Авторы

  • Sevinch Sattorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115408

Аннотация

Ovqatdan zaharlanish bugungi kunda jahon hamjamiyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson ovqatdan zaharlanishdan jabrlanadi. Mazkur maqolada oziq-ovqatdagi toksinlar ta’sirida yuzaga keladigan nevrologik sindromlarning klinik ifodalanishi 28 nafar bemorda o‘rganiladi. Ovqat toksikoinfeksiyasi natijasida kuzatiladigan nevrologik sindromlar anamnez to‘plash, topik diagnostika, laborator va instrumental tekshiruvlar orqali amaliy tahlil qilindi. Tadqiqotda kuzatuvga olingan bemorlarning barchasida umumiy ahvol yomonlashishi va asosiy nevrologik buzilishlardan diplopiya, ptoz, anizokoriya, midriaz va boshqalar aniqlandi. Ovqatdan zaharlanishlar nafaqat gastroenterologik muammolar, balki turli nevrologik sindromlar bilan ham kechadi. Bu holatlarning erta aniqlanishi, tezkor va kompleks yondashuv asosida davolanishi og‘ir asoratlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.


background image

180

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

OVQATDAN ZAHARLANISHDA KUZATILADIGAN

NEVROLOGIK SINDROMLARNING KLINIK TAHLILI.

Sattorova Sevinch

Urganch tibbiyot institute tibbiy

profilaktika fakulteti

4-bosqich talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15781676

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-iyun 2025 yil

Ovqatdan zaharlanish bugungi kunda jahon

hamjamiyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng muhim

muammolardan

biri

hisoblanadi.

JSSTning

ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 600 millionga

yaqin inson ovqatdan zaharlanishdan jabrlanadi.

Mazkur maqolada oziq-ovqatdagi toksinlar ta’sirida

yuzaga keladigan nevrologik sindromlarning klinik

ifodalanishi 28 nafar bemorda o‘rganiladi. Ovqat

toksikoinfeksiyasi natijasida kuzatiladigan nevrologik

sindromlar anamnez to‘plash, topik diagnostika,

laborator va instrumental tekshiruvlar orqali amaliy

tahlil

qilindi.

Tadqiqotda

kuzatuvga

olingan

bemorlarning barchasida umumiy ahvol yomonlashishi

va asosiy nevrologik buzilishlardan diplopiya, ptoz,

anizokoriya, midriaz va boshqalar aniqlandi. Ovqatdan

zaharlanishlar nafaqat gastroenterologik muammolar,

balki turli nevrologik sindromlar bilan ham kechadi. Bu

holatlarning erta aniqlanishi, tezkor va kompleks

yondashuv asosida davolanishi og‘ir asoratlarni oldini

olishda muhim rol o‘ynaydi.

KEY WORDS

ovqatdan

zaharlanish;

nevrologik

sindrom;

toksikoinfeksiya; ptoz; midriaz;

diplopiya; anizokoriya; disfagiya;

afoniya.

Mavzuning dolzarbligi.

Ovqatdan zaharlanish inson salomatligi uchun jiddiy xavf

tug‘diruvchi holat bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab millionlab odamlar orasida uchraydi.

Zaharlanish holatlarining ko‘pchiligi ovqat orqali organizmga kiradigan mikroorganizmlar,

ularning toksinlari yoki kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ta’siri ovqat hazm

qilish tizimi bilan cheklanmaydi, balki markaziy va periferik asab tizimiga ham zarar

yetkazadi. Ayniqsa, botulizm, gistamin intoksikatsiyasi va boshqa turli oziq-ovqat toksinlari

bilan bog‘liq holatlarda nevrologik simptomlar asosiy klinik belgi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ovqatdan zaharlanish - bu sifatsiz, yaroqsiz yoki mikroorganizmlar va ularning toksinlari

yohud kimyoviy moddalar bilan zararlangan ovqatni iste’mol qilish natijasida yuzaga

keladigan o‘tkir kasallikdir [1].

