G.

Morgenshteyn, D. Bell, U. Dayzard, G. Kan, O. Tofflerlar faol tadqiqotlar olib borishgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga AKT va ta’lim tizimini

raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni taqqoslama tahlil qilish,

muammolarni aniqlash, kuzatuvlarni amalga oshirish, hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi

lozim bo‘lgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab

chiqishdan iborat.

Tahlil va natijalar.

Hozirgi davr insondan umrbod ta’lim olishni, ya’ni o‘z hayotiy faoliyati

davomida muntazam kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishni taqoza etmoqdaki,

albatta bu raqamli texnologiyalardan keng foydalanish hamda Internet texnologiyalar asosida

amalga oshiriladi. Internet texnologiyalarga asoslangan ta’lim shakllaridan biri bu - masofaviy

ta’limdir. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonunining 16

moddasida “Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar

tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiya-

laridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga

qaratilgan. Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan belgilanadi” –deb ko‘rsatib o‘tilgan [1].

Umuta’lim maktab rahbar rahbarlarining axborot-kommunikatsion komepetentligi turli xil

axborotlarni tezkor o‘zlashtirish qobiliyati bilan xarakterlanuvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim

hisoblanib, kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p darajali kompetentlik hisoblanadi va u

motivatsion, kasbiy-faoliyat va refleksiv-kommunikativ komponentlardan tashkil topadi.

Ta’lim tizimi xodimlarining axborot-kommunikatsion kompetentligi axborot yo‘naltiruvchi,

1

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси “Халқ таълими тизимини 2030 йилгача

ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сон Фармони


background image

189

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

tashkiliy, konstruktiv, kommunikativ va rivojlantiruvchi funksiyalarga ega bo‘lib, sub’ektivlik,

tarkibiy, dinamiklik, integrativlik va yarim fnkutsional xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ta’lim tizimi

xodimlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini baholash indikatorlariga boshqaruv

jarayonlari bo‘yicha zamonaviy axborotlarni tezkor o‘zlashtirish, alternativ yechimlar tizimini

yaratish va optimal qarorlar qabul qilish, axborotlarni qayta ishlash hamda mutaxassislik

fanlari majmui bo‘yicha bilimlari, refleksiv kasbiy faoliyati bo‘yicha tajribalari, menejerlik

madaniyati, menejerlik masalalarini samarali hal etish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘zining

axborot kompetentligini mustaqil oshirib borish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va baholash

qobiliyatlarini kiritish mumkin.

Axborot-kommunikatsion kompetentlikni shakllantirish, uning modellari va asosiy

komponentlari bo‘yicha yuqorida keltirilgan tahlillar umumta’lim muassasa rahbarlarining

axborot-koomunikatsion kompetentligi bo‘yicha tizimli, aniq bir xulosa yo‘qligini ko‘rsatadi.

Turli ilmiy-tadqiqot ishlarida axborot-kommunikatsion kompetentlik komponentlari turlicha

ko‘rsatilgan bo‘lib, bo‘lajak menejerlarni tayyorlash sohasida axborot kompetentlikni

shakllantirishning mezonlari, mazmuniy tarkibi, pedagogik shart sharoitlari to‘liq ochib

berilmagan.

Shuningdek, yuqorida tahlil etilgan tadqiqot ishlari aynan axborot kompetentlikni

shakllantirishga oid bo‘lsada, ularda masofaviy ta’lim muhitida ushbu kompetentlikni

rivojlantirish masalalari yoritilmagan.

Hozirgi globallashuv davri va axborotlar asrida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi,

kelajakda rivojlanishi bashorat qilinayotgan yangi texnologiyalar (bulutli, additiv, 3D-pechat,

o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, mustaqil fikrlovchi robotlar, modellashtirish, ya’ni dinamik

ob’ektlarning virtual nusxalari)ni ishlab chiqarishga kirib kelishi bo‘lajak boshqaruv kadrlari,

ya’ni menejerlarning axborot kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy

hamda amaliy asoslarini yanada takomillashtirishni talab etadi.

Bo‘lajak menejerlarning axborot-kommunikatsion kompetentligi bevosita uning kasbiy

funksiyalari va vazifalaridan kelib chiqib shakllantirilishi lozim. Ta’lim muassasananing

tezkor o‘zgaruvchan sharoitlar, qonunchilik, raqobatchilik, jamiyatdagi qadriyat va ma’naviyat

tizimlari, jamoa qarashlari, innovatsion texnika va texnologiyalar sharoitida faoliyat

yuritishini hisobga olib, menejer o‘z vazifalarni amalga oshirishda menejmentning tamoyillari,

nazariyasi, andozalar, ma’lumotlarga ishlov berish, boshqarish qonunlaridan foydalana bilishi

talab etiladi [16].

