Авторы

  • Mirzabek Raximberdiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.131144

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida aholi salomatligiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi geografik omillar tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishlari, havo harorati, suv resurslarining sifati, relef xususiyatlari, ekologik muammolar va urbanizatsiya jarayonlari salomatlikka qanday ta’sir qilayotgani ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, turli viloyatlar kesimida geografik omillar va kasalliklar tarqalishi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, atrof-muhit bilan bog‘liq omillarni yumshatish orqali aholi salomatligini yaxshilash imkoniyati mavjudligi ta’kidlanadi.


background image

140

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

O’ZBEKISTONDA AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIR ETUVCHI

GEOGRAFIK OMILLAR

Raximberdiyev Mirzabek Orif o’g’li

Qarshi davlat universiteti magistranti

Email. raximberdiyevmirzabek0@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.16741832

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 31-iyul 2025 yil

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida aholi

salomatligiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi

geografik omillar tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishlari,

havo harorati,

suv

resurslarining

sifati, relef

xususiyatlari, ekologik muammolar va urbanizatsiya

jarayonlari salomatlikka qanday ta’sir qilayotgani ilmiy

asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, turli

viloyatlar kesimida geografik omillar va kasalliklar

tarqalishi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik ma’lumotlar

asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, atrof-

muhit bilan bog‘liq omillarni yumshatish orqali aholi

salomatligini

yaxshilash

imkoniyati

mavjudligi

ta’kidlanadi.

KEY WORDS

aholi salomatligi, geografik

omillar, iqlim o‘zgarishi, ekologik

muammolar, suv sifati, havo

ifloslanishi,

urbanizatsiya,

kasalliklar

geografiyasi,

atrof-

muhit

KIRISH.

Mamlakatimiz tabiiy sharoitining shakllanishi uning joylashgan geografik o’rni,

relyefi, iqlimi, suvlari, tuproq, o’simlik va hayvonot olami xususiyatlari bilan chambarchas

bog’liqdir. Bu xususiyatlar yig’indisi esa, shu hududda istiqomat qiluvchi aholi salomatligiga

ma'lum miqdorda o'z ta'sirini ko’rsatadi. Jumladan, iqlim xususiyatlarining o’zgarishi bilan

yuzaga keluvchi fasllar almashinuvi o'z tabiiy xususiyatlari bilan muayyan kasalliklarning

yuzaga kelishi, ko’payishi yoki kamayishi jihatlarini namoyon qiladi. Masalan, bahor va kuz

faslida yuqumli kasalliklar, allergik qo'zg'atuvchi teri va nafas yo’li infeksion kasalliklari

salmog’i keskin ortsa, qish mavsumida esa, shu fasl bilan bog’liq havo-tomchi yuqumli

kasalliklar (bolalar yuqumli kasalliklari, gripp), nafas olish a'zolarining shamollashi bilan

bog'liq kasalliklar, poliartrit (bo'g'imlarning shamollash oqibatida yallig'lanishi) kabi

kasalliklar boshqa fasllarga nisbatan qishda ko'p kuzatiladi. Iqlim bilan bog'liq yana muhim

jihatlardan biri harorat va namlikning o’zgarishi, havodagi bosim va kislorod miqdorining

o’zgarishi gipertoniya (qon bosimining ko’tarilishi) mavjud bemorlarda miya insulti va yurak

faoliyatining buzilishi kabi yondosh kasalliklarni namoyon etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI.

