Авторы

  • Dilnoza Tuxtamuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.123182

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududidagi shahar  aholi manzilgohlarining ma’muriy-hududiy  bo‘ysunishi, ularning hududiy taqsimoti va urbanizatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Shaharlar aholi soni va iqtisodiy-ma’muriy funksiyalariga ko‘ra guruhlarga ajratilib, hududlar kesimidagi notekis rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, shaharchalar va qishloq aholi manzilgohlarining soni, joylashuvi hamda demografik sig‘imi o‘rganilib, urbanistik tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.


background image

67

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

O’ZBEKISTON AHOLI MANZILGOHLARINI HUDUDIY

TARKIBI

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

Buxoro davlat Pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15915552

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 15-iyul 2025 yil

Ushbu

maqolada

O‘zbekiston

Respublikasi

hududidagi shahar aholi manzilgohlarining ma’muriy-

hududiy bo‘ysunishi, ularning hududiy taqsimoti va

urbanizatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Shaharlar aholi

soni va iqtisodiy-ma’muriy funksiyalariga ko‘ra

guruhlarga ajratilib, hududlar kesimidagi notekis

rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek,

shaharchalar va qishloq aholi manzilgohlarining soni,

joylashuvi hamda demografik sig‘imi o‘rganilib,

urbanistik tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy

tavsiyalar berilgan.

KEY WORDS

O‘zbekiston

shaharlari,

shaharlar

klassifikatsiyasi,

ma’muriy-hududiy

bo‘linish,

urbanizatsiya jarayoni, shaharcha,

qishloq

aholi

manzilgohlari,

demografik

sig‘im,

hududiy

tafovutlar, geourbanistika, shahar

tipologiyasi.

Har bir davlatning taraqqiyot darajasi bevosita u yerda yashovchi aholining ijtimoiy va

iqtisodiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Aholi rivoji esa keng qamrovli

tushuncha bo‘lib, u nafaqat son jihatidan o‘sishni, balki savodxonlik darajasi, sog‘liq holati

hamda boshqa ijtimoiy omillarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘plab davlatlarda aholi sonining ortib

borishi esa uni samarali joylashtirish va joy resurslaridan oqilona foydalanish masalasini kun

tartibiga olib chiqadi.
Hozirgi kunda Yer yuzida millionlab aholi manzilgohlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga

xos xususiyatlarga ega va bir-biridan farq qilib, ularni bir vaqtning o‘zida to‘liq o‘rganish

imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, aholi manzilgohlari turli belgilarga ko‘ra guruhlarga

ajratilib o‘rganiladi. Respublikamizdagi mavjud aholi manzilgohlarini tahlil qiladigan bo‘lsak,

hozirda hududda 177 ta tuman, 120 ta shahar (jumladan, 1 tasi respublikaga bo‘ysunuvchi, 31

tasi viloyat tasarrufidagi va qolganlari tuman markazlari), 1058 ta shaharcha hamda 10 990 ta

qishloq aholi punktlari mavjud.
Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda aholi manzilgohlari asosan ikkita asosiy turga — shahar va

qishloq aholi manzilgohlariga bo‘linadi. O‘zbekiston tarixida esa qadimdan poytaxtlar, yirik

savdo va ma’muriy markazlar, diniy markazlar shahar sifatida tan olingan bo‘lib, bunda faqat

aholi soni emas, balki uning hududiy va ijtimoiy mavqei ham inobatga olingan. O’zbekiston

Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davrda esa shahar maqomini berish tartibi bir necha marotaba

belgilangan. 1972-yildan boshlab, kamida 7 ming aholiga ega bo‘lgan (avval esa 12 mingdan

kam bo‘lmasligi lozim bo‘lgan) va aholining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalarda

band bo‘lgan manzilgoh shahar deb e’tirof etila boshlandi .


background image

68

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 51 foizi shaharlarda istiqomat qilayotgani bois,

mamlakat shaharlarini geografik jihatdan o‘rganish dolzarb masalaga aylangan. Mustaqillik

yillaridan boshlab esa iqtisodiyotda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. “Planli

iqtisodiyot” o‘rniga bozor munosabatlariga asoslangan tizimga o‘tildi. Xususan, nodavlat

sektorlarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish

bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Buning natijasida mamlakat iqtisodiyotida ijobiy

o‘zgarishlarga erishilib, sanoat hajmi mustaqillikdan oldingi ko‘rsatkichlarga tenglashdi, neft

va don bo‘yicha mustaqillikka erishildi, transport va aloqa tarmoqlari rivojlantirildi hamda

ijtimoiy sohalarda sezilarli siljishlar kuzatildi. Sobiq ittifoq davrida aholi ro‘yxatlari orasida

ham demografik tuzilishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan, 1979-yilda o‘tkazilgan ro‘yxatda

