Авторы

  • Aziza Abdunabiyeva
  • D.M. Muratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115407

Аннотация

Mazkur maqolada hadis ilmida alohida ahamiyat kasb etuvchi isnod va matndagi ziyodaliklar, ularni aniqlash yoʻllari, shuningdek ziyodaliklar turlari, maqbul va mardudga ajratilish sabablari yoritilgan.


background image

182

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

HADIS ILMIDAGI ISNOD VA MATN ZIYODALIKLARINI

ANIQLASH YO’LLARI

Abdunabiyeva Aziza

O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi

Telefon raqami: 93 565 12 28

Ilmiy rahbar:

D.M.Muratov

Tarix fanlari nomzodi,

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi

dotsenti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15781716

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-iyun 2025 yil

Mazkur maqolada hadis ilmida alohida ahamiyat

kasb etuvchi isnod va matndagi ziyodaliklar, ularni

aniqlash yoʻllari, shuningdek ziyodaliklar turlari,

maqbul va mardudga ajratilish sabablari yoritilgan.

KEY WORDS

hadis, isnod, matn, ziyodalik,

ziyoda as-siqa, maqbul, mardud,

muqayyad, ilal al-hadis

“Hadis” lafzi arab tilida “gap”, “so‘z” hamda “yangi”, “zamonaviy” ma’nolarini anglatadi.

Ulamolar istilohida esa Rasululloh (s.a.v.) ga nisbat berilgan so‘z, fe’l, taqrir va sifatlardan

iboratdir. Muhaddislar istilohida esa quyidagicha ta’riflanadi: “Nabiy (a.s.) dan qolgan gap, ish,

taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), xulqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar hadisdir”.

Ushbu ma’lumotlarni “hadis” deb nomlanish sababi haqida Imom Suyutiy quyidagilarni

yozganlar:

ائًيْشَشَ ائًيْشَ تُتُيْشَ تُنّش لِ ؛لِلِْلِشَشَ لِشَشَيْا لِْلِشَ يلَ شِلِيْشَيْا لُشَشَ ،لَِلُشَيْا دُلض

:

تُتِيْشَشَ تَُلُشْيْا انّشأشَ

“Ammo, “hadis” so‘zi aslida “qadim” so‘ziga qarama-qarshi ma’noda bo‘lib, oz xabarga

ham, ko‘p xabarga ham qo‘llaniladi. Chunki, xabar birdaniga paydo bo‘lib qolmaydi, balki

birin-ketin yuzaga keladi”.

Demak, xabar tadrijiy ravishda yuzaga kelishi sababidan “hadis” deb ataladi. Ibn Hajar

Asqaloniy “Sahihi Buxoriy” ning sharhida quyidagilarni aytganlar:

.

مَِلُشَ تُنّش لِ لِآيِتَيْا شَشِشَاشَتّ لُلَ تَُلِتأ تُنّشَشَشَ

،ﷺ

ييلَننْا ىشْلِ تُاشَتَ اشّ لِيِنَْا لُيِتُ يلَ لَُلُشْيْالَ تُاشِتِيْا

“Shariat urfida “hadis” atamasidan murod Nabiy (s.a.v.) ga nisbati berilgan so‘zlar va

amallardir. U “qadim” bo‘lgan Qur’oni Karimga muqobil ravishda “hadis” deb nomlangan”.

Chunki, Nabiy (s.a.v.) “hodis (keyin paydo bo‘luvchi)” insonlardan biri ekanliklari sababli u

zotning so‘zlari ham “hodis” dir. Alloh taolo Qadim, shu bois U Zotning kalomi ham “qadim”

dir. Shabbiyr Ahmad Usmoniy “hadis” atamasi borasida quyidagilarni yozadi: “Alloh taolo

Qur’onda: “Sizni yetimligingizda joylamadimi? Va g‘ofilligingizda hidoyatga yo‘llamadimi? Va

faqirligingizda boy qilmadimi?”, deganidan so‘ng, ibora tartibiga nomutanosib tarzda Nabiy

(s.a.v.) ga quyidagi ko‘rsatmalarni bergan: “Shuning uchun yetimga qahr qilmang. Tilanganni

esa jerkimang. Va Parvardigoringiz ne’matlari haqida so‘zlang!”. “Shuning uchun yetimga qahr

qilmang” oyati “U sizni yetimligingizda joylamadimi?” oyati muqobilidadir. “Tilanganni esa


background image

183

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

jerkimang” oyati esa “Va faqirligingizda boy qilmadimi?” oyati muqobilidadir.