XIX asrning oxirlarida tibbiyot

iqlimshunosligi sohasida rus tadqiqotchilaridan A.P.Sokolov, A.I.Voyeykov, A.A.Kaminskiy

kabi olimlar o'z tadqiqotlarini olib borganlar. Xususan, A.S.Berg boshchiligida iqlimning

sinflarga ajratilishi, muhim tavsiflardan biri bo’ldi. U Rossiya hududi iqlimini tibbiy geografik

jihatdan 12ta tabaqaga ajratdi. Bu tavsif bilan u salomatlikning hududiy jihatlarini o‘rganishga

ham e'tibor qaratgan. U inson jismiga iqlimga nisbatan ob-havoning ta'siri ancha sezilarliroq

deya quyidagi ta'rifni keltirib o'tadi: "Ob-havoning tez-tez o'zgarib turishi natijasida inson

jismida ma'lum ma'noda o’zgarishlar sodir bo‘lib turadi, ayniqsa buni ayrim tana a'zolarimiz

juda tez seza oladi, masalan, bod (bo'g'imlarda shisha hosil bo’lib, og’riq berishi), radikult


background image

141

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

(orqa miya nerv tolalari kasalligi), revmatizm, qon bosimi kasalliklari bilan xastalangan

bemorlar ob-havodagi jiddiy o’zgarishlarni ancha oldinroq payqaydilar"[1,18-b.].

Mamlakatimizda bahor faslida kunlarning birdan isib ketishi ayrim yuqumli-parazitar

kasalliklarni rivojlanishiga zamin yaratib beradi va bu holat epidemiologik tadbirlarni ko’rib

chiqish, amalga oshirishni taqozo etadi. Xususan, respublikamiz tog' va tog' oldi hududlarida

ko'proq chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqalarida qizamiq, quturish, brutsellyoz (brutsella

bakteriyalari orqali hayvonlardan hayvonlarga va odamga yuqadigan bakterial kasallik) kabi

yuqumli kasalliklar ko’proq uchraydi. So'nggi yillarda mamlakatimizning ba'zi hududlarida,

jumladan Toshkent shahrida aholi orasida qizamiq( o’tkir infeksion kasallik, toshma va isitma

bilan namoyon bo'ladi) kasalligi bilan kasallanish holati ko'proq uchraganligi sanitariya-

epidemiologiya markazlari zimmasiga zaruriy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda ayrim yillarda yoz faslida haroratning keskin ko’tarilib ketishi (ba'zan +48°C)

oqibatida, aholi orasida qon aylanish tizimi bilan bog’liq kasalliklarning ko’p uchrashi

kuzatilmoqda. Aytish joizki, harorat keskin ko'tarilishi bilan havo tarkibida kislorod

miqdorining kamayib ketishi natijada esa, insonlarning asab tizimi, kayfiyati, ichki a'zolari

faoliyatining o'zgarishi, modda va energiya almashinuvi tizimining buzilishi, ishtaha pasayishi,

burundan qon ketishi, shuningdek, otravleniya (issiq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlarining

tez buzilishi bilan oshqozon-ichak yo’llarining zararlanishi) kabi kasalliklar bilan xastalanish

holatlari aholi orasida ko‘p uchraydi.

O’zbekiston Respublikasi hududida iqlim bilan

davolovchi bioiqlimiy resurslarga boy ko’plab dam olish maskanlari faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Bunday sog’lomlashtirish maskanlari o’pka sili, yurak-qon tomir kasalliklari, bronxit, astma

kabi bir necha xastaliklarni davolash uchun faoliyat olib boradi.

NATIJALAR. Hududlarning relyef xususiyati ham aholining salomatligiga sezilarli ravishda

ta'sir ko’rsatadi. Jumladan, "tog’ kasalligi" balandlik mintaqalarida, tog’li o’lkalarda istiqomat

qiluvchi aholi orasida keng tarqalgan. Bunga sabab balandlikka ko‘tarilgan sari havo tarkibida

kislorod miqdorining, bosim va havo zichligining kamayishi hisobiga, inson organizmida "tog'

kasalligi", ya'ni yurak urishining o’zgarishi, nafas siqilishi, bosh aylanishi, quloqlarning

shang'illashi, burundan qon ketishi kabi holatlar kuzatiladi. Bundan tashqari, tog’li o’lkalarda

istiqomat qiluvchi aholi orasida oftalmiya (ko’zning yallig’lanishi), quyosh urishi, buqoq