O‘zbekiston hududida 183 ta shahar manzilgohi mavjud bo‘lsa, 1989-yilga kelib bu ko‘rsatkich

221 taga yetdi. Ushbu 38 ta yangi manzilgohning 34 tasi shahar maqomini olgan bo‘lib, ular

ilgari shaharcha maqomida bo‘lgan va asosan tuman markazi vazifasini bajargan. Bular

qatoriga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘ston, Shumanay, Xalqobod, Andijon

viloyatining Poytug‘, Buxoroning Galaosiyo va Vobkent, Jizzax viloyatining Do‘stlik,

Namanganning Pop va To‘raqo‘rg‘on, Samarqand viloyatining Chelak va Nurobod, Toshkent

viloyatining Parkent, Farg‘onaning Beshariq, Qashqadaryoning Yangi Nishon va Chiroqchi,

Xorazm viloyatining Gurlan, Xonqa, Shovot hamda boshqa ko‘plab aholi punktlarini kiritish

mumkin.(1-jadval)

1-jadval
O‘zbekiston shahar manzilgohlarining 1979 va 1989-yillardagi tarkibi

Shahar

manzilgohlari

kategoriyasi

1979-yil

1989-yil

Miqdori

Aholisi (ming

kishi

hisobida)

Miqdori

Aholisi (ming

kishi

hisobida)

Jami

shahar

manzilgohlari

183

6347,6

221

8059,5

10 minggacha

93

528,6

86

519,8

10-20 ming

40

566,2

68

966,3

20-50 ming

30

869,8

44

1327,0

50-100 ming

7

502,7

7

446,4

100-250 ming

11

1641,9

12

1785,0

250-500 ming

1

483,9

3

960,8

500-1000

ming

-

1000 ming va

undan ortiq

1

1754,5

1

2054,0

1979-1989-yillar oralig‘ida O‘zbekiston hududida yangi aholi manzilgohlari soni sezilarli

darajada ortdi. Xususan, bu davrda ba’zi resurs obyektlari atrofida joylashgan manzilgohlar,

jumladan Marjonbuloq, Uchquloch, Zafarobod (Buxoro viloyati), Yangi Angren IESi qoshidagi

Nurobod shaharchasi, Hisorak suv ombori qurilishi uchun tashkil etilgan Miroqi shaharchasi

shahar tipidagi manzilgohlar ro‘yxatidan joy oldi. Shuningdek, bu davrda mavjud


background image

69

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

shaharchalarning aksariyati tuman markazlari maqomini olib, shaharlar safiga qo‘shildi.

Umuman, 1979-1989-yillar oralig‘ida har yili o‘rtacha 3,8 tadan yangi shahar manzilgohi

tashkil etilgan.
1989-yildan so‘ng ham bu jarayon davom etdi. Xususan, Muqimiy (Farg‘ona), Dehqonobod va

Eski Yakkabog‘ (Qashqadaryo), Payshanba (Samarqand), Shalqar (Navoiy), Unhayot va

Toshbuloq (Namangan) kabi manzilgohlar shahar tipidagi posyolka maqomini oldi. 1990-

yilda esa Andijon viloyatidagi Qorasuv shahri tashkil etildi. Mustaqillik arafasiga kelib,

respublika hududida jami 123 ta shahar va 104 ta shaharcha mavjud edi. Shu davrda

Toshkent shahrining Bektemir tumani poytaxt ma’muriy tarkibiga qo‘shildi. 1992-yil

mamlakat urbanistik tarixida muhim yil bo‘lib, turli viloyatlarda 17 ta yangi shaharcha

vujudga keldi. Jumladan, Jizzax viloyatida — Zarbdor va Zafarobod, Samarqandda — Mirbozor,

Sirdaryoda — Do‘stlik, Toshkent viloyatida — Yangi Chinoz, Qashqadaryoda — Nuriston va

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Akshaloq hamda Qozonketken kabi manzilgohlar shahar

tipidagi posyolka maqomini oldi.
1992-yilda urbanizatsiya darajasi nisbatan past hududlar — Surxondaryo va Xorazm

viloyatlarida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Surxondaryoda Angor, Do‘stlik, Sariq, Hurriyat

va Elbayon stansiyalari shaharchalarga aylantirildi. Xorazm viloyatida esa Gurlan, Xonqa,