“Parvardigoringiz ne’matlari haqida so‘zlang!” oyati “Va g‘ofilligingizda hidoyatga

yo‘llamadimi?” oyati muqobilidadir.

Alloh taolo islom shariatini Muhammad (s.a.v.) ga ato qilib, u haqda maxluqotlarni

ogoh etishi uchun: ”

ثدُشْشَ

so‘zlang”, deb buyurdi. Shuning uchun shariat bayoni borasida

Nabiy (s.a.v.) ning aytgan so‘zlari, qilgan fe’llari, taqrirlari va sifatlari “hadis” deb ataladi.

Hadis tarkibiy jihatdan ikki qismdan iboratdir: isnod va matn.

“Isnod” so‘zi lug‘atda bir so‘zni aytuvchisiga nisbat berish, suyab qo‘yish, “Bu gapning

egasi falonchi” deyishdir. Istilohda esa “matnga olib borib bog‘lovchi kishilarning silsilasi”

isnod deyiladi.

“Sanad” so‘zi esa lug‘atda “suyanilgan narsa” degan ma’noni anglatadi. Istilohiy ma’nosi

“matnga olib boruvchi kishilarning silsilasi” dir. Muhaddislar nazdida “sanad” va “isnod”

so‘zlari bir ma’noni ifodalaydi. Ular orasidagi farq lug‘aviy xolos, istilohiy emas. Masalan:

Imom Buxoriy Humaydiy Abdurahmon ibn Zubayrdan (r.a.), u Sufyondan, u Yahyo ibn Said al-

Ansoriydan, u Muhammad ibn Ibrohim at-Taymiydan, u Alqama ibn Vaqqos al-Laysiydan

rivoyat qiladi: “Umar ibn Xattob (r.a.) minbarda turib shunday deganini eshitdim: “Rasululloh

(s.a.v.) dan eshitdimki, u zot shunday dedilar: “Albatta amallar niyatlarga bog‘liqdir...”.

Yuqoridagi misolda Imom Buxoriydan boshlab to Rasululloh (s.a.v.) gacha bo‘lgan kishilar

silsilasi “isnod” deyiladi. Mana shu kishilarning tarjimai hollari muhaddis ulamolarning “Rijol

ilmi” kitoblarida mufassal bayon qilingan. Masalan, Imom Buxoriyning “Tarix al-kabir”, Ibn

Asirning “Usd al-g‘oba fi ma’rifa as-sahoba” kitoblari, Hofiz az-Zahabiyning “Siyari a’lomin

nubalo”, “Miyzan al-e’tidol fi naqdir rijal”, Imom Nasoiyning “az-Zu’afo val-matrukin”, Imom

Abu Is’hoq al-Juzjoniyning “Ahval ar-rijal”, Imom Hanzoliyning “al-Jarhu vat-ta’diyl”, Imom

Ajaliyning “Ma’rifa as-siqot”, Imom ibn Shohinning “Tarix asmo as-siqot”, Imom ibn

Ajamiyning “at-Tabyin li asmo al-mudallisin”, qozi Abul Valid Bojiyning “at-Ta’diyl vat-tajriyh”,

Imom Ahmad ibn Hanbalning “al-Asomi val-kuno” nomli kitoblari va yana bundan boshqa

“Tahzib at-tahzib”, “Tahzib at-taqrib”, “al-Kuno val asmo”, “al-Asmo al-mufroda”, “al-Muntaqo

fi sard al-kuno” va hokazo kabi yuzlab kitoblar bunga misol bo‘la oladi. Insoniyat tarixida

ummatlardan birortasi ham o‘z ichidan chiqqan payg‘ambar, yo olim, yo hurmatli va obro‘li

kishilarning so‘zlariga musulmonlar o‘z payg‘ambarlari Muhammad (a.s.) ning so‘zlariga katta

e’tibor berganlari kabi ahamiyat bermaganlar.