kasalliklari ham ko’proq uchraydi. Son-sanoqsiz daraxtlar, o’simliklar bilan qoplangan o’rmon

va uning atrofida yashovchi aholi orasida holsizlik, karaxtlik, uyquchanlik, ruhiy holatlar

ko'proq kuzatilishi mumkin va bu o'z nomi bilan "o’rmon kasalligi" deb ataladi. Harorat va

bug’lanish me'yordan doimiy yuqoriligi va namlikning pastligi albatta, inson tanasida salbiy

o’zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu ko’rsatkichlar cho’l hududlariga tegishli

bo’lganligi bois, "cho’l kasalliklari", ya'ni yurak-qon tomir kasalliklari, darmonsizlanish,

chidab bo’lmas tashnalik, asab va gormonal tizimlar bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni yuzaga

kelishiga sabab bo‘lmoqda. Issiq o'lka kasalliklari to'g'risida Abu Ali Ibn Sino quyidagi fikrlarni

keltirib o’tgan: "Issiq o’lkalarda havo tarkibidagi bug'lanishning keskin ortib ketishi va

kislorodning kamayishi inson jismida tez keksayish, tana qismi qoramtir va sochlar jingalak

bo’lishiga olib kelishi mumkin" [1, 20-b.].

Insonlar salomatligiga ta'sir etuvchi yana bir tabiiy omillardan biri tuproq omili, uning

tarkibida son-sanoqsiz kasallik tug‘diruvchi mikroorganizm, bakteriyalar mavjudki, ular

uchun tuproq hayot kechiruvchi asosiy makondir. Taxminan 1gr tuproq tarkibida ming va

mlndan ortiq bakteriyalar, mikroorganizmlarning bo'lishi shu tuproqda unuvchi o'simlik

tanasiga ta'sir etadi va o'simliklardan iste'molda foydalanish bilan inson organizmiga ham

ta'siri yetib boradi. Ko'proq o'simliklar tanasiga parazitlik qilib o'rnashgan mikrobakteriyalar

tulyameriya (inson va hayvon tanasida qon so'ruvchi so'nalar), o'lat, gangrena (qorason –

yirik to'qimalarning yemirilishi) kabi xastaliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq

tarkibida ko'proq uchraydi. Tuproqlarning turli zaharli gazlar, kimyoviy moddalar, chiqindilar

bilan ifloslanishi bilvosita, inson organizmida ichak infeksiyalari – vabo, ichterlama, ichketar,

brutselyoz (qora oqsoq kasal), chang tufayli yuzaga keluvchi yiringli kasalliklar va


background image

142

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

boshqalarni tuproq orqali tarqalishi ko'pchilikka ma'lum. Tuproqning suvda erishi oqibatida

esa, bakteriyalar suv tarkibiga o’tib, suv orqali ham inson organizmiga o’tadi. Shuning uchun

ko'plab istiqomat qiluvchi manzilgohlarda ichimlik suvini xlorlab iste'mol qilish yo'lga

qo'yilgan. Suv bilan bog'liq yana bir xastalik urlitioz (siydik yo'llarining yallig'lanishi) ko'proq

suv tarkibida kremniy moddasining ko'payib ketishi bilan yuzaga keladi. Shuningdek sariq

kasalligi, ichterlama, bezgak, vabo kasalliklari ham suv orqali yuqishi, tarqalishi amalda tasdiq

topgan. Aholi salomatligiga nafaqat tabiiy geografik, balki ijtimoiy-iqtisodiy geografik

omillarning ta'siri ham yuqori ko'rsatkichlarda sezilib turadi. Bunday omillarga ishlab

chiqarishning ixtisoslashuvi, mujassamlashuvi, transport tarmoqlari, urbanizatsiya, aloqa

vositalarining rivojlanganligi, joyning demografik sig’imi va aholi punktlari, qishloq xo’jaligi va

sanoat ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilganligi kabi bir qator omillarni kiritish

mumkin. Jumladan, tog’-kon sanoati rivojlangan mintaqalarda, ayniqsa, ochiq usulda qazib