Shovot va Xazorasp shahar maqomini yo‘qotib, shaharcha darajasiga tushdi. Keyingi yillarda

ham bu jarayon davom etdi — 1994-yilda Samarqand viloyatidagi Poyariq va 1995-yilda

Buxoro viloyatidagi Shofirkon tuman markazlari shahar maqomiga ega bo‘ldi.
XXI asr boshida esa urbanizatsiya jarayoni sezilarli darajada sekinlashdi. Asr boshidan 2004-

yilgacha bo‘lgan davrda atigi 2 ta yangi shaharcha tashkil etildi. 2004-yilda qadimiy Karmana

shahri Navoiy shahridan ajratilib, mustaqil shaharcha sifatida qayta ro‘yxatga olindi. Xuddi

shu yili Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahri tarkibidagi Qizketgan va Pristanskiy

shaharchalari Nukus ma’muriy chegarasiga qo‘shildi. Bu o‘zgarish natijasida Nukus aholisi

soni keskin ortib, yirik shaharlar qatoriga kirgan. 2005-yilda maydoni bo‘yicha respublikada

eng katta tuman hisoblangan Qo‘ng‘irotda soda zavodining ishga tushirilishi sabab Elobod

shaharchasi tashkil etildi. Bugungi kunda Qo‘ng‘irot tumanida bitta shahar (Qo‘ng‘irot) va

oltita shaharcha mavjud.
O‘zbekiston geourbanistikasida tub burilish yili esa 2009-yil bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli hamda 2011-yil 14-martdagi 71-sonli

qarorlariga muvofiq, respublika bo‘ylab 971 ta qishloq aholi manzilgohiga shaharcha maqomi

berildi. Bu esa mamlakat urbanistik tuzilishida sezilarli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi (2-

jadval).

2-jadval
O‘zbekistonda 2009-yilda shaharcha maqomini olgan qishloqlar

Ma’muriy birliklar

Shaharchalar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

13

2.

Andijon viloyati

76

3.

Buxoro viloyati

67

4.

Jizzax viloyati

33

5.

Qashqadaryo viloyati

119


background image

70

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

6.

Navoiy viloyati

39

7.

Namangan viloyati

109

8.

Samarqand viloyati

76

9.

Surxondaryo viloyati

107

10. Sirdaryo viloyati

19

11. Toshkent viloyati

80

12. Farg‘ona viloyati

196

13. Xorazm viloyati

60

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bergan ma’lumotlarga

ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz doimiy aholisi soni 36,8 million kishiga

yetgan. Shundan 18,839 million nafari (51 foiz) shahar hududlarida, 17,961 million nafari esa

(49 foiz) qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholi soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari

orasida Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.
Shaharlarni o‘rganish nafaqat geografik, balki ilmiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan ham

nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Chunki har qanday mamlakat va xalqning o‘tmishi, bugungi

holati, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatidagi mavqei, ko‘p

jihatdan shaharlar taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq.

Davlatlarning geosiyosiy ahamiyati, ijtimoiy-iqtisodiy qudrati ham ko‘pincha yirik shaharlari

orqali namoyon bo‘ladi.
Shaharlar bu — harakatchan va dinamik ijtimoiy-geografik tuzilmalar bo‘lib, ularning har biri

o‘ziga xos, betakror va noyob mavjudotga o‘xshaydi. Har bir shaharning o‘z tarixi, vujudga

kelish sababi, rivojlanish jarayoni va ma’lum davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli mavjud.

Boshqacha aytganda, shaharlarning ham o‘z "pasporti", ya’ni yoshi, kelib chiqishi, ijtimoiy roli

va hududiy ahamiyatini belgilab beruvchi asosiy belgilar to‘plami mavjud.
Aynan mana shu xususiyatlari sababli ham shaharlarni o‘rganish jarayoni har doim jonli,

dinamik va dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Shaharlar tarixini, ularning shakllanish

sabablari, ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalari va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish — nafaqat

ilmiy tadqiqotchilar, balki tarixchilar, madaniyatshunoslar, iqtisodchilar va urbanistlar uchun

ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston hududida urbanizatsiya jarayonining darajasi viloyatlar kesimida turlicha

kechmoqda. Ma’lumotlarga asoslanib, ma’muriy birliklarni urbanizatsiya darajasiga ko‘ra

to‘rtta asosiy guruhga ajratish mumkin:

yuqori urbanizatsiyalashgan hududlar

o‘rtacha urbanizatsiyalashgan hududlar

past urbanizatsiyalashgan hududlar


background image

71

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

juda past urbanizatsiyalashgan hududlar

3-rasm. O’zbekistonda shahar va qishloq aholisining salmog’i

(O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan).

