155
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYASI
RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK TOMONLARI
Il’yasova Dilshoda Akmal qizi
TAFU o‘qituvchisi, TMI doktoranti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15760975
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-iyun 2025 yil
Mazkur
maqolada
o‘quvchilarda
kitobxonlik
kompetensiyasining rivojlanish bosqichlari psixologik
nuqtai nazardan yoritiladi. Kitobxonlik – bu faqat o‘qish
malakasi emas, balki tafakkur, e’tibor, xotira va hissiy
dunyo bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Shu bois,
ushbu kompetensiyaning rivojlanishida bolalarning
yoshiga xos psixologik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich
ko‘rib chiqiladi. Har bir rivojlanish davrida o‘quvchining
kitobga bo‘lgan munosabati, matnni anglash darajasi va
o‘qish motivatsiyasining shakllanishi tahlil qilinadi.
Ushbu mavzu hozirgi zamon ta’limida o‘quvchilarda
mustaqil o‘qish madaniyatini shakllantirish uchun
muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi
KEY WORDS
O‘smirlik,motiv,o‘quv
motivi,
kognitiv jarayonlar, intellektual
faoliyat, oila, maktab.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan
e’tibor ertangi kun uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rilayotganligini ko‘rsatadi. Har qanday
mamlakatning kelajagini bugungi kunning yoshlari belgilab beradi. Ular global rivojlanishning
barcha sohalariga hayotbaxsh kuch bag‘ishlab turuvchi tomiridir. Dunyo aholisining 30
foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi va bu ko‘rsatgichning asosiy qismi o‘smirlardir.
O‘smirlik davri o‘zining psixologik, fiziologik, ijtioiy omillari bilan murakkab, og‘ir davr
hisoblanadi. Bu paytga kelib insonda jismoniy, aqliy, ahloqiy, ijtimoiy tomonlarida jiddiy
o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunda ularda turli qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar paydo bo‘ladi,
chunki ular bir tomondan “bola” ham emas, ikkinchi tomondan “katta” ham emas. Uning
qarashlari, qiziqishlari o‘zgaradi, ijtimoiy tomondan qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini baholash,
o‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar tizimi ham birmuncha o‘zgaradi.
Bu davr insonni bolalikdan yoshlikka o‘tuvchi bir bo‘lagi hisoblanib, boshqa davrlarga
qaraganda o‘zining murakkabroq kechishi bilan farq qiladi. Bu davrni olimlar pedagogik-
psixologik adabiyotlarda “O‘tish davri”, “Og‘ir davr”, “Inqiroz davri” kabi iboralar bilan
atashgan. Bu rivojlanish davri bolalarning 5-8-sinflarda ayni o‘qish paytida, 11-12 yoshdan
14-15 yoshgacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil oldin yoki
keyin ham kuzatilishi mumkin. O‘smirlik davri qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga qaraganda
nisbatan 1-2 yil oldinroq kechadi.
L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarining o‘zgarishiga bog‘liq ravishta salbiy va ijobiy
ajratib ko‘rsatgan. Salbiy faza qismiga ilgarigi qiziqishlarining so‘`nishi va yangi dastlabki
jinsiy qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hissiyotlar shakllana boshlaydi. Bunda
o‘zlashtirishining pasayishi, o‘smirning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan
qoniqmasligi, xavotirlanish va boshqalar. Ijobiy faza tomondan esa keng, chuqur yangi
qiziqishlarining paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. O‘smirda boshqalarning va o‘zining
156
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
psixologik hissiyotlariga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘smirlik davridagi inqiroz – o‘smir
kechinmalari, uning tuzilishi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir.
O‘smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari birmuncha o‘zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi
ro‘y beradi. Tengqurlari bilan munosabatida yangi shakllari paydo bo‘ladi. Jamoada
o‘spirinning ijtimoiy maqomida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan
unga talablar kuchayadi. Bu yoshga kelib o‘spirinning vaqtinchalik oila va maktabdan ruhiy
ajralishi sodir boladi. O‘spirin hayotida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy
jamoa va norasmiy muomila guruhini tanlash bilan band bo‘ladi va oxir oqibat o‘zini qulay
sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport, texnika,
to‘garagi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bu guruh o‘smirlarning yig‘ilishib, ichib- chekib
o‘tirishidagan yerto‘la ham bolishi mumkin. Bu yoshda o‘smirlarning kattalar xususan ota-
onalar bilan muammolari paydo boladi. Ota-ona o‘z farzandiga yosh bolaga bolganday
qarashadi, bola esa bu g‘amxorlikdan chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun uni`ng kattalar
bilan munosabatida ko‘p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash
kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o‘zgaradi: bo‘ysunish pozitsiyasidan
bola tenglik pozitsiyasiga o‘tmoqchi bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida tengdoshlar bilan ham o‘zaro
munosabatlarining xarakteri o‘zgaradi. O‘spirinda kattalik hissi tug‘iladi va hissiyot mustaqil
bolishiga intilish, kattalarning xoxish istaklariga qarshi chiqishida namoyon boladi. Kichkina
bolaga qaraganda o‘smirning qiziqishlari ancha o‘zgaradi. Ijodiy faoliyatiga intilish bilan bir
qatorda o‘smirga qiziqishlarining beqarorligi ham xosdir.
