31
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
MAQOM SAN’ATINING TARIXI, RIVOJLANISH DAVRI VA
HOZIRGI KUNDA MAQOM SAN’ATI SOHASIDA AMALHA
OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
O‘ralov Davlatnazar Baxrom o‘g‘li,
Guliston davlat unversetiti
San‘atshunoslik fakulteti 1 bosqich talabasi
Azamkulov Gayrat Otakuziyev
Guliston davlat unversetiti, San’atshunoslik fakulteti o‘qituvchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15849076
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 9-iyul 2025 yil
Ushbu maqolada O'zbek maqom san'atining tarixi
hamda rivojlanish davri, davrlar mobaynida yashab
san'at sohasida ijod qilgan insonlar va ular tomonidan
yozib qoldirilgan asarlar va qo'shiqlar. Hozirgi kunda
maqom san'ati sohasida amalga oshirilayotgan
islohatlar to'g'risida so'z boradi.
KEY WORDS
Maqom,
Shashmaqom,
Yunus
Rajabiy , Safouddin Urmaviy ,
Kasbiy musiqa, Uspenskiy, Maqom
tizmi va rivojlanishi ,
Maqom
san'atining
zamonaviy
rivoji,
Maqom ilmiy taqdqiqiy va ta'limiy
ishlar, Xalqaro maqom san'ati
anjumani.
Eng avvalo maqom nima ekanligini bilib olsak. Maqom so'zi arabchadan “o‘rin”, “joy”,
“tovush” degan ma’nolarni bildiradi. Ko‘plik shakli esa Maqomot tushunchasi bilan yuritiladi.
Maqom ma’lum lad asosiga to'g'ri keladigan va muayyan pardadan boshlanadigan kuy va
ashulalar majmuasidir. Maqom bizga azal azaldan meros bo‘lib kelmoqda. Maqom san’ati
o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega bo‘lib, avloddan avlodga “ustoz-shogird” an’anasi oraqali
meros bo‘lib o‘tib kelayotgan kasbiy musiqaning namunasidir. Maqom san’atining rivojida
kasbiy musiqa tizmi ham muhim. Kasbiy musiqaning shakllanishida “saroy madaniyati”
muhim o‘rin tutgan bo‘lib, xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodli musiqachilar xon
saroylarida musiqachi bo‘lib xizmat qilganlar. Shu davrdan boshlab kasbiy musiqa rivojlangan.
Maqom san’ati bilan asosan kasbiy musiqachilar maxsus shug‘ullanganlar. Maqomlar kasbiy
musiqaning eng salmoqli va murakkab qismini tashkil etadi. Maqomlar shakl tuzilishi
jihatidan juda salobatli san’at namunasidir. Shu bois o‘tmishda yashab ijod etgan ko‘pgina
mutafakkir olimlar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Sayfiddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy,
Abduraxmon Jomiy va boshqalar maqomlarga doir ilmiy risolalar yozganlar.Shu tariqa
maqom ijrochiligi, ijodkorligi va maqom nazariyasi fani rivojlanib keldi.. O'zbekistonda
maqom 3 turga bo‘lib o‘rganiladi. Bular:
1. Olti maqom (Shashmaqom yoki Buxoro maqomlari)
2. Xorazm maqomlari
3. Farg'ona-Toshkent maqom yo‘llari
Maqom tizmi va rivojlanishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, maqomlar soni va tizimi yaqin va O‘rta
Sharq mumtoz musiqasida XIII asrgacha aniq belgilanmagan edi. Safiuddin al-Urmaviy
32
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
maqomlarning ilmiy tasnifini ishlab chiqib, “O‘n ikki maqom tizimi”ni yaratdi. Bu tizim XVII
asrgacha qo‘llanib kelingan bo‘lib, uning asosida turli mintaqalarda milliy va mahalliy maqom
turlari va uslublari shakllangan. Bugungi kunda oʻzbek va tojiklar “maqom”, turkman va
uyg‘urlar “muqom”, eronliklar va ozarbayjonlar “dastgoh”, turklar “makam”, arab xalqlari
“maqam” deb ataydi.
Maqom san’ati sharqda ham rivoj topa boshladi.
Sharq xalqlarining maqom san’ati va ijro
uslublari asrlar davomida xalqchil, milliy mahalliy an’analar ta’sirida boyib borgan. O‘zbek
mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom
yo‘llari, surnay, dutor maqom yo‘llari shakllanib, bugungi kungacha yetib kelgan. Maqom
cholg‘u va ashula yo‘llari milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etib, bastakorlar
ijodiyoti uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Maqom san’atining zamonaviy rivoji XX
asrga to‘g‘ri keldi. XX asr boshlaridan o‘zbek bastakorlari maqom uslublaridan samarali
foydalanib, milliy ohang va ladlarni zamonaviy musiqiy janrlarda namoyon etishgan.
Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov kabi ijodkorlarning kuy va ashulalari,
shuningdek, V. Uspenskiyning "Farhod va Shirin", R. Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun"
musiqali dramasi, M. Ashrafiyning "Dilorom" operasi kabi asarlar maqom asosida yaratilgan.
Maqom san’ati badiiy-estetik jihatdan tiklanib, zamonaviy musiqa jarayonida muhim
ahamiyat kasb etib kelmoqda. Maqom san’atini yanada rivojlantirish maqsadida ko‘plab
simpoziumlar va tadbirlar o'tkazildi. Jumladan maqom san’ati masalalariga bag‘ishlangan
ko‘plab ilmiy-ijodiy anjumanlar va simpoziumlar, Samarqandda (1978, 1983, 1987, 2001),
Berlinda (1988), Finlyandiyada (1996) va Istanbulda (1999) xalqaro musiqashunoslik
simpoziumlari o‘tkazilgan. Maqom san’ati bo‘yicha ilmiy nazariy va amaliy bilimlar
mamlakatning boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilib, malakali
mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987-yildan boshlab, UNESCO qoshidagi An’anaviy musiqa
xalqaro uyushmasining “Maqam” ilmiy guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan maqom anjumani yurtimizda san’atga e’tibor qanday ekanligini
ko‘rsatib berdi. Xalqaro maqom san’ati anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori asosida har yili ikki marotaba o‘tkaziladi. Bu
anjuman maqom san’ati, uning tarixiy va zamonaviy shakllarini muhokama qilish, xalqaro
miqyosda ilmiy almashinuvlarni amalga oshirish hamda maqom san’ati bo‘yicha yirik
tadqiqotlar olib borish uchun muhim mexanizm hisoblanadi.
Birinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani 2018-yil 6-10-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining
Shahrisabz shahrida yuqori badiiy saviyada o‘tkazildi. Ushbu anjumanda 73 mamlakatdan
300 nafarga yaqin taniqli musiqashunos olimlar, mutaxassislar va ijrochilar ishtirok etdilar.
Ikkinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani 2024-yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyatining
Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO tashkilotlari shafeligi ostida o‘tkazildi. Ushbu
anjumanda 80 dan ortiq davlatlardan 400 nafardan ko‘proq ishtirokchi qatnashdi.
Anjumanlar davomida maqom san’ati ijro uslublari, o‘quv metodikalari va maqom
musiqasining xalqaro miqyosda rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Maqom
anjumanida, shuningdek, xalqaro tanlov ham o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar maqom san’ati
ijro etish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.
Bu shundan dalolat beradiki, maqom san’ati yurtimizda jadal rivojlanmoqda. Zomin shahrida
bo‘lib o‘tgan maqom anjumani bunga yaqoll misol bo‘ladi. Zerokim, Prezidentimiz aytganidek
hech qanday soha sport va san’at kabi yurtni tanitmaydi. Shu tufayli har bir inson san’at bilan
maqom bilan hamnafas bo‘lib yashashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 I. Rajabov. Maqomlar masalasiga doir (1963)
33
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)
2. O. Ibrohimov. Maqom va makon (1996)
3. O'zbekiston milliy ensklopediyasi (2000-2005)
4. Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT
IBADLAYEV. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, 1(6), 72-79.
5. Dilshod, K. (2023). O'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN FOYDALANISH
HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration of
Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (p. 46).
6. Karimov, D. (2023). Muvaffaqqiyat Yo'Lim: Unda Topganlarim Va Yo'Qotganlarim.
In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological
Analyses (pp. 6-8).
7. Бахадиро, Н. Ш., Каримов, Д., & Шукуржонова, Х. (2024). АРТУРО ТОСКАНИНИ. Central
Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(6), 65-71.
8. KARIMOV, D. IT PLATFORMALARNING TADBIRKORLIK RIVOJIGA TA’SIRI. FILOLOGIYA VA
PEDAGOGIKA.
9. Bebetova, M., & Karimov, D. (2024). DUTORCHI SOZANDALAR IJODIGA BIR NAZAR. Central
Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(17), 28-30.
10. Djurayev, M., & Husenov, J. (2022). STUDIES IN GEOGRAPHY, CONFLICTS AND SOLUTIONS
IN APPLIED GEOGRAPHY. Journal of Geography and Natural Resources, 2(01), 2428.
11. Djurayev, M., Husenov, J., & Qurbonova, C. (2024). GEOGRAFIYA DARSLARIDA
ZAMONAVIY O'YIN TEXNOLOGIYALAR. Журнал академических исследований нового
Узбекистана, 1(5), 67-70.
12. Egamberdiyevich, D. M., & Jahongir Qo‘shmurod o‘g, H. (2025). TURIZM SOHASIDA GAT
TEXNOLOGIYASINING O ‘RNI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(1),
256-257.