Bu toifalarga ajratishda asosiy mezon sifatida mamlakat urbanizatsiyasining o‘rtacha

ko‘rsatkichi qabul qilinadi. Mazkur mezonlarga tayangan holda,

Namangan (64,8 %) va

Farg‘ona (56,9 %) viloyatlari

yuqori urbanizatsiyalashgan hududlar sirasiga kiradi.

Andijon

(52,2 %), Toshkent viloyati (50 %), Navoiy (49 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi

(48,9 %)

esa o‘rtacha urbanizatsiya darajasiga ega.

Jizzax (46,9 %), Sirdaryo (43 %) va

Qashqadaryo (42,8 %)

viloyatlari past urbanizatsiyalashgan hududlar qatoriga kirsa,

Buxoro (36,8 %), Samarqand (36,7 %), Surxondaryo (36,2 %) va Xorazm (33,1 %)

viloyatlari juda past urbanizatsiyalashgan hududlar sirasiga mansub.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda aholi manzilgohlariga shahar maqomini berish maxsus

belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Bunga quyidagilar kiradi:

Aholi sonining kamida

7 ming kishi

bo‘lishi;

Aholining

kamida 2/3 qismi qishloq xo‘jaligidan

tashqari sohalarda band bo‘lishi

;

Hududda

infratuzilma

va

kommunikatsiya

imkoniyatlarining mavjudligi

;

Binolar va hudud ko‘rinishining shaharga mos bo‘lishi


background image

72

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

O‘zbekistonning shahar aholi punktlari hududiy jihatdan notekis taqsimlangan bo‘lib,

respublika bo‘yicha

120 ta shahar aholi manzilgohi

mavjud. Bu esa hududlar bo‘yicha

urbanizatsiya jarayonini o‘rganish va tahlil qilishni geografik nuqtayi nazardan ham dolzarb

masalaga aylantiradi.

4-rasm. O‘zbekiston viloyatlarida shaharlar soni (2023-y)

(Jadval statistik ma’lumotlar

asosida tuzilgan).
Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatdagi shahar aholi manzilgohlari

ma’muriy-hududiy birliklar kesimida bir xilda joylashmagan. Jumladan,

Toshkent viloyati

shaharlar soni bo‘yicha yetakchilik qilib, unda jami

16 ta shahar

mavjud. Ulardan

7 tasi

viloyat bo‘ysunuvidagi

, qolgan

9 tasi esa tuman markazlari

hisoblanadi. Shu tariqa, ushbu

viloyatda mamlakatdagi jami shaharlarning

13 foizi

joylashgan.

Shundan so‘nggi o‘rinlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

va

Qashqadaryo viloyati

qayd

etilib, har birida

12 tadan shahar

mavjudligi bilan ajralib turadi. Shuningdek,

Andijon,

Buxoro va Samarqand viloyatlarida

esa shaharlar soni

11 tani

tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, shahar aholi manzilgohlari

boshqaruv (ma’muriy) jihatdan uchta asosiy toifaga ajratiladi. Bular:

respublikaga

bo‘ysunuvchi

,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bo‘ysunuvchi

, hamda

tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardir

. Bu tartib

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik

kodeksi (Toshkent, 2002)

hujjatida belgilab qo‘yilgan.

Respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar tarkibiga odatda aholisi

500 ming nafardan ortiq

bo‘lgan, yirik ma’muriy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markaz vazifasini bajaruvchi shaharlar

kiradi. Bu toifadagi shaharlar orasida poytaxtlar, harbiy-strategik ahamiyatga ega shaharu

sanoat va xizmatlar sohasida yetakchi bo‘lgan millioner shaharlar alohida o‘rin tutadi.

Markaziy Osiyo mintaqasida aynan uchta shahar —

Toshkent (O‘zbekiston), Almati va

Ostona (Qozog‘iston)

shunday maqomga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar esa aholisi kamida

30

ming kishi

bo‘lishi hamda iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat, ishlab chiqarish va transport markazi

sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud 120

ta shahar aholi manzilgohining

31 tasi yoki 25 foizdan ortig‘i

aynan ushbu toifaga

mansub.Qolgan shaharlar esa tuman markazlari maqomida bo‘lib, ular mahalliy boshqaruv


background image

73

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

tizimining asosiy bo‘g‘ini sanaladi. Ahamiyatlisi shundaki, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

mamlakat hududida teng taqsimlanmagan. Masalan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

