Авторы

  • Gulxumor Yusupova
  • Durdona Matsabirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.115415

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda shakllanayotgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar, ularning predmeti, metodologiyasi va tadqiqot ob’ektlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunoslikda interdiscipliner (fanlararo) yondashuvning kuchaygani va tilni ijtimoiy, madaniy, kognitiv hamda gender aspektlarda o‘rganish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari son jihatidan ko‘p bo‘lib, maqolada kognitiv tilshunoslik, gender tilshunoslik, neyrolingvistika, korpus lingvistika haqida fikr yuritilgan.


background image

151

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI: ASOSIY

TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Yusupova Gulxumor

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tayanch

doktoranti, e-mail: gulkhumor.yusupova@mail.ru

Matsabirova Durdona Maksudjon qizi

(Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Filologiya

va tillarni o‘qitish (nemis tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

e-mail: durdonamatsabirova@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15760956

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:11-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 13-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 27-iyun 2025 yil

Mazkur

maqolada

zamonaviy

tilshunoslikda

shakllanayotgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar, ularning

predmeti, metodologiyasi va tadqiqot ob’ektlari tahlil

qilinadi. Shuningdek, tilshunoslikda interdiscipliner

(fanlararo) yondashuvning kuchaygani va tilni ijtimoiy,

madaniy, kognitiv hamda gender aspektlarda o‘rganish

tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tilshunoslik

yo‘nalishlari son jihatidan ko‘p bo‘lib, maqolada kognitiv

tilshunoslik, gender tilshunoslik, neyrolingvistika, korpus

lingvistika haqida fikr yuritilgan.

KEY WORDS

kognitiv

tilshunoslik,

gender,

gender tilshunoslik, konsept, frem,

skript, neyrolingvistika, korpus,

kampyuter.

KIRISH.

Tilshunoslik – inson tafakkuri, jamiyat va madaniyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan

murakkab ijtimoiy hodisani o‘rganadigan fan sohasidir. Til insoniyat jamiyatining ajralmas

elementi bo‘lib, nafaqat fikr almashish, balki tafakkur, o‘zlikni anglash va ijtimoiy hayotni

tashkil etishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Ana shu jihatdan tilshunoslik fani hamisha

rivojlanish va takomillashish jarayonida bo‘lib kelgan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dunyo tilshunosligida yangi ilmiy paradigmalarning

shakllanishi kuzatildi. Klassik strukturalizm va generativ grammatikadan tashqari, kognitiv,

pragmatik, sotsiolingvistik, psixolingvistik va kompyuter lingvistikasi kabi zamonaviy

yondashuvlar vujudga keldi. Bu esa tilshunoslikning faqat til tizimini emas, balki uning

funksional, madaniy, gender, psixologik va texnologik jihatlarini ham chuqur tahlil qilish

imkonini berdi. Bunday fanlararo yondashuv tilni yanada kengroq kontekstda o‘rganishga

sharoit yaratdi.
Zamonaviy tilshunoslikning o‘ziga xos jihati – bu tildagi hodisalarni o‘rganishda

antropotsentrik yondashuvning ustuvorligi, ya’ni tilning inson bilan bog‘liqligini markazga

qo‘yishdir. Inson tafakkuri, idroki, hissiyoti va ijtimoiy tajribasi til orqali namoyon bo‘ladi va

tilshunoslik bu jihatlarni ilmiy asosda o‘rganishga intiladi. Shuningdek, til bilan bog‘liq

masalalarni madaniyatlararo kontekstda, global va mahalliy ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy

aloqada ko‘rib chiqish tendensiyasi kuchaymoqda.
Bugungi kunda tilshunoslik nafaqat nazariy ilm-fan sifatida, balki amaliy soha sifatida ham

jadal rivojlanmoqda. Tarjima nazariyasi, til o‘qitish metodikasi, sun’iy intellekt uchun til

modellari yaratish, tahliliy lingvistika va diskurs tahlili kabi ko‘plab amaliy yo‘nalishlar


background image

152

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

shakllanmoqda. Bu esa tilshunoslikni boshqa ijtimoiy va texnik fanlar bilan

integratsiyalashuviga zamin yaratmoqda.
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda shakllanayotgan eng muhim yo‘nalishlar,

ularning asosiy tamoyillari, tadqiqot ob’ektlari va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi

hamda bu yo‘nalishlarning bugungi ilmiy jarayonlardagi o‘rni yoritiladi.

Kognitiv tilshunoslik

- bu til va inson tafakkuri o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan

tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi. U til orqali insonning dunyoni qanday idrok etishi,

bilimlarni qanday shakllantirishi va ongda qanday kodlashtirishini tahlil qiladi. Bu yo‘nalishda

“kontsept”, “freym”, “skript”, “kognitiv metafora” kabi tushunchalar muhim ahamiyatga ega.

Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari:

1. Kontsept (

tushuncha) - inson ongida shakllangan bilim va tajriba birliklari, til orqali

ifodalanadi.

