Авторы

  • U.R. Raupov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115412

Аннотация

Insonni kamolotga yetkazish uchun buyuk ajdodlarimiz me’rosi va hozirgi zamon ilmu-fani asosida to‘plangan bilimlarga tayangan holda, yosh avlodni komillikka chorlash va ro‘yobga chiqarish asosida yurtimizda izchil ishlar olib borishimizni taqozo etadi. Albatta, soglom va barkamol avlod – komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning roli benihoya katta ahamiyat kasb etadi.


background image

163

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

KOMIL INSON TARBIYASI

Raupov U.R.

Osiyo хalqaro universiteti 1 – bosqich magistiri

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15775726

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 30-iyun 2025 yil

Insonni kamolotga yetkazish uchun buyuk

ajdodlarimiz me’rosi va hozirgi zamon ilmu-fani asosida

to‘plangan bilimlarga tayangan holda, yosh avlodni

komillikka chorlash va ro‘yobga chiqarish asosida

yurtimizda izchil ishlar olib borishimizni taqozo etadi.

Albatta, soglom va barkamol avlod – komil insonni

tarbiyalab voyaga yetkazishda, ta’lim sohasida faoliyat

yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning roli

benihoya katta ahamiyat kasb etadi.

KEY WORDS

komil inson, метод, ахлоқ,

o‘qituvchi,

murabbiy,

ta’lim-

tarbiya.

Hozirgi sharoitda, har qanday jamiyatda yosh avlod uchun olib boriladigan ta’lim-tarbiya

jarayoni muayyan maqsad asosida tashkil etilishini taqozo etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston

Respublikasida tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi komil insonni

tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishdagi siyosat, nafaqat, davlatning

rivojlanishini, balki insoniyatning xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash va komil insonni

tarbiyalab voyaga yetkazishga e’tibor berilayotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga

yetkazish va shu asnoda yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga e’tibor qaratiladi.

O‘quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashning asosini o‘zlikni anglash, mustaqil fikrlash

va o‘z o‘zini boshqarishga o‘rgatish tashkil etadi. Ushbu tarbiya hozirgi kunda pedagogikaning

eng dolzarb muammosi sifatida o‘rganilmoqda. Chunki, barcha davrlarda ham taraqqiyotning

yangi bosqichiga o‘tish uchun har qanday millat o‘zining o‘tmishi va bugunini yangidan

anglash va shunga asosan kelajagini belgilashi zarur bo‘ladi.

Buning uchun ma’lum axloqiy me’yorlar doirasida yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetishtirish

jarayoni millat va jamiyatning bosh vazifasi bo‘lib qoladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal

qilishda har bir pedagogdan yoshlarimizni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda faol

hayotiy pozitsiyani shakllantirish, ijtimoiy zarur foydali mehnatga tayyorlash, tarbiyaviy

ta’sirning uzluksizligini ta’minlash orqali hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, komil inson tarbiyasi deganda yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik,

mehribonlik, oliyjanoblik, rostgo‘ylik kabi hislatlarning shakllantirilishiga qaratilgan ta’lim-

tarbiya jarayonining amalga oshirilishi o‘rganiladi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni

quyidagicha belgilaydi: bu Karimovni gapimas. https://iiau.uz/oz/news/2113 shu maqolani

10 xatboshisi: “Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat,

ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sifati va garovi deb bilgan”.

(Manba???)

Barcha zamonlarda ham komil inson tarbiyasining yaxlit bir tizimini yaratish yuzasidan qator

izlanishlar va tadqiqotlar olib borilganligi ma’lum. Hozirgi zamon sharoitidagi komil inson

tarbiyasining mukammal ta’limotga oid bo‘lgan ma’lumotlar Prezidentimizning (bu yerda


background image

164

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Mirziyoyev tushuniladi) quyidagi iboralarida o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin: “Shuni

unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha

aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim

va tarbiya olishiga bog‘lik”(Manba kitob beti yili???). I.A.Karimov o‘z fikrini davom ettirib

quyidagilarni ta’kidlaydi: “Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola

timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,

farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil

insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi

lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni

talab etadi”. ????

Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda aytish joizki, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda

professor-o‘qituvchilarga katta ma’suliyat yuklatiladi. Shu ma’noda ular tomonidan o‘z

faoliyatlarini

amalga

oshirishlari

uchun

quyidagi

xususiyatlarni

o‘zlarida

mujassamlashtirishlari zarur bo‘ladi:

- shaxs kamolotini shakllantirish uchun yosh avlodning ruhiy xislatlarini anglab yetmog‘i;

- ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan barcha bilim, malaka va

ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan bo‘lishi talab etiladi;

- zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida erishilgan eng ilg‘or o‘qitish

texnologiyalarini o‘zlashtirgan va shu asosda mashg‘ulotlarni o‘tkazishi talab etiladi.

Sir emas, buyuk ajdodlarimizning ilmiy meroslarida boshqa fanlar qatori ta’lim-tarbiya

masalasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, ularning ta’limotida va hozirgi kun

tadqiqotchilari oldidagi ko‘ndalang bo‘lgan muammolardan biri komil inson tarbiyasi

hisoblanadi. Sharqning buyuk allomalari Xazrat Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Fitrat va

boshqa olimlarning keng qamrovli izlanishlarida komil inson tarbiyasiga alohida ahamiyat

berilgan, shuningdek ularning asarlarida bu savol yechimi asosiy deb qaralgan.