,

Jizzax

,

Namangan

va

Surxondaryo viloyatlarida

bittadan viloyatga bo‘ysunuvchi shahar mavjud

bo‘lsa,

Farg‘ona viloyatida ularning soni to‘rtta

,

Toshkent viloyatida esa yettita

ni tashkil

etadi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar tarkibiga odatda tuman markazi vazifasini bajaruvchi,

sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy va madaniy infratuzilma obyektlari, savdo

nuqtalari hamda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan aholi manzilgohlari kiradi. Ushbu

shaharlarning aholisi kamida 7 ming kishi bo‘lib, ularning asosiy qismi, ya’ni 2/3 qismi

qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ishlamagan bo‘lishi lozim.
Diagrammadan anglashiladiki, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar soni respublika miqyosida 88

tani tashkil etib, ular hududlarga juda nomutanosib taqsimlangan. Eng ko‘p tuman

bo‘ysunuvidagi shaharlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11 ta) va Qashqadaryo viloyatida

(10 ta) joylashgan. Shuningdek, Andijon, Buxoro, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida

ushbu toifadagi shaharlar soni teng — har birida 9 tadan. Xorazm viloyatida 1 ta, Sirdaryoda 2

ta va Navoiy viloyatida 4 ta shahar mavjud bo‘lib, ular respublikadagi eng kam sonli tuman

bo‘ysunuvidagi shaharlar hisoblanadi.
Bundan tashqari, shaharlarni o‘rganishda ularning ko‘lamiga qarab tasniflash muhim

ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, shaharlarni toifalarga ajratish jarayoni geourbanistika

fanida asosiy metodlardan biri hisoblanadi. Bunda klassifikatsiya va tipologiya tushunchalari

farqlanadi. Klassifikatsiya — shaharlarni aholisi soni kabi miqdoriy ko‘rsatkichlarga asosan

guruhlash jarayoni bo‘lsa, tipologiya esa ularning bajaradigan asosiy iqtisodiy, ijtimoiy yoki

ma’muriy funksiyasiga ko‘ra tasniflashdir.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, “klass” tushunchasi fan terminologiyasiga shved olimi Karl

Linney tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘z tadqiqotlarida o‘simlik va hayvonot dunyosini

guruhlash uchun klassifikatsiyadan foydalangan. Bugungi kunda klassifikatsiya usuli ko‘plab

murakkab va son jihatdan katta obyektlar tizimlashtirilishida keng qo‘llaniladi. Bu uslub

yordamida shaharlarni ham tartibga solish va ularni ma’lum mezonlar asosida guruhlash

imkoniyati yaratiladi.
Aholi soniga qarab shaharlar miqdoriy jihatdan 3 asosiy kategoriyaga: katta, o‘rta va kichik

shaharlarga bo‘linadi. Maxsus ilmiy izlanishlarda esa bu tasnif yanada mukammal va batafsil

ko‘rinishda ishlab chiqilgan bo‘lib, shaharsozlik va shaharlar geografiyasida aholining soni

asosida quyidagi klassifikatsiya qabul qilingan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ayni paytda mamlakatimiz hududida 120 ta shahar aholi

manzilgohi mavjud. Ushbu shaharlar aholisi soniga qarab tasniflangan holda 8 ta guruhga

ajratiladi. E’tiborga molik jihati shuki, har bir guruhga respublikamiz hududida kamida

bittadan shahar to‘g‘ri keladi. 2018-yilgacha O‘zbekiston hududida “eng yirik shaharlar”

kategoriyasiga mansub birorta ham shahar mavjud bo‘lmagan. Biroq, 2023-yil holatiga kelib

bu toifadagi shaharlar soni ikki taga yetdi.
Mayda shaharlar. O‘zbekiston hududida mayda shaharlar toifasi juda kam uchraydi. Ularning

shakllanishi, asosan, temiryo‘l bekatlari atrofida yoki ma’lum bir foydali qazilmaning ochilishi

natijasida yuzaga kelgan sanoat va resurs shaharlariga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunga kelib,

mamlakatimizda bunday shaharlar soni atigi 3 tani tashkil etadi.
Kichik shaharlar. Mavjud shahar aholi manzilgohlarining qariyb beshdan bir qismi kichik

shaharlar toifasiga mansubdir. Bu toifadagi shaharlar respublika aholisining 3,4 foizini o‘z

bag‘riga oladi. Aksariyat hollarda bunday shaharlar hech qanday ma’muriy markaz vazifasini


background image

74

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

bajarmaydi. Ularning shakllanishi ko‘pincha yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish, qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, kichik sanoat zonalari va ayrim resurs bazalarining

rivojlanishi bilan bog‘liq.
Yarim o‘rta shaharlar. Bu toifadagi shaharlarning asosiy qismini tuman ma’muriy markazlari

tashkil etadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda yarim o‘rta shaharlar soni 50 taga yetib, ularning

umumiy shaharlar orasidagi ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich boshqa toifadagi

shaharlar orasida eng yuqori hisoblanadi. Shunga qaramay, ushbu shaharlar mamlakat

aholisining atigi 14,2 foizini joylashtirgan bo‘lib, aholisi soni jihatidan “Millioner”, “Yirik”,