Shuning uchun ham, isnod to‘g‘risida Abdulloh ibn Muborak bunday deganlar:

.

شَاشَ اشّ شَاشَ يْشّ شَاشَشْ تُاشنيْل يإا شَيوشْشَ ،لَْيُْا شْلّ تُاشنيْل يإا

“Sanad dindandir. Agar sanad bo‘lmaganida har kim xohlaganini aytgan bo‘lardi”

(Muslim rivoyati).

Sufyon Savriy sanad haqida bunday fikr bildirgan:

؟تِلِاشَتَ ءَييشَ يّشَلَشَ مٌ شَشْ تُشْشّ يْتُشَ يِشْ اشَلِشَ ،لْلّيْتِيْا تٌ شَلْ تُاشنيْل يإا

“Sanad mo‘minning qurolidir. Unda qurol bo‘lmasa, nima bilan jang qiladi?”

Imom Shofeiy so‘zlari ham e’tiborli:

.

ءِيْشْ ءٍلِاشَ لِشِشِشَ ءُاشنيْلِ شَلَ شَُلُشْيْا تٍتِيْشَ ّلِنْا تِشِشّ

“Hadisni sanadsiz izlovchi kishi tunda o‘tin teruvchi kabidir”.

Muhammad ibn Sirin aytadi:

ََُُ اَِخََ يُْ ،ُانْإا ُْ اوَْْ ،َنَفْا تََْ اَِِ ،ُانْإا ُْ ِوَْسَ َ ََِا ّْزْا يَ اوّاَ

.

َُِْا ِهأ ََُُ اوََُُ ،َنسْا ِهأ

“Avvalgi zamonlarda ular isnod haqida so‘rashmas edi. Ammo fitna yuzaga kelganidan

so‘ng, ular hadis isnodini so‘raydigan bo‘lishdi, shunda ahli sunnaning hadislarini olishar,

bid’at ahlining hadislarini esa tark etishar edi”.

Yuqoridagilardan ayon bo‘ladiki, sanadsiz hadis qabul qilinmaydi. Qadimgi

muhaddislar Nabiy (a.s.) gacha yetib boradigan o‘zining sanadini aytib hadis rivoyat etishar

edi. Hadislar kitob shakliga keltirilgach, keyingi muhaddislar kitob sohibigacha yetib


background image

184

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

boradigan o‘zining sanadini aytib, rivoyat qila boshladilar. Masalan, Shoh Valiyulloh

Dehlaviyning “al-Irshod ila muhimmot as-sanad” nomli asarida o‘zidan to hadis to‘plami

mualliflarigacha yetib boradigan roviylar nomi keltirilgan.

“Matn” so‘zi esa arab tilida “qattiq va yerdan ko‘tarilib turgan narsa” degan ma’noni

anglatadi. Ulamolar istilohida esa “kalomning sanadi yetib borgan narsa” matn deyiladi.

“Ziyoda” so‘zi lug‘atda “ortiqchalik”, “qo‘shimcha” degan ma’nolarni anglatadi. Hadis

ilmi istilohida esa bir roviyning o‘zidan boshqa roviylarning qilgan rivoyatlariga ziyoda tarzda

ayrim lafzlarni qo‘shib rivoyat qilishi hisoblanadi. Ushbu ziyodalik isnodda ham, matnda ham

bo‘lishi mumkin. Siqa bo‘lmagan roviyning ziyodasi o‘z-o‘zidan rad etilgani bois, ushbu

holatga doir tadqiqotlar asosan siqa roviyning qilgan ziyodasi atrofida aylanadi.

Abu Bakr Abdulloh ibn Muhammad ibn Ziyod Naysoburiy, Abu Nu’aym Jurjoniy hamda

Abu Valid Hasson ibn Muhammad Qurashiy mazkur ziyodaliklarni izlab topib, bir yerda

jamlagan va tadqiq qilgan olimlar sirasiga kiradi. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniyning ta’kidlashicha,

bu uch imom hadislardagi fiqhiy hukmlar olinishi mumkin bo‘lgan ziyoda lafzlar bilan

shug‘ullanganlar. Lekin bu uch imom hadislarda vorid bo‘ladigan barcha ziyodalar bo‘yicha

mutaxassis bo‘lmagan. Aslida “Ulum al-hadis” ning bu ilmi o‘ta nozik va murakkab bo‘lib,

shunda ham “al-ilal” ilmida yetuk bo‘lgan imomlargina so‘z yuritishga haqli bo‘lganlar.