Bo‘lajak menejerlarning axborot-kommnikatsion kompetentligini samarali shakllantirishning

pedagogik shart sharoitlari deganda, bizning ta’rifimiz bo‘yicha “Axborotlashgan innovatsion

ta’lim muhitida mutaxassislarning axborot kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ta’lim

jarayoni uni ishlab chiqarishdagi kasbiy faoliyati davrida rivojlantirishga qaratilgan o‘z-o‘zini

rivojlantirish va baholash jarayonlari majmui tushuniladi”. Ilmiy asoslangan pedagogik shart

sharoitlar majmui axborot kompetetlikning barcha komponentlarini (kognitiv, motivatsiyali,

refleksiv, kommunikativ va b.) bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi

zarur. Bunday pedagogik sharoitlarni amalga oshirish murakkab, maqsadga yo‘naltirilgan,

o‘zaro bog‘liq va ilmiy asoslangan pedagogik jarayondan iborat bo‘lib uni qo‘yidagi yo‘llar

orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi:

umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommuniksion kompetentligini nazariy-

metodolik asoslashga tizimli va kompetentlik nuqtai nazaridan yondoshish;

innovatsion ta’lim muhitida ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishni rivojlanish

stategiyasini hisobga olgan holda axborot kompetentlikni shakllantirishga konseptual

yondashish;

umumta’lim muassasa rahbarlarini axborotlar bilan ishlash jarayonidagi sub’ektiv shart-

sharoitlarni (umumta’lim muassasa rahbarlarining Internet tizimi orqali mustaqil

axborotlarni olishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va baholash qobiliyatlarini shakllantirish

masalalari va h.k.) e’tiborga olish;


background image

190

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

umumta’lim muassasa rahbarlarining hamkorlikda ishlay olish qobiliyati, loyihaviy va ilmiy-

ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etish, ularning faolligini oshirishda AKT

vositalaridan keng foydalanish;

axborot-kommunikatsion kompetentlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va shart-

sharoitlar diagnostikasi va monitoringini olib borish.

Umumta’lim

muassasa

rahbarlarining

axborot-kommunikatsion

kompetentlikni

shakllantirishning pedagogik shart sharoitlari axborot-kommunikatsion bo‘yicha amalga

oshirilgan ilmiy tadqiotlar va ilmiy adabiyotlarda mutaxassislarning axborot-kommunikatsion

kompetentligini shakllantirishda uning komponentlari, innovatsion ta’lim muhiti, innovatsion

pedagogik ttexnologiyalar va interaktiv o‘qitish metodlaridan foydalanish darajasi, elektron

ta’lim resurslari hamda Internet tarmog‘i orqali mustaqil axborotlar olish jarayonlari

atroflicha o‘rganilgan, lekin masofaviy ta’lim muhitida mutaxassislarning axborot

kompetentligini shakllantirish muammolari to‘liq ilmiy o‘rganilmaganligi aniqlangan.

Yuqoridagi tahlillar asosida bo‘lajak umumta’lim muassasa rahbarlarining masofaviy ta’lim

asosida axborot kompetentligini shakllantirishga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlarni

aniqlashda rahbarlarning axborot-kommunikatsion kompetentligini axborotlashgan ta’lim

muhitida shakllantirish va axborotlashgan jamiyat muhitida rivojlantirish kabi bosqichlarga

ajratamiz.

Axborotlashgan ta’lim muhiti – menejerlarning ta’lim muassasidagi o‘qish jarayoni, ya’ni

masofaviy o‘qish platformalari (“Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi), elektron kutubxonalar,

video va audio mashg‘ulotlar, telekommunikatsiya o‘quv loyihalari va boshqa internet

manbalar orqali qisman yoki to‘liq o‘qituvchi nazoratida axborotlarni qabul qilish, saqlash,

qayta ishlash va foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Axborotlashgan jamiyat – bu global ijtimoiy jarayon va umumjamiyat ishlab chiqarish

sohasida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, zamonaviy mikroprotsessor va kompyuter texnikalari

hamda axborot almashinuvida foydalaniladigan boshqa turli xil texnik vositalar yordamida

axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish jarayonlari majmuidir.