olish yo'lga qo'yilgan hududlar atrofida yashovchi insonlar organizmida salbiy oqibatlar

birmuncha ko'proq uchraydi, masalan, nafas olish tizimi bilan bog‘liq xastaliklar, xavfli o'sma,

buyrak kasalliklari shular jumlasidandir. Iqtisodiyot tarmoqlarining hududiy tashkil

etilganligiga qarab kasalliklar ham ushbu tarmoqlarning ta'siri jihatidan o‘zaro hududiy

farqlanadi. Masalan, ixtisoslashuv tarmoqlariga ko‘ra chorvachilik rivojlangan hududlarda

Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlar kiritilsa, shu hududlarning ayrim

tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi orasida qorason, brutsellyoz, exinokok, kuydirgi kabi

kasalliklar bilan kasallanish holatlari ko'proq kuzatiladi. Surxondaryo viloyatining Sherobod,

Angor, Sho‘rchi tumanlarida ayniqsa, aholi orasida brutsellyoz kasalligining ko'proq uchrashi

qayd etilgan. Ushbu hududning tabiiy sharoiti aynan shu kasalliklarni chaqiruvchi

mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun qulayligi va chorvachilik tarmog‘ining keng

rivojlanganligi asosiy sabablardan biridir. Respublikamizning sanoat tarmoqlari rivojlangan,

urbanizatsiya darajasi yuqori shahar va tumanlarida ham hududiy joylashuviga ko'ra

kasalliklar farqlanadi. Bunday hududlarda asosan, shovqin bilan bog’liq asab, ruhiy buzilishlar,

stress, tez toliqish, tug'ma nuqsonlar, nafas olish a'zolari kasalliklari, xavfli o'sma va boshqa

turdagi kasalliklar salmog’i birmuncha yuqori ko’rsatkichlarda qayd etiladi. Shuningdek, IES

lar joylashgan va faoliyat ko’rsatayotgan hududlarda, masalan, Taxiatosh, Shirin, Navoiy,

Nurobod kabi shaharlarda yashovchi aholi orasida xavfli o'sma kasalligi, qon va qon hosil

qiluvchi a'zolar bilan og'ringan bemorlar salmog‘i birmuncha yuqori ko’rsatkichlarda

namoyon bo'lmoqda[3, 16-b.].

Bunday kasallanish holatlarini sanoat tarmoqlari rivojlangan boshqa shaharlarda ham

jumladan, Toshkent, Navoiy viloyatining ko‘plab shaharlarida uchratishimiz mumkin. Ushbu

hududlarda istiqomat qiluvchi insonlar ko‘proq ovqatlanish me'yoriga e'tibor qaratish

zaruriyati talab etiladi. Tarixiy manbalardan ma'lumki, mamlakatimiz hududi qadim

davrlardan vabo, bezgak, o’lat va boshqa kasalliklarning endemik o'chog'i bo'lib kelgan. Ayni

davrga kelib esa, bu kasalliklar batamom yo'qolib, ba'zilari birmuncha kamaydi, ammo

yuqumli bo’lmagan kasalliklar (xavfli o'sma, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklari, nafas

olish a'zolari kasalliklari birmuncha ko'paydi. Bunga sabab esa, Respublikamiz hududining

tabiiy sharoiti, ekologik holati, xo'jalik tarmoqlarining ixtisoslashuvi, aholi zichligi va

urbanizatsiya darajasining rivojlanishi hamda o’zgarishi asosiy sabablardan biri sifatida talqin

etiladi.