“Ishonchli roviyning ziyodasi” (ziyodot as-siqa) - bu shunday holatki, roviy o‘z

shayxidan boshqalarga qaraganda ziyoda bir qismni yolg‘iz o‘zi rivoyat qiladi. Ushbu ziyodalik

isnodda ham, matnda ham bo‘lishi mumkin.

Matnga ziyoda qilish haqida ulamolar ixtilof qilganlar. Ba’zilar: “Siqa kishining matnga

qilgan ziyodasi mutlaq qabul qilinaveradi”, deyishgan.

Ba’zilar esa: “Uni umuman qabul qilib bo‘lmaydi”, - deyishgan.

Boshqa ulamolar esa bir hadisni ziyodasiz rivoyat qilgan siqa roviy, xuddi o‘sha hadis

matniga ziyoda qilib rivoyat qilgan bo‘lsa, mazkur ziyodani rad qilishgan. Agar matndagi

ziyoda boshqa roviydan bo‘lsa, buni qabul qilishgan. Imom Ibn Saloh ziyodani qabul qilish

yoki qabul qilmaslikni uch qismga bo‘lgan. Bu yaxshi taqsimot bo‘lib, unga imom Navaviy va

boshqa ulamolar ham qo‘shilganlar. Ushbu taqsimot quyidagidan iborat:

1. Bir rivoyatga siqa kishi ziyoda qilgan. Uning qilgan ziyodasi boshqa siqalarning yoki

o‘zidan siqaroqlarning rivoyatlariga teskari emas. Mana shunday bo‘lsa, ziyodani qabul

qilishga hukm qilinadi, chunki hadisning barchasini siqalardan biri yolg‘iz o‘zi rivoyat qilgani

kabi qabul qilinadi.

2. Uning qilgan ziyodasi boshqa siqalarning yoki o‘zidan siqaroqlarning rivoyatlariga

teskari ma’noga dalolat qilgan bo‘lsa, ziyoda rad qilinadi, qabul qilinmaydi. Bu xuddi shozz

hadisga o‘xshab qoladi.

3. Uning qilgan ziyodasi boshqa siqalarning yoki o‘zidan siqaroqlarning rivoyatiga

ma’lum darajala muvofiq kelmaydi. Mana shu ma’lum darajadagi nomuvofiqlik ikki ishda

sodir bo‘ladi: a) mutlaqni qayd qilishda; b) umumni xoslashda.

Ushbu qismning hukmi qanday bo‘lishi to‘g‘risida Ibn Saloh hech narsa demagan. Lekin

Imom Navaviy uchinchi qismni ta’riflab bo‘lgandan so‘ng: “Mana shu oxirgi holatini qabul

qilish to‘g‘ridir”, deb aytgan.

Matnda kelgan ziyodaga misollar:

Boshqalarga teskari bo‘lmagan ziyodaga misol - Imom Muslim Ali ibn Mus’hirdan, u

A’mashdan, u Abu Razin va Abu Solihdan, ular Abu Hurayra (r.a.) dan qilingan rivoyatdir. Ana

shu rivoyatda boshqa siqalarning rivoyatiga (yuqorida keltirilgan hadisga) ziyoda tariqasida

“falyuriqhu” (uni to‘kib yuborsin) kalimasi kelgan. Bu kalima it birovning idishini yalab

qo‘yishi xususidagi hadisning matniga ziyoda bo‘lgan. Ushbu ziyodani A’mashning

sohiblaridan bo‘lgan boshqa hofizlar va siqalar zikr qilmaganlar. Faqat A’mashdan rivoyat

qilganlarning ichida Ali ibn Mus’hirgina ushbu ziyodani qilgan. Qolgan roviylar esa

“Biringizning idishini it yalasa, uni yetti marta yuvsin”, degan rivoyatni keltirganlar xolos. Bu

hadisni A’mashdan bir qancha odam rivoyat qilgan. Ularning barchasi siqa, ishonchli. Ularning


background image

185

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

hech qaysisida “to‘kib yuborsin” degan ziyoda yo‘q, faqat Ali ibn Mus’hirning rivoyatida bor.