Quyida ovqatdan zaharlanishga olib keluvchi asosiy sabablar:

1. Bakteriyalar: Salmonella, Escherichia coli, Clostridium botulinum, Listeria monocytogenes.

2. Viruslar: Norovirus, Rotavirus.

3. Zamburug‘lar: Ayrim mog‘or zamburug‘lari toksinlari (mikotoksinlar).

4. Kimyoviy moddalar: Pestitsidlar, nitrat/nitritlar, og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, simob),

konservantlar.

5. Tabiiy toksinlar: Zaharli qo‘ziqorinlar, ayrim baliq yoki dengiz mahsulotlari toksinlari [2].


background image

181

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Tadqiqotning maqsadi:

ovqat toksikoinfeksiyasi tufayli bemorlarda kuzatiladigan

nevrologik sindromlarni klinik tahlil qilish.

Tekshiruv va tadqiqot usullari.

2022 - 2024 yillarda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot

markazining Nevrologiya bo‘limida ovqatdan zaharlanish bilan tashxislangan va davolangan

28 nafar bemorlarda tadqiqot olib borildi. Ularning barchasida nevrologik belgilari kuzatilgan.

Tekshiruv usullaridan anamnez to‘plash, topik diagnostika, laborator va instrumental

usullardan foydalanildi.

Jumladan, anamnez va umumiy ko‘rikda:
1. So‘nggi 48 soat ichida iste’mol qilingan ovqat haqida so‘rash;

1.1. Zaharlanish ehtimoli bo‘lgan boshqa shaxslarning holatini aniqlash;

1.2. Bemorning boshlang‘ich shikoyatlarini ro‘yxatlash.

Laborator va instrumental tekshiruvlarda:

2. Umumiy qon tahlili;

2.1. Qand, elektrolitlar, jigar fermentlari;

2.2. Botulin toksini yoki boshqa toksinlar uchun ELISA / PCR;

2.3. EMG va ENG - mushak-nerv o‘tkazuvchanligi;

2.4. EEG - ensefalopatiya va generalizatsiyalangan faoliyati;

2.5. MRT yoki KT - markaziy patologiyalarni inkor qilish uchun.

Olingan natijalar.

Tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning barchasida bosh

aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya va tana harorati ko‘tarilishi kuzatildi. Bundan

tashqari, aqliy va ruhiy holatda o‘zgarish, diqqat va xotira susayishi, mushak kuchi zaiflashuvi

va umumiy harakat qiyinlashishi aniqlandi. Asosiy nevrologik buzilishlardan diplopiya, ptoz,

anizokoriya, midriaz, disfagiya, afoniya, oftalmoplegiya, dizartriya, giperesteziya yoki

paresteziya ko‘rildi.

Xulosa.

Ovqatdan zaharlanish holatlarida uchraydigan nevrologik sindromlarning klinik

ko‘rinishlari, ularning patofiziologik asoslari va diagnostik yondashuvlari keng qamrovda

tahlil qilindi. Tadqiqotlar asosida aniqlanishicha, oziq-ovqat toksinlari markaziy va periferik

asab tizimiga ta’sir ko‘rsatib yuqoridagi sindromlarni keltirib chiqardi.

Ovqatdan zaharlanish natijasida yuzaga keladigan nevrologik sindromlar ko‘p hollarda

umumiy intoksikatsiya belgilariga o‘xshab ketishi sababli, shifokorlar tomonidan ularni erta

bosqichda aniqlash va differensial tashxis qo‘yish katta ahamiyatga ega. Toksinlarning nerv

tizimiga ta’sir mexanizmini tushunish klinik qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2014, 84-100 bet.

2. G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2015, 105-124 bet

3. Z.Ibodullayev, Umumiy nevrologiya, Zamin nashr Toshkent - 2021, 80-95 bet

Библиографические ссылки

G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2014, 84-100 bet.

G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2015, 105-124 bet

Z.Ibodullayev, Umumiy nevrologiya, Zamin nashr Toshkent - 2021, 80-95 bet