Bunda axborot-kommunikatsion kompetentlikni rivojlantirish jarayoni sifatida qaraladi va bu

rahbar xodimlarning kasbiy-hayotiy faoliyati davomida “Butun umr davomida o‘qish” tamoyili

asosida amalga oshishi nazarda tutiladi.

Axborotlashgan jamiyat sharoitida umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-

kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish quyidagi vazifalarni nazarda tutadi:

rahbarning fikrlash va tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish;

raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim, “bulutli texnologiyalar”, vebinar, onlayn ma’ruza,

“blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalari, ularning asosiy komponentlari va

ta’limdagi imkoniyatlarini haqida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining bilim,

ko‘nikma va kompetensiyalarini oshirish;

murakkab nostandart vaziyatlarda optimal qarorlar qabul qilish yoki muammo yechimi

bo‘yicha

aniq

takliflar

berish

malakasini

shakllantirish

(masalan,

faoliyatni

optimallashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter o‘yinlaridan foydalanish orqali va h.k.);

kompyuterli modellashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda rahbarlarning tadqiqot-

izlanish faoliyatini rivojlantirish;

ta’lim oluvchining axborot madaniyatini, axborotlardan to‘g‘ri foydalanish va unga ishlov

berish qobiliyatlarini shakllantirish.

Yuqorida keltirilgan faoliyat turlari malaka oshirish kurslari tinglovchilari, professor-

o‘qituvchi va raqamli texnologiyalar o‘rtasida axborotlashgan o‘zaro ta’sir bilan asoslanadi va

u

umumta’lim

muassasa

rahbarlarida

axborot-kommunikatsion

kompetentlikni

shakllantirishning pedagogik shart sharoitlarini belgilaydi. Shuningdek, ta’limni va jamiyatni

axborotlashtirish, axborotlashtirishda masofaviy ta’limdan keng foydalanish bilan bog‘liq

bo‘lgan masalalar umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion


background image

191

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

kompetentligini

shakllantirish

va

rivojlantirishning

pedagogik-psixologik

shart-

sharoitlarining asosi hisoblanadi.

Tadqiqot jarayonida B.Blum taksonomiyasi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasa

rahbarlarining boshqaruv faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan

foydalanish kompetensiyalari tahlil qilindi (1-jadvalga qarang). Mazkur kompetensiyalar

uchta mezonlar asosida belgilandi: boshqaruv faoliyatini axborotlashtirish funksiyalarini

anglash (kognitiv), boshqaruvga oid axborot jarayonlarini optimallashtirish (faoliyatli) va

boshqaruvda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash motivlarini

rivojlantirish (motivatsion).

1-jadval.

B.Blum taksonomiyasi bo‘yicha direktorlarning axborot-kommunikatsion

kompetensiyalari

Mezon

Daraja

Kompetensiya

Ko

gn

iti

v

Bilish (K1)

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarish va

rivojlantirish

jarayonlarida

ko‘llaniladigan

zamonaviy

axborot

kommunikatsion

texnologiyalar

va

ulardan

foydalanish

samaradorligini bilish qobiliyati

Tushunish (K2)

boshqaruv samaradorligini oshirish va ta’lim

muassasasining

axborot-boshqaruv

muhitini

rivojlantirishi

uchun

zamonaviy

axborot-

kommunikatsion

texnologiyalarning

imkoniyatlarini tushuntirib berish qobiliyati

Fa

ol

iy

at

li

Ko‘llash (K3)

zamonaviy

axborot-kommunikatsion

texnologiyalarni

maktabni

boshqarish

jarayonlarida qo‘llash qobiliyati

Tahlil qilish (K4)

zamonaviy

axborot-kommunikatsion

texnolo

giyalari asosida maktab jarayoniga taalluqli

ma’lumotlarni tezkor ravishda yig‘ish, tahlil etish

va vizuallashtirish; yakka joyda tizimli ravishda

saqlash;

reja

va

hisobotlarni

birgalikda

shakllantirishni tashkil etish qobiliyati

M

ot

iv

at

si

on

Sintez (K5)

shaxsiy axborot-boshqaruv muhitini innovatsion

axborot-boshqaruv

muhitiga

integratsiyalash

qobiliyati

Baholash (K6)

globallashuv

axborotlashtirish

sharoitida

boshqaruv faoliyati natijalarini tanqidiy baholash

asosida

ta’lim

muassasasini

rivojlantirish

qobiliyati.