Lekin bu ziyoda rivoyatdagi ma’noga teskari emas. Ushbu ziyodani Ali ibn Mus’hirning yolg‘iz

o‘zi rivoyat qilmoqda. U kishi siqalardan bo‘lib, qilgan ziyodasi qabul qilinadi.

Matndagi ziyoda boshqa roviylarning rivoyatiga teskari bo‘lishiga misol: Rasululloh

(s.a.v.) dan rivoyat qilingan mashhur hadisda: “Qurbonlik va tashriq kunlari ahli Islomning

bayramidir va bu kunlar yeb-ichish kunlaridir”, deyilgan. Barcha roviylar rivoyatni shu tarzda

keltirganlar. Lekin faqat bir roviy, ya’ni Muso ibn Ali ibn Raboh otasidan, u Uqba ibn Omirdan

qilgan rivoyatdagina qurbonlik kunidan oldin “arafa kuni” degan ziyoda qo‘shilgan. Bu hadisni

Imom Termiziy va Abu Dovudlar rivoyat qilganlar. Ushbu ziyoda boshqa siqalarning

rivoyatlariga teskari bo‘ladi. Bu rivoyatdan “arafa kuni yeb-ichish kuni” degan ma’no chiqib

qoladi. Bu gap hech qayerda yo‘q bo‘lib, aksincha arafa kuni ro‘za tutish to‘g‘risida kelgan

rivoyatlar mashhurdir.

Ma’lum darajada teskari bo‘lgan ziyodaga misol: Imom Muslim Abu Molik Ashja’iydan,

u Rib’iydan, u Huzayfadan qilgan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.) bir necha narsalarni zikr qilib

borib: “...Bizga yerning barchasi masjid qilindi va bizga uning tuprog‘i poklovchi qilindi”,

dedilar. Abu Molik Ashja’iyning rivoyatida: “Bizga uning tuprog‘i poklovchi qilindi” degan

qo‘shimcha qo‘shilgan. Mana shu yerda roviylarning birortasi rivoyat qilmagan so‘z – “tuproq”

ziyodadir. Mana shuni “ma’lum darajada muvofiq kelmaydi” deyiladi. Yer bilan tuproq bir

narsadir. Lekin lafzlar boshqa-boshqa bo‘lgani uchun oz bo‘lsa-da, nomuvofiqlik bor.

Isnodga qilingan ziyodaning hukmi: Isnodga ziyoda qilinishidan bu borada ko‘p

uchraydigan ikki bosh masala kelib chiqadi. Bu ikkisi: vasl bilan irsolning va raf’ bilan

vaqfning o‘zaro qarama-qarshi bo‘lishidir. Bunda yuqorida aytilgan ikki turdagi ziyodadan

boshqa ziyodalar haqida bahs yuritilgan. Ularning hukmlari, vasflari va boshqa jihatlari

aytilgan. O‘zimiz bahs yuritayotgan isnoddagi ziyoda vasl bilan irsol va vaqf bilan raf’ borasida

qilinadigan ziyodalar haqida bo‘lib, ulamolar bularning hukmi haqida ixtilof qilganlar. Bu

ixtiloflarni to‘plab kelsak, to‘rt turga bo‘linadi:

1. Ba’zan vasl qilib yoki raf’ qilib rivoyat qilgan roviyning ziyodasi qabul qilinadi. Bu -

jumhur ulamolar, fuqaholar va usul al-fiqh ulamolarining fikridir.

2. Irsol qilgan yoki vaqf qilgan roviyning ziyodasi rad qilinadi. Bu hadis sohiblarining

so‘zidir.

3. Qaysi biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha qabul qilinadi. Bu ham hadis sohiblarining so‘zi.

4. Hifzi (xotirasi) kuchliroq roviylarniki qabul qilinadi, kuchsizlarniki qabul qilinmaydi.

Bu gapni ham hadis sohiblari aytganlar. Isnodga ziyoda qilishga misol tariqasida “Valiysiz

nikoh yo‘q” degan hadis keltiriladi. Hadisni Yunus ibn Abu Is’hoq as-Sobi’iy va o‘g‘li Isroil

hamda Qays ibn Rabi’ Abu Is’hoqdan muttasil, musnad holda rivoyat qilganlar. Sufon Savriy va

Shu’ba ibn Hajjoj xuddi shu hadisni Abu Is’hoqdan mursal holda rivoyat qilgan.