2. Freym (

ramka) - ma’lum bir kontseptual vaziyatni yoki bilim to‘plamini tashkil etuvchi

strukturaviy birlik.

3. Skript

- ma’lum bir vaziyat yoki voqea ketma-ketligini anglatuvchi kontseptual sxema.

4. Kognitiv metafora

- abstrakt tushunchalarni konkret tajriba asosida ifodalash usuli.

5. Kategoriyalashtirish -

inson tafakkurida ma’lumotlarni guruhlash va tasniflash jarayoni.

Shahriyor Safarov — o‘zbek tilshunosligida kognitiv lingvistika sohasida yetakchi olimlardan

biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari kognitiv tilshunoslikning nazariy asoslari, vazifalari va

rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Safarovning fikricha, kognitiv tilshunoslik tilni inson

tafakkuri va idrok jarayonlari bilan bevosita bog‘laydi. [5]
Kognitiv tilshunoslikning nazariy asoslari sun’iy intellekt sohasida tabiiy tilni tushunish va

qayta ishlash tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi. Masalan, Google

Translate, Siri, ChatGPT

kabi tizimlar til va tafakkur munosabatlarini hisobga olib ishlab chiqilgan.

Genderlingvistika

— zamonaviy tilshunoslikning nisbatan yangi va dinamik rivojlanayotgan

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, til va jins o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganadi. Ushbu fan

erkaklar va ayollar nutqidagi farqlar, til birliklarida gender stereotiplarining ifodalanishi,

shuningdek, tilning ijtimoiy va madaniy jihatlari bilan bog‘liq masalalarni tadqiq qiladi. [1]
Gender tushunchasi ilmiy muomalaga 1960-yillarda amerikalik olim R. Stoller tomonidan

kiritilgan bo‘lib, jinsni nafaqat biologik, balki ijtimoiy va madaniy konstruksiya sifatida ham

talqin qilishga asos bo‘ldi. Gender — ingliz tilidagi “gender” (jins) so‘zidan olingan bo‘lib,

insonlarning jamiyatdagi ijtimoiy rollari, xatti-harakatlari va madaniy tavsiflarini ifodalaydi.

Shu

sababli,

genderlingvistika

tilshunoslikda

jinsiy

farqlanishning nafaqat fiziologik, balki ijtimoiy-madaniy

omillar bilan bog‘liq jihatlarini ham o‘rganadi.
Genderlingvistika quyidagi asosiy yo‘nalishlarda tadqiqot

olib boradi:

1.

Ayollar va erkaklarning lingvistik xatti-harakatlari

: Nutq uslubi, leksik tanlov va

kommunikativ strategiyalardagi farqlar.

2.

Sotsiolingvistik gender tadqiqotlari

:

Jamiyatda jinsga xos til stereotiplari va ularning

ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi.


background image

153

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

3.

Feministik va maskulinistik lingvistika

: Ayollar va erkaklar tiliga oid stereotiplar,

diskriminatsiya va tenglik masalalari.

4.

Psixolinguistika va neyrolingvistika

: Jinslarning nutqdagi kognitiv va psixologik

xususiyatlari.

5.

Lingvokulturologik tadqiqotlar

: Turli madaniyatlarda genderga oid til birliklari va

ularning aks etishi.

Neyrolingvistika

(lot. neuron — nerv, lingua — til) — bu psixologiya va tilshunoslik

sohalarining kesishgan nuqtasida shakllangan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, nutq faoliyatining

miyadagi mexanizmlari va afaziya kabi nutq buzilishlarining psixolingvistik jihatlarini

o‘rganadi. Neyrolingvistika sohasining rivojlanishi asosan neyropsixologiya, lingvistika va

psixolingvistikaning o‘zaro integratsiyasi natijasidir. Ushbu fan nutqni ishlab chiqarish va

idrok etish jarayonlarida miyaning qanday funktsiyalarni bajarishini, shuningdek, nutqiy

patologiyalarni tahlil qiladi. Neyrolingvistika tarixiy jihatdan

qadimiy ildizlarga ega bo‘lsa-da, atama sifatida u XX asrning

o‘rtalarida shakllangan. [4]
Miya strukturasiga kelsak, inson miyasi old miya, o‘rta miya va

orqa miya bo‘limlaridan tashkil topgan bo‘lib, neyrolingvistika til

jarayonlarini ushbu qismlarning o‘zaro aloqasi doirasida

o‘rganadi.
Neyrolingvistika til va nutq jarayonlarining miyadagi mexanizmlarini o‘rganadi. Asosan,

miyaning chap yarim shari nutqni ishlab chiqarish va tushunishda asosiy rol o‘ynaydi. Broka

hududi nutqni rejalashtirish va ishlab chiqarishga, Vernik hududi esa nutqni tushunishga

javob beradi. Nutq faoliyati quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

1.

