Авторы

  • Sardor Raximboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.132811

Аннотация

Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog’liq operatsiyalarini rivojlantirish orqali investitsion jozibadorligini hamda banklarning fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirish qimmatli qog‘ozlar bozori modeli tamoyillariga asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor sharoitida uning tarkibiy qismi hisoblanadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish kabi bir qancha omillarga bog‘liqligi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari orasida banklar fond bozorining qonunchilik bilan ruxsat berilgan deyarli barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari va veksellarni emitent sifatida chiqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari keltirilgan.


background image

145

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI

ORQALI INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH

YO’LLARI

Raximboyev Sardor Qaxramonovich

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

https://doi.org/

10.5281/zenodo.16788001

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:28-iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 30-iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 31-iyul 2025 yil

Ushbu maqolada tijorat banklarining qimmatli

qog‘ozlar bilan bog’liq operatsiyalarini rivojlantirish

orqali investitsion jozibadorligini hamda banklarning

fond bozoridagi faoliyatini takomillashtirish qimmatli

qog‘ozlar bozori modeli tamoyillariga asoslangan

ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor sharoitida uning tarkibiy

qismi hisoblanadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini

shakllantirish kabi bir qancha omillarga bog‘liqligi

keltirib o‘tilgan. Shuningdek, bugungi kunda qimmatli

qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari orasida banklar fond

bozorining qonunchilik bilan ruxsat berilgan deyarli

barcha moliyaviy vositalarida: aksiya, obligatsiya,

depozit sertifikatlari va veksellarni emitent sifatida

chiqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni

bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va

takliflari keltirilgan.

KEY WORDS

bank faoliyati, investitsion

jozibadorlik,

tijorat

banklari,

qimmatli qog‘oz, diversifikatsiya,

foiz stavkasi, aksiya, obligatsiya,

depozit sertifikatlari va veksellar

Kirish.

Qimmatli qog‘ozlar bilan aktiv operatsiyalar banklarga eng dinamik moliyaviy

bozorlarda mavjudligini ta’minlaydi, mijozlar bazasini ko‘paytirishga, taqdim etilayotgan

xizmatlar doirasini kengaytirishga, mijozlarga ta’sirini kuchaytirishga, ularning qimmatli

qog‘ozlarini boshqarish orqali o‘z mulklarini boshqarish imkoniyatini ochishga imkon beradi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan passiv operatsiyalar doirasi unchalik keng emas. Bu qo‘shimcha pul

mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan banklarning yemissiya operatsiyalari. Banklar

emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalar, obligatsiyalar) ham, emissiyaviy bo‘lmagan

qimmatli qog‘ozlarni (depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, hosilaviy qimmatli

qog‘ozlar) chiqaradilar.

O‘zbekiston Respublikasida moliya-kredit tashkilotlari sifatida banklarga fond bozorida

barcha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Banklar va qimmatli qog‘ozlar

bozori mamlakat moliya tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. Iqtisodiy rivojlanish nuqtai

nazaridan bank tizimining ham, qimmatli qog‘ozlar bozorining ham vazifalari vaqtincha bo‘sh

pul mablag‘larini to‘plash, ularni qayta taqsimlash va milliy iqtisodiyotning eng foydali

tarmoqlariga sarmoya kiritishdir. Vazifalarning tasodifiyligi, shuning uchun ularga erishish

usullari banklar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilarini moliyaviy resurslar

uchun raqobatchilarga aylantiradi.

Aslida, respublikamizning qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari orasida banklarning

yuqori ulushi bu qarama-qarshilikni tenglashtiradi. Qimmatli qog‘ozlar bozori bank tizimi

uchun moliyaviy resurslarini qo‘llash va jalb qilishning qo‘shimcha manbaiga aylanmoqda.

Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida turli maqsadlarni ko‘zlagan holda xususan:

qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalardan foyda olish, daromad bazasini kengaytirish va


background image

146

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

diversifikatsiya qilish, aktivlarning likvidligini ta’minlash, xatarlarning umumiy darajasini

pasaytirish, bankning qulay imidjini yaratish, yangi mijozlarni jalb qilish yuzasidan faoliyat

yuritadilar.

Banklarning fond bozoridagi faoliyatining xususiyatlarini va ularni belgilovchi omillarni ochib

berish uchun quyidagilar zarur:

1) Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari tuzilishi va dinamikasini tahlil qilish.