Ziyodani rad qilish va uni ziyoda qilgan shaxsning vahmi (xatosi) deb sanash uchun

ikkita shart qo‘yiladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Ziyodani keltirgan shaxsdan ko‘ra ziyodani keltirmagan shaxs puxtaroq va siqaroq

bo‘lishi kerak. Misol uchun bitta hadis ikkita rivoyatda kelmoqda. Bir rivoyatda ziyoda sodir

bo‘lgan. Mana shuni rivoyat qilayotgan roviydan ko‘ra ziyodasi yo‘q sanadni keltirgan roviy

kuchli bo‘lishi kerak. Ana shunda ziyoda rad qilinadi.

2. Ziyoda voqe bo‘lgan joyda eshitganlik to‘g‘risida ochiq-oydin (masalan, “eshitdim”

degan) so‘z bo‘lishi kerak. Agar ushbu ikki shart yoki ulardan biri bo‘lmasa, ziyodani qabul

qilsa bo‘ladi.

Ushbu ziyodadan xoli bo‘lgan isnod “munqoti” deyiladi. Lekin mazkur uzilish maxfiy

bo‘lib, bunday kesilishda roviy tushib qolgani uchun, unday hadis “mursal al-xafiy” deb ataladi.

Faqat bu yerda bir nozikroq nuqta bor, ya’ni: sanadda ziyoda borligini boshqa sanadga

solishtirib ko‘rib bilinadi. Bir hadis ikki, uch, to‘rt yo‘l bilan rivoyat qilingan. Bittasida “Sufyon”

va “Abu Idris” kabi ziyoda qilingan roviylar bor, boshqasida yo‘q. Mana shu ziyoda ekan, uni


background image

186

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

tushirib qoldiraylik, deyish uchun ikkita shart bo‘lishi kerak. Bu shartlar bilan ham yuqorida

tanishib o‘tdik.

Sanadda ziyoda voqe bo‘lishi haqidagi da’voga qarshi ikki e’tiroz bor:

1. Agar roviy ziyodasiz isnodda tushib qolgan roviydan avvalgi roviyni “an” bilan

rivoyat qilsa, bu hadisni munqoti deyish lozim bo‘ladi. Masalan, bir hadis matnining ikki

sanadi bor. Birinchi sanadda bir odamning ismi ziyoda bo‘lib turibdi. Ikkinchi sanadda o‘sha

odamning ismi tushirib qoldirilib, undan oldingi roviydan “eshitdim” deyish o‘rniga “an”

qo‘shilib, “falonchi roviydan” deyilmoqda. Ana shu “an” bilan kelgan sanad munqoti bo‘lib

qoladi.

2. Agar roviy ziyodasiz isnodda tushib qolgan roviydan avvalgi roviyni bevosita

“eshitdim” deb ochiq-oydin aytgan bo‘lsa, ehtimol, u hadisni avvalroq sanadda ziyoda qilingan

kishidan eshitgan bo‘lib, keyin undan avvalgi roviyning o‘zidan bevosita eshitgan bo‘lishi ham

mumkin. Bir gal birov orqali eshitib, ikkinchisida o‘zidan eshitgan. Bu esa bo‘lishi mumkin

bo‘lgan holatdir.

Bu e’tirozlarga quyidagicha javob berish mumkin: Birinchi e’tiroz fikri to‘g‘ri. Ikkinchi

e’tirozda zikr qilingan holat ham bo‘lishi mumkin. Lekin ulamolar “mana bu ziyoda” deb hukm

qiladigan bo‘lsalar, albatta, o‘sha ziyodaligiga, u yerda adashuv va vahm borligiga aniq hujjat

va dalil bo‘lsagina aytadilar.