Nutq ishlab chiqarish

uchun primer motor korteks, Broka hududi va ular orasidagi

bog‘lanishlar muhim.

2.

Nutqni tushunish

esa primer eshitish korteksi, Vernik hududi va angulyar girus kabi

sohalar o‘rtasidagi aloqalar orqali amalga oshadi.

3.

Yozish va o‘qish

jarayonlari ham miyaning turli sohalarining o‘zaro integratsiyasi

bilan boshqariladi.

Korpuslingvistika

— tilni katta hajmdagi matnlar (korpuslar) orqali empirik usulda

o‘rganish fanidir. Korpus — bu tilning turli janr, uslub va dialektlarini o‘z ichiga olgan,

elektron shaklda saqlanadigan matnlar to‘plami bo‘lib, u tilning tabiiy va haqiqiy ishlatilishini

aks ettiradi.
Korpuslingvistika

tilni

tahlil

qilishda

eksperimental

aralashuvlarsiz, tabiiy nutq va yozuv ma’lumotlaridan

foydalanadi. Bu yondashuv tilshunoslarga til birliklarining

miqdoriy va sifat jihatidan chuqur tahlilini olib borish imkonini

beradi. Masalan, so‘zlarning ishlatilish chastotasi, ma’nolari,

grammatik shakllari va frazeologik birikmalari korpus asosida

aniqlandi. Korpuslar dastlab qo‘lda yig‘ilgan bo‘lsa, hozirgi

kunda bu jarayon avtomatlashtirilgan va mashina tomonidan

o‘qiladigan formatda saqlanadi. Korpuslingvistika kompyuter lingvistikasi bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lib, til korpuslarini yaratish, ularni tahlil qilish va tilshunoslikda amaliy qo‘llash

usullarini o‘rganadi. [3]

XULOSA


background image

154

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 6-SON, 2-QISM (YOʻITJ)

Zamonaviy tilshunoslik fanining bugungi taraqqiyot bosqichida yuzaga kelayotgan turli

yo‘nalishlar tilning inson hayotidagi o‘rni va funksiyalarini yanada chuqurroq tushunishga

xizmat qilmoqda. Kognitiv tilshunoslik inson tafakkuri va til munosabatlarini tahlil qilsa,

gender tilshunosligi til va ijtimoiy jins o‘rtasidagi murakkab aloqalarni ochib beradi.

Neyrolingvistika esa tilning biologik asoslarini, miyada nutq ishlab chiqarish va idrok qilish

jarayonlarini o‘rganadi. Korpus lingvistika esa tilshunoslikka empirik va statistik tahlil

imkoniyatlarini olib kirdi.
Tilshunoslik fanining bu kabi diversifikatsiyalashuvi uning interdiscipliner (fanlararo) tus

olishiga va boshqa fanlar bilan integratsiyalashuviga olib kelmoqda. Natijada til nafaqat

muloqot vositasi, balki inson tafakkuri, madaniyati, jamiyati, texnologik imkoniyatlari va

psixologik holati bilan bevosita bog‘liq kompleks tizim sifatida talqin qilinmoqda. Maqolada

ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar tilshunoslikning nazariy va amaliy salohiyatini kengaytirishga

xizmat qilmoqda va bu fanning kelajakda yanada yangi tadqiqot yo‘nalishlari bilan boyib

borishini anglatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Yusupova G. Tilshunoslikda gender tadqiqining nazariy asoslari// O‘zbekistonda

xorijiy tillar. — 2023. — № 2 (49). — B. 18-37.

2.

Abdurakhmonova N., Urdishev K. Corpus based teaching Uzbek as a foreign language

// Journal of Foreign Language Teaching and Applied Linguistics. — 2019. — Vol. 7, № 2. — B.

131-137.

3.

Korpus tilshunosligi haqida mulohazalar // Samarqand davlat chet tillari instituti. —

[Elektron

manba].

https://compling.navoiy-

uni.uz/index.php/conferences/article/download/89/81

.

4.

Xabibullayeva N.Sh. Neyrolingvistikaning yondosh sohalar bilan munosabati// Ijtimoiy

fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. — 2024. — № 1. — B. 16-21.

5.

Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. — Jizzax: Sangzor, 2006.

Библиографические ссылки

Yusupova G. Tilshunoslikda gender tadqiqining nazariy asoslari// O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2023. — № 2 (49). — B. 18-37.

Abdurakhmonova N., Urdishev K. Corpus based teaching Uzbek as a foreign language // Journal of Foreign Language Teaching and Applied Linguistics. — 2019. — Vol. 7, № 2. — B. 131-137.

Korpus tilshunosligi haqida mulohazalar // Samarqand davlat chet tillari instituti. — [Elektron manba]. — https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/download/89/81.

Xabibullayeva N.Sh. Neyrolingvistikaning yondosh sohalar bilan munosabati// Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. — 2024. — № 1. — B. 16-21.

Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. — Jizzax: Sangzor, 2006.