Belgilangan kompetensiyalar asosida umumta’lim muassasa rahbarlarining zamonaviy

axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarining rivojlanganlik

darajalari aniqlandi.

Adaptiv (past) daraja umumta’lim muassasa rahbarlari axborot-kommunikatsion

texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalar mavjudligini nazarda tutadi, lekin ulardan

boshqaruv faoliyatida foydalanish uchun kompetensiyalar yetarli emas.

Integrativ (o‘rta) daraja umumta’lim muassasa rahbarlarining zamonaviy axborot-

kommunikatsion texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini

axborot-boshqaruv muhitiga integratsiyalash qobiliyatiga ega bo‘ladi, lekin ta’lim

muassasaning rivojlanishiga erisha olmaydi.


background image

192

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Kreativ (yuqori) daraja global axborotlashtirish sharoitida boshqaruv faoliyati

samaradorligini rivojlanishiga olib keladi.

B.Blum taksonomiyasi asosida ishlab chiqilgan axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini

dinamik ravishda murakkablashtirib borilishi ochib berilgan.

Xulosa va takliflar.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni keltirish

mumkin:

1. Adabiyotlar tahlili natijasida global axborotlashtirish sharoitida umumiy o‘rta ta’lim

muassasa rahbarlari boshqaruv samaradorligiga erishish uchun ularning axborot-

kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga zarurligi asoslandi. Shu sababli umumiy

o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining boshqaruv kompetentligi tarkibida axborot-

kommunikatsion kompetentligi alohida belgilanib, uning mazmun mohiyati aniqlangan va

boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish asosida maktabning innovatsion axborot-boshqaruv

muhitini shakllantirish talabi belgilangan.

2. Axborot-kommunikatsion kompetentlikga oid amalga oshirilgan mamlakatimiz va xorijiy

olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy adabiyotlar tahlillari asosida umumta’lim muassasa

rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini masofaviy ta’lim muhitida

shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari hamda ta’limni va

jamiyatni axborotlashtirishga oid mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi.

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasa rahbarlarining zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiyalardan boshqaruv faoliyatda foydalanish kompetensiyalarini baholash uchun

boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish yo‘llarini bilish (kognitiv), boshqaruvga oid axborot

jarayonlarini optimallashtirish (faoliyatli) hamda axborot-menejerlik motivlarni rivojlantirish

(motivatsion) mezonlari belgilandi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

umumta’lim muassasa rahbarlarida boshqaruv kompetentligini “Uzluksiz kasbiy ta’lim”

elektron platformasi orqali rivojlantirish maqsadida interaktiv videoma’ruza va amaliyotga

yo‘naltirilgan vebinarlarga asoslangan tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;

umumta’lim muassasa rahbarlarining boshqaruv faoliyatida axborot-kommunikatsion

texnologiyalardan sohasidagi muhim yutuqlariga samarali asoslangan foydalanish uzluksiz

kasbiy rivojlantirishning muqobil shakllarini amaliyotga joriy etish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. Toshkent sh., 2023 yil, O‘RQ-637-son

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-

5712-conli Farmoni.

3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy

etishning ilmiy-nazariy asoslari: monografiya. -T.: «Fan», 2007.

4. Bыkov S. A., Gnezdilova N. A. Model upravleniya razvitiem informatsionnoy kompetentnosti

spesialista-menedjera // Vestnik TGU. 2007. № 8 S. 214–218. 07. № 8 S. 214–218.

5. Gulyamov S.S., Alimov R.X. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: Sharq,

2000. – 591 b.

6. Karpechenko A.S. Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti sovremennogo

menedjera. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata pedagogicheskix

nauk. Federalnoe gosudarstvennoe budjetnoe obrazovatelnoe uchrejdenie vыsshego

professionalnogo obrazovaniya Kalujskiy gosudarstvennыy universitet im. K. E. siolkovskogo.

2012.

7. Kizik O. A. K voprosu o stanovlenii informatsionnoy kompetentnosti kak sostavlyayuщey

professionalnoy kompetentnosti vыpusknika professionalnogo litseya // Materialы nauchno-


background image

193

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

metodicheskoy konferensii «Universitetы v obrazovatelnom prostranstve regiona: opыt,

traditsii i innovatsii». — Petrozavodsk, 2003. — Chast 1. — S. 23–25.

8. Mo‘minov B.B. Pedagogik dasturiy ta’minot vositalari // Fizika-matematika va informatika.

- 2009. - № 5.– B. 32 - 36.