Xulosa o‘laroq shuni aytish lozimki, isnod va matndagi ziyodaliklarni aniqlash havaskor

yoki mustaqil tadqiqotchining qo‘lidan keladigan, uning hukmi yolg’iz ungagina tashlanib

qo‘yiladigan narsa emas. Balki, isnod va matndagi ziyodaliklarni aniqlashda “ilm al-ilal”

hamda “jarh va ta’dil” ilmining ahamiyati katta bo‘lib, bu ilm sohasi orqali hadis isnodi va

matnida uchraydigan illatlar hamda roviylarning ishonchli yoki yo‘qligi borasida xulosa

beriladi. Shunga ko‘ra, ushbu ilmda mohir bo‘lgan olimning fikriga muvofiq, roviylarning

isnod yoki matnga qo‘shgan ziyodasi qabul qilinadi yoki rad etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. – T.: Hilol nashr, 2021. – 383

b.

2. X. Abiyev, H. Aminov, M. Ismoilov, B. Abdullayev. Sahihi Buxoriy sharhi. 4 jild. – T.: Hilol-

nashr, 2022. - 416 b.

3. X. Abiyev, A. Alloqulov, O. Hoshimov, M. Abduraxmonov. Sahihi Muslim sharhi. – T.: Hilol-

nashr, 2023. – 639 b.

4. Muhammad Ayyubxon Hamidov. Isnod ilmi.

https://minbar.uz/post/isnod-ilmi?cat_id=5

5. Doktor Mahmud Tahhon. Taysir fi mustalah al-hadis. - Iskandariya: Maktaba al-haramayn,

2002. – 183 b.

6. Jaloliddin Suyutiy. Tadrib ar-roviy. 2 jild. – Jidda: Dor al-minhoj, 2016. - 502 b.

7. Shabbiyr Ahmad Usmoniy. Muqaddima fath al-mulhim. 12 jild. – Bayrut: Dor ihyo at-turos

al-ilmiy, 2006.

8. Abdulhaq Dehlaviy. Lamaot at-tanqih fi sharhi Mishkot al-masobih. 11 jild. – Damashq: Dor

an-Navodir, 2014.

9. Islom Mahmud Dirbola. Muqaddimot fi ulum al-hadis. - Maktaba al-Aluka: 2013. – 540 b.

10. Samira Muhammad Saloma Amr. Al-Mazid fi muttasil al-asonid. - Ar-Riyod: Maktaba ar-

rushd, 2005. - 259 b.

11. Doktor Luqmon Hakim Indunisiy Azhaziy. Imdod al-mug‘is. – Qohira: Dor as-Solih, 2020. –

263 b.

Библиографические ссылки

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. – T.: Hilol nashr, 2021. – 383 b.

X. Abiyev, H. Aminov, M. Ismoilov, B. Abdullayev. Sahihi Buxoriy sharhi. 4 jild. – T.: Hilol-nashr, 2022. - 416 b.

X. Abiyev, A. Alloqulov, O. Hoshimov, M. Abduraxmonov. Sahihi Muslim sharhi. – T.: Hilol-nashr, 2023. – 639 b.

Muhammad Ayyubxon Hamidov. Isnod ilmi. https://minbar.uz/post/isnod-ilmi?cat_id=5

Doktor Mahmud Tahhon. Taysir fi mustalah al-hadis. - Iskandariya: Maktaba al-haramayn, 2002. – 183 b.

Jaloliddin Suyutiy. Tadrib ar-roviy. 2 jild. – Jidda: Dor al-minhoj, 2016. - 502 b.

Shabbiyr Ahmad Usmoniy. Muqaddima fath al-mulhim. 12 jild. – Bayrut: Dor ihyo at-turos al-ilmiy, 2006.

Abdulhaq Dehlaviy. Lamaot at-tanqih fi sharhi Mishkot al-masobih. 11 jild. – Damashq: Dor an-Navodir, 2014.

Islom Mahmud Dirbola. Muqaddimot fi ulum al-hadis. - Maktaba al-Aluka: 2013. – 540 b.

Samira Muhammad Saloma Amr. Al-Mazid fi muttasil al-asonid. - Ar-Riyod: Maktaba ar-rushd, 2005. - 259 b.

Doktor Luqmon Hakim Indunisiy Azhaziy. Imdod al-mug‘is. – Qohira: Dor as-Solih, 2020. – 263 b.