Mamlakatimiz hududini tibbiy geografik jihatdan baholash hududiy rayonlarda tarqalgan

kasalliklar sababi o’rganilib, unga ta'sir etuvchi asosiy omillarga e'tibor qaratish bilan

belgilanadi. Jumladan, Toshkent rayonining iqtisodiyoti industrial-agrar tizimga ega bo'lishi

bilan, hududda ko'proq texnogen omillar ta'sirining ustunligi ko'zga tashlanadi. Quyi

Amudaryo, Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayonlarida ko'proq geoekologik omillar ta'siri,

Qashqadaryo, Surxondaryo iqtisodiy rayonlarida esa, har ikki omillarning ham ulushi yuqori

ko’rsatkichlarda belgilanadi. Toshkent iqtisodiy rayonida joylashgan Angren-Olmaliq,

Bekobod, Chirchiq sanoat punktlari ekologik nuqtai-nazardan boshqa hududlardan ancha farq


background image

143

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

qiladi. Yirik mineral xomashyo zaxiralariga ega ekanligi va qazib olish, ishlab chiqarish sanoati

keng bosqichda yo’lga qo’yilganligi ortidan hududda istiqomat qiluvchi aholi orasida xavfli

o'sma, qon aylanish va asab tizimi bilan bog’liq kasalliklar, tug'ma xastaliklarning yuqori

ko’rsatkichlarda kuzatilishi baholanadi.

Toshkent iqtisodiy rayoni O'zbekiston hududining boshqa rayonlariga nisbatan

aholining umumiy o'lim ko’rsatkichlari bo’yicha eng yuqori o’rinda turadi. Buxoro-Navoiy,

Mirzacho'l iqtisodiy rayonlarida geoekologik omillarning ta'siri yuqorililigi, Yer osti

suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, sho'rlanishning yuqoriligi, ichimlik suv tarkibida ham tuz

miqdorining ortiqligi aholi orasida teri va sil kasalliklari, siydik ayirish a'zolarining

yallig’lanishi kabi xastaliklarning nihoyatda keng tarqalishiga sabab bo’lmoqda.

Qoraqalpog’iston hududining tabiiy-ekologik sharoitining ta'sirida mavjud aholi orasida

O’zbeksiton respublikasi bo’yicha sil kasalligining eng yuqori ko'rsatkichlari aynan shu

hududda qayd etilayotganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Ayniqsa, Qorao’zak, Chimboy,

Mo’ynoq tumanlarida bu ko’rsatkich og’ir ahvolda ekanligi qayd etilgan. (2019-y.)

Respublikamizning Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm, Jizzax, Buxoro viloyatlarida

aholining toza ichimlik suvi bilan to'liq ta'minlanmaganligi bois, quduq, daryo, ariq suvlaridan

to'g'ridan- to'g'ri foydalanishlari oqibatida aholi orasida ayrim xastaliklarni ko’p uchrashiga

sabab bo’lmoqda. Jumladan, ovqat hazm qilish a'zolari bilgan bog'liq xastaliklar, buyrak-tosh

kasalliklari, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. So’nggi vaqtlarda O’zbeksiton

hududida aholining umumiy kasallanish holati bo’yicha yuqumli, parazitar, nafas olish a'zolari

faoliyatining buzilishi, qon aylanishining buzilishi, xavfli o'sma, baxtsiz hodisalar, ovqatdan

zaharlanish, ovqat hazm qilish a'zolarining xastalanishi va kasalliklar ortidan o'lim

ko’rsatkichlarining birmuncha yuqorililigi qayd etilgan. Xavfli o'sma kasalligi bo’yicha o’lim

ko’rsatkichi Toshkent va Navoiy viloyatlarida, qon aylanish a'zolarining yallig’lanishi va o’lim

ko‘rsatkichi bo‘yicha Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari ustunlik qiladi [3, 17-b.]. Ayni

vaqtga kelib esa, Respublikamiz aholisi orasida endokrin kasalliklari bilan xastalanish

holatlari ham ko'p kuzatilmoqda. Bu kasalliklar orasida qalqonsimon bez faoliyatining

buzilishi, gormonlar o'zgaruvining ortishi, qandli diabet (qand miqdorining keskin ortishi,

insulin tanqisligi), moddalar almashinuvining buzilishi kabi holatlar sezilarli darajada ortgan.