2) Fond bozorida ayrim toifadagi banklarning operatsiyalari tuzilishi va dinamikasining

xususiyatlarini o‘rganish.

3) Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari dinamikasi va tuzilishini belgilaydigan

sabablarni aniqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni qabul qilingan “2020–2025

yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonida, “qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning

operatsiyalarini faollashtirish; tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni

chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun ma’muriy to‘siqlarni

kamaytirish, bir vaqtning o‘zida nazoratni kuchaytirish; banklarning qimmatli qog‘ozlarini

xalqaro kapital bozoriga chiqarish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish” zarurligi belgilib berildi

[1].

Ushbu vazifalarga erishish banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari hajmi va

tuzilishini tahlil qilishni talab qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatimizdagi tijorat

banklari qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘z faoliyatining yordamchi yo‘nalishi deb bilishadi

hamda tijorat banklarining biznes modelida muhim rol o‘ynaydi, bu nafaqat daromad olishni,

balki turli xil moliyaviy xizmatlarni taqdim etish orqali mijozlar bazasini kengaytirishni

ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

So‘nggi yillarda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar

bilan operatsiyalarining tarkibiy xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan bir qancha mahalliy va

xorijiy olimlar izlanishlar olib borganlar. Xususan, xorijlik olimlar L.Gitman va M.Djonkning

fikricha, qimmatli qog‘ozlar bozori - bu naqd pul yetkazib beruvchilar va iste’molchilar

o‘rtasida bitimlar tuzish mexanizmidir, fond birjalari – bu muayyan qimmatli qog‘ozlarni sotib

oluvchilar va sotuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etadigan markazlashgan

muassasadir[2].

R.Tyulz, E.Bredli, T.Tyulzlar qimmatli qog‘ozlar bozori va uning muhim bo‘g‘ini hisoblangan

fond birjasi haqida fikr yuritib, qimmatli qog‘ozlarning alohida emissiyalari uchun barqaror

bozorni yaratish, shubhasiz fond birjasining muhim vazifalaridan biridir. Barqaror bozorda

qimmatli qog‘ozlar katta hajmda sotiladi va sotib olinadi, chunki joriy bozor narxlarida

unchalik katta tebranishlar bo‘lmaydi, - deb ta’kidlaydilar [3].

Rossiyalik olima V.Nikiforovaning fikricha, qimmatli qog‘ozlar bozorining savdo tizimi bu

qimmatli qog‘ozlarni sotishni tashkil etish shakllari va usullarining, shuningdek, ushbu

jarayonlarga xizmat ko‘rsatadigan professional ishtirokchilarning yig‘indisidir [4]. V.Galanov

va A.Basovlarning fikricha, umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bozori uning

ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularning muomalasi bo‘yicha iqtisodiy

munosabatlarning majmui sifatida belgilanishi mumkin [5].

Mamlakatimizning soha olimlaridan biri I.L.Butikovning fikricha, “klassik ko‘rinishdagi fond

birjasi - bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli

qog‘ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori bo‘lib, u savdo - sotiqning

hamda qimmatli qog‘ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib-

tamoyillariga egadir” [6] - deya ta’riflagan.

Mamlakatimizning soha olimlaridan biri I.L.Butikovning fikricha, “klassik ko‘rinishdagi fond

birjasi - bu professional ishtirokchilar tomonidan uyushtirilgan, eng yaxshi qimmatli

qog‘ozlarning doimiy ravishda amal qilib turuvchi ulgurji bozori bo‘lib, u savdo - sotiqning


background image

147

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

hamda qimmatli qog‘ozlar va brokerlarga savdolarga ruxsat berishning alohida tartib-

tamoyillariga egadir” [6].

Mahalliy olimlardan K.Tolipov, A.Obidov, S. Razzakovalarning ta’kidlashicha “mamlakatimizda

amaldagi qonunchilikka asosan bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega

bo‘lgan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya

aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida kasbiy faoliyatni

amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar

bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi”[7].