9. Raximov O.D., Ro‘ziev H.J., Murodov M.O. Ta’lim sifati va innovatsion tenxnologiyalar.

Monografiya. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016. – 206 b.

10. Temerbekova A.A. Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti uchitelya v regionalnoy

sisteme dopolnitelnogo professionalnogo obrazovaniya. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie

uchenoy

stepeni

doktora

pedagogicheskix

nauk.

Moskovskiy

pedagogicheskiy

gosudarstvennыy universitet. 2009.

11. Trishina S.V. Informatsionnaya kompetentnost kak pedagogicheskaya kategoriya //

Vestnik TGU. 2012. — № 9 (44).

12. Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning

metodik asoslari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari -Web-dizayn fani misolida): ped. fan.

dok... diss. –Toshkent, 2011.

13. Urazmetova Sh.A. Raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot

kompetentligini rivojlantirish, 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi

bo‘yicha dissertatsiya avtoreferati. Toshkent davlat pedagogika universiteti.

14. Shomurodov Sh.Sh. Pedagogicheskie usloviya formirovaniya informatsionnoy kompetensii

u buduщix menedjerov v distansionnom obrazovanii. Obrazovanie i innovatsionnыe

issledovaniya (2022 god №6). S. 147-152.

15. Yakubjonova, D. B. Formirovaniya informatsionnoy kompetentnosti studenta vuza

posredstvom interaktivnыx texnologiy. // Molodoy uchenыy. — 2012. — № 9 (44). — S. 323-

325. — URL:

16. Qosimov G‘.M. Menejment: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. T.: O‘zbekiston,

2002. — 312 bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Ta’lim to‘g‘risida. Toshkent sh., 2023 yil, O‘RQ-637-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli Farmoni.

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari: monografiya. -T.: «Fan», 2007.

Bыkov S. A., Gnezdilova N. A. Model upravleniya razvitiem informatsionnoy kompetentnosti spesialista-menedjera // Vestnik TGU. 2007. № 8 S. 214–218. 07. № 8 S. 214–218.

Gulyamov S.S., Alimov R.X. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: Sharq, 2000. – 591 b.

Karpechenko A.S. Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti sovremennogo menedjera. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata pedagogicheskix nauk. Federalnoe gosudarstvennoe budjetnoe obrazovatelnoe uchrejdenie vыsshego professionalnogo obrazovaniya Kalujskiy gosudarstvennыy universitet im. K. E. siolkovskogo. 2012.

Kizik O. A. K voprosu o stanovlenii informatsionnoy kompetentnosti kak sostavlyayuщey professionalnoy kompetentnosti vыpusknika professionalnogo litseya // Materialы nauchno-metodicheskoy konferensii «Universitetы v obrazovatelnom prostranstve regiona: opыt, traditsii i innovatsii». — Petrozavodsk, 2003. — Chast 1. — S. 23–25.

Mo‘minov B.B. Pedagogik dasturiy ta’minot vositalari // Fizika-matematika va informatika. - 2009. - № 5.– B. 32 - 36.

Raximov O.D., Ro‘ziev H.J., Murodov M.O. Ta’lim sifati va innovatsion tenxnologiyalar. Monografiya. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016. – 206 b.

Temerbekova A.A. Formirovanie informatsionnoy kompetentnosti uchitelya v regionalnoy sisteme dopolnitelnogo professionalnogo obrazovaniya. Avtoreferat dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni doktora pedagogicheskix nauk. Moskovskiy pedagogicheskiy gosudarstvennыy universitet. 2009.

Trishina S.V. Informatsionnaya kompetentnost kak pedagogicheskaya kategoriya // Vestnik TGU. 2012. — № 9 (44).

Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari -Web-dizayn fani misolida): ped. fan. dok... diss. –Toshkent, 2011.

Urazmetova Sh.A. Raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish, 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya avtoreferati. Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Shomurodov Sh.Sh. Pedagogicheskie usloviya formirovaniya informatsionnoy kompetensii u buduщix menedjerov v distansionnom obrazovanii. Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya (2022 god №6). S. 147-152.

Yakubjonova, D. B. Formirovaniya informatsionnoy kompetentnosti studenta vuza posredstvom interaktivnыx texnologiy. // Molodoy uchenыy. — 2012. — № 9 (44). — S. 323-325. — URL:

Qosimov G‘.M. Menejment: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. T.: O‘zbekiston, 2002. — 312 bet.