Ayniqsa, respublikamizning tog’ va tog' oldi hududlarida endemik buqoq kasalligi keng

tarqalib bormoqda. Bu holatning asosiy sababi aholi iste'mol qilayotgan ichimlik suvi,

tarkibida yod moddasining yetarli miqdorda bo’lmasligidir.

XULOSA.

Bugungi kunga kelib, kasalliklarning bir necha yillik holatini, o'zgarishlarini, yuzaga

keltiruvchi sabab va oqibatlarini o'rganib, keyingi yillarda ro’y berishi mumkin bo’lgan

kasallanish holatlarini prognoz qilishga ehtiyoj ortib bormoqda. Jumladan, yaqinlashib

kelayotgan yoki ehtimoli bor bo'lgan xastalik holatlarini oldini olish, bartaraf etish yo’llarini

ishlab chiqishda uning o‘rni ahamiyatlidir. Aholi salomatligi bilan bog’liq yuzaga kelgan

xastaliklarni, kelajakda ko'payishi yoki kamayishi, miqdoriy ko'rsatkichlarining o'zgarishi

to'g'risidagi fikrlarni aniq formula yoki usullarda izohlab bo’lmaydi. Shuning uchun ular

nisbatan o’tkazilayotgan chora-tadbirlarga asoslanib, prognoz qilinadi xolos. Respublikamiz

va uning ayrim hududlarida kasalliklarning o'zgarish holatini tibbiy prognoz qilish uchun

dastlab, o'rganilayotgan hududlarning tabiiy-ekologik sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy geografik

xususiyatlari o’rganilib, ularning kasalliklarga ta'siri jihatlari tahlil qilinadi va keyingi holatlar

prognoz qilinadi. O’rganilayotgan statistik ma'lumotlar asosida, shu mintaqalar uchun xos

bo’lgan kasalliklar guruhlari keyingi yillarda qanday o'zgarishi baholandi. Mazkur kasallik

guruhlari orasida onkologik, qon aylanish va nafas olish tizimi bilan bog’liq xastaliklar, ovqat

hazm qilish a'zolari bilan bog’liq va endokrin kasalliklar yetakchi o’rinni egallaydi. Umuman

olganda, aholi salomatligi bilan bog’liq kasalliklar, muammolarni bartaraf etish, ularning

sonini kamaytirish borasida avvalo, hududlarda insonlarning sanitar-epidemiologik va sanitar

gigiyenik madaniyatini, savodxonligini oshirish, monitoring nazoratlarini kuchaytirish, tibbiy


background image

144

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

muassasalar, qishloq vrachlik punktlari va mutaxassis xodimlar sonini, malakasini oshirish

yanada yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Komilova N.Q. O’zbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va aholi

salomatligi muammolari. Avtoreferat. - Toshkent, 2012-y. 46-b.

2.

"Xalq so‘zi" gazeta. -Toshkent, , 2020-y. 26-aprel.

3.

Komilova N.Q., Jumaxanov Sh. Z., Rajabov F.T. Inson geografiyasi. O’quv qo’llanma. T.-

Universitet, 2018-y. 248-b.

4.

Qarshiboyevna K. N. et al. Aholi salomatligi va sog’liqni saqlash tizimini yaxshilashda

horijiy mamlakatlar tajribasi //pedagog. – 2023. – Т. 6. – С. 112-117.

Библиографические ссылки

Komilova N.Q. O’zbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va aholi salomatligi muammolari. Avtoreferat. - Toshkent, 2012-y. 46-b.

"Xalq so‘zi" gazeta. -Toshkent, , 2020-y. 26-aprel.

Komilova N.Q., Jumaxanov Sh. Z., Rajabov F.T. Inson geografiyasi. O’quv qo’llanma. T.- Universitet, 2018-y. 248-b.

Qarshiboyevna K. N. et al. Aholi salomatligi va sog’liqni saqlash tizimini yaxshilashda horijiy mamlakatlar tajribasi //pedagog. – 2023. – Т. 6. – С. 112-117.