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati

tomonidan respublika bank tizimining izchil rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligi va

banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini

mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning

fond birjasidagi banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishlarining tobora ortib borishiga sabab

bo‘lmoqda. Banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi ularning ishonchliligi,

barqarorligi, daromadlar miqdorining doimiy oshib borishi va aksiyadorlar uchun axborotlar

oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy

bog‘liqdir.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolani tayyorlashda me’yoriy-huquqiy xujjatlar,

foydalanilgan adabiyotlar va internet ma’lumotlari rasmiyligi, undagi iqtisodchi olimlarning

mavzuga oid ilmiy-nazariy qarashlarining qiyosiy va tanqidiy tahlil qilingan. Mavzuni

o‘rganish davomida umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda tizimli tahlil, umumlashtirish,

abstrakt-mantiqiy fikrlash, statistik usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorini

rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali aholida aksiyalar sotib

olishga ishtiyoqini oshirish hamda muhim daromad manbai bo‘lishi ta’minlanmaganligi, fond

bozorini tartibga solishdagi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi fond bozorini

rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekistonda «iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni

ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7

milliard AQSh dollariga yetkazish, mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich

erkinlashtirish, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni oshirish, kapital bozori

infratuzilmasini rivojlantirish» kabi yangi vazifalar qo‘yildi. [8].

Jahonda qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biri

hisoblansa, fond bozori uning zaruriy bo‘g‘inidir. Jahon fond birjalari listingidagi qimmatli

qog‘ozlar kapitalizatsiyasi hajmi «2021 yilda jami 124,5 trln. dollarni tashkil etib, unda asosiy

ulushni Amerika mamlakatlari (Shimoliy va Janubiy Amerika) 46 foiz, Osiyo va Tinch okeani

mintaqasi mamlakatlari (APAC) 32 foiz, Yevropa, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari (EMEA)

22 foiz bilan egallab turibdi» [9]. Dunyoda kapital bozorini rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar

chiqarilishini ko‘paytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini

kengaytirishga alohida ahamiyat qaratiladi.

Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi instrumentlar ikki xil shaklda tasniflanadi.

Birinchi shaklda tasniflanishi bo‘yicha aksiya ulushli, obligatsiya qarz va egalik huquqi asosida

esa hosilaviy moliyaviy instrumentlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etadi.


background image

148

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

1-jadval

Mamlakatimizdagi mavjud tijorat banklarining jamlanma balansi

1

Ko‘rsatkichlar nomi

01.01.2022

yil

mlrd. so‘m

01.01.2023

yil

mlrd. so‘m

01.01.2024

yil

mlrd. so‘m

2024 yilda

2022 yilga

nisbatan

o‘zgarishi,

(+,-)