“Katta” va “O‘rta” shaharlar darajasiga yetmaydi.
O‘rta shaharlar. Geourbanistika nuqtai nazaridan O‘zbekiston uchun o‘rta shaharlar ham

muhim ahamiyat kasb etadi. Ular, asosan, viloyatlarning ikkinchi darajali yirik shahar

markazlari bo‘lib, ba’zan o‘z hududiy “okrug” markazi sifatida faoliyat yuritadi. Bunga

Kattaqo‘rg‘on, Denov, Chust, Shahrixon, Zarafshon, To‘rtko‘l, Kogon shaharlarini misol

keltirish mumkin. Aytish lozimki, ularning orasida Guliston va Nurafshon shaharlari viloyat

markazi maqomiga ega. Shuningdek, Zarafshon shahri O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi 5738-sonli farmoniga muvofiq respublikaga bo‘ysunuvchi

shaharlar qatoriga kiritilgan.
Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar. Respublikamizda mavjud shaharlarning qolgan qismi aynan

tuman ma’muriy boshqaruviga bo‘ysunadi. Ayni paytda Denov, Shahrixon, Koson, Chust, Urgut,

Asaka, Parkent, Chortoq va Kosonsoy kabi shaharlar o‘z salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy

ahamiyati bilan viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar maqomiga ega bo‘lishi uchun yetarli

imkoniyatlarga ega. Chunki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy hujjatlarida

viloyatga bo‘ysunuvchi shahar maqomini berish uchun, shaharning aholisi kamida 30 ming

kishi bo‘lishi, muhim iqtisodiy, ma’muriy va madaniy markaz vazifasini bajara olishi talab

etiladi. Yuqorida tilga olingan shaharlar aynan ana shunday mezonlarga mos tushadi va

tegishli viloyatlarning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Katta shaharlar. Ushbu toifa, to‘liq viloyat markazi sifatida faoliyat yurituvchi va 100 ming

nafardan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlarni qamrab oladi. Bunday shaharlar o‘z infratuzilmasi,

arxitekturasi va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanishi bilan ajralib turadi.

Ularda ishlab chiqarish, transport va madaniy sohalar yuqori darajada rivojlangan bo‘lib,

shahar hayotining barcha jabhalarida urbanistik xususiyatlar aniq namoyon bo‘ladi .
Yirik shaharlar. O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan bu toifadagi shaharlar soni 6 tani

tashkil etadi. Ular o‘zining qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, rivojlangan sanoati va keng

infratuzilmasi bilan boshqalardan farqlanadi. Bunday shaharlar respublika miqyosidagi yirik

iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz vazifasini bajarib kelmoqda.
Eng yirik shaharlar. Ushbu toifa shaharlar mamlakatimizda 2016-yilga qadar mavjud

bo‘lmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda ularning soni 2 taga yetdi. Samarqand shahri ko‘p

funksiyali, tarixiy-madaniy, turizm va sanoat markazi sifatida, Namangan shahri esa Farg‘ona

vodiysining yuqori darajada urbanizatsiyalashgan, yirik sanoat va aholisi tez o‘sayotgan

shahri sifatida ushbu toifaga kiritildi.
Millioner shahar. Mamlakatimiz poytaxti — Toshkent shahri uzoq yillar davomida

respublikamizdagi yagona millionaire shahar bo‘lib kelmoqda. Hozirda shaharning aholisi 2,9

milliondan oshgan. Bu holat shahar infratuzilmasi va ishlab chiqarish salohiyatining yuqori

darajada bo‘lishiga imkon yaratgani holda, ekologik holatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shaharchalar. O‘zbekistonning geourbanistik tizimida shaharlar qatori shaharchalar ham

muhim ahamiyat kasb etadi. Shaharcha — bu aholi soni kamida 2 ming kishidan iborat bo‘lib,