O‘smirlar qiziqishlari asosida ularga javob yoki qoniqish izlab boshlashadi va turli
axborotlarga duch keladi va ular bu axborotlarni turli manbaalar yordamida qabul qilishadi.
Olinayotgan axborotlar albatta tahlil qilinishi va to‘g‘ri qaror qabul qilishi zarur. Eng ishonchli
va insonning domiy do‘sti bo‘lgan kitoblar bizga eng birinchi yechimga topish uchun
manbaadir. Unga qadar esa esa biz har bir davr uchun kerakli kitoblar bilan birga bo‘lishimiz
va kitobxon insonlar atmosferasida yashayotganimiz eng katta yutuqdir.
Inson o‘zini tanib boshlaganidan boshlab yosh davri qiziqishlariga mos kitoblarga qiziqtish
ota-ona va ustozlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Ularni doim zimdan nazorat qilish, bo‘sh vaqt
qoldirmaslik, atrofidagi insonlar bilan aloqada bo‘lib turish talab turadi. Bu davrda o‘smirning
asosiy vaqti maktab muhiti bilan bog‘liq, kunning yarmi dars bilan qolgani biror mashg‘ulotga
sarflanishini tashkil qilish zarur. O‘smirlar bu davrda o‘quvchi pozitsiyasida bo‘ladi, ta’lim-
tarbiya muhiti ichida.
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu orqali o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual va ma’naviy-axloqiy
rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
Kitobxonlik kompetensiyasi o‘quvchilarning o‘qigan matni mazmunini anglab yetishi, tahlil
qilib fikr yurita olishi va natijalarini amaliy hayotga tatbiq eta olish qobiliyatidir. O‘quvchida
bu kompetensiya shakllanishi uzoq muddat davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bola faqat
“kitob o‘qigan” i emas, balki o‘qigan matni mazmunini chaqish, unga tanqidiy yondashish va
mustaqil xulosa chiqara olishi ham muhimdir. Bundan maqsad:
1.
Aqliy salohiyatni yuksaltirish;
2.
Ijtimoiy-ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirish;
3.
Til va nutq ma’daniyatini takomillashtirish;
4.
Bo‘sh vaqtni unumli tashkil qilish.
O‘quvchlar boshlang‘ich sinfni tamomlashganidan keyin ular asta-sekin sodda matnlardan
murakkablariga o‘tishadi, shuning uchun o‘qish ko‘nikmasi yetarli darajada bo‘lishi kerak.
Buni esa quyidagi me’zonlar yordamida aniqlash mumkin:
O‘qib tushunish.
O‘quvchi matnni to‘liq va to‘g‘ri o‘qiy oladi, asosiy voqeani, joy va vaqtni
aniqlay oladi. Bundan tashqari qahramonlar va ularning harakatlarini tushuna oladi.
Matn mazmunini ifodalash.
O‘quvchi o‘qigan matni haqida og‘zaki va yozma tarzda bayon
qila oladi, matn bo‘yicha savollarga javob bera oladi.
157
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)
Tahlil va izoh.
O‘quvchi matnning sabab va oqibatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglaydi,
qahramonlarga nisbatan o‘z fikrini bildiradi, matndan iqtibos keltirib o‘z fikrini asoslaydi.
“Agar men shu qahramon o‘rnida bo‘lganimda…” kabi savollarga mustaqil fikr bildira oladi,
muammoni aniqlaydi va unga yechim taklif qila oladi.
Amaliyotda qo‘llash.
O‘quvchi o‘qigan matni asosida sahna ko‘rinishi yaratadi, matnni rasm
bilan izohlaydi, hayotdagi voqealar bilan matndagi o‘xshash holatlarni taqqoslaydi.
Ko‘rinib turibdiki, yoqoridagi talablarga javob berish uchun o‘quvchida yangi axborot qabul
qilish uchun imunitet shakllangan bo‘lishi zarur. Ayni bu paytda esa ularda o‘smirlik inqirozi
kechayotgan bo‘lganligi uchun ular bilim olish muhitidan biroz chalg‘ib boshqa tomonlarga
e`tiborlarini qarata boshlashadi. Ularni o‘z ustida ishlashlari, ilm olishda davom ettirishlari
uchun yetarlicha kuch bo‘lishi va o‘zini boshqarishi zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ғозиев
Э.,
Жабборов
А.
Фаолият
ва
ҳулқ-атвор
мотивaцияси:
(Университетларнинг психология мутахассислиги учун ўқув қўлланма). – Тошкент,
2003.
2.
Ҳайдаров Ф.И. Қишлоқ мактаблари ўқувчиларида ўқиш мотивларини
шакллантириш: психология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган
дисс. – Тошкент: ТДПИ 2006.
3.
Давлетшин М.Г., Алимқулов Ё., Убайдуллаев А., Умаров У., Алимова Ф., Тўйчиева
С. Психология: қисқача изоҳли луғат (ўзбек тилида). – Тошкент, ТДПУ, 2010.
Rosenfeld G. Theorie and practicum der
le
rn motivation. – Berlin,