1

2

3

4

5

Aktivlar

Kassadagi naqd pul va boshqa

to‘lov hujjatlari

10 686,3

19 309,1

20 201,8

9 515,5

Markaziy bankdagi mablag‘lar

31 514,6

36 592,1

33 228,0

1 713,4

Boshqa banklardagi mablag‘lar

– rezidentlar

13 302,5

17 423,7

24 368,5

11 066,0

Boshqa banklardagi mablag‘lar

– norezidentlar

25 074,0

37 688,3

28 862,5

3 788,5

Investitsiyalar

va

boshqa

qimmatli qog‘ozlar

19 633,7

31 507,9

32 548,3

12 914,6

Mijozlarning

moliyaviy

instrumentlar

bo‘yicha

majburiyatlari

1 251,0

1 606,3

3 334,0

2 083,0

Kredit qo‘yilmalari, sof

316 382,4

378 909,2

457 847,1

141 464,7

Asosiy vositalar, sof

11 031,9

14 242,9

19 874,9

8 843,0

Aktivlar bo‘yicha hisoblangan

foizlar

9 387,1

12 295,3

19 249,8

9 862,7

Bankning

boshqa

xususiy

mulklari

1 339,4

3 065,5

4 483,5

3 144,1

Boshqa aktivlar

5 319,6

4 105,8

8 158,7

2 839,1

Jami aktivlar

444 922,5 556 746,3 652 157,1 207 234,6

Majburiyatlar

Depozitlar

156 189,8

216 737,5

241 686,6

85 496,8

Markaziy

bankning

hisobvaraqlari

708,8

784,3

1 345,1

636,3

Boshqa banklarning mablag‘lari

– rezidentlar

13 288,6

18 780,8

24 577,0

11 288,4

Boshqa banklarning mablag‘lari

– norezidentlar

4 670,8

22 798,5

20 073,5

15 402,7

Olingan kreditlar va lizing

173 750,3

186 614,5

224 350,7

50 600,4

Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar

10 612,7

10 915,2

13 160,6

2 547,9

Subordinar qarzlar

4 248,5

6 619,3

9 653,0

5 404,5

To‘lanishi

lozim

bo‘lgan

hisoblangan foizlar

3 960,0

5 487,1

8 106,5

4 146,5

Boshqa majburiyatlar

6 575,4

8 443,6

12 124,9

5 549,5

Jami majburiyatlar

374 004,9 477 180,8 555 077,9 181 073,0

Kapital

Ustav kapitali

54 760,0

59 856,7

68 643,0

13 883,0

Qo‘shimcha kapital

675,5

997,5

1 338,8

663,3

1

https://cbu.uz/upload/medialibrary/5c4/iaelrlqezul62kxg0yjobrsu0h7g3g2t/MB-Statistik-byulleteni-_-2023-yil.pdf


background image

149

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

Zaxira kapitali

8 452,2

7 320,6

11 152,6

2 700,4

Taqsimlanmagan foyda

7 029,9

11 390,6

15 944,8

8 914,9

Jami kapital

70 917,6

79 565,4

97 079,2

26 161,6

Yuqorida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tijorat banklari tomonidan jami

investitsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar 2024 yilda 32 548,3

mlrd. so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 12 914,6 mlrd. so‘mga

oshgan. Shuningdek, 2024 yilda jami aktivlarga nisbatan ulushi 4-9 foizni tashkil qilganligi

tijorat banklarida investitsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar

yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 2024 yilda tijorat banklari

tomonidan jami chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar 13 160,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Ushbu

ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 2 547,9 mlrd. so‘mga oshganligi mamlakatimizda qimmatli

qog‘ozlar bozorining asta sekinlik bilan rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Ushbu elementlar bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar savdosi va mamlakat

iqtisodiyotida resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlash uchun dinamik ekotizimni

yaratadi.

“Toshkent” respublika fond birjasining ma’lumotlariga ko’ra 2025 yilning yanvar oyida

savdolarning umumiy hajmi 481,20 mlrd so‘mni (37,13 mln dollar) tashkil etib, 2024-yilning

yanvar oyiga nisbatan 452,88 mlrd so‘mga yoki 1 599% ga o‘sdi. Bunda, 19,61 mlrd so‘m (1,51

mln dollar) yoki tuzilgan bitimlar hajmining 4,07 foizi birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan

qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Hajmning qolgan qismi

listingdan tashqari savdo maydonchasi (LTSM)dagi bitimlarga to‘g‘ri keldi.

Birja savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlarning umumiy soni 50 227 tani tashkil etib,

o‘tgan yilga nisbatan 6 220 taga yoki 11,02 foizga kamaydi. Bunda, Birjaning birja

kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan 43 915 ta bitim, listingdan tashqari

savdo maydonchasida esa 6 312 ta bitim amalga oshirilgan.

Yanvar oyi yakuni bo‘yicha birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan

19,61 mlrd so‘mlik (43 915 ta) bitimlar tuzilgan. O‘rtacha kunlik savdo hajmi 891,20 million

so‘mni (69 ming dollar), o‘rtacha kunlik bitimlar soni esa 1 996 tani tashkil etgan.

2-jadval

Aksiyalar bozorining asosiy ko‘rsatkichlari

2

Ko’rsatkichlar

Miqdori

2021

2022

2023

2024

2025

Savdo hajmi

mln so‘m

17 299

3 036

086

685 959

23 465

16

101

O‘rtacha kunlik

savdo hajmi

mln so‘m

865

151 804

32 665

1 067

738

Bitta bitimning

o‘rtacha hajmi

mln so‘m

6

400

44

0,5

0,4

Bitimlar soni

dona

3 014

7 598

15 630

49 425

43

610

O‘rtacha kunlik

bitimlar soni

dona

151

380

744

2 247

1 982

Jadval ma’lumotlariga ko’ra, aksiyalar bozoridagi savdo hajmi 16,10 milliard so‘mni (1,24

million dollar) tashkil etgan. 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan savdo hajmi 7,36 milliard

so‘mga yoki 31,38 foizga kamaygan. Bunda, asosiy savdo hajmi (8,49 milliard so‘m)

muzokarali hisob-kitoblar maydonchasiga (Nego Board) to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, aksiyalar

2

“Toshkent” respublika fond birjasining ma’lumotlari asosida tuzildi


background image

150

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

bozorining kapitallashuvi 5,14 trillion so‘mga yoki 2,12 foizga kamayib, 237,28 trillion so‘mni

(18,31 milliard dollar) tashkil etdi, erkin muomalada bo‘lgan (free float) aksiyalarning bozor

kapitallashuvi esa 4,35 trillion so‘mni tashkil etgan.