background image

75

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

qisman shahar infratuzilmasi talablariga javob beruvchi aholi manzilgohi hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 1058 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularning aksariyati 2009-

yilda rasmiy ravishda shaharcha maqomini olgan.
2009-yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan ma’muriy-hududiy islohotlar O‘zbekiston

urbanizatsiya jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2008-yilda

mamlakat aholisi soni 26,8 millionni tashkil etgan bo‘lib, shundan 9,6 millioni yoki 35,8 foizi

shaharlarda istiqomat qilgan. 2009-yildagi islohotlardan so‘ng esa aholining shaharlarda

istiqomat qiluvchi qismi keskin oshib, 14,3 million nafarga yetdi va bu jami aholining 51,5

foizini tashkil etdi. Bu esa qisqa muddat ichida mamlakat urbanizatsiya darajasida jiddiy

o‘sishni ta’minlagan muhim demografik ko‘rsatkich sanaladi.Mazkur davrdagi ma’muriy-

hududiy o‘zgarishlar natijasida respublikadagi shaharchalar soni ham keskin oshdi va 1058

taga yetdi. Ularning respublika hududlari bo‘yicha taqsimoti esa ancha notekis ekanligi

kuzatiladi. Shaharchalar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yaqqol yetakchilik qilmoqda. Bu

viloyatda jami 194 ta shaharcha mavjud bo‘lib, bu mamlakatdagi barcha shaharchalarning

18,3 foizini tashkil etadi. Farg‘ona viloyatidagi shaharchalar soni Toshkent va Samarqand

viloyatlaridagi shaharchalar sonidan ikki baravar, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi

shaharchalar sonidan to‘rt baravar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Sirdaryo

viloyatlaridagi shaharchalar sonidan esa yetti baravar ko‘pdir. Shuningdek, Qashqadaryo,

Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ham yuzdan ortiq shaharcha mavjud bo‘lib, ular

hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.2009-yildagi

ma’muriy-hududiy islohotlar nafaqat mamlakat urbanizatsiya darajasini sezilarli oshirdi, balki

hududlar kesimida aholi manzilgohlarining qayta taqsimlanishiga ham sabab bo‘ldi. Ayniqsa,

shaharchalar sonining keskin ortishi, respublika hududlarining iqtisodiy-ijtimoiy

infratuzilmasini takomillashtirish, mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlash va aholi

turmush darajasini yaxshilashga zamin yaratdi.
Mamlakatimizdagi qishloq aholi manzilgohlari soni ma’muriy-hududiy birliklar kesimida bir

xil taqsimotga ega emas. Ushbu tafovutga, avvalo, hududlarning maydoni, tabiiy-geografik

sharoiti, demografik zichligi, iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda tarixiy shakllanish omillari

bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning eng ko‘p qishloq aholi

punktlariga ega hududlari qatoriga Samarqand, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va

Qashqadaryo viloyati kiradi. Ushbu hududlarda qishloq manzilgohlarining soni yuqori bo‘lishi

ularning katta maydonga egaligi, tabiiy resurslar salohiyati va tarixan qishloq xo‘jaligiga

ixtisoslashgan hududlar hisoblanishi bilan izohlanadi.Aksincha, eng kam qishloq aholi

punktlari Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida joylashgan. Biroq ushbu viloyatlarda

qishloq aholi manzilgohlari soni kam bo‘lishiga qaramay, ularning demografik sig‘imi juda

yuqori sanaladi. Ya’ni, ushbu hududlardagi har bir qishloq manzilgohida istiqomat qiluvchi

aholining o‘rtacha soni boshqa viloyatlardagidan ancha yuqoridir.Aholi soni bo‘yicha esa eng

ko‘p qishloq aholisi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida istiqomat qiladi.

Mazkur viloyatlarning har birida mamlakat umumiy qishloq aholisining 10 foizidan ortig‘i

to‘g‘ri keladi. Bu esa ushbu hududlarning nafaqat maydon jihatidan, balki demografik sig‘imi

va iqtisodiy salohiyati jihatidan ham respublikada muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida urbanizatsiya jarayonlari va aholi manzilgohlarining

shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-geografik sharoitlarning murakkab o‘zaro ta’siri

natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, mamlakatning hududiy rivojlanishida o‘ziga xos geourbanistik

qonuniyatlarni namoyon qilmoqda. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston

urbanistik tizimi tarixiy evolyutsiya, ma’muriy-hududiy islohotlar, demografik jarayonlar va

iqtisodiy resurslarning joylashuvi asosida shakllangan murakkab va notekis tuzilishga ega.
Respublikadagi shaharlarning tasnifi nafaqat aholi soni, balki ularning iqtisodiy, madaniy va

ma’muriy funksiyalaridan kelib chiqqan holda 8 ta guruhga ajratilgani urbanizatsiya


background image

76

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

jarayonining murakkabligini va mintaqaviy tafovutlarini yaqqol namoyon etadi. Mamlakatda