Xazrat A.Navoiyning “Farxod va Shirin” dostoni va “Holati Pahlavon Muhammad” asarlarida

Farxodning ham, Pahlavon Muhammadning ham zo‘rligidan jismoniy yetukligidan ko‘ra,

ularning ma’naviy dunyosini, komillik fazilatlarini maroq bilan bayon etgan. Jumladan, ul zot

tomonidan inson erishishi lozim bo‘lgan komillik cho‘qqisini quyidagicha ta’riflagan:

Hamul ilmi baland ovoza birla,

Bu yanglig‘ zo‘ri beandoza birla,

O‘zin abjad o‘gur eldin tutib kam,

Dama donishki, zo‘ri dast ila ham. (manba??)

Ushbu satrlarda asar kahramonlarining cheksiz kuch-qudrati va bilimli bo‘lishiga qaramasdan

alifboni o‘qiydigan o‘quvchidan ham o‘zini kamtar qilib ko‘rsatganligi hamda bor kuchini

bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishganligiga e’tiborni qaratgan.

Bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy insonlarning ilmga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini

qondirish har qanday fanning asosiy vazifasi deb hisoblagan. Ul zotning talqinida har qanday

fanning maqsadi tahsil oluvchilarga qimmatbaho duru-gavhar, zeb-ziynatlarni in’om etishmas,

balki fanlar yordamida zaruriy bilimlar manbaini to‘plash va ma’lumotli bo‘lishga undaydi.

Uning fikriga binoan, agar inson hayot faoliyati davomida bilimi, malakasi va hayotiy

ko‘nikmalarini namunali xulqi hamda odobli xatti-harakatlari hisobiga o‘zlashtirishi

mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda olim – inson yovuzlikdan holi bo‘lgan

holatlardagina bilimlar sohibi bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Ularning ta’biriga ko‘ra:

“Kishilarni ijtimoiy kamolotga yetkazish ishi – fan yordamida tarbiyalanadigan yuksak

intellektual va axloqiy normalarni hamma joyda joriy qilish jarayonida amalga oshiriladi”

(Qayerdan olingan,??) – deb ta’kidlagan. Shuningdek, buyuk olimning yozib qoldirgan

me’roslarida komil inson orzusi quyidagi satrlarda o‘z ifodasini topgan: “Yoshlar – rahmdil,

mehribon, odamlarga iltifotli bo‘lishini, xayrihohlik ko‘rsatish, inson qiyinchiliklarga duch

kelganda yordamini ayamaslikka undaydi”. Bundan tashqari quyidagi salbiy xulq-atvor:

“Boylikka intilish, adolatsizlik, xasislik, sobitsizlik, jur’atsizlik, ayyorlik va makkorlik” kabi


background image

165

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

hislatlarni qoralaydi. Bular asosida olim tarbiyalanuvchilarga “ezgulik”ka ko‘prok e’tiqod

qilishni va “yovuzlik”dan uzoq bo‘lish hamda xazar qilishga dav’at qiladi.

Mutafakkir olimlarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,

ularning ilmiy izlanishlari asosida tayyorlangan meroslarida komil inson tarbiyasining

tamoyillari to‘laqonli yaratilgan bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab

olinganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, buyuk olim Fitrat komil insonni tarbiyalashda,

ma’naviy-axloqiy tarbiyaning beqiyosligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Oila” risolasida (“Bola

tarbiyasi” bobida), farzandlarning aqliy, axloqiy va badantarbiyani birgalikda olib borish

kerakligiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, go‘dakning aqliy va axloqiy tarbiyasi bilan birgalikda

uning badantarbiyasiga e’tibor berish zarurligini ko‘rsatib o‘tgan, har xil yomon odatlardan

saqlab, asta-sekin kamol toptirish, salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish, toza va pokligi, o‘z vaqtida

ovqatlanishi zarurligini alohida ta’kidlaydi.

Demak, insonni kamolotga yetkazish uchun buyuk ajdodlarimiz merosi va hozirgi zamon

ilmu-fani asosida to‘plangan bilimlarga tayangan holda, yosh avlodni komillikka chorlash va

ro‘yobga chiqarish asosida yurtimizda izchil ishlar olib borishimizni taqozo etadi. Albatta,

soglom va barkamol avlod – komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim sohasida

faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning roli benihoya katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. И.Каримов “Юксак маънавият yeнгилмас куч”. 2008 йил.

2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг

72-сессиясида нутқи. Нью-Йорк.23.09.2023 й.

3. Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – Т.: Sano standart, 2017.

–B. 154-157.

4. Abu Rayxon Beruniy. Mineralogiya. –T., 2009.

5. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. –T., 2008.

Библиографические ссылки

И.Каримов “Юксак маънавият yeнгилмас куч”. 2008 йил.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясининг

-сессиясида нутқи. Нью-Йорк.23.09.2023 й.

Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – Т.: Sano standart, 2017. –B. 154-157.

Abu Rayxon Beruniy. Mineralogiya. –T., 2009.

Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. –T., 2008.