Qimmatli qog‘ozlar bozori moliya tizimining va umuman mamlakat iqtisodiyotining muhim

tarkibiy qismidir. U turli xil elementlarni o‘z ichiga oladi, ularning har biri ushbu bozor

faoliyatida o‘z rolini o‘ynaydi. Xususan, kapitalni jalb qilish uchun qimmatli qog‘ozlarni

chiqaradigan tashkilotlar (davlat, shahar yoki xususiy kompaniyalar). Emitentlar aksiyalar,

obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalarni chiqarishi mumkin. Shuningdek, foyda olish

uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib oladigan bozor ishtirokchilari. Investorlar jismoniy shaxslar

ham, institutsional investorlar ham bo‘lishi mumkin (masalan, pensiya jamg‘armalari, sug‘urta

kompaniyalari).

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillarning

iqtisodiy mohiyati qimmatli qog‘ozlar bozori va investitsiya qarorlariga sezilarli ta’sir

ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu omillar o‘zaro bog‘liq

bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarga ta’sir qiluvchi murakkab dinamikani yaratadi.

Ularning iqtisodiy mohiyatini tushunish bozor ishtirokchilariga qimmatli qog‘ozlar bilan

bitimlar tuzishda yaxshiroq qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Xususan, 2023 yilda O‘zbekiston Markaziy bank asosiy stavkasi o‘zgarishsiz saqlanib qolinishi

hamda nisbatan muvozanatlashgan talab va taklifning shakllanganligi hisobiga davlat

qimmatli qog‘ozlar daromadliligida keskin o‘zgarish kuzatilmadi47. 2023 yilda davlat

qimmatli qog‘ozlar daromadlili 17,4 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutada joylashtirilgan

O‘zbekiston suveren yevroobligatsiyalar bo‘yicha daromadlilik ko‘rsatkichi 2023 yilda

barqarorligini saqlab qoldi. 2023 yilda 2029, 2030, 2031 yillarda so‘ndirilishi kerak bo‘lgan

yevroobligatsiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichi 6,5 foiz atrofida shakllandi. Shuningdek,

2023 yilda uzoq muddatli O‘zbekiston suveren yevroobligatsiyalari hamda benchmark

hisoblangan AQSh g‘aznachiligi obligatsiyalari daromadliligi o‘rtasidagi spred 2022 yilga

nisbatan pasaygan. Qiska muddatli O‘zbekiston suveren yevroobligatsiyalari bilan bog‘liq

xatar darajasi esa 2023 yilning II yarim yilligida investorlar tomonidan nisbatan pastroq

baholangan.

Bank tizimi jami aktivlari 2025-yil 1-yanvar holatiga 769 trln. so‘mni tashkil etib, shundan

bank aktivlarining 67 foizi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, boshqa banklardagi

mablag‘lar, investitsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning jami aktivlardagi ulushi 16 foizga

yetgan.

Tijorat banklari aktivlaridagi qimmatli qog‘ozlarning ulushi va davlat qimmatli qog‘ozlarining

rentabelligi mamlakat moliya tizimining holati, shuningdek banklarning aktivlarini

boshqarish strategiyasi to‘g‘risida tushuncha beradigan muhim ko‘rsatkichlardir.

Bundan tashqari, xalqaro moliya bozorlarida operatsion xavflar sun’iy intellekt va ilg‘or

texnologiyalarning jadal integratsiyalashuvi tufayli ortib bormoqda. Sun’iy intellekt

samaradorlikni oshirishiga qaramay, u bozorni manipulyatsiya qilish ehtimoli,

o‘zgaruvchanlikning oshishi va tizimli zaifliklar kabi muammolarni ham yuzaga keltiradi.