2009-yildagi ma’muriy islohotlar va keyingi yillarda amalga oshirilgan hududiy-

modernizatsiya siyosati natijasida shaharchalar sonining keskin oshishi, yirik va o‘rta

shaharlarda sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayishi, ayrim hududlarda esa

urbanizatsiya jarayonining sustligi kuzatilmoqda. Bu esa respublika urbanistik makonida

markaz-periferiya modelining shakllanishiga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi.Shuningdek,

qishloq aholi punktlari soni va ularning demografik sig‘imi hududlar bo‘yicha katta

tafovutlarga ega bo‘lib, bu holat viloyatlarning tabiiy-geografik sharoiti, tarixiy joylashuvi,

iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va transport infratuzilmasining rivojlanish darajasi bilan

izohlanadi. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining qishloq

aholisining yuqori zichligi, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida esa qishloq punktlari sonining

kamligi respublika hududlarining demografik va urbanistik nomutanosibligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy va amaliy xulosalarga kelish mumkin:
-Mamlakat urbanizatsiya tizimi o‘zining tarixiy-madaniy ildizlari va iqtisodiy ixtisoslashuvi

asosida shakllangan bo‘lib, uni kelgusida barqaror va muvozanatli rivojlantirish uchun

regional urbanistik siyosatni ilmiy asosda qayta ko‘rib chiqish zarur.
-Hududlararo urbanizatsiya tafovutlarini bartaraf etish uchun kichik va yarim o‘rta

shaharlarning infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ularni sanoat va xizmat ko‘rsatish

markazlariga aylantirish orqali respublika urbanistik makonini muvozanatlashtirish mumkin.
-Respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar va aholi zich hududlarda atrof-muhit muammolarini

hisobga olgan holda barqaror shaharsozlik siyosati olib borish, yirik shaharlar sig‘imini

nazorat qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim.
-Shaharchalar va qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish orqali

ulardan mintaqaviy taraqqiyot drayveri sifatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

lozim.
-Urbanizatsiya jarayonining yangi tendensiyalarini (rural-urban migratsiya, resurs

shaharlarning rivojlanishi, ichki urbanizatsiya) ilmiy kuzatib borish va ularni strategik

rejalashtirishga jalb etish mamlakat urbanistik tizimining zamonaviy talablarga mos

shakllanishini ta’minlaydi.
Umuman, O‘zbekiston hududiy urbanistik tizimi kelgusida barqaror, muvozanatli va ekologik

xavfsiz shaharsozlik siyosatini shakllantirish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish va

urbanizatsiya jarayonlarini boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-amaliy tadqiqotlar va

islohotlarni talab qilmoqda. Mazkur tadqiqot bu borada dastlabki ilmiy asos va tahliliy manba

sifatida xizmat qilishi mumkin.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Анохин А.А., Житин Д.В. География населения с основами демографии: Учебное

пособие. – СПб. Изд-во СПбГУ, 2013. – 307 с.
2.

Abdurahnmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. - T.: Noshir

nashriyoti. – 2011.
3.

Bo‘riyeva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv qo‘llanma).

– T.: Fan, 2008. – 156 b.
4.

Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. – М.: 1999. – 124 с.


background image

77

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

5. 2014 World Population Data Sheet of the Population Reference Bureau.
6. Ата-Мирзаев О.Б.Народонаселение Узбекистана:.-Т., 2009.
7. Axmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T., 2002.
8. Soliev A., Nazarov M. O’zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.: 2009.
9. Bo’rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari.-T.: 2008.

Библиографические ссылки

Анохин А.А., Житин Д.В. География населения с основами демографии: Учебное пособие. – СПб. Изд-во СПбГУ, 2013. – 307 с.

Abdurahnmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. - T.: Noshir nashriyoti. – 2011.

Bo‘riyeva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv qo‘llanma). – T.: Fan, 2008. – 156 b.

Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. – М.: 1999. – 124 с.

World Population Data Sheet of the Population Reference Bureau.

Ата-Мирзаев О.Б.Народонаселение Узбекистана:.-Т., 2009.

Axmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T., 2002.

Soliev A., Nazarov M. O’zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.: 2009.

Bo’rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari.-T.: 2008.