Sun’iy intellekt asosidagi savdo tizimlari bozordagi tebranishlarni kuchaytirishi mumkin, kam

sonli yetakchi provayderlarga bog‘liqlik esa bir xil harakatlarga olib kelib, moliyaviy

barqarorlikni yanada izdan chiqarishi mumkin. Bunday omillar xorijiy investitsiyalarning

cheklanishiga va tashqi moliyaviy resurslarni jalb etishni qiyinlashishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, qimmatli qog'ozlar bozori orqali tijorat

banklarining investitsion jozibadorligini oshirish kompleks yondashuvni talab qiladigan

muhim vazifadir. Ushbu maqsadga erishish uchun bir nechta asosiy usullarga alohida e’tibor

qaratish zarur.


background image

151

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 7-SON, (YOʻITJ)

Birinchidan, moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish orqali moliyaviy ma'lumotlarni

muntazam va tushunarli tarzda oshkor qilish (balans, daromadlar to'g'risidagi hisobot)

investorlarning ishonchini oshirishi mumkin.

Ikkinchidan, investorlarning turli guruhlarini jalb qilishi mumkin bo'lgan yangi investitsiya

vositalarini (obligatsiyalar, aktsiyalar, o'zaro fondlar) joriy etish hamda qimmatli

qog'ozlarning yangi formatlarini yaratish uchun texnologiyalardan foydalanish (masalan,

aktivlarni tokenizatsiya qilish).

Uchinchidan, bankning qimmatli qog'ozlari uchun ikkilamchi bozorni rivojlantirish ularni

yanada likvid va investorlar uchun jozibador qilishi va fond bozorlarida savdo qilish va

brokerlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish.

Ushbu strategiyalarni amalga oshirish nafaqat tijorat banklarining investitsion jozibadorligini

oshirishga, balki ularning bozordagi mavqeini mustahkamlashga ham yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 май куни қабул қилинган

“2020–2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини

ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида”ги ПФ-5992-сонли Фармони.

2. Гитман Л.Дж., Джонк Майкл Д.. Основы инвестирования. – М.: Издательство “Дело”,

1997.- С.41-44. 8

3.Тьюлз Р., Брэдли Э., Тьюлз Т. Фондовый рынок. – 6-е изд..: Пер. С англ. – М.:Инфра-М,

1997.- С.101

4. Никифорова В.Д. Торговые системы рынка ценных бумаг - Учебное пособие

(

https://uchebnikonline.net/book/203-torgovye-sistemy-rynka-cennyx-bumag-uchebnoe-

posobie-nikiforova-vd/33-71-analizsovremennyx-tendencij.html

)

5. Рынок ценных бумаг: Учебник / Под ред. В.А.Галанова, А.И.Басова. – 2-е изд., перераб.

и доп. – М.: Финансы и статистика, 2005. –С.191

6. Бутиков. И.Л Қимматли қоғозлар бозори. –Т.: Консаудитинформ, 2001.- Б. - 288.

7. Толипов К., Обидов А., Раззакова С. Қимматли қоғозлар бозори саволлар ва

жавобларда. – Т.: Консаудитинформ-Нашр 2010.

8.

https://focus.world-exchanges.org/statistics/articles/market-capitalisation

9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон «2022-

2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида»

Фармони,

https://lex.uz/ru/docs/5841063

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 май куни қабул қилинган “2020–2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида”ги ПФ-5992-сонли Фармони.

Гитман Л.Дж., Джонк Майкл Д.. Основы инвестирования. – М.: Издательство “Дело”, 1997.- С.41-44. 8

Тьюлз Р., Брэдли Э., Тьюлз Т. Фондовый рынок. – 6-е изд..: Пер. С англ. – М.:Инфра-М, 1997.- С.101

Никифорова В.Д. Торговые системы рынка ценных бумаг - Учебное пособие (https://uchebnikonline.net/book/203-torgovye-sistemy-rynka-cennyx-bumag-uchebnoe-posobie-nikiforova-vd/33-71-analizsovremennyx-tendencij.html)

Рынок ценных бумаг: Учебник / Под ред. В.А.Галанова, А.И.Басова. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2005. –С.191

Бутиков. И.Л Қимматли қоғозлар бозори. –Т.: Консаудитинформ, 2001.- Б. - 288.

Толипов К., Обидов А., Раззакова С. Қимматли қоғозлар бозори саволлар ва жавобларда. – Т.: Консаудитинформ-Нашр 2010.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон «2022-2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида» Фармони, https://lex.uz/